Asosiy mazmunga o‘tish

TALABALAR OG‘ZAKI DISKURS KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TARKIBIY KOMPONENTLARI

Gapparov Zayniddin Abdusalom ogluSamarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 479–483

Annotatsiya

Ushbu tezisda talabalar og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishda diskurskompetensiyasining o‘rni yoritiladi. Asosiy e‘tibor til birliklarini kontekstda qo‘llash, mantiqiy bog‘liqlikva nutq uyg‘unligini ta‘minlashga qaratiladi. Shuningdek, kommunikativ va interaktiv metodlar orqaliog‘zaki diskursni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaКОМПОНЕНТЫ РАЗВИТИЯ УСТНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ У СТУДЕНТОВ

В данной диссертации исследуется роль дискурсивной компетенции в развитии устных навыков студентов. Основное внимание уделяется использованию языковых единиц в контексте, обеспечению логической и связной речи. Также анализируются способы развития устной речи с помощью коммуникативных и интерактивных методов.

inglizchaCOMPONENTS OF DEVELOPING STUDENTS‘ ORAL DISCOURSE COMPETENCE

This thesis examines the role of discourse competence in developing students‘ oral skills. The main focus is on the use of language units in context, ensuring logical coherence and coherence of speech. It also analyzes ways to develop oral discourse through communicative and interactive methods.

Kalit so‘zlar

  • diskurs kompetensiya
  • og‘zaki nutq
  • talabalar
  • kontekst
  • kommunikativ yondashuv
  • diskurs markerlari
  • interaktiv metodlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

TALABALAR OG‘ZAKI DISKURS KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TARKIBIY KOMPONENTLARI

G‘apporov Zayniddin Abdusalom o‘g‘li Samarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Tel: [telefon raqami yashirilgan] E - mail: zayniddin_gapparov@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu tezisda talabalar og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishda diskurs kompetensiyasining o‘rni yoritiladi. Asosiy e’tibor til birliklarini kontekstda qo‘llash, mantiqiy bog‘liqlik va nutq uyg‘unligini ta’minlashga qaratiladi. Shuningdek, kommunikativ va interaktiv metodlar orqali og‘zaki diskursni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: diskurs kompetensiya, og‘zaki nutq, talabalar, kontekst, kommunikativ yondashuv, diskurs markerlari, interaktiv metodlar.

СТРУКТУРНЫЕ КОМПОНЕНТЫ РАЗВИТИЯ РЕЧЕВОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ

Гаппоров Зайниддин Абдусалом оглы Независимый научный сотрудник кафедры узбекского языка и литературы Самаркандского государственного педагогического института Тел: [telefon raqami yashirilgan] Эл. почта: zayniddin_gapparov@mail.ru

Аннотация: В данной диссертации рассматривается роль дискурсивной компетенции в развитии устной речи студентов. Основное внимание уделяется использованию языковых единиц в контексте, обеспечивающем логическую связность и последовательность речи. Также анализируются способы развития устной речи с помощью коммуникативных и интерактивных методов. Ключевые слова: дискурсивная компетенция, устная речь, студенты, контекст, коммуникативный подход, дискурсивные маркеры, интерактивные методы.

STRUCTURAL COMPONENTS OF DEVELOPING STUDENTS' ORAL DISCOURSE COMPETENCE

Gapporov Zayniddin Abdusalom oglu Independent researcher, Department of Uzbek Language and Literature, Samarkand State Pedagogical Institute Tel: [telefon raqami yashirilgan] E - mail: zayniddin_gapparov@mail.ru

Abstract: This article examines the role of discourse competence in developing students' oral skills. The main focus is on the use of language units in context, ensuring logical coherence and coherence of speech. It also analyzes ways to develop oral discourse through communicative and interactive methods. Keywords: discourse competence, oral speech, students, context, communicative approach, discourse markers, interactive methods.

KIRISH Zamonaviy til o‘rgatish jarayonida faqat grammatik bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, tilni real muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, talabalar tilni faol ishlatishga o‘tgan bosqichda og‘zaki diskurs kompetensiyasi markaziy o‘rin egallaydi. Diskurs kompetensiya bu til birliklarini kontekstda mos, mantiqli va maqsadga muvofiq qo‘llash, nutqda bog‘liqlik va izchillikni ta’minlash qobiliyatidir. Bu kompetensiyaning shakllanishi nafaqat lingvistik bilim, balki kommunikativ, sotsiokulturologik va pragmatik omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Tilshunoslikda “diskurs” tushunchasi muhim nazariy kategoriya sifatida shakllangan. M.A.K. Halliday (1978) tildan ijtimoiy faoliyat vositasi sifatida foydalanish g‘oyasini ilgari surib, diskursni ijtimoiy kontekstda amalga oshadigan til hodisasi sifatida izohlaydi [1, 24]. Brown va Yule (1983) esa diskursni “tilning aloqa maqsadida kontekstdagi ishlatilishi” sifatida talqin qilib, uni muloqotdagi mazmun uzviyligi bilan bog‘laydilar [2,32]. Schiffrin (1987) esa diskursni real nutqdagi birliklar o‘rtasidagi semantik va mantiqiy bog‘liqlik tizimi sifatida ko‘radi [3,41]. Shu nuqtai nazardan, diskurs bu faqat grammatik tuzilma emas, balki ma’lumotlar oqimini tashkil etuvchi ijtimoiy-mantiqiy tizimdir. Ko‘pincha diskurs va muloqot tushunchalari bir-biriga yaqin ishlatiladi, biroq ular o‘rtasida muhim farq mavjud. Muloqot bu ijtimoiy jarayon, diskurs esa ushbu jarayonning tilshunoslikdagi ko‘rinishi, ya’ni muloqot natijasida shakllangan nutq yoki matn tuzilmasidir. Shu bois, tilni o‘rganishda diskurs kompetensiyasi til birliklarini izchil, mantiqli, kontekstga mos va stilistik jihatdan to‘g‘ri qo‘llay olish qobiliyati alohida o‘rin tutadi. Diskurs kompetensiyasi turli til kompetensiyasi modellarida markaziy o‘rin egallagan. Canale va Swain (1980) modeli bo‘yicha, bu komponent grammatik, sotsiolingvistik va strategik kompetensiyalar bilan bir qatorda tahlil qilinadi [4,71]. Bachman (1990) esa diskurs kompetensiyasini organizational competence tarkibiga kiritadi va uni matnning mantiqiy hamda stilistik bog‘liqligini yaratishdagi asosiy omil sifatida ko‘rsatadi [9,54]. Yevropa Kengashining CEFR tizimida ham bu kompetensiya lingvistik resurslarni kontekst asosida mos ishlata olish, g‘oyalarni mantiqiy bog‘lash va konsistensiyaga erishish ko‘nikmalari orqali ifodalanadi [10,22].

