ORGANIK O‘G‘ITLARNING TUPROQ TARKIBI VA UNUMDORLIGIGA TA‘SIRI
Turdishev B.X.1, Serimbetov T.E.2, Ismayilov B.Q.3, Ismayilov B.K.2026
- 1Qoraqalpog‘ston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institute direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim.
- 2Qoraqalpog‘ston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti, laboratoriya mudiri, QQXAI, mustaqil tadqiqotchi.
- 3ilmiy xodim.
Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 355–358
Annotatsiya
qishloq xo‘jaligida organik dehqonchilikka o‘tish, organik o‘g‘itlarning tuproq tarkibi va undagi o‘tadigan agrokimyoviy jarayonlarga ta‘siri,.
Boshqa tillarda
ruschaВлияние органических удобрений на состав почвы и урожайность.
Переход к органическому земледелию в сельском хозяйстве, влияние органических удобрений на состав почвы и происходящие в ней агрохимические процессы.
inglizchaIMPACT OF ORGANIC FERTILIZERS ON SOIL COMPOSITION AND PRODUCTIVITY
transition to organic farming in agriculture, the impact of organic fertilizers on soil composition and the agrochemical processes occurring in it,
Kalit so‘zlar
- tuproq
- namlik
- nam sig‘imi
- go‘ng
- organik o‘g‘it
- biogumus
- xlorella
- ozuqa moddalar
- haydov qatlami
- suv tejash
- og‘ir metallar
- gumus
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘T.631.6.626.8 ORGANIK O‘G‘ITLARNING TUPROQ TARKIBI VA UNUMDORLIGIGA TA’SIRI Turdishev B.X. Qoraqalpog‘ston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institute direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim. Serimbetov Т.Е.- Qoraqalpog‘ston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti, laboratoriya mudiri, QQXAI, mustaqil tadqiqotchi. Ismaylov B.Q. - ilmiy xodim. Ismaylov B.K. - ilmiy xodim. https://doi.org/10.5281/zenodo.19244388 Аnnotatsiya: qishloq xo‘jaligida organik dehqonchilikka o‘tish, organik o‘g‘itlarning tuproq tarkibi va undagi o‘tadigan agrokimyoviy jarayonlarga ta’siri,. Kalit so‘zlar: tuproq, namlik, nam sig‘imi, gung, organik o‘g‘it, biogumus, xlorella, ozuqa moddalar,haydov qatlami, suv tejash, og‘ir metallar, gumus. Аннотация: переход к органическому земледелию в сельском хозяйстве, влияния органических удобрений на состав почвы и протекающие в ней агрохимические процессы. Ключевые слова: почва, влажност почвы, влагоемкость, навоз, органические удобрения, биогумус, хлорелла, питательные вещества, пахотный слой, водосбережение, тяжелые металлы, гумус. Annotation: data on the transition to organic farming in agriculture, the effect of organic fertilizers on soil composition and agrochemical processes. Keywords: soil, moisture, moisture capacity, gung, organic fertilizer, biogumus, chlorella,nutrients, drive layer, water saving, heavy metals, humus. Kirish. Qoraqalpogʻiston sharoitida sugʻoriladigan erlarning meliorativ holati qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ekinlardan rejalashtirilgan hosilni olish uchun eng asosiy omillardan biridir va u hamon dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Chunki, oxirgi ma’lumotlarga asosan hududdagi sugʻorish maydonlarining qariyb 91,4% i har xil darajada shoʻrlangan. Ushbu sharoitda ekin maydonlarining holatini tubdan yaxshilash, ekologik muvozanatning buzilish oqibatlarini yumshatish uchun sugʻorishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda suv tejash texnologiyalariga oʻtish talab qilinadi. Bu muammolarni ijobiy hal etishda ekinlarni etishtirishning samarali va istiqbolli turlari ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda ulardan biri-bu organik dehqonchilik tizimiga o‘tishdir. Organik dehqonchilik – sintetik kompleks oʻgʻitlar, pestisidlar, oʻsish regulyatorlari va chorvachilik uchun em qo‘shimchalaridan foydalanishni istisno qiladigan ishlab chiqarish tizimidir. Tegishli organik dehqonchilik tizimlariga oʻsimliklarning ozuqaviy moddalarini etkazib berish va hashoratlar, begona oʻtlar va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashda tuproq unumdorligini saqlab qolish uchun oʻsimliklarni almashlab ekish, oʻsimlik qoldiqlari, hayvonlarning goʻnglari, dukkakli ekinlar yashil goʻnglar, xoʻjaliklardagi organik chiqindilar va biologik zararkunandalarga qarshi kurashish kiradi [1]. Uning talablaridan biri oʻtish davrining mavjudligi. Dehqonchilik mahsulotlarini etishtirishda erning unumdor boʻlishi muhim jihatlardan biridir. Ayrim hududlarda erlarning hosil berish koʻrsatgichi kamayishi kuzatilmoqda [3]. Sababi foydali bakteriyalarning qirilib ketganligi natijasida erlarimiz zaharlanib qolganligidir. Organik o‘g‘itlar biogumus va xlorella tuproqning tarkibi va unimdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun dehqonchilikda organik o‘g‘itlardan foydalanish hosildorlikga zamin yaratadi.[4]
Biogumusning eng yaxshi 10 ta ta’siri: 1. Oʻsimlikning oʻsishi uchun judayam foydali; 2. Bazibir kasalliklarga qarshi vosita (bazibir bakteriyalar ta’siridagi chirish); 3. Urugʻlarni tez oʻstiradi va hosilni oshiradi; 4. Tuproqni organik moddalar bilan boyitadi; 5. Tuproqni zichlanishini oldini oladi, yumshoqlik va oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi; 6. Tuproq namligini kuproq ushlashni ta’minlaydi; 7. Namlik darajasini balansda ushlaydi; 8. Ba’zi turdagi patogen bakteriyalar sonini kamaytiradi; 9. Tuproq agrokimiyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi; 10. Qishloq xoʻjaligi samaradorligi va sifatini yaxshilaydi.[2] Vegetasiya davri boshlanishidagi tuproq tarkibidagi ozuqa elementlar tahlili Azot, Fosfor Kaliy Elak Chuqurligi, Gumus № Kontur № N P2O5 K2O o‘lchami, sm % % mg/kg mg/kg mm 1 K-21838 a 0-30 0,0116 40,52 212 1,01 0,25 2 K-21838 a 30-50 0,011 10,8 118 0,46 0,25 3 K-21838 a 50-70 0,011 5,33 70 0,29 0,25 4 K-21838 a 75-100 0,053 6,67 80 0,49 0,25 5 K-21838 b 0-30 0,025 21,6 240 1,07 0,25 6 K-21838 b 30-50 0,058 5,33 160 0,94 0,25 7 K-21838 b 50-70 0,011 6,67 96 0,46 0,25 8 K-21838 b 75-100 0,009 5,33 114 0,78 0,25 9 K-21838 s 0-30 0,078 20,26 222 1,07 0,25 10 K-21838 s 30-50 0,0006 10,8 202 0,94 0,25 11 K-21838 s 50-70 0,059 6,67 158 0,46 0,25 12 K-21838 s 75-100 0,028 12,13 80 0,16 0,25 13 K-21838 d 0-30 0,058 3,33 238 1,59 0,25 14 K-21838 d 30-50 0,148 65< 224 0,97 0,25 15 K-21838 d 50-70 0,012 6,67 80 0,75 0,25 16 K-21838 d 75-100 0,012 13,46 142 1,06 0,25 0-30 0,1726 85,71 912 1,1 0,25 30-50 0,2176 26,93 704 0,82 0,25 O‘rtacha 50-70 0,093 25,34 404 0,49 0,25 75-100 0,102 37,59 416 0,62 0,25
Vegetasiya davrida o‘gʻit sifatida berilgan organik o‘gʻitlar: biogumus, xlorella tuproq tarkibidagi qiyin eriydigan zararli tuzlarning parchalanishini, sugʻorish mobaynida oson yuvilib ketishini ta’minlab berishini yuqoridagi jadvalda isbotlangan. Tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarning tuproqda parchalanishini va ildiz orqali oson o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Organik o‘gʻitlarni qoʻllash, tuproqdagi sho‘rlilik darajasini kamaytiradi, tarkibi, fizik-mexanik
xususiyatlari yaxshilanadi, tuproqdagi oziq moddalar balansi tartibga kelishi hisobidan o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi osonlashadi. Tuproq tarkibida qanchalik organik o‘gʻitlar me'yori yuqori bo‘lsa tuproq kovakligi oshadi, zichlik darajasi kamayadi, shuning hisobidan tuproqda o‘simlik o‘sishi uchun qoʻlay muhit yaratiladi. Vegetasiya davri oxirida tuproq tarkibidagi mineral o‘gʻitlar tahlili. Azot, Fosfor, Kaliy, Elak № Kontur № Chuqurligi, Gumus, N P2O5 K2O o‘lchami, sm % % mg/kg mg/kg mm 1 K-21838 a 0-30 0,008 32,41 127,2 1,10 0,25 2 K-21838 a 30-50 0,007 8,64 76,7 0,62 0,25 3 K-21838 a 50-70 0,007 4,26 43,4 0,44 0,25 4 K-21838 a 75-100 0,038 5,46 50,4 0,58 0,25 5 K-21838 b 0-30 0,018 17,71 146,4 1,12 0,25 6 K-21838 b 30-50 0,041 4,42 97,6 1,06 0,25 7 K-21838 b 50-70 0,007 5,56 59,52 0,63 0,25 8 K-21838 b 75-100 0,006 4,31 68,4 0,78 0,25 9 K-21838 s 0-30 0,054 16,41 144,3 1,17 0,25 10 K-21838 s 30-50 0,0004 8,9 125,2 1,04 0,25 11 K-21838 s 50-70 0,041 5,46 96,3 0,68 0,25 12 K-21838 s 75-100 0,019 9,82 52,0 0,44 0,25 13 K-21838 d 0-30 0,041 2,73 145,1 1,62 0,25 14 K-21838 d 30-50 0,103 52< 138,8 1,22 0,25 15 K-21838 d 50-70 0,008 5,60 49,6 0,86 0,25 16 K-21838 d 75-100 0,008 11,44 85,2 0,88 0,25 0-30 0,030 17,31 140,7 1,25 0,25 O‘rtacha: 30-50 0,037 5,49 109,5 0,98 0,25 1-16 K-21838 50-70 0,015 5,22 62,2 0,65 0,25 a,b,s,d. 75-100 0,017 7,75 64 0,67 0,25
Natiyja va munozara. Organik o‘gʻitlar tuproqqa berilganidan keyin tuproqda tarkibida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zatildi. Tuproq tabiyiy rangi yaxshilanib, tarkibiy jihatdan bor bo‘lgan ozuqaviy moddalarning me'yorlashuvi va ozuqaviy mineral tuzlarning o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi osonlashadi. Haydov qatlamidagi ozuqaviy elementlar daslabki miqdoriga nisbatan vegetasiya oxirida tuproq tahlillari natijalari bo‘yicha N (0,032-0,054%) , P2O5 (2,83- 32,41mg/kg), K2O 12,70-14,4 mg/kg ni tashkil etdi. Organik o‘gʻit biogumus tuproqga berilgunga qadar olingan tuproq tahliliga, vegetasiya davridan keyin olingan tuproq tahlilini solishtiradigan bo‘lsak undagi ozuqaviy moddalardan azot (N) variantlar kesimida 30% ga, fosfor (P2O5) variantlar kesimida 15-20% ga va kaliy (K2O) variantlar kesimida 35-40% ga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Vegetasion suv berilganda tuproq tarkibidagi organik o‘gʻitlarning faolligi namlik hisobidan oshadi va tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarga ijobiy ta’siri kuchayadi. Tuproqdagi gumus vegetasiya oxiridagi tahlillarimizda miqdor jihatidan biroz o‘zgardi.
Xulosa va taklif. Vegetasiya oxirida tajriba dalasida, tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 1,25% , ya’ni 0,24% ga, tuproqning 30-50 sm qatlamida, 0,98%, bo‘lib 0,0,16 %ga , 50-70 sm qatlamda 0,65% bo‘lib 0,19 %ga, 75-100 sm qatlamida 0,67% bo‘lib 0,5% ga oshdi. Bu ko‘rsatkichlar organik o‘gʻitlar natijasida tuproq tarkibida gumus miqdori oshganini ko‘rsatadi. Xlorella-oʻsimlikning rivojlanishi, gullashi, ildiz hosil boʻlishini tezlashtiruvchi yuqori samaradorlikka ega tabiiy stimulyator. Xlorella oʻsimlikning noqoʻlay tashqi stresslarga qarshi turgʻunligini, qurgʻoqchilik, iqlimlashtirishga immunitetini oshiradi. Xlorella suspenziyasi tuproqni organik moddalar bilan boyitadi va uning strukturasini yaxshilaydi, tuproqdagi foydali mikroorganizmlarning koʻpayishiga imkon yaratadi, gumus moddalarning tuplanishini stimullashtiradi, mikroelementlar harakatchanligi, erkin aminokislotalar miqdorini oshiradi, tuproqning fermentativ faolligi, azotli oʻgʻitlarni foydalanish koeffisentini yaxshilaydi.Tuproqtagi ogʻir metallar oksidlari, radionuklidlar, pestisidlarni zararsizlantiradi, sugʻorish sarfi, oʻsimliklarning kasallanish darajasini kamaytiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Davronov Q. “Oʻsimlikni bargdan oziqlantirish-hosilni koʻpaytirish imkoni” // Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi №6, 2017 y. 36- bet.
- Mirzajonov Q., Raxmonov R:“Organik dehqonchilik bizga kerakmi ?”. // Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi №6, 2017 y. 36- bet.
- Mirzajonov Q. “Tuproq tarkibining ekin hosili va sifatiga ta’siri” //Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi, №6, 2016, 42 bet
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011980
- Nashr sanasi
- 2026-04-07
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/sja42z16
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 355–358
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06