Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OLIY TA‘LIM TALABALARINI FIZIKA O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMASINI OSHIRISH
Orinbaeva Kumushoy Sultanbek kizi, Usmonova Mohlaroyim Muhammadjon qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada oliy ta‘lim talabalarini fizika fanini o‘qitish jarayonida zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali ularning texnologik va amaliyko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Fizika ta‘limi mazmuniga raqamli vositalarniintegratsiyalash, virtual laboratoriyalar, simulyatsiya dasturlari, onlayn platformalar va mobil ilovalardanfoydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviytexnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni talabalarda nazariy bilimlarni mustahkamlash, tajribaasosida o‘rganish, mustaqil tahlil qilish va ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Shuningdek, maqolada fizika o‘qitishning innovatsion modeli va texnologik yondashuv asosidagi metodiktavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY MUSIQA ESHITISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Tajiboyev Elmurod Maxmudjonovich, Karimova Gulsanam Rahimjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda milliy musiqaga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, tinglash madaniyatini shakllantirish va ushbu jarayonda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik metodlar haqida so‘z boradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON HUDUDIDA O‘SADIGAN DORIVOR O‘SIMLIK TURLARINING TAHLILI
A. Joldasbaevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Qoraqalpog‘iston florasi o‘zining biogeografik xususiyatlari tufayli 1110 ga yaqin turdagi [2] o‘tkazuvchi o‘simliklardan iborat bo‘lib, ular dorivor o‘simliklar xilma-xilligining markaziga aylanadi. Dorivor o‘simliklarning taxminan turlaridan an‘anaviy tibbiyotda foydalanilgan, ammo so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 444 ta dorivor o‘simlik turlari o‘sishini tasdiqlashimiz mumkin [1]. Qoraqalpog‘iston hududidagi dorivor o‘simliklar florasini taksonomik tahlil qilishda quyidagi asosiy natijalarni ko‘rsatdi. Dorivor o‘simlik turlarining asosiy qismi magnoliofitlardir. Ular 437 turdan iborat bo‘lib, umumiy dorivor o‘simliklar florasining 98,42% ini tashkil etadi. Shundan ikki pallalilar (Magnoliopsida) 86,26%, bir pallalilar (Liliopsida) 12,16% ni tashkil etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TALABALAR OG‘ZAKI DISKURS KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TARKIBIY KOMPONENTLARI
Gapparov Zayniddin Abdusalom oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda talabalar og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishda diskurskompetensiyasining o‘rni yoritiladi. Asosiy e‘tibor til birliklarini kontekstda qo‘llash, mantiqiy bog‘liqlikva nutq uyg‘unligini ta‘minlashga qaratiladi. Shuningdek, kommunikativ va interaktiv metodlar orqaliog‘zaki diskursni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YETTINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING VAZIFALARI VA MAZMUNI
Akhmedov Bakhodirkhon Sayfiddinovich, Abdusamatova Gulshoda Kamoliddin kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Musiqa savodi, qo‘shiq kuylash ishlari va musiqa tinglash ishlarini amalga oshirishdaquyi sinflarda olingan bilim va malakalariga va hayotiy tajribalarga suyanib ish tutish yaxshi natija beradi.Qo‘shiq o‘rgatish metodlari 7-sinfda ham umumiy metodlaridan ko‘p farq qilmaydi. Musiqa tanlashda esamazmun jihatdan ancha murakkab bo‘lgan asarlar o‘tiladi. O‘quvchilar, o‘zbek xalq qo‘shiqlari,maqomlari, mumtoz ashulalari, yalla va laparlari, xalq musiqasining mahalliy uslublari bilan tanishib,tuzilish mazmunini, tarixini o‘rganadilar. Mumtoz ashulalar kuylab, maqomlar kuylab, o‘zbek xalqmusiqasini durdona asarlaridan zavq oladilar.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ANTROPOGEN OMILLAR TA‘SIRIDA TO‘QAY EKOTIZIMLARINING DEGRADATSIYASI
S.Sh.Yeshchanova, T.J. Seitmuratova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada Amudaryo suv sarfining 1960–2025-yillar davomida o‘zgarishi hamda uning to‘qay ekotizimlariga ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida daryo suv sarfining yildan-yilga kamayib borishi natijasida to‘qay hududlarida ekologik muvozanatning buzilishi, yer osti suvlari sathining pasayishi va tuproq sho‘rlanishining kuchayishi aniqlangan. Shuningdek, suv tanqisligi oqibatida gidrofil o‘simliklar maydonining qisqarishi va bioxilma-xillikning kamayishi kuzatilayotgani yoritilgan. Maqolada Amudaryo havzasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, to‘qay ekotizimlarini saqlash hamda ekologik monitoringni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ORGANIK O‘G‘ITLARNING TUPROQ TARKIBI VA UNUMDORLIGIGA TA‘SIRI
Turdishev B.X., Serimbetov T.E., Ismayilov B.Q., Ismayilov B.K. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
qishloq xo‘jaligida organik dehqonchilikka o‘tish, organik o‘g‘itlarning tuproq tarkibi va undagi o‘tadigan agrokimyoviy jarayonlarga ta‘siri,.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KONGRUENT ALMASHTIRISHLAR
Khoshimova Dilobar Kuchkarovna, Boymurodova Shahzoda Alisher kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur ilmiy maqolada geometriyada muhim o‘rin tutuvchi kongruentalmashtirishlar nazariyasi tahlil qilinadi. Kongruent almashtirishlar — bu fazoda shakllarni o‘lcham vashaklini o‘zgartirmasdan joyini o‘zgartiruvchi o‘zgarishlardir. Maqolada ushbu almashtirishlarning asosiyturlari — parallel siljitish, aylantirish va akslantirish alohida ko‘rib chiqilib, har birining analitik ifodasi,matematik isboti hamda amaliy qo‘llanilish sohalari yoritilgan. Shuningdek, kongruent almashtirishlarninginvariantlari va ularning kombinatsiyasi orqali fazoda murakkab harakatlar hosil bo‘lishi ilmiy asosdaisbotlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Магнетронное распыление широкозонного триоксида молибдена MoO3
Muzafarova S.A., Tashlanova D.M. · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Magnetron changlatish texnologiyasining muhim parametrlaridan biri jarayonning boshqariluvchanligini ta‘minlashdir. O‘tqazish tezligi — nishon sirtidan uchib chiqqan atomlarning taglikka yetib borishi natijasida plyonka qalinligining bir daqiqada ortish tezligi. Umuman olganda, o‘tqazish tezligi 50 dan 500 Å/min gacha o‘zgaradi. Yuqori chastotali va o‘zgarmas tok rejimlarida ion toklarining o‘rtacha qiymatlari bir-biridan kam farq qiladi; plazma elektron ionlanish natijasida hosil bo‘ladi, elektron ionlanish esa radiochastotali nurlanish yordamida amalga oshiriladi. Taglik harorati odatda eng yaxshi tekstura olinadigan qilib optimallashtiriladi. Dastlabki changlatish jarayonida molibden oksidini hosil qilish, xususan, MoO3 birikmasini sozlash uchun kameraga kislorod beriladi. Hosil bo‘lgan molibden oksidi plyonkalari turli maqsadlar uchun qiziqarli materiallar hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Analysis in the diagnosis of breast cancer glands of information content of digital mammography and mammoscintigraphy
Akhrarova Umida Sadritdinovna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Erta diagnostika muvaffaqiyatli davolashning kaliti ekani ma‘lum: u o‘smaga qarshi davolash samaradorligini oshiradi hamda davolash agressivligini va jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar uchrashini kamaytirish uchun qulay sharoit yaratadi. Ko‘krak bezi saratonini aniqlashda mammografiya (MGM, ultratovush tekshiruvi va MRT) samaradorligini (shu jumladan ko‘krak bezi to‘qimasining 1 sm² yuzasida 15 tadan ortiq xavfli o‘smalar bo‘lganda) cheklangan deb tan olish kerak. Ko‘krak bezi to‘qimasining rentgenologik zichligi A va B mammografik tiplarda, oshgan rentgenologik zichlik esa C va D tiplarda baholandi. Tadqiqotimizda tekshirilgan 437 nafar ayoldan 171 nafarida (39%) ko‘krak bezi to‘qimasining rentgenologik zichligi oshgani, 266 nafarida (61%) esa past zichlik aniqlandi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, raqamli mammografiya va mahalliy tumorotrop «99mTc-texnetril» preparati bilan mammossintigrafiyani birgalikda qo‘llash ko‘krak bezi to‘qimasining rentgenologik zichligidan qat‘i nazar, minimal va multisentrik ko‘krak bezi saratonini aniqlashning eng aniq usuli hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Исследование влияния условий синтеза на основе дикарбоновых кислот
Sharipova Ayshagul Ibraimovna, Allamuratova Anargul Sultamuratovna, Abipova Aziza Ziyadullayevna, Sharipova Kamila Baxtiyarovna · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Akrilamid asosidagi funksional sopolimerlar orasida ikkita karboksil guruh tutgan kislotalar bilan hosil qilingan sopolimerlar alohida qiziqish uyg‘otadi: ular materiallarga yuqori gidrofillik, bufer xossalar, ion faolligi va yaqqol ifodalangan kolloid-kimyoviy xarakteristikalar bera oladi. Bu sinfning istiqbolli monomerlaridan biri itakon kislota (IK) bo‘lib, u yaqqol ifodalangan reaksiyaga kirishish qobiliyatiga hamda akrilamid bilan sopolimerlanishda barqaror ionogen zanjirlar hosil qilish imkonini beruvchi strukturaviy xususiyatlarga ega. Biologik mosligi va biologik parchalanuvchanligi tufayli itakon kislota allaqachon tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va ekologik texnologiyalarda qo‘llanilmoqda. Ushbu ishda akrilamidning itakon kislota bilan suvda eruvchan sopolimerlari sintezini o‘rganish natijalari keltiriladi. Olingan namunalarning kolloid-kimyoviy xossalarini sintez va modifikatsiyaning bir xil sharoitlarida avval o‘rganilgan akrilamid va malein kislota sopolimerlari bilan solishtirishga alohida e‘tibor qaratiladi. Qiyosiy yondashuv somonomer tabiatining sopolimerning asosiy struktura-funksional xarakteristikalariga ta‘sirini baholash va struktura hosil qiluvchi hamda suv ushlab turuvchi reagentlar sifatida keyingi qo‘llash uchun eng samarali tizimni tanlash imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Himoyalangan joylardagi ekin zararkunandalari va entomofagini kuzatish
Shamshetova Aysulıw Muratbay qizi, Utepburgenov Adilbay Reymbaevich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida himoyalangan joylarda yetishtiriladigan bodring, pomidor va bulg‘or qalampiri ekinlarida rivojlanib, zarar keltiradigan zararkunandalarning tur tarkibi, ularning rivojlanish biologiyasi, keltiradigan zarari hamda zararkunandalarda yirtqichlik qiladigan entomofaglar haqida ma‘lumotlar berilgan. Aniqlangan zararkunanda turidan: akatsiya shirasi, issiqxona oqqanoti, trips, poliz biti, pomidor kuyasi, g‘ovak hosil qiluvchi pashsha aniqlanib, shu bilan birga entomofaglar hisobi olingan ma‘lumotlar kiritildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Saksovul zararkunandalariga qarshi olib borilgan monitoring kuzatuv ishlari
Shamuratova Nagima Genjemuratovna, Mixail Vitalevich Markov, Menlimuratova Saxipjamal Jenisbaevna, Endirboev Jasur Xasanboyevich, Joldasbaeva Nurayziya Bekbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Orolqumning Urgu va Surgul hududida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan shishish hosil qiluvchi hasharotlar haqida aniqlanildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv ekotizimlarining ekologik holatini gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida baholash
Shamuratova Maftuna, Yeshchanova Sayyora · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi suv ekotizimlarining ekologik holatini baholashda gidrokimyoviy monitoring ma‘lumotlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy materialini 2025-yilda Amudaryo, Do‘stlik, Suenli va Kegeyli kanallari hamda «Pogranichniy» kollektoridan olingan suv namunalarining gidrokimyoviy tahlil natijalari tashkil etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Orolbo‘yi dengizi mintaqasida saksovulzorlarda gallitsalarning turlari va zarari
Shamuratova Nasima Genjemuratovna, Yakubbaeva Nargiza Dautbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida Orol dengizining qurishi oqibatida Orol dengiziga tutash hududlarda qator ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini yumshatish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Saksovulning foydali tomonlarini hisobga oladigan bo‘lsak, uni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan himoya qilish hozirgi vaqtda dolzarb muammolar hisoblanadi. Saksovulda uchraydigan zararkunandalar va kasalliklar uning o‘sishi va tarqalishiga ta‘sir etadi. Asosiy zararkunandalar orasida gallitsalar (Diptera, Cecidomyiidae) turlari va zarari haqida ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Конституционно-правовые механизмы обеспечения прав лиц с инвалидностью в Республике Узбекистан
Shagilova Gulxatisha Koptleuovna · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari tadqiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunchilik va inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning tenglikni ta‘minlash, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga qaratilgan qoidalari ko‘rib chiqiladi. Mehnat qilish, ta‘lim olish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot olish, axborot olish va sud orqali himoyalanish huquqlari kafolatlariga, shuningdek, ularning eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga nisbatan amalga oshirilishi xususiyatlariga alohida e‘tibor qaratiladi. Formal-yuridik, tizimli va qiyosiy-huquqiy usullar asosida konstitutsiyaviy kafolatlarni amalga oshirishning asosiy muammolari aniqlanadi va bu kafolatlarni takomillashtirish yo‘nalishlari belgilanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekiston olima ayollarining yurtim taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi
O‘roqova Zilola Salomovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada O‘zbekiston olima ayollarining ilm-fan, oliy ta‘lim va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni rasmiy statistika, davlat portallari va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – olima ayollarning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini ishtirok, ilmiy daraja, rahbarlik, xalqaro e‘tirof va qo‘llab-quvvatlash tizimi kesimida baholash. Tahlilda Milliy statistika qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va davlat portallarining ochiq ma‘lumotlari hamda mahalliy ilmiy jurnallardagi maqolalar statistik, qiyosiy va kontent-tahlil usullari bilan o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 2025-yilda mutaxassis-tadqiqotchilar orasida ayollar ulushi 40,4 foizga yetgan, oliy ta‘limdan keyingi ta‘limda esa 48,2 foizni tashkil etgan. Biroq ilmiy daraja va lavozim oshgani sayin bu ulush kamayadi: fan doktorlari orasida 22,2 foiz, akademiklar orasida 7,7 foiz, faol ilmiy loyihalar rahbarlari orasida 28 foiz. Maqola yakunida ilmiy yetakchilikni kuchaytirish, xalqaro nashrlarda ishtirokni oshirish va yagona statistik monitoring joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Tibbiyotda sun‘iy intellektni rivojlantirishda mahalliy tibbiy ma‘lumotlarning ahamiyati: TAMES AI loyihasi asosida
Zufarova Nargiza Nigmat qizi, Zamira Yusufovna Xalimova, Kamiljanova Barnoxon Raximovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Tibbiy diagnostika uchun sun‘iy intellekt (SI) tizimlari nazorat qilinadigan ilmiy tadqiqot sharoitlarida yuqori natijalarni namoyon etgan bo‘lsa-da, ularni turli klinik sharoitlarga joriy etish ma‘lumotlar taqsimotining siljishi (dataset shift), aholi populyatsiyasining geterogenligi va mahalliy validatsiyaning yetarli emasligi sababli muammoli bo‘lib qolmoqda. Qalqonsimon bez tugunlarini baholash bunga yaqqol misol bo‘la oladi: asosan Shimoliy Amerika va Yevropa populyatsiyalari ma‘lumotlari asosida o‘qitilgan diagnostik algoritmlar yod bilan ta‘minlanganlik darajasi, genetik xususiyatlari va sog‘liqni saqlash infratuzilmasi jihatidan farq qiluvchi, masalan, Markaziy Osiyo kabi mintaqalarda qo‘llanganda ko‘pincha kutilgan darajadagi natijalarni bermasligi mumkin. Ushbu maqolada TAMES AI (Thyroid-AI Malignancy Evaluation System) loyihasi misolida tibbiy sun‘iy intellekt tizimlarini ishlab chiqishda mahalliy manbalardan olingan multimodal klinik ma‘lumotlarning metodologik va strategik ahamiyati tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Malein angidridi asosidagi uretan oligomerining sintezi
Zayniyeva Raisa Bahodirovna, Qiyomov Sharifjon Nozimovich, Allamuratova Anargul Sultamuratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Malein angidridi asosidagi uretan oligomerini, poliuretan materiallarni sanoat miqyosida olish an‘anaviy ravishda di- va poliizosianatlarning poliollar bilan o‘zaro ta‘sirlashish reaksiyasiga asoslanadi. So‘nggi yillarda ekologik talablarning kuchayishi va texnologik jarayonlar xavfsizligini oshirish zarurati tufayli uretan saqlovchi polimerlarni izosianatlarsiz sintez qilish usullarini faol rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Agriculture in Karakalpakstan (1985–1991)
Yusupov Kadirbay Asenbayevich · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada 1985–1991-yillarda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligining rivojlanish xususiyatlari, asosiy tarmoqlari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, shuningdek, sohada yuzaga kelgan iqtisodiy va ekologik muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligining qayta qurish davridagi sovet rejali iqtisodiyoti tizimida tutgan o‘rni, yetakchi tarmoqlar sifatida paxtachilik va sholichilikning ahamiyati, chorvachilik holati, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, Orol dengizi ekologik inqirozining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Statistik ma‘lumotlarni qiyosiy tahlil qilish asosida 1985–1990-yillarda paxta yetishtirish hajmi va ekin maydonlaridagi o‘zgarishlar, sholi hosildorligining oshishi, don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tendensiyalar aniqlangan. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi darajasi saqlab qolingani holda suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, yerlarning meliorativ holati yomonlashuvi va ekologik inqiroz kabi muammolar sezilarli darajada keskinlashganini ko‘rsatadi.