Zamonaviy ta’limda grammatik bilimlar o‘z ahamiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, ular kommunikativ mahoratni to‘liq shakllantirish uchun yetarli emas. Bugungi kun o‘quvchisi o‘z fikrini mazmunan izchil, mantiqan bog‘langan, kontekstga mos va madaniy uyg‘un shaklda ifoda eta olishi lozim. Shu ma’noda, og‘zaki diskurs kompetensiyasi til o‘rgatishning yakuniy maqsadlaridan biri sifatida qaraladi. So‘nggi yillarda og‘zaki diskurs kompetensiyasini rivojlantirishda korpus lingvistikasining o‘rni tobora ortmoqda. Korpus texnologiyalari o‘quvchilarga real nutqdagi leksik, grammatik va pragmatik naqshlarni tahlil qilish imkonini beradi [11,132]. Natijada, talabalar tabiiy nutq modellarini kuzatish, ularni o‘z og‘zaki muloqotida qo‘llash, shuningdek, kontekstga mos iboralarni tanlashni o‘rganadilar. Römer (2010) ta’kidlaganidek, korpus asosida o‘qitish tildan real foydalanish namunalari orqali nutqni avtomatik ravishda mantiqan tashkil etish malakasini shakllantiradi [7,98]. Diskurs kompetensiyasini baholash uchun zamonaviy ta’limda Analytic Rating Scale modeli keng joriy etilmoqda. Bu yondashuvda izchillik, bog‘liqlik, pragmatik moslik, mazmun aniqligi va talaffuz kabi mezonlar alohida tahlil qilinadi. Natijada baholash jarayoni obyektiv va natijaga yo‘naltirilgan tus oladi. Til o‘qituvchisining roli ham bu jarayonda o‘zgarib bormoqda. U endilikda an’anaviy bilim beruvchi emas, balki interaktiv fasilitator muloqotni boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi shaxs sifatida qaraladi. Shu sababli, o‘qituvchi diskursiv faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan interaktiv metodlar, jumladan, rolli o‘yinlar, debatlar va loyiha asosidagi mashg‘ulotlardan keng foydalanishi zarur. Bundan tashqari, emotsional intellekt ham diskurs kompetensiyasining tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilmoqda. Goleman (1995) ta’kidlaganidek, samarali muloqot nafaqat grammatik to‘g‘rilik, balki hissiy ifoda va boshqalarni tushunish qobiliyatiga ham tayanadi [9,101]. Shu bois, o‘quvchilarda empatiya, ijtimoiy sezgirlik va madaniyatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish ham muhimdir. Yana bir muhim jihat shundaki, og‘zaki diskurs kompetensiyasini rivojlantirishda interdisiplinar yondashuv psixologiya, pedagogika va sotsiologiya bilan uzviy integratsiya samaradorlikni oshiradi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, diskursiv fikrlash darajasi oshgani sayin, o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy tafakkuri ham rivojlanadi [9,73]. Shu bois, bu kompetensiyani rivojlantirish tafakkur malakasini kengaytiruvchi faoliyat sifatida ham qaraladi. Shuningdek, suhbat tahlili (Conversation Analysis) metodikasi real nutqdagi navbatlashish, pauza va ohang kabi elementlarni o‘rganish orqali o‘quvchilarga tabiiy muloqot strukturasi haqida chuqurroq tasavvur beradi [3,89]. Bundan tashqari, feedback asosidagi video-refleksiya mashqlari o‘quvchilarning o‘z nutqini tahlil qilib, kamchiliklarni ongli ravishda tuzatishiga yordam beradi. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan til o‘rganish platformalari diskurs kompetensiyasini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Chatbotlar va avtomatik suhbat simulyatorlari o‘quvchilarga tabiiy muloqot muhitida mashq qilish sharoitini ta’minlamoqda [10,63]. Shu bilan birga, bunday texnologiyalar o‘qituvchiga ham o‘quvchilarning diskursiv faoliyatini tahlil qilish va shaxsiylashtirilgan feedback berish imkonini beradi. Quyida ushbu komponentlar chuqurroq yoritiladi.

1-rasm Diskurs kompetensiyani rivojlantirish tarkibiy komponentlari

1. Lingvistik komponent: Bu tilni bilish, grammatikani, leksikani va sintaksisni tushunishni o'z ichiga oladi. Ushbu komponent muloqot jarayonida to'g'ri va aniq so'zlarni tanlash uchun muhimdir. 2. Pragmatik komponent: Bu komponent muloqotning kontekstini tushunish va uning maqsadini belgilashga yordam beradi. U suhbatdoshlarning niyatlari, ijtimoiy roli va muloqotning situatsion sharoitlarini inobatga oladi. 3. Sotsial komponent: Muloqot qilishda ijtimoiy normalar, kodlar va madaniy an'analarni hisobga olish zarur. Bu komponent muloqot jarayonida ijtimoiy munosabatlarni qurish va saqlash uchun kerak. 4. Kognitiv komponent: Ushbu komponent fikrlash, ongli qaror qabul qilish va muloqot jarayonida o'z-o'zini nazorat qilish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Muloqot paytida fikrlarni aniq va mantiqiy tarzda ifodalash uchun kerak. 5. Emotsional komponent: Emotsional intellekt, ya'ni o'z va boshqalar his-tuyg'ularini tushunish va ularga munosabat bildirish qobiliyati, diskurs kompetensiyasining muhim qismidir. Bu component muloqot paytida empatiya va tilni jonlantirish imkonini beradi. 6. Interaktiv komponent: Muloqot jarayonida boshqa odamlar bilan samarali aloqani o'rnatish va davom ettirish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Bu komponent, masalan, savol berish, fikr almashish va munozaralarda ishtirok etish kabi faoliyatlarni o'z ichiga oladi [2,78]. Og'zaki diskurs kompetensiyasining yuqoridagi komponentlari birgalikda tilni izchil, kontekstga mos va samarali qo'llashga xizmat qiladi. Ularning har biri til o'rgatishda alohida yondashuv va mashq metodikasini talab qiladi. Ayniqsa, COCA korpusi asosida real iboralar, CEFR mezonlari asosida baholash va pragmatik yondashuvlar bu kompetensiyani shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, og‘zaki diskurs kompetensiyasi ingliz tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar uchun kommunikativ muvaffaqiyatning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Uning tarkibiy komponentlari mantiqiy bog‘liqlik, mazmunni kontekstda tushunish, til birliklarining mosligi va nutq ohangi samarali muloqotni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu komponentlardan integratsiyalashgan holda foydalanish o‘quvchilarning fikrni aniqlik bilan ifodalash, izchil bayon qilish va ijtimoiy vaziyatlarga mos til tanlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, og‘zaki diskurs kompetensiyasini rivojlantirish o‘quvchilarning nafaqat lingvistik bilimlarini, balki ularning madaniy va ijtimoiy ongini ham kengaytiradi. Bunday yondashuv orqali o‘quvchi so‘zlashuvda pragmatik maqsadni to‘g‘ri anglay oladi va muloqot jarayonida o‘z fikrini kontekstga mos shaklda ifodalaydi. Bundan tashqari, diskurs kompetensiyasi til o‘rganishda real hayotiy muloqot vaziyatlarini modellashtirish imkonini berib, o‘quvchilarda tabiiy nutq oqimini shakllantiradi. Korpus texnologiyalaridan, xususan COCA (Corpus of Contemporary American English) kabi manbalardan foydalanish esa o‘quvchilarning og‘zaki nutqdagi til birliklarini real foydalanish chastotasi va kontekst asosida o‘zlashtirishini ta’minlaydi. Bu esa ularning nutq boyligini oshirish, grammatik moslikni mustahkamlash hamda tabiiy so‘zlashuv uslubini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, og‘zaki diskurs kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar zamonaviy til o‘qitishning ajralmas qismiga aylanmoqda va o‘quvchilarni xalqaro kommunikativ muhitda muvaffaqiyatli ishtirok etishga tayyorlaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Halliday, M.A.K. Language as Social Semiotic. London: Edward Arnold, 1978. – 256 b.
  2. Brown, G., va Yule, G. Discourse Analysis. Cambridge: Cambridge University Press, 1983. – 288 b.
  3. Schiffrin, D. Discourse Markers. Cambridge: Cambridge University Press, 1987. – 364 b.
  4. Canale, M., va Swain, M. Theoretical Bases of Communicative Approaches in Second Language Teaching and Testing. Oxford: Applied Linguistics, 1980. – 47–58 b.
  5. Bachman, L. F. Fundamental Considerations in Language Testing. Oxford: Oxford University Press, 1990. – 408 b.
  6. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
  7. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.
  8. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Companion Volume. Strasbourg: Council of Europe Publishing, 2020. – 278 b.
  9. Römer, U. Using Corpora in the Language Classroom. Cambridge: Cambridge University Press, 2010. – 234 b.
  10. Levelt, W. J. M. Speaking: From Intention to Articulation. Cambridge, MA: MIT Press, 1993. – 490 b.
  11. Goleman, D. Emotional Intelligence. New York: Bantam Books, 1995. – 352 b.
  12. Richards, J. C., va Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge: Cambridge University Press, 2014. – 408 b.
  13. Schegloff, E. A. Sequence Organization in Interaction. Cambridge: Cambridge University Press, 2007. – 318 b.
  14. Li, J., va Wang, Y. AI-Based Language Learning: A Review of Intelligent Tutoring Systems. Journal of Applied Linguistics, Vol. 15(3), 2022. – 63–78 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011395
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/402
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
479–483
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25