Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

ZATVORLARNING AYLANUVCHI MEXANIZMLARI BURCHAK SILJISHINI O‘LCHASH DATCHIGINING TEXNIK PARAMETRLARI

Rustam BARATOV, Alimardon MUSTAFOQULOV, Sirojiddin NAMОZOV2025

Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 7Son 1Sahifa 35–44

Annotatsiya

Ushbu maqolada qishloq va suv xo‘jaligida foydalaniladiganmexanizmlar aylanuvchi qismlarining burchak siljishini o‘lchashda yuzaga keladiganmuammolar, ularning paydo bo‘lish sabablari, jarayonda hosil bo‘ladigan fzik-texnikhodisalar, ularni o‘lchashda zarur bo‘ladigan turli ishlash rejimiga ega bo‘lgan o‘lchasho‘zgartgichlari tahlil qilingan hamda bu o‘zgartgichlarga qo‘yiladigan asosiy talablarkeltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaТЕХНИЧЕСКИЕ ПАРАМЕТРЫ ДАТЧИКА ИЗМЕРЕНИЯ УГЛОВЫХ ПЕРЕМЕЩЕНИЙ ПОВОРОТНЫХ МЕХАНИЗМОВ ЖАЛЮЗИ

В данной статье рассмотреныпроблемы, возникающие при измеренииуглового смещения вращающихся частеймеханизмов, применяемых в сельском иводном хозяйстве, причины их появления,физико-технические явления, возникающиепри этом, а также различные режимыработы, необходимые для их измерения, проанализированы существующие измерительные преобразователи и представленыосновные требования к этим преобразователям.

inglizchaTECHNICAL SPECIFICATIONS OF THE SENSOR FOR MEASURING ANGULAR DISPLACEMENTS OF THE ROTARY MECHANISMS OF GATES

This article discusses the problemsencountered when measuring the angulardisplacement of rotating parts in mechanismsused in agriculture and water management,the causes of these problems, the physical andtechnical phenomena that arise during suchmeasurements, as well as the various operatingmodes required for these measurements. Existing measuring transducers are analyzed, andthe main requirements for these transducers arepresented.

Kalit so‘zlar

  • qishloq xo‘jaligi
  • suv xo‘jaligi
  • aylanuvchi mexanizm
  • burchak siljishi
  • o‘lchash
  • o‘zgartgich

To‘liq matn

To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15484039

ZATVORLARNING AYLANUVCHI MEXANIZMLARI BURCHAK SILJISHINI O‘LCHASH DATCHIGINING TEXNIK PARAMETRLARI

Rustam “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Elektrotexnika va mexatronika BARATOV kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent

Alimardon “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Elektrotexnika va mexatronika MUSTAFOQULOV kafedrasi assistenti, tayanch doktorant

Sirojiddin “O‘zbekgidroenergo” AJ Atrof-muhit muhofazasi va NAMОZOV kadastr xizmati bo‘limi boshlig‘i

Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq va suv xo‘jaligida foydalaniladigan mexanizmlar aylanuvchi qismlarining burchak siljishini o‘lchashda yuzaga keladigan muammolar, ularning paydo bo‘lish sabablari, jarayonda hosil bo‘ladigan fizik-texnik hodisalar, ularni o‘lchashda zarur bo‘ladigan turli ishlash rejimiga ega bo‘lgan o‘lchash o‘zgartgichlari tahlil qilingan hamda bu o‘zgartgichlarga qo‘yiladigan asosiy talablar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, aylanuvchi mexanizm, burchak siljishi, o‘lchash, o‘zgartgich.

ТЕХНИЧЕСКИЕ ПАРАМЕТРЫ ДАТЧИКА ИЗМЕРЕНИЯ УГЛОВЫХ ПЕРЕМЕЩЕНИЙ ПОВОРОТНЫХ МЕХАНИЗМОВ ЖАЛЮЗИ

Рустам БАРАТОВ Заведующий кафедрой Электротехника и мехатроника Национального исследовательского университета «ТИИИМСХ», к.т.н., доцент

Алимардон МУСТАФАКУЛОВ Ассистент кафедры Электротехника и мехатроника Национального исследовательского университета «ТИИИМСХ»

Сирожиддин НАМОЗОВ Руководитель отдела Охраны окружающей среды и кадастровой службы АО «Узбекгидроэнерго»

Аннотация: В данной статье рассмотрены проблемы, возникающие при измерении углового смещения вращающихся частей механизмов, применяемых в сельском и водном хозяйстве, причины их появления, физико-технические явления, возникающие при этом, а также различные режимы работы, необходимые для их измерения,

TECHNICAL SPECIFICATIONS OF THE SENSOR FOR MEASURING ANGULAR DISPLACEMENTS OF THE ROTARY MECHANISMS OF GATES

Rustam BARATOV Head of the Department of Electrical Engineering and Mechatronics at “TIIAME” National Research University, Candidate of Technical Sciences, Associate Professor

Alimardon MUSTAFOQULOV Assistant of the Department of Electrical Engineering and Mechatronics at “TIIAME” National Research University

Sirojiddin NAMОZOV Head of the Environmental Protection and Cadastre Service Department of JSC “Uzbekhydroenergo”

Abstract: This article discusses the problems encountered when measuring the angular displacement of rotating parts in mechanisms used in agriculture and water management, the causes of these problems, the physical and technical phenomena that arise during such measurements, as well as the various operating modes required for these measurements.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

проанализированы существующие измери­ тельные преобразователи и представлены основные требования к этим преобразователям. Ключевые слова: сельское хозяйство, водное хозяйство, вращающийся механизм, угловое смещение, измерение, преобразователь.

Existing measuring transducers are analyzed, and the main requirements for these transducers are presented. Key words: agriculture, water management, rotating mechanism, angular displacement, measurement, converter.

Kirish. Gidrotexnika inshootlari darvoza qismidan o‘tadigan suvni to‘sish, suv sarfi yoki tezligini rostlash uchun xizmat qiladigan konstruksiyalar – zatvorlar hozirgi davrda asosan po‘latdan tayyorlanadi. Foydalanishdagi vazifasiga ko‘ra, inshootni ekspluatatsiya qilish jarayonida muntazam ishlatiladigan – asosiy (ishchi), ta’mirlash va avariya holatlarida qo‘llaniladigan – avariya ta’mirlash va inshootni qurish davrida vaqtincha ishlatiladigan – qurilish zatvorlari bir-biridan farqlanadi. Konstruksiyasiga ko‘ra, zatvorlar segmentli, yassi, sektorli, konusli va boshqa turlarga bo‘linadi. Meliorativ tizimlar inshootlarida asosan yassi va segmentli zatvorlar qo‘llaniladi. Yirik inshootlarda sektorli va konusli zatvorlar ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, Pachkamar suv omboridan suv chiqaruvchi inshoot konusli zatvor bilan ta’minlangan. Mavjud zatvorlarning aylanuvchi qismlarining yetarli darajada nazorat qilinmasligi, o‘z navbatida, elektr energiyaning ortiqcha isrofgarchiligiga va ortiqcha vaqtning sarf bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, zarur bo‘lmagan suvning isrofi ortadi. Shu kabi muammolarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida aylanuvchi mexanizmlarning burchak siljishini o‘lchovchi o‘lchash o‘zgartkichlari tahlil qilindi va yuqori aniqlikka ega va o‘lchash chegarasi yuqori bo‘lgan o‘lchash o‘zgartgichining texnik parametrlari batafsil keltirildi [1-12].

1-rasm. Turli xil zatvorlarning aylanuvchi qismlari. (Ushbu fizik modellar Solid Works paket programmasida yaratildi).

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 36 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025

Yuqoridagi mavjud muammolarni inobatga olgan holda ushbu maqolaning asosiy maqsadi suv xo‘jaligida qo‘llaniladigan zatvorlarning aylanuvchi mexanizmlarini o‘lchovchi burchak siljish datchigining ishonchliligini oshirish va o‘lchash chegarasini kengaytirishdan iborat.

2-rasmda ikki fazali asinxron motorli kuzatuvchi tizim prinsipial sxemasi keltirilgan. Ushbu tizim quyidagicha ishlaydi. Tizimdagi kirish va chiqish o‘qlarining holati potensiometr P bilan mexanik bog‘langan mexanik differensial Dr yordamida o‘zaro taqqoslanadi. Potensiometr P chiqishidan olinayotgan kuchlanish (Um) kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi va ikki fazali asinxron motor (AsM) boshqaruvchi cho‘lg‘ami (BCh) ga (Uk) kuchlanish ko‘rinishida beriladi. (AsM) Qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami (QCh) ham potensiometr ulangan sanoat chastotali elektr tarmog‘idan ta’minlanadi. Chiqish transformatori (Trchiq) ikkilamchi cho‘lg‘amiga parallel ulangan kondensator S asinxron motor AsM boshqaruvchi cho‘lg‘ami (BCh) ga berilayotgan (Uk) kuchlanishni fazirovkalash uchun xizmat qiladi [13-15].

Ushbu tizimda potensiometr P bilan mexanik bog‘langan mexanik dif­ ferensial Dr burchak siljishlari farqi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi O‘O‘ vazifasini bajaradi.

2-rasm. Ikki fazali asinxron motorli kuzatuvchi tizim prinsipial sxemasi: Dr – mexanik differensial; P – potensiometr; BCh – boshqaruvchi cho‘lg‘am; QCh – qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami; R – reduktor; AsM – asinxron motor.

Tahlil etilayotgan avtomatik kuzatuvchi tizimda ko‘rsatkichlari talab darajasida bo‘lishi uchun unda qo‘llanilayotgan O‘O‘ chiziqli statik xarakteristikaga, o‘lchash aniqligi va sezgirligi yuqori hamda og‘ir ekspluatatsiya sharoitlarida ham qoniqarli metrologik xarakteristikalarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Yuqorida keltirilgan NBT lari sxemalari va texnologik jarayonlar hamda ishlab chiqarishning NBT lariga bag‘ishlangan o‘quv hamda ilmiy adabiyotlarda berilgan tegishli tizimlar sxemalari tahlili asosida ularda qo‘llaniladigan O‘O‘ lariga NBT tomonidan qo‘yiladigan asosiy talablarni quyidagicha shakllantiramiz:

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

1) yuqori o‘lchash sezgirligi va aniqligi; 2) o‘zgartirish funksiyasining butun o‘lchash diapazonida chiziqliligi; 3) xarakteristikalarining vaqt bo‘yicha mo‘tadilligi; 4) xarakteristikalarining og‘ir ekspluatatsiya (ekstremal) sharoitlari (atrof-muhit harorati, tashqi elektromagnit maydonlarning keng diapazonda o‘zgarishi, katta qiymatli vibratsiya, namlikning yuqoriligi, chang miqdorining ko‘pligi, agressiv muhitning mavjudligi va boshq.)da ham mo‘tadilligi; 5) yuqori tezkorlik (O‘O‘ vaqt doimiysining kichikligi); 6) og‘irlik-gabarit o‘lchamlarining kichikligi; 7) O‘O‘ chiqish kattaligini uning kirish kattaligi bilan bir qiymatli bog‘lanishi, ya’ni gisterezisning yo‘qligi. Yuqorida keltirilgan asosiy talablardan tashqari, NBT larida foydalaniladigan O‘O‘ lariga quyidagi qo‘shimcha talablar qo‘yiladi: 1) konstruksiyasi va yasash texnologiyasining soddaligi; 2) o‘ta yuklanish qobiliyati, ya’ni kirish kattaligining eng katta ruxsat etilgan qiymatini uning nominal qiymatiga nisbatining katta bo‘lishi; 3) quvvat iste’molining kichikligi; 4) O‘O‘ faqat o‘lchanishi kerak bo‘lgan burchak siljishlari va ularning farqi o‘zgarishiga bog‘liqligi; 5) chiqish zanjiridagi yuklamaning o‘zgarishini kirish zanjiriga ta’sirining bo‘lmasligi; 6) konstruksiya yoki sxemani yig‘ish va xizmat ko‘rsatishning oddiyligi; 7) qayta o‘lchashlarda xarakteristikalarining bir xilligi. Ultratovush to‘lqinini manbada chiqishi va uni siljigan obyektdan qaytish vaqtlari orasidagi kechikish (tafovut) ultratovush manbai va obyekt orasidagi masofani o‘lchash imkonini beradi. Ultratovush O‘O‘ lari ham xuddi optik O‘O‘ lari kabi afzallik va kamchiliklarga ega [16-20].

3-rasm. Ultratovush (UT) O‘O‘ 4-rasm. Magnitorezistiv funksional sxemasi. O‘O‘ elektr sxemasi.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 38 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025

Burchak siljishlarini o‘lchovchi O‘O‘ larining texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni NBT larida eng keng qo‘llanilayotgan turkumiga elektromagnit O‘O‘ lari kiradi. Keyingi paragraflarda ushbu O‘O‘ larining konstruktiv sxemalari va texnik imkoniyatlari bilan qisqacha tanishamiz.

Transformator O‘O‘ larining texnik imkoniyatlarini kengroq o‘rganish maq­ sadida ularning bir nechta xarakterli konstruktiv sxemalarini ko‘rib chiqamiz.

5-rasm. Qo‘zg‘aluvchan qismlari 7 ferromagnit o‘zaklardan iborat bo‘lgan 10 transformator O‘O‘ konstruktiv sxemasi: 9 1-3 – berk bo‘lmagan ferromagnit halqalar; 3 4 – Sh–simon ferromagnit sterjen; 5, 6, 7 – o‘lchash cho‘lg‘amlari; 8 – 8 qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami; А 9, 10 – qo‘zg‘aluvchan ferromagnit o‘zaklar. 4 Ф2 Ф1

Bu O‘O‘ bir o‘q bo‘ylab bir xil masofada o‘zaro parallel tekisliklarda joy­ lashgan uchta (1-3) berk bo‘lmagan ferromagnit halqa, ularning turli xil nomli uchlari o‘zaro Sh–simon ferromagnit sterjen (4) yordamida tutashtirilgan magnit o‘tkazgichdan tashkil topgan bo‘lib, (1-3) ferromagnit halqalarda tekis taqsimlangan ko‘rinishda o‘ralgan va o‘zaro differensial sxema bo‘yicha ulangan uchta bir xil o‘lchash cho‘lg‘amlari (5-7) o‘rnatilgan, qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami (8) esa Sh–simon ferromagnit sterjen (4) ning o‘rta sterjenida joylashtirilgan. Har ikkita yondosh 1- va 2- hamda 2- va 3-halqalar orasidagi halqasimon havo oraliqlarida ikkita qo‘zg‘aluvchan ferromagnit o‘zak 8 va 9 joylashtirilgan bo‘lib, ularning biri burilish burchagi nazorat qilinadigan birinchi obyektga, ikkinchisi esa ikkinchi obyektga shtangalar orqali mahkamlangan (5-rasmda ko‘rsatilmagan) [23].

Mavjud datchikning tuzilishi va texnik parametrlari

6-rasmda yana bitta qo‘zg‘aluvchan o‘zakli transformator O‘O‘ ning konstruktiv sxemasi keltirilgan bo‘lib, u halqasimon magnit ko‘prik (1), uning yelkalari (2-5) va ferromagnit sterjen ko‘rinishidagi diametral tutashtirgich (6) hamda unda joylashgan o‘lchash cho‘lg‘ami (7) (o‘lchash diagonali), “S” simon tashqi diametral magnit o‘tkazgich (8) va unda o‘rnatilgan qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami (9) dan tashkil topgan. Qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami o‘zgaruvchan tok manbai (10) ga ulanadi. Bir o‘q bo‘ylab joylashgan ikkita obyekt burchak siljishlari farqi o‘lchash talab etilganda ulardan bittasi magnit ko‘prik (1) ga, ikkinchisi esa magnit o‘tkazgich (8) ga mahkamlanadi (sxemada ko‘rsatilmagan).

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

6-rasm. Burchak siljishlarini o‘lchovchi qo‘zg‘aluvchan o‘zakli 2 3 transformator O‘O‘ konstruktiv sxemasi: 7 6 9 10 1 – magnit ko‘prik; 2-5 – ko‘prik yelkalari; 6 – diametral tutashtirgich; 1 7 – o‘lchash cho‘lg‘ami; 5 4 8 8 – tashqi S-simon diametral magnit o‘tkazgich; 9 – qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami; 10 – o‘zgaruvchan tok manbai.

O‘O‘ neytral holatda bo‘lganda o‘lchash diagonalida natijaviy magnit oqimi nolga teng va shuning uchun ham o‘lchash cho‘lg‘amida signal nolga teng bo‘ladi. Obyektlar va ularga ulangan O‘O‘ qo‘zg‘aluvchan qismlari ma’lum burchaklarga burilganda, magnit ko‘prikning muvozanati buzilishi natijasida o‘lchash diagonalida natijaviy magnit oqimi paydo bo‘ladi va o‘lchash cho‘lg‘amida obyektlar burilish burchaklari farqiga proporsional bo‘lgan EYuK induksiyalanadi.

Ushbu O‘O‘ ning asosiy kamchiliklariga uning sezgirligining pastligi (dissertatsiyaning keyingi bobida ushbu masala batafsil tahlil etiladi) va og‘irlik-gabarit ko‘rsatkichlarining (konstruksiyada tashqi S-simon diametral magnit o‘tkazgich (8) mavjudligi hisobiga) nisbatan kattaligi kiradi.

Ushbu rasmdan ko‘rinadiki, mavjud burchak siljishini o‘lchaydigan datchik orqali burchakning siljishini 50 dan 130 darajagacha aniq o‘lchash murakkab. Transformator o‘zgartgichli burchak siljishini o‘lchovchi datchikning sezgirligi aynan shu burchak (500˂ α ˂1300) oralig‘ini o‘lchayotganda xatoligi oshib ketadi. Bu esa, o‘z navbatida, transformator o‘zgartirgichli burchak siljishini o‘lchovchi datchikning kamchiligini ifodalaydi [16].

Taklif etilayotgan burchak siljishini o‘lchaydigan datchikning magnit parametrlari hisobi

Burchak siljishini o‘lchovchi transformatorli o‘zgartirgichlar yangi konstruk­ siyalarini ishlab chiqish jarayonida texnik ijodiyotning energiya-axborot va morfologik usullaridan, shu jumladan ixtirolar xalqaro tasnifidagi siljish, tezlik, tezlanish va boshqa harakat parametrlarini o‘lchovchi o‘zgartirgichlar guruhlarida va boshqa ilmiy va internet manbalarda qayd etilgan.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan usullarni qo‘llash asosida yaratilgan burchak siljishini o‘lchovchi transformatorli o‘zgartirgich va ushbu paragrafda keltiriladigan konstruksiyalardan biri 7-rasmda keltirilgan.

Ishlab chiqilgan o‘lchash qurilmasi (O‘Q) yelkalarining magnit qarshiliklari ferromagnit materialdan (7 a-rasm) 1, 10, 11 va 12 ko‘rinishida yasalgan ikkita to‘rt yelkali ko‘prikdan tashkil topgan bo‘lib, uning 1-10 va 11-12 yelkalari mos ravishda diametral ferromagnit tutashtirgich (16) yordamida o‘zaro ulangan. O‘lchash

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 40 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025

cho‘lg‘ami (5) ferromagnit tutashtirgich (16) ga joylashtirilgan ko‘prik berk halqa ko‘rinishida yasalgan magnit o‘tkazgich (2) ichida joylashtirilgan. Ushbu berk halqaga ikki tomondan qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlari (3-4) va (7-8) joylashtirilgan.

7a-rasm. Burchak siljishini o‘lchovchi transformatorli o‘zgartirgich konstruktiv sxemalari.

7b-rasm. Burchak siljishini o‘lchovchi transformatorli o‘zgartirgichning fizik sxemasi.

Ko‘prik shaklidagi yelkalarining diametral tutashtirgich (16) uchlarida ishchi bo‘lmagan (tinch holati) va lar havo oralig‘i ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, spiral ko‘rinishidagi yelkalar (Z2, Z3, Z6, Z7) va diametral tutashtirgich bilan tutashtirilgan. To‘rtburchak shakldagi magnit o‘tkazgich (2) yoki ko‘prikning diametral tutashtirgichi (16) nazorat qilinuvchi obyektga ulanadi. Qo‘zg‘aluvchan obyekt burchak siljishini o‘lchash talab etilganda esa to‘rtburchak shakldagi magnit o‘tkazgich (2) ularning biriga, diametral tutashtirgich (16, 6) vall yordamida mahkam bog‘lanadi.

O‘Q quyidagicha ishlaydi. Qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami o‘zgarmas kuchlanish manbaiga ulanganda, ikkala seksiyada hosil bo‘lgan sinusoidal tok hisobidan berk halqasimon magnit o‘tkazgich (2) da cho‘lg‘am seksiyalari induktiv jihatdan qarama-qarshi ulanganligi sababli bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan ikkita

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

magnit yurituvchi kuch (MYuK) va ularning ta’sirida diametral joylashgan qutb nakonechnigida elektr yurutuvchi kuch (EYuK) hosil bo‘ladi.

Taklif etilgan O‘Q o‘lchash cho‘lg‘amidagi magnit oqimi induksiyalaydigan EYuK quyidagiga teng bo‘ladi:

(1) bu yerda ω – manba kuchlanishining burchak chastotasi, [s(-1)]; wo‘lch. – o‘lchash cho‘lg‘ami o‘ramlari soni.

8-rasm. O‘lchash o‘zgartgichning burilish burchagi va chiqish kuchlanishining bog‘liqligi.

Ko‘rinib turibdiki, o‘lchash cho‘lg‘amidagi chiquvchi kuchlanishning qiymati juda kichik. Bu kuchlanish maxsus kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi va Arduino maxsus miksoplatasi orqali burilish burchagiga moslanadi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu burchak siljish datchigi yordamida aylanuvchi mexanizmlarning burilish holatini 1700 gacha aniq o‘lchash mumkin. Shu bilan birga, sezgirligi juda yuqori.

(2) 2-formuladan ham ma’lumki, chiqish kuchlanishi qarshilikning qiymatiga teskari bog‘langan, demak, qarshilik kamayishi bilan chiqish kuchlanishi ortadi. 8-rasmga binoan qarshilik magnit o‘tkazgichlarning uzunligiga bog‘liq.

Yuqoridagi mavjud muammolarni inobatga olgan holda, suv xo‘jaligida qo‘llaniladigan zatvorlarning aylanuvchi mexanizmlarini o‘lchovchi burchak siljish datchiklari chuqur tahlil qilindi. Ularning yutuq va kamchiliklari keltirildi.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 42 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025

Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, mavjud datchiklarning aniqligi past va o‘lchash chegarasi kichkina. Tavsiya qilingan suv xo‘jaligida qo‘llaniladigan zatvorlarning aylanuvchi mexanizmlarini o‘lchovchi burchak siljishini o‘lchovchi datchikning ishonchliligi va o‘lchash chegarasi yuqori.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar26 ta adabiyot

  1. Oktarina Y., Dewi T., Risma P. and Nawawi M. “Tomato Harvesting Arm Robot Manipulator; A Pilot Project,” // J. Phys. Conf. Ser., Vol. 1500, no. 1, 2020, doi: 10.1088/1742-6596/1500/1/012003.10.1088/1742-6596/1500/1/012003
  2. Fountas S., Mylonas N., Malounas I., Rodias E., Santos C. and Pekkeriet E. “Agricultural Robotics for Field Operations,” // Sensors (Basel)., Vol. 20, no. 9, May 2020, doi: 10.3390/S20092672.10.3390/s20092672
  3. Taofik A., Ismail N., Gerhana Y.A., Komarujaman K. and Ramdhani M.A. “Design of Smart System to Detect Ripeness of Tomato and Chili with New Approach in Data Acquisition,” // IOP Conf. Ser. Mater. Sci. Eng., Vol. 288, no. 1, pp. 0–6, 2018, doi: 10.1088/1757-899X/288/1/012018.10.1088/1757-899x/288/1/012018
  4. Hu C., Liu X., Pan Z. and Li P. “Automatic detection of single ripe tomato on plant combining faster R-CNN and intuitionistic fuzzy set,” // IEEE Access, Vol. 7, pp. 154683–154696, 2019, doi: 10.1109/ ACCESS.2019.2949343.
  5. Popowski S. and Dabrowski W. “Measurement and estimation of the angle of attack and the angle of sideslip,” // Aviation, Vol. 19, no. 1, pp. 19–24, 2015, doi: 10.3846/16487788.2015.1015293.10.3846/16487788.2015.1015293
  6. Baratov R., Pirmatov N., Panoyev A., Chulliyev Y., Ruziyev S. and Mustafoqulov A. “Achievement of electric energy savings through controlling frequency convertor in the operation process of asynchronous motors in textile enterprises,” // IOP Conf. Ser. Mater. Sci. Eng., Vol. 1030, no. 1, Jan. 2021, doi: 10.1088/1757-899X/1030/1/012161.10.1088/1757-899x/1030/1/012161
  7. Zangl H., Faller L.M. and Granig W. “Optimal design of angular position sensors,” // COMPEL - Int. J. Comput. Math. Electr. Electron. Eng., Vol. 36, no. 5, pp. 1372–1385, 2017, doi: 10.1108/COMPEL-02-2017-0099.10.1108/compel-02-2017-0099
  8. Mehta S.S. and Burks T.F. “Vision-based control of robotic manipulator for citrus harvesting,” // Comput. Electron. Agric., Vol. 102, no. November, pp. 146–158, 2014, doi: 10.1016/j.compag.2014.01.003.10.1016/j.compag.2014.01.003
  9. Denmukhammadiev A., Mustafoqulov A., Valikhonova H., Sobirov E. and Raimov T. “Electricity metering and backup power supply for multi-storey buildings,” // E3S Web Conf., Vol. 264, p. 05051, Jun. 2021, doi: 10.1051/E3SCONF/202126405051.10.1051/e3sconf/202126405051
  10. Baratov R., Mustafoqulov A. “Smart angular displacement sensor for agricultural field robot manipulators” // E3S Web of Conferences., 2023, 386, 03008. https://doi.org/10.1051/e3sconf/20234010400610.1051/e3sconf/202340104006
  11. “Root AI raises seed funding for Virgo robot to harvest multiple crops.” https://www.therobotreport.com/root-ai-raises-seed-funding-for- virgo-robot-designed-to-harvest-multiple-crops/ (accessed May 02, 2022). PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА THEORY AND PRACTICE
  12. “Root AI - Join the future of farming.” https://root-ai.com/#tech (accessed Oct. 06, 2022).
  13. “Root AI unveils its tomato-picking robot Virgo.” https://www.cnbc. com/2019/05/11/root-ai-unveils-its-tomato-picking-robot-virgo.html (accessed Oct. 06, 2022).
  14. “Root AI - Introducing Virgo - YouTube.” https://www.youtube.com/ watch?v=XlXSGqvP-A8&t=84s (accessed Oct. 06, 2022).
  15. “Rotary angle sensor - Wikipedia.” https://ru.wikipedia.org/wiki/ Rotary angle sensor (accessed May 02, 2022).
  16. Davletov I., Khakimov N., Qodirov A., Akhmedov M., Sadullayev J. and Khamraev O. “Soft start of induction electric motors using rezistor and denistor devices,” // E3S Web Conf., Vol. 461, p. 01066, Dec. 2023, doi:
  17. 1051/e3sconf/202346101066.
  18. Davletov I.Y., Khakimov N.Z., Qodirov A.K., Akhmedov M.M., Sadullayev J.O. and Khamraev O.O., “Increasing the Efficiency of Asynchronous Motors by Improving the Quality of the Electric Current,” // IEEE XVI International Scientific and Technical Conference Actual Problems of Electronic Instrument Engineering (APEIE), Nov. 2023, pp. 1820–1824. doi: 10.1109/APEIE59731.2023.10347842.10.1109/apeie59731.2023.10347842
  19. Patentu I.K. “C1,” Vol. 30, no. 19, pp. 1–9, 2006.
  20. Safarov A., Sattarov K., Bazarov M. and Mustafoqulov A. “Issues of the electromagnetic current transformers searching projecting,” // E3S Web Conf., Vol. 264, p. 05038, Jun. 2021, doi: 10.1051/ E3SCONF/202126405038.
  21. “Transformer inverter angular movements.” https://russianpatents. com/patent/216/2161774.html (accessed May 02, 2022).
  22. Patentu I.K. “C2,” no. 19, pp. 1–7, 2006.
  23. Baratov R., Mustafoqulov A. “Model of field robot manipulators and sensor for measuring angular displacement of its rotating parts” // E3S Web of Conferences., 2023, 401, 04006. https://doi.org/10.1051/ e3sconf/202338603008.
  24. “An Improved Magnetic Equivalent Circuit Model for Iron-Core Linear Permanent-Magnet Synchronous Motors | Request PDF.” https://www. researchgate.net/publication/224587224_An_Improved_Magnetic_ Equivalent_Circuit_Model_for_Iron-Core_Linear_Permanent-Magnet_ Synchronous_Motors (accessed May 10, 2022).
  25. Sheikh-Ghalavand B., Vaez-Zadeh S. and Hassanpour Isfahani A., “An improved magnetic equivalent circuit model for iron-core linear permanent-magnet synchronous motors,” // IEEE Trans. Magn., Vol. 46, no. 1, pp. 112–120, Jan. 2010, doi: 10.1109/TMAG.2009.2030674.10.1109/tmag.2009.2030674
  26. Zhao H. and Feng H. “A novel angular acceleration sensor based on the electromagnetic induction principle and investigation of its calibration tests,” // Sensors (Switzerland), Vol. 13, no. 8, pp. 10370– 10385, 2013, doi: 10.3390/s130810370. O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 44 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 7 | ISSUE 1 | 202510.3390/s130810370

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-014093
Nashr sanasi
2025-09-10
Til
o‘zbek
Jurnal
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Jild
7
Son
1
DOI
10.5281/zenodo.15484039
ISSN
3060-4672
Nashriyot
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Sahifa
35–44
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Oxirgi yangilanish
2025-09-11