Asosiy mazmunga o‘tish

Maqola

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

2 404 natija

Maqola

2 404 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishMaqola

    ГИДРОТЎПЛАШ ЭЛЕКТР СТАНЦИЯЛАРИНИНГ ЭНЕРГЕТИКА ТИЗИМЛАРИДАГИ РОЛИ ВА АҲАМИЯТИ

    Бобараим УРИШЕВ · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025

    Мақолада дунёдаги энергетика тизимларида энергияни тўплашусулларининг асосий техник ва иқтисодий кўрсаткичлари таҳлили, тўпланадиган энергиянинг ҳажми бўйича прогноз кўрсаткичлари натижалари келтирилган. Энергия тўплаш тизимлари орасида гидротўплаш электр станцияларининг афзалликлари ва самарадорлиги кўрсатиб ўтилган, Республикамиздагидротўплаш электр станцияларидан фойланиш шартлари, энергетикатизимининг кунлик энергия юкламаси графигини барқарорлаштиришдауларнинг иш режимлари ва прогноз қувват кўрсаткичлари тўғрисида таҳлилиймаълумотлар берилган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    O‘ZGARUVCHAN SHAMOL TEZLIGIDA FAZA ROTORLI ASINXRON GENERATORNING ISH REJIMLARINI MODELLASHTIRISH

    Allabergen BEKISHEV, Najmiddin QURBONOV, O‘tkir XUDOYNAZAROV · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025

    Ushbu maqolada faza rotorli asinxron mashinani generator rejimidaishlashi ko‘rib chiqildi. Bunda, ayniqsa, kam shamol tezligida rotor zanjirga qo‘shimchaqarshilik ulash orqali, kam shamol tezligida ham ma‘lum miqdorda elektr energiyasi olishimkoniyati ko‘rsatilgan. Tadqiqotda faza rotorli asinxron generatorning elektromagnitva elektromexanik o‘tkinchi jarayonlari nazariyasi, matematik aproksimatsiya,2-3 darajali differensial tenglamalarni yechishning Runge-Kutta usuli, faza rotorliasinxron generatorning ish rejimlarini MatLab Simulink dasturida modellashtirish ishlarikeng yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    СУҒОРИШ ТИЗИМИ КАНАЛЛАРИДАГИ БЕТОН ҚОПЛАМАЛАРНИНГ ТЕХНИК ҲОЛАТЛАРИНИ ЯХШИЛАШ

    Тўравой МУСЛИМОВ · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025

    Мазкур мақолада ҳозирги кунда энг долзарб масалаларданбири бўлган каналлардаги ортиқча сув йўқотишлар ва уларни келтирибчиқараётган асосий омиллар ўрганиб чиқилди. Шу жумладан, ортиқча сувйўқотишларга сабаб бўлаётган каналларнинг бетон қопламаларида юзагакелаётган нуқсонларни келтириб чиқараётган ташқи ва ички омиллар таҳлилэтилди. Шундан келиб чиққан ҳолда, бетон қопламаларининг сув ўтказувчанлигини камайтириш учун боғловчи ва бошқа компонентларни тўғри танлаш учункеракли формулалар келтирилди. Бетон қопламаларида юзага келадиганкиришиш деформациялари ўрганилиб, уларни камайтириш учун арматуратўрларидан фойдаланиш тавсия этилди. Бетон қопламаларини арматуралашучун А-111 ва AKP-SP синфидаги арматуралар тавсия этилиб, уларнинг физикмеханик хоссаларини қиёслаш кўрсаткичлари келтирилди. Қиёслаш жадвалигаасосланган ҳолда бетон қопламалари учун композицион арматураларданфойдаланишнинг мақсадга мувофиқлиги кўрсатиб берилди.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SUV OMBORI TO‘G‘ONLARIDA SILJISH DEFORMATSIYASINI GEODEZIK USULDA KUZATISH VA ULARNI TAHLIL QILISH

    Aziz KAZAKOV, Shohrux TURG‘UNOV · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025

    Suv ombori to‘g‘onlarida siljish deformatsiyasi, ularning barqarorligi va xavfsizligiga ta‘sir qiluvchi omil hisoblanadi. Ushbu maqolada siljish deformatsiyasining mexanizmlari, uni vujudga keltiriladigan omillar va ushbu deformatsiyalarnikuzatish va tahlil qilish metodologiyalari o‘rganiladi. Siljish deformatsiyasini tushunib,muhandislar to‘g‘on nosozliklari bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish uchun samaraligeodezik kuzatuv va texnik strategiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ZATVORLARNING AYLANUVCHI MEXANIZMLARI BURCHAK SILJISHINI O‘LCHASH DATCHIGINING TEXNIK PARAMETRLARI

    Rustam BARATOV, Alimardon MUSTAFOQULOV, Sirojiddin NAMОZOV · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025

    Ushbu maqolada qishloq va suv xo‘jaligida foydalaniladiganmexanizmlar aylanuvchi qismlarining burchak siljishini o‘lchashda yuzaga keladiganmuammolar, ularning paydo bo‘lish sabablari, jarayonda hosil bo‘ladigan fzik-texnikhodisalar, ularni o‘lchashda zarur bo‘ladigan turli ishlash rejimiga ega bo‘lgan o‘lchasho‘zgartgichlari tahlil qilingan hamda bu o‘zgartgichlarga qo‘yiladigan asosiy talablarkeltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SUV OMBORLARI VA KANALLARNING BIR XIL JINSLI QIRG‘OQ MASSIVLARIDA NOBARQAROR FILTRATSIYA TADQIQOTI

    Xomidxon FAYZIYEV, Komil JO‘RAYEV, Tursunoy APAKXUJAYEVA · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025

    Mazkur maqolada sonli va eksperimental usullardan foydalanib suvomborlari va kanallarning bir xil jinsli qirg‘oq massivlarida yuqori byefdagi suv sathiningpasayishi paytida nobarqaror fltratsiyani aniqlash bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.Nobarqaror fltratsiyani modellashtirish usuli va modelni gruntli novlarda o‘rganishuchun o‘xshashlik mezonlari keltirilgan. Hisoblash natijalari eksperimental tadqiqotlarnatijalari bilan taqqoslanadi. Olib borilgan tadqiqotlardan fzik modellarda olingannatijalar va sonli hisoblash usuli natijalari bir-biriga yaqinligi ma‘lum bo‘ldi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    “ЎЗБЕКГИДРОЭНЕРГО” АЖ: САРҲИСОБ – САМАРАДОРЛИК

    Хуршид РАВШАНОВ · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025

    Мақола таҳлилий-танқидий ҳисобот мазмунида бўлиб,унда “Ўзбекгидроэнерго” акциядорлик жамиятида 2025 йилнинг биринчичораги давомида электр энергияси ишлаб чиқариш, инвестиция лойиҳалари,маҳаллийлаштириш, саноат кооперацияси ва қурилиш-монтаж соҳаларидаамалга оширилган ишлар рақамли кўрсаткичлар асносида танқидий таҳлилқилинган. Тизимда фаолиятни мақсадли ва самарали ташкил қилиш, давлатдастурлари доирасида белгиланган устувор вазифаларга эришиш зарурати вабосқичлари ёритилган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ЭФФЕКТИВНОСТЬ СТАФИЛОКОККОВОГО АНАТОКСИНА ПРИ ИММУНИЗАЦИИ ЖИВОТНЫХ

    Маматова Муборак Нурпулатовна, Халимова Мафтуна Салимовна, Асророва Нафиса Нодировна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Hozirgi vaqtda stafilokokk infeksiyalarining oldini olish va davolash uchun stafilokokk anatoksini muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Shu munosabat bilan biz stafilokokk anatoksinidan peroral immunizatsiya uchun foydalanish imkoniyatini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydik. Ishda hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    БИОТЕХНОЛОГИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ ГАЛОФИЛЬНЫХ МИКРООРГАНИЗМОВ

    Ж.Б. Пирматова, А.И. Кулонов · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqola galofil mikroorganizmlarning biotexnologik salohiyati, shuningdek, ularga ekstremal sharoitlarda yashab qolish imkonini beruvchi noyob fiziologik va metabolik moslashuvlari haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan adabiyot manbalariga asoslangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    НЯК ЭКСТРАИНТЕСТИНАЛ БЕЛГИЛАРИ, ПАТОГЕНЕЗИ ВА ГЕНЕТИК ПРЕДИКТОРЛАР

    Maxkamov Mansurjon Maxmudjonovich, Zakirova Umida Irkinovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Носпецифик ярали колит (НЯК) — фақат ичак эмас, балки бутун организмни қамраб олувчи системали касаллик бўлиб, унда экстраинтестинал белгилар (ЭИБ) кўп учрайди ва айрим ҳолатларда ичак симптомларидан олдин намоён бўлади. Ушбу мақолада НЯКдаги ЭИБлар спектри (мушак-буғим тизими, кўз, тери, гепатобилиар тизим) ва уларнинг патогенези ҳақидаги замонавий қарашлар ёритилган. Иммунологик механизмлар — Т-ҳужайралар дисрегуляцияси, молекуляр мимикрия, цитокинлар оқими (TNF-α, IL-1, IL-6) ва ичак тўсигининг бузилишига боғлиқ бактериал транслокация — ЭИБ ривожланишида етакчи ўрин тутади. Генетик предикторлар сифатида HLA-комплекси (жумладан HLA-B27, HLA-DRB10103, HLA-B8/DR3) ва HLA-мустақил локуслар, шунингдек GWAS тадқиқотларида қайд этилган оилавий мувофиқликлар таъкидланади. Клиник жиҳатдан НЯКда периферик ва аксиал артрит, энтезит, остеопения/остеопороз ва стероид-индукцияланган миопатия; офтальмологик асоратлар (эписклерит, увеит); тери ўзгаришлари (тугунли эритема, гангренозли пиодермия, Свит синдроми) ҳамда гепатобилиар зарарланиш (бирламчи склерозловчи холангит, аутоиммун гепатит) учраши қайд этилади. ЭИБлар баъзан ичак фаоллигига боғлиқ бўлмаслиги диагностика ва даволашни қийинлаштиради. Мақола мултидисциплинар ҳушёрлик, эрта скрининг, генетик ва клиник фенотипга таянилган индивидуал терапия (биологик препаратлар танлови) аҳамиятини кўрсатади. Бу ёндашув асоратларни камайтириш ва беморнинг узоқ муддатли натижаларини яхшилашга хизмат қилади.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA MEDIASAVODXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI TAHLILIY VOSITALARI

    Usanova Mahfuza Karamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yuqori sinf o‘quvchilarida axborot vositalarining zamonaviy texnologiyalari tahlili. Tadqiqotda interfaol ta‘lim usullari, media vositalarini tahlil qilish, raqamli platformalardan yuklash hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlab chiqarishlar ko‘rib chiqiladi, tanqidiy fikrlashlarini tuzatishda o‘qituvchilarning roli va ta‘lim yuklanishining vazifalari yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA MEDIASAVODXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI VA OMILLARI

    Usanova Mahfuza Karamat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yuqori sinf o‘quvchilarida ko‘rgazmali axborot vositalarining zamonaviy texnologiyalari tahlili. Tadqiqotda interfaol ta‘lim usullari, media vositalarini tahlil qilish, raqamli platformalardan yuklash hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlab chiqarishlar ko‘rib chiqiladi, o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlashlarini tuzatishda o‘qituvchilarning roli va ta‘lim yuklanishining vazifalari yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    TA‘LIM JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

    Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni, ularning ta‘lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati va qo‘llanilish sohalari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, raqamli ta‘lim resurslari, interaktiv vositalar, masofaviy ta‘lim platformalari va sun‘iy intellekt asosidagi tizimlar yordamida o‘quv jarayonining yangi bosqichga ko‘tarilishi yoritiladi. Maqolada ta‘lim muassasalarida AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) dan foydalanish samaradorligi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari haqida fikrlar ilgari suriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA‘LIM TIZIMINI VA PEDAGOGLARI SHAKLLANTIRISH: PEDAGOGLAR VA OTA-ONALAR UCHUN QAYTA ALOQA PLATFORMASINI TAKOMILLASHTIRISH

    Nurmatov Sardor Sidikovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    O‘zbekistondagi maktabgacha ta‘lim o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlari kelajakdagi pedagog o‘qituvchilarni ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu kontekstdan kelib chiqqan holda, tadqiqotdan maqsad — bakalavriat bosqichidagi (ya‘ni, xizmatga kirishgacha bo‘lgan) o‘qituvchi tayyorlash dasturi orqali zaruriy pedagogik kompetensiyalar qanday shakllanishini baholashdan iborat bo‘ldi. Fenomenologik tadqiqot dizayniga asoslangan holda, mazkur ish O‘zbekistonning Qo‘qon universiteti maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchilari, bo‘lim rahbarlari va ta‘lim sohasi vakillari ishtirokida olib borildi. Tadqiqot uchun qulaylik nuqtayi nazaridan tanlab olingan jami 18 nafar ishtirokchi jalb etildi. Sifatli ma‘lumotlarni yig‘ish uchun tuzilgan intervyular va dars jarayonlarini bevosita kuzatish usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta‘lim o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha dastur pedagogik kompetensiyalarni samarali rivojlantiruvchi kuchli tizimga ega. Biroq, bu jarayonda muhim muammolar - amaliyotning cheklanganligi, resurslarning yetishmasligi va til to‘siqlari mavjudligi ham ta‘kidlandi. Asosiy xulosalar shuni ko‘rsatadiki, ta‘lim dasturida amaliy mashg‘ulotlar tarkibini kuchaytirish, talabalarga yetarli amaliyot imkoniyatlarini yaratish, darsdan tashqari faoliyatlarni boyitish, bilm-malakani oshrib borishda elektron platformalar foydalanish, baholash usullarini takomillashtirish va izchil, foydali fikr-mulohazalar berishni ta‘minlash orqali pedagog o‘qituvchi tayyorlash sifatini oshirish zarur.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ИННОВАЦИОН УСУЛЛАРНИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ ЎРГАТИШДА ҚЎЛЛАШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ ТЎҒРИСИДА

    Ismanova Klara Do‘lanboyevna, Abduraxmanova Ro‘zixon Xasanboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада бугунги кунда долзарб ҳисобланган ўқув жараёни тизими самарадорлигини ошириш усуллари ва воситалари сифатида инновацион усуллар ва хусусан, ҳамкорликда ишлаш  технологиялари таҳлил этилган. Информатика ва ахборот технологиялари фанини ўқитиш учун аниқ мисоллар ва ундан кутиладиган натижалар тавсия қилинган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    TA‘LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

    Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni, ularning ta‘lim sifatiga ta‘siri, shuningdek, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqolada interfaol metodlar, elektron ta‘lim vositalari, integratsiyalashgan yondashuvlar va zamonaviy texnologik yechimlar haqida fikr yuritilgan. Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari, tatbiq qilish usullari hamda ularni qo‘llashdagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    INFORMATIKA DARSLARIDA UDL (UNIVERSAL DESIGN FOR LEARNING) VA INKLYUZIYA

    Abduraxmanova Ro‘zixon Xasanboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqola informatika darslarida Universal Design for Learning (UDL) tamoyillarini qo‘llab, inklyuziv o‘qitish uchun amaliy dizayn modelini taklif etadi. UDL‘ning uch yo‘nalishi — taqdim etishning ko‘p usullari (multiple means of representation), faoliyat va ifodalashning ko‘p usullari (action & expression), hamda jalb etishning ko‘p usullari (engagement) — informatika mazmuniga moslashtiriladi: algoritmlash, kod yozish, mantiqiy sxemalar, vizualizatsiya va loyihaviy ishlar. Tadqiqotda adabiyot sharhi, o‘qituvchi va o‘quvchi intervyulari, dars kuzatuvlari hamda UDL chek-listi asosida dars ssenariylari ishlab chiqiladi. Moslashtirish misollari sifatida ekran o‘qish qurilmalari (NVDA/JAWS) bilan mos web-resurslar, klaviatura navigatsiyasi, rang-kontrast standartlari, multimodal qo‘llanmalar (matn–audio–video–kod bloklari), differensiallashgan topshiriqlar va adaptiv baholash rubrikalari keltiriladi. Natijada o‘qituvchilar uchun UDL asosidagi informatika darsi dizayn chek-listi, baholash mezonlari va namuna ssenariylar taqdim etiladi; ular turli ehtiyojli o‘quvchilar (ko‘rish/eshitishdagi cheklovlar, o‘qish qiyinchiliklari, ikkinchi til sifatida o‘zbek tili) uchun kirish imkonini kengaytirish, ishtirok va o‘rganish natijalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Maqola yakunida joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich tavsiyalar, monitoring va refleksiya mexanizmlari beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    QURILISH TA‘LIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA BARQAROR RIVOJLANISH G‘OYALARINI INTEGRATSIYA QILISH METODIKASI

    A.F.Muxtorjonov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida qurilish sohasi dunyo iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va shu bilan birga eng katta muammolarga duch kelayotgan tarmoqlaridan biridir. Jahon banki hisobotlariga ko‘ra, qurilish industriyasi yalpi ichki mahsulotning 13 foizini tashkil etadi, ammo texnologik joriy etish darajasi boshqa sohalarga nisbatan pastroq bo‘lib kelmoqda. Shu sababli, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini, balki sifat, xavfsizlik va ekologik barqarorlikni ham keskin oshirish imkonini bermoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    IRONIYANING TURLARI HAMDA IRONIK MAZMUN IFODALASH USULLARI

    Tursunova Sojidaxon Axmadjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada ironiya, uning turlari, situativ va aksiologik ironiya, bevosita va bilvosita ironiya, situativ xoslangan va og‘zaki ironiya, situativ va assotsiativ ironiya; ironik mazmun, ironik mazmun ifodalash usullari, sarkazm, antifraza, antifrazis hamda uning turlari va boshqalar xususida so‘z boradi. Ironiya ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ironiyaga berilgan ta‘riflar deyarli farqlanmaydi. O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalash usullari turli xil bo‘lib, ular o‘zaro bir-biridan farqlanadi. E.Ibragimova o‘z dissertatsiyasida ularning darajalanish xususiyatiga ega ekanligini ta‘kidlagan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SPUJMAY ZARYOBNING “AQLDAN OZGAN RASSOM VA UNING KO‘M-KO‘K SUR‘ATI” VA “HUM, HUM, HUM” HIKOYALARIDA TUSHKUNLIK RAMZINING IFODALANISHI

    Mannanov Abduraxim Mutalovich, Narzullayeva Shaxlo Salaydinovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada zamonaviy dariyzabon ayol yozuvchisi Spujmay Zaryobning ikki hikoyasi orqali uning badiiy mahorati o‘rganildi. Ijodkorning mazkur hikoyalarida tushkunlik ramziy obrazlar orqali jonlantirilganligi o‘rganildi va badiiy tahlil etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya