Asosiy mazmunga o‘tish

Himoyalangan joylardagi ekin zararkunandalari va entomofagini kuzatish

Shamshetova Aysulıw Muratbay qizi, Utepburgenov Adilbay ReymbaevichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://ror.org/02b42av242026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1429–1432

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida himoyalangan joylarda yetishtiriladigan bodring, pomidor va bulg‘or qalampiri ekinlarida rivojlanib, zarar keltiradigan zararkunandalarning tur tarkibi, ularning rivojlanish biologiyasi, keltiradigan zarari hamda zararkunandalarda yirtqichlik qiladigan entomofaglar haqida ma‘lumotlar berilgan. Aniqlangan zararkunanda turidan: akatsiya shirasi, issiqxona oqqanoti, trips, poliz biti, pomidor kuyasi, g‘ovak hosil qiluvchi pashsha aniqlanib, shu bilan birga entomofaglar hisobi olingan ma‘lumotlar kiritildi.

Boshqa tillarda

ruschaМониторинг вредителей культур и их энтомофагов в защищённом грунте

В статье приведены сведения о видовом составе вредителей, которые развиваются на огурце, томате и сладком перце, выращиваемых в защищённом грунте в условиях Каракалпакстана, и наносят им вред, о биологии их развития и вредоносности, а также об энтомофагах-хищниках, питающихся этими вредителями. Среди выявленных видов вредителей отмечены акациевая тля, тепличная белокрылка, трипс, бахчевая тля, томатная моль и минирующая муха; приведены также данные учёта энтомофагов.

inglizchaMonitoring of crop pests and their entomophages in protected ground

The article provides information on the species composition of pests that develop and cause damage to cucumber, tomato and sweet pepper crops grown in protected ground under the conditions of Karakalpakstan, their developmental biology, the damage they cause, as well as the entomophages that prey on these pests. Among the identified pest species are the acacia aphid, greenhouse whitefly, thrips, melon aphid, tomato leafminer and leaf-mining fly; data on entomophage counts are also included.

Kalit so‘zlar

  • bioekologiya
  • zararkunanda
  • yirtqich
  • so‘ruvchi
  • entomofag
  • tuxum
  • qurt
  • g‘umbak
  • imago
  • nimfa

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL

1429–1432 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Shamshetova Aysulıw Muratbay qizi, Utepburgenov Adilbay Reymbaevich. Himoyalangan joylardagi ekin zararkunandalari va entomofagini kuzatish // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1429– 1432. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910298

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

UDK: 63.632.911.3 HIMOYALANGAN JOYLARDAGI EKIN ZARARKUNANDALARI VA ENTOMOFAGINI KUZATISH Shamshetova Aysulıw Muratbay qizi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti doktoranti aysuliwdavid@gmail.com Utepburgenov Adilbay Reymbaevich Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish va karantin kafedrasi dotsenti, q.x.f.n. Adilbayutepbergenov88@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida himoyalangan joylarda yetishtiriladigan bodring, pomidor va bulg‘or qalampiri ekinlarida rivojlanib, zarar keltiradigan zararkunandalarning tur tarkibi, ularning rivojlanish biologiyasi, keltiradigan zarari hamda zararkunandalarda yirtqichlik qiladigan entomofaglar haqida ma’lumotlar berilgan. Aniqlangan zararkunanda turidan: akatsiya shirasi, issiqxona oqqanoti, trips, poliz biti, pomidor kuyasi, g‘ovak hosil qiluvchi pashsha aniqlanib, shu bilan birga entomofaglar hisobi olingan ma’lumotlar kiritildi. Kalit so‘zlar: bioekologiya, zararkunanda, yirtqich, so‘ruvchi, entomofag, tuxum, qurt, g‘umbak, imago, nimfa.

Abstract: The article provides information on the species composition of pests that develop and cause damage to cucumber, tomato and sweet pepper crops grown in protected ground under the conditions of Karakalpakstan, their developmental biology, the damage they cause, as well as the entomophages that prey on these pests. Among the identified pest species are the acacia aphid, greenhouse whitefly, thrips, melon aphid, tomato leafminer and leaf-mining fly; data on entomophage counts are also included.

