QORAQALPOG‘ISTON HUDUDIDA O‘SADIGAN DORIVOR O‘SIMLIK TURLARINING TAHLILI
Joldasbaevna Abdiniyazova GulnaraBerdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti, Dorivor o‘simliklar agroekologiyasi va introduktsiyasi kafedrasi dotsenti, b.f.f.d.(PhD.)2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 51–52
Annotatsiya
Qoraqalpog‘iston florasi o‘zining biogeografik xususiyatlari tufayli 1110 ga yaqin turdagi [2] o‘tkazuvchi o‘simliklardan iborat bo‘lib, ular dorivor o‘simliklar xilma-xilligining markaziga aylanadi. Dorivor o‘simliklarning taxminan turlaridan an‘anaviy tibbiyotda foydalanilgan, ammo so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 444 ta dorivor o‘simlik turlari o‘sishini tasdiqlashimiz mumkin [1]. Qoraqalpog‘iston hududidagi dorivor o‘simliklar florasini taksonomik tahlil qilishda quyidagi asosiy natijalarni ko‘rsatdi. Dorivor o‘simlik turlarining asosiy qismi magnoliofitlardir. Ular 437 turdan iborat bo‘lib, umumiy dorivor o‘simliklar florasining 98,42% ini tashkil etadi. Shundan ikki pallalilar (Magnoliopsida) 86,26%, bir pallalilar (Liliopsida) 12,16% ni tashkil etadi.
Boshqa tillarda
ruschaАНАЛИЗ ВИДОВ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ, ПРОИЗРАСТАЮЩИХ НА ТЕРРИТОРИИ КАРАКАЛПАКСТАНА
Флора Каракалпакстана благодаря своим биогеографическим особенностям насчитывает около 1110 видов [2] сосудистых растений, что делает её центром разнообразия лекарственных растений. Часть видов лекарственных растений использовалась в традиционной медицине, однако, согласно последним исследованиям, можно подтвердить, что в Каракалпакстане произрастает 444 вида лекарственных растений [1]. Таксономический анализ флоры лекарственных растений территории Каракалпакстана показал следующие основные результаты. Основную часть видов лекарственных растений составляют магнолиофиты. Они насчитывают 437 видов, что составляет 98,42% общей флоры лекарственных растений. Из них двудольные (Magnoliopsida) составляют 86,26%, однодольные (Liliopsida) — 12,16%.
inglizchaANALYSIS OF MEDICINAL PLANT SPECIES GROWING IN THE TERRITORY OF KARAKALPAKSTAN
Due to its biogeographical characteristics, the flora of Karakalpakstan consists of approximately 1110 species[2] of vascular plants, which become the center of medicinal plant diversity. Approximately species of medicinal plants have been used in traditional medicine, but according to recent studies, we can confirm that 444 species of medicinal plants grow in Karakalpakstan [1]. The taxonomic analysis of the medicinal plant flora in the territory of Karakalpakstan showed the following main results. The majority of medicinal plant species are magnoliophytes. They consist of 437 species, accounting for 98.42% of the total medicinal plant flora. Of these, dicotyledons (Magnoliopsida) account for 86.26%, while monocotyledons (Liliopsida) account for 12.16%.
Kalit so‘zlar
- Qoraqalpog‘iston
- dorivor o‘simliklar
- hayotiy shakli
- oilasi
- turkumi
- turlar
- dorivorlik xususiyatlari
- ikki urug‘pallalilar (Magnoliopsida)
- bir urug‘pallalilar (Liliopsida)
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QORAQALPOG‘ISTON HUDUDIDA O‘SADIGAN DORIVOR O‘SIMLIK TURLARINING TAHLILI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1014 Abdiniyazova Gulnara Joldasbaevna Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti, Dorivor o‘simliklar agroekologiyasi va introduktsiyasi kafedrasi dotsenti, b.f.f.d.(PhD.) E-mail: gulnarabd29@mail.ru ANNOTATSIYA Qoraqalpog‘iston florasi o‘zining biogeografik xususiyatlari tufayli 1110 ga yaqin turdagi [2] o‘tkazuvchi o‘simliklardan iborat bo‘lib, ular dorivor o‘simliklar xilma-xilligining markaziga aylanadi. Dorivor o‘simliklarning taxminan turlaridan an’anaviy tibbiyotda foydalanilgan, ammo so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 444 ta dorivor o‘simlik turlari o‘sishini tasdiqlashimiz mumkin [1]. Qoraqalpog‘iston hududidagi dorivor o‘simliklar florasini taksonomik tahlil qilishda quyidagi asosiy natijalarni ko‘rsatdi. Dorivor o‘simlik turlarining asosiy qismi magnoliofitlardir. Ular 437 turdan iborat bo‘lib, umumiy dorivor o‘simliklar florasining 98,42% ini tashkil etadi. Shundan ikki pallalilar (Magnoliopsida) 86,26%, bir pallalilar (Liliopsida) 12,16% ni tashkil etadi. Kalit so‘zlar: Qoraqalpog‘iston, dorivor o‘simliklar, hayotiy shakli, oilasi, turkumi, turlar, dorivorlik xususiyatlari. ABSTRACT Due to its biogeographical characteristics, the flora of Karakalpakstan consists of approximately 1110 species[2] of vascular plants, which become the center of medicinal plant diversity. Approximately species of medicinal plants have been used in traditional medicine, but according to recent studies, we can confirm that 444 species of medicinal plants grow in Karakalpakstan [1]. The taxonomic analysis of the medicinal plant flora in the territory of Karakalpakstan showed the following main results. The majority of medicinal plant species are magnoliophytes. They consist of 437 species, accounting for 98.42% of the total medicinal plant flora. Of these, dicotyledons (Magnoliopsida) account for 86.26%, while monocotyledons (Liliopsida) account for 12.16%. Keywords: Karakalpakstan, medicinal plants, life forms, family, genus, species, medicinal properties. KIRISH Dunyoda dorivor va oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy yoki foydali qiymati, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish keng assortimentdagi dorivor va xushbo‘y-ziravorli o‘simliklar xomashyosining xilma-xilligini ko‘paytirish bilan bog‘liqdir. O‘z navbatida, dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojlarni mahalliy florada mavjud bo‘lgan yoki ekib o‘sirilayotgan o‘simliklarni respublikamizning tuproq va iqlim sharoitida plantatsiya holida yetishtirish hisobiga qondirish va eksportbop dorivor o‘simliklar tanlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, tabobatda ishlatiladigan dori vositalarning katta qismi o‘simliklardan olinadi. Yildan yilga bunday o‘simliklarga talab oshib bormoqda. Qoraqalpog‘iston hududining o‘simliklar qoplami xilma-xillikka ega. Asosan mazkur hududda mintaqa tipiga bog‘liq cho‘l o‘simliklari o‘sadi. Hudud o‘simliklari rivojlanishining tez yetiluvchanligi (efemerlar), qurg‘oqchilikka moslashuvchanligi (kseromorf), ba’zi o‘simlik ildizlarining tuproqqa chuqur kirib borishi (freatofit), sho‘r muxitda ham vegetatsiya qilish xususiyatiga ega ekanligi (galofitlar) va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston hududi sharoitida tabiiy holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar 63 ta oilaga mansub, 240 ta turkumga tegishli 444 ta turni iborat tashkil etadi [1]. Ushbu tur hudud florasining 40% tashkil etadi. Bu o‘simliklardan hozirgi paytda mahalliy xalq va ilmiy tibbiyotda foydalanib kelinmoqda, ulardan ayrimlari katta zaxira bazasiga ega[1]. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tarqalgan dorivor o‘simlik turlarining asosiy taksonomik guruhlar bo‘yicha taqsimlanishi B. Sherbaev [2] Qoraqalpog‘istonning umumiy florasi uchun ko‘rsatgan nisbatlarga to‘g‘ri keladi va jami floraning 40% tashkil qiladi. Dorivor floraning yetakchi 10 oilalarida jami turlarning 61,24% dan ortiqroq qismi jamlangan[1]. Qoraqalpog‘iston hududida tarqalgan dorivor o‘simliklarning turkumlar va turlari bo‘yicha spektrlari O‘zbekiston va O‘rta Osiyo floralarining umumiy spektriga ham juda o‘xshash [1,4]. Ularning ichida Amaranthaceae, Asteraceae, Fabaceae va boshqalar yetakchilik qiladigan oilalardan hisoblanadi [1] . Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy holda o‘sadigan dorivor o‘simlik turlari bioxilma-xilligi ajralib turadi. Hozirda ularning 4500 tur o‘simlik usadi va ularning 1200 ga yaqini turi dorivorlik xususiyatiga ega[3]. Amaranthaceae oilasidan Salsola, Anabasis, Chenopodium turkumlari yetakchilik qildi. Salsola turkumidan florada 28 turi bor[1,2], ularning 9 turi dorivor o‘simliklar, masalan: Salsola arbuscula, Salsola australis, Salsola collina, Salsola dendroides, Salsola gemmascens [1,2]va boshq. bu turkum turlari alkaloidlarga boy, qon bosimi, yaralarni bitkazishda, furunkulezda va boshqa kasalliklarda ishlatiladi [1,2,3,4]. Anabasis, turkumining esa florada 9 turi [1] tarqalgan ulardan 7 turining tarkibida dorivorlik xususiyatlar mavjud, shuning uchun dorivor o‘simliklar qatoriga kiradi [4; 122-123-b.], ular: Anabasis brachiata, Anabasis eriopoda, Anabasis salsa, Anabasis turkestanica hududda keng tarqalgan bo‘lib, bu turlarning xom ashyo zaxiralari yetarli darajada [1]. Bu o‘simliklardan ginekolog kasalliklarda (ayollar kasalliklari) va yurak-tomir kasalliklarida qonni to‘xtatadigan dori-darmon sifatida, yaralarda, teri kasalliklarida, sil kasalligida ishlatiladi[4]. Apiaceae oilasidan Ferula –ushbu turkumning 6 turi uchraydi, ulardan 5 tasi tarkibida dorivor moddalar mavjud bo‘lib, dorivor o‘simliklar hisoblanadi, gijjalarga qarshi, nevroz, bod, bronxial astma, sil kasalligida, qandli diabet kasalligida, jigar, sifilisda, astmadagi xavfli shishlarda, bezgak, yaralarni bitib ketishida [3,4] va boshqa kasalliklarda ishlatiladi [1; 110-120-b.]. Mahalliy xalq bu o‘simliklardan keng foydalanadi: Ferula caspica, Ferula dubjanskyi, Ferula foetida, Ferula karelinii, Ferula varia hududdagi tarqalish zaxiralari yetarli darajada. Xulosa qilib aytganda, taksonomik tahlil natijasida Magnoliophyta 437 turni, shundan Magnoliopsida 383, Liliopsida 54 turlarni tashkil qilib, tabobatda, ilmiy tibbiyotda filogenetik nuqtayi nazardan rivojlangan o‘simlik turlari keng qo‘llanilmoqda[1].
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Abdiniyazova G.J. Qoraqalpog‘iston Respublikasining dorivor o‘simliklari.//Toshkent, Bayoz- 2017, -168 b.
- Шербаев Б. Флора и растительность Каракалпакии. – Каракалпакстан: Нукус, 1988. – 304 с.
- Ходжиматов К.Х., Апрасиди Г.С., Ходжиматов А.К. Дикорастущие целебные растения Средней Азии. – Ташкент: Абу Али ибн Сино, 1995. – 112 с.
- O.K. Khojimatov, Abdiniyazova G.J., Valeriy V. Pak Some wild growing plants in traditional foods of Uzbekistan // Journal of Ethnic Foods, 2015. – № 2. –Рр. 25-28.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012187
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1014
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 51–52
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06