Asosiy mazmunga o‘tish

OLIY TA‘LIM TALABALARINI FIZIKA O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMASINI OSHIRISH

Orinbaeva Kumushoy Sultanbek kizi1, Usmonova Mohlaroyim Muhammadjon qizi22025

  1. 1Andijon davlat pedagogika instituti v.b.dotsenti
  2. 2Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 151–155

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta‘lim talabalarini fizika fanini o‘qitish jarayonida zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali ularning texnologik va amaliyko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Fizika ta‘limi mazmuniga raqamli vositalarniintegratsiyalash, virtual laboratoriyalar, simulyatsiya dasturlari, onlayn platformalar va mobil ilovalardanfoydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviytexnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni talabalarda nazariy bilimlarni mustahkamlash, tajribaasosida o‘rganish, mustaqil tahlil qilish va ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Shuningdek, maqolada fizika o‘qitishning innovatsion modeli va texnologik yondashuv asosidagi metodiktavsiyalar ishlab chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСовершенствование навыков студентов высших учебных заведений в работе с современными технологиями в преподавании физики.

В данной статье рассматриваются вопросы развития технологической и практической подготовки студентов высших учебных заведений посредством эффективного использования современных информационно-коммуникационных технологий в процессе преподавания физики. Анализируются дидактические возможности интеграции цифровых инструментов в содержание физического образования с использованием виртуальных лабораторий, программ моделирования, онлайн-платформ и мобильных приложений. По результатам исследования, образовательный процесс, организованный на основе современных технологий, способствует закреплению теоретических знаний, развитию у студентов компетенций в области практического обучения, самостоятельного анализа и творческого мышления. В статье также разработаны методические рекомендации, основанные на инновационной модели преподавания физики и технологическом подходе.

inglizchaIMPROVING HIGHER EDUCATION STUDENTS‘ SKILLS IN WORKING WITH MODERN TECHNOLOGIES IN PHYSICS TEACHING

This article discusses the issues of developing technological and practical skills of higher education students through the effective use of modern information and communication technologies in the process of teaching physics. The didactic possibilities of integrating digital tools into the content of physics education, using virtual laboratories, simulation programs, online platforms and mobile applications are analyzed. According to the results of the study, the educational process organized on the basis of modern technologies serves to consolidate theoretical knowledge, develop experiential learning, independent analysis and creative thinking competencies in students. The article also develops methodological recommendations based on an innovative model of physics teaching and a technological approach.

Kalit so‘zlar

  • fizika ta‘limi
  • zamonaviy texnologiyalar
  • raqamli ta‘lim
  • virtual laboratoriya
  • o‘quv faoliyati
  • innovatsion metodlar
  • texnologik kompetensiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OLIY TA’LIM TALABALARINI FIZIKA O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMASINI OSHIRISH

O’rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi Andijon davlat pedagogika instituti v.b.dotsenti

Usmonova Mohlaroyim Muhammadjon qizi Andijon davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

Annotatsiya:Mazkur maqolada oliy ta’lim talabalarini fizika fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali ularning texnologik va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Fizika ta’limi mazmuniga raqamli vositalarni integratsiyalash, virtual laboratoriyalar, simulyatsiya dasturlari, onlayn platformalar va mobil ilovalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni talabalarda nazariy bilimlarni mustahkamlash, tajriba asosida o‘rganish, mustaqil tahlil qilish va ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada fizika o‘qitishning innovatsion modeli va texnologik yondashuv asosidagi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: fizika ta’limi, zamonaviy texnologiyalar, raqamli ta’lim, virtual laboratoriya, o‘quv faoliyati, innovatsion metodlar, texnologik kompetensiya.

ПОВЫШЕНИЕ НАВЫКОВ РАБОТЫ СО СОВРЕМЕННЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ У СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИКИ

Оринбоева Кумушой И.о. доцента Андижанского государственного педагогического института Усманова Мохлароим Преподаватель Андижанского государственного педагогического института

Аннотация В данной статье рассматриваются вопросы повышения технологических и практических навыков студентов высших учебных заведений в процессе преподавания физики с использованием современных информационно-коммуникационных технологий. Проанализированы дидактические возможности интеграции цифровых инструментов в содержание физического образования, применения виртуальных лабораторий, симуляционных программ, онлайн-платформ и мобильных приложений. Результаты исследования показывают, что обучение на основе современных технологий способствует закреплению теоретических знаний, развитию аналитического мышления, самостоятельности и творческого подхода у студентов. В статье также представлены методические рекомендации по внедрению инновационной модели преподавания физики на основе технологического подхода. Ключевые слова: обучение физике, современные технологии, цифровое образование, виртуальная лаборатория, учебная деятельность, инновационные методы, технологическая компетенция.

ENHANCING UNIVERSITY STUDENTS’ SKILLS IN WORKING WITH MODERN TECHNOLOGIES IN PHYSICS TEACHING

Orinboyeva Kumushoy Acting Associate Professor, Andijan State Pedagogical Institute Usmonova Mohlaroyim Lecturer, Andijan State Pedagogical Institute

Abstract :This article explores the ways to enhance higher education students’ skills in using modern technologies during physics teaching. It analyzes the didactic opportunities of integrating digital tools, virtual laboratories, simulation software, online platforms, and mobile applications into the physics curriculum. The research findings indicate that technology-based learning helps students strengthen theoretical knowledge, develop analytical and creative thinking, and improve independent learning abilities. Furthermore, the article presents methodological recommendations for implementing an innovative model of physics teaching grounded in a technological approach. Keywords: physics education, modern technologies, digital learning, virtual laboratory, learning activity, innovative methods, technological competence.

Kirish.Bugungi kunda ta’lim tizimida kechayotgan tub islohotlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning jadal rivojlanishi oliy ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda Prezidentning ta’lim sohasini raqamlashtirishga doir qaror va farmonlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish, talabalarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirishni muhim strategik vazifa sifatida belgilab bermoqda[1].

Xususan, fizika fani o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish talabalarda ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan bog‘lash, analitik va tizimli fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Chunki fizika — bu nafaqat tabiiy hodisalarni o‘rganish fani, balki texnik tafakkurni, ilmiy tahlilni, muammoni yechish va modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ta’lim sohasi hamdir[2].

Hozirgi davrda o‘qitish jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiyalash — bu faqat axborot almashish vositasi emas, balki o‘quvchi-talaba faoliyatini faollashtiruvchi, o‘qituvchining interaktiv metodlardan samarali foydalanishini ta’minlovchi, ta’lim sifatini oshiruvchi kuchli pedagogik vositadir. Virtual laboratoriyalar, simulyatsiya dasturlari, 3D modellar, mobil ilovalar, masofaviy ta’lim platformalari, onlayn test tizimlari va elektron resurslardan foydalanish talabalarda nafaqat fizika qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirish, balki texnologik fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi[3,4].

Shu nuqtai nazardan, fizika o‘qitish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish — bu ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonini individuallashtirish, talabaning mustaqil faoliyatini kuchaytirish hamda kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning zamonaviy mexanizmlaridan biridir. Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning nazariy-metodik asoslari, ularning o‘quv jarayonidagi roli, shuningdek, talabalar texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi[5].

Adabiyotlar tahlili.So‘nggi yillarda fizika ta’limida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Jahon miqyosida olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘qitish jarayoniga joriy etilishi ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan, R. Mayer (2019) o‘zining “Multimedia Learning” asarida vizual va interaktiv vositalardan foydalanish talabalarning idrok jarayonini kuchaytirishi, murakkab tushunchalarni tezroq o‘zlashtirishiga yordam berishini ta’kidlaydi. D. Jonassen (2020) esa ta’limda texnologik vositalar orqali “faol bilim qurilishi” konsepsiyasini ilgari surib, raqamli muhitda o‘quvchi faoliyatini konstruktiv yondashuv asosida tashkil etish zarurligini asoslab beradi[6].

MDH mamlakatlari olimlari ham bu yo‘nalishda bir qator muhim tadqiqotlar olib borgan. Xususan, E.S. Polat, M.Yu. Bukharkina, A.E. Petrov kabi rus olimlari zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitishning didaktik modellari, masofaviy ta’lim tizimining o‘rni va elektron o‘quv resurslarining samaradorligini ilmiy jihatdan asoslab berganlar. Ularning fikricha, fizika ta’limida multimedia, simulyatsiya va virtual tajriba vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning faol kognitiv faoliyatini rag‘batlantiradi hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiyalash imkonini beradi[7].

O‘zbekiston olimlari tomonidan ham bu yo‘nalishda muhim ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. O‘rinboyeva K.S. (2024) o‘z tadqiqotlarida fizika o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish talabalarning o‘quv motivatsiyasini oshirishi, bilimni amaliy faoliyat bilan bog‘lashga yordam berishini ko‘rsatgan. Qosimov B. (2022) esa o‘qitish jarayonida raqamli platformalar va virtual laboratoriyalarni qo‘llash orqali talabalar tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishish mumkinligini ilmiy dalillar bilan isbotlagan[8].

Shuningdek, A. Qodirova (2023) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning psixologik-pedagogik shart-sharoitlari, ularni o‘quv motivatsiyasi bilan uyg‘unlashtirish masalalari keng tahlil qilingan. Unga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar o‘qitish jarayonida faqat vosita sifatida emas, balki talabalarning bilish faoliyatini faollashtiruvchi didaktik mexanizm sifatida qaralishi lozim[9].

Xalqaro amaliyotda ham fizika fanini o‘qitishda PhET Interactive Simulations (Kolorado universiteti), Algodoo, Virtual Physics Lab, Labster, Google Classroom, Moodle kabi raqamli vositalardan foydalanish keng yoyilgan. Bu platformalar talabalarga murakkab fizik hodisalarni vizual ko‘rinishda tajriba qilish, mustaqil tahlil yuritish, natijalarni modellashtirish va xulosa chiqarish imkonini beradi[10].

Tahlil shuni ko‘rsatadiki, mavjud ilmiy manbalar va tajriba natijalari zamonaviy texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga integratsiyalash nafaqat ta’lim sifati, balki talabalarning ijodiy, analitik va mustaqil fikrlash salohiyatini oshirishda ham muhim omil ekanini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida fizika o‘qitish jarayonida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kompleks metodik yondashuvni ishlab chiqish hozircha yetarli darajada tizimlashtirilmagan. Demak, ushbu yo‘nalishda metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish zaruriyati mavjud[11].

Muhokama va natijalar.Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, fizika ta’limida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, balki talabalarni faol subyekt sifatida o‘quv jarayoniga jalb etadi. An’anaviy ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolgan o‘qitish tizimi hozirgi kunda talab qilinayotgan kompetensiyalarni to‘liq shakllantira olmaydi. Shu boisdan, fizika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar, virtual tajriba vositalari, simulyatsion dasturlar, onlayn platformalar va multimediya resurslaridan kompleks foydalanish o‘qitishning yangi sifat bosqichiga olib chiqadi[12].

Tadqiqot davomida aniqlanganidek, zamonaviy texnologiyalar yordamida tashkil etilgan o‘quv jarayoni quyidagi afzalliklarni beradi: Nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan bog‘laydi.Virtual laboratoriyalar orqali talabalar xavfsiz muhitda murakkab fizik jarayonlarni modellashtirish, o‘lchov va tahlil ishlarini mustaqil bajarish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa nazariy bilimni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.

Talabalarning texnologik savodxonligini oshiradi.Fizika darslarida raqamli platformalar va dasturlardan foydalanish natijasida talabalar kompyuter dasturlari, ma’lumotlarni tahlil qilish va modellashtirish vositalaridan foydalana olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ijodiy va analitik fikrlashni rivojlantiradi.Interaktiv topshiriqlar, tajriba asosida muammo yechish, loyiha ishlari va kvest elementlari o‘quv jarayonini faol, ijodiy muhitga aylantiradi. Talaba endilikda tayyor javobni eslab qolmaydi, balki uni o‘zi kashf etadi, izlanadi, tahlil qiladi[13].

Ta’lim jarayonini individuallashtiradi.Onlayn resurslar yordamida har bir talaba o‘zining o‘rganish tezligiga mos materialni tanlaydi, murakkablik darajasiga qarab mustaqil ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyilining samarali amalga oshishiga xizmat qiladi.

O‘qituvchining metodik faoliyatini takomillashtiradi.Raqamli texnologiyalar o‘qituvchiga dars jarayonini vizuallashtirish, interaktiv testlar yaratish, o‘quvchilarning faolligini kuzatish va natijalarni tahlil qilish imkonini beradi. Bu esa darsning sifatini nazorat qilishni osonlashtiradi.

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida o‘tkazilgan tajriba-sinov mashg‘ulotlari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan fizika darslarida talabalarning o‘quv motivatsiyasi va faol ishtiroki an’anaviy o‘qitish shakllariga qaraganda sezilarli darajada oshgan. Masalan, virtual laboratoriyalar va interaktiv simulyatsiyalar yordamida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda talabalar tajriba natijalarini o‘zlari modellashtirish orqali fizik qonuniyatlarni chuqurroq anglab yetgan[14].

Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning o‘z-o‘zini baholash, mustaqil tahlil qilish, tajribani rejalashtirish va natijalarni izohlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirgani kuzatildi. Bu esa “faol o‘quvchi” modelini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagi xulosalarga kelindi: Fizika ta’limida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash o‘quv jarayonini interaktiv, mazmunli va samarali qiladi; Talabalarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy va texnologik kompetensiyalar shakllanadi; O‘quv motivatsiyasi, mustaqillik, ijodkorlik va analitik fikrlash darajasi oshadi; Ta’lim jarayoni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tariladi. Shunday qilib, zamonaviy texnologiyalarni fizika fanini o‘qitish jarayoniga keng joriy etish — oliy ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni ro‘yobga chiqarish, talabalarning texnologik madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishning muhim omilidir.

Xulosa.Olib borilgan tadqiqotlar, adabiyotlar tahlili va tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish — bu nafaqat o‘qitish jarayonining texnik yangilanishi, balki butun ta’lim mazmuni, metodikasi va pedagogik yondashuvining yangilanishidir. Raqamli ta’lim muhitida fizika o‘qitish o‘quvchilar va talabalar faoliyatini faollashtiradi, ularni tajriba asosida o‘rganish, tahlil qilish, modellashtirish, xulosa chiqarish va ijodiy yechim topishga yo‘naltiradi.

Zamonaviy texnologiyalar — virtual laboratoriyalar, simulyatsiya dasturlari, raqamli o‘quv platformalari, multimedia vositalari va mobil ilovalar orqali fizika darslarining vizualligi, interaktivligi va amaliy yo‘naltirilganligi ortadi. Bu esa talabalarning o‘quv motivatsiyasini oshirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, tahliliy va texnologik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, fizika fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash quyidagi pedagogik natijalarga olib keladi: talabalarda texnologik kompetensiyalar va axborot madaniyati shakllanadi; o‘quv jarayoni interaktiv va shaxsga yo‘naltirilgan tus oladi; o‘quv materiali chuqur va mustahkam o‘zlashtiriladi; ijodkorlik, mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuv rivojlanadi; o‘qituvchi va talaba o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlik vujudga keladi.

Shunday qilib, zamonaviy texnologiyalarni fizika o‘qitish jarayoniga integratsiyalash — bu ta’limda innovatsion muhitni shakllantirish, talabalarning texnologik va ilmiy tafakkurini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh mutaxassisni tayyorlashning zarur sharti hisoblanadi. Kelgusida bu yo‘nalishda fizika fanining turli bo‘limlari uchun maxsus raqamli metodik qo‘llanmalar, interaktiv platformalar va virtual tajriba modullarini ishlab chiqish ta’lim jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan1

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. ESP KONTEKSTIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA SIMULYATSIYA METODINING O‘RNI

    Shokirov Bakhodir Ismailovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

Adabiyotlar22 ta adabiyot

  1. Mayer, R. E. (2019). Multimedia Learning (3rd ed.). Cambridge University Press.
  2. Jonassen, D. H. (2020). Learning to Solve Complex Scientific Problems. Routledge.
  3. Polat, E. S., Bukharkina, M. Yu., & Petrov, A. E. (2018). Novye pedagogicheskie i informatsionnye texnologii v sisteme obrazovaniya. Moskva: Akademiya.
  4. Kapterev, P. F. (2021). Pedagogicheskaya tekhnologiya: teoriya i praktika. Sankt-Peterburg:
  5. O‘rinboyeva, K. S. (2024). Fizika fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati.
  6. Andijon davlat pedagogika instituti ilmiy axborotlari, №2, 45–51.
  7. Qosimov, B. (2022). Fizika ta’limida raqamli texnologiyalar asosida talabalarning tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Ta’lim va innovatsiya jurnali, 5(3), 27–33.
  8. Qodirova, A. (2023). O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning psixologik-pedagogik asoslari. Pedagogik innovatsiyalar va amaliy tadqiqotlar jurnali,
  9. PhET Interactive Simulations Project (2022). University of Colorado Boulder. Retrieved from https://phet.colorado.edu
  10. Labster (2021). Virtual laboratories for science education. Retrieved from https://www.labster.com
  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3775-son qarori (2018-yil 5-iyun). “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
  12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6108-son Farmoni (2020-yil 6-noyabr). “Ta’lim tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
  13. Hamidov, M. (2021). Zamonaviy texnologiyalar asosida fizika o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘llari. O‘zbekiston pedagogika jurnali, №3, 60–67.
  14. Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological Pedagogical Content Knowledge: A framework for teacher knowledge. Teachers College Record, 108(6), 1017–1054.10.1177/016146810610800610
  15. Anderson, L. W., & Krathwohl, D. R. (2001). A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing:
  16. A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. New York: Longman.
  17. UNESCO (2023). ICT Competency Framework for Teachers (Version 4). Paris: UNESCO
  18. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI,
  19. MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak
  20. Bunyodkori, 1(2), 701-710.
  21. Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA
  22. MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011292
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/292
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
151–155
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-11-01 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25