Keywords: bioecology, pest, predator, sucking, entomophage, egg, larva, pupa, imago, nymph. Kirish (adabiyotlar sharhi)

Respublikamiz sharoitida himoyalangan joylarda sabzavot ekinlaridan pomidor va bodring ekinlari aholining oziq-ovqatlik mahsulotlari qishki va bahorgi mavsumda sevimli ozuqa hisoblanib, issiqxonalarda yetishtiriladi. Lekin so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar sababli hosilning bir qismi nobud bo‘ladi. Chunki himoyalangan joylarda pomidor va bodring ekinlari hosildorligiga kemiruvchi zararkunandalardan g‘ovaklovchi pashshasining qurtlari, so‘ruvchi zararkunandalardan poliz shirasi, oqqanot, trips va o‘rgimchakkana kabi zararkunandalar ko‘p yillardan buyon zarar yetkazmoqda.

Ma’lumotlariga ko‘ra sabzavot ekinlarining o‘sish va rivojlanishi uchun issiqxonalarda yaratiladigan qulay sharoitlar ayni vaqtda bir qator qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalarining ko‘payishi uchun ham qulay sharoit yaratadi. Poliz va akatsiya bitlari, o‘rgimchakkana, issiqxona oqqanoti, pomidor kuyasi, tamaki tripsi, bo‘rtma nematoda va hokazolar issiqxonalardagi sabzavot ekinlarining asosiy zararkunandalaridir. Bu zararkunandalar issiqxona xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Shuning uchun ularga qarshi o‘z vaqtida kurashish sabzavot ekinlari hosildorligini oshirishning muhim omilidir [3]. Issiqxonadagi fitofag kanalar, o‘rgimchakkana, zangkanasi, bitlar (poliz, shaftoli, sitrus va boshqa bitlar), issiqxona va sitrus oqqanoti. Issiqxona oqqanoti NUKUS · 2026

tropik tur bo‘lib, asosan himoyalangan maydonda erta bahordan kech kuzgacha rivojlanadi. O‘zbekiston sharoitida ochiq maydonda ham tarqalib ituzumdoshlar va qovoqdoshlar oilasi vakillarini kuchli zararlaydi. Berkitilgan va pana joylarda qishlovdan chiqadi [4]. Shuningdek, issiqxonalarda g‘ovak hosil qiluvchi pashsha qurtlari baklajon, X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

bolgar murchi, bodring va ayniqsa pomidor o‘simligining barg hujayralarini zararlaydi. O‘simlik zararlanib qo‘ymasdan, ularda zamburug‘li va bakterial kasalliklar tarqalib, o‘simlikda kasallikni keltirib chiqaradi [1]. Oltinko‘z – (Chrysopa carnea Steph) issiqxonadagi shira, o‘rgimchakkana va tripslar bilan oziqlanadi. Xonqizi yirtqichi agrobiotsenozlarda beda va poliz shiralarini 50-60% gacha kamaytirib turadi [2]. Zararkunandalarning o‘simlikdagi sonini aniqlash F.M.Uspenskiyning (1973) ekinlarda zararkunanda sonini hisobga olish metodikasi asosida olib borildi [5]. Materiallar va uslublar. Ilmiy tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston qishloq « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi №1 va 2- issiqxonasida olib borildi (1-rasm).

1-rasm. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi №1 va 2- issiqxonasi G‘ovak hosil qiluvchi pashsha (Liriomyza sativae) o‘simlikning barg va mevalarini zararlab hosildorlikka sezilarli darajada zarar yetkazadi, kuchli zararlangan maydonlardagi ekinlar butunlay qurib qolish holatlari kuzatildi. Yuqorida keltirilgan zararkunandalarning o‘simliklardagi sonining ko‘payib ketishi, yetkazadigan zararining yildan yilga ortib borishining asosiy sabablaridan biri Respublikamiz agroiqlim sharoiti zararkunandaning normal rivojlanishi uchun qulay bo‘lib, ularning agrobiotsenozlarga to‘liq tarqalishi ta’minlangan. Shu sababdan zararkunandalarga qarshi ilmiy asoslangan, ya’ni har bir turning tarqalish imkoniyatlari, rivojlanish bioekologiyasi to‘la o‘rganilmasdan va ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga asoslanmasdan qarshi kurashni ishlatish kutilgan natija bermasligi ma’lum. O‘simlikning o‘sish davrida zararkunandalar bilan birga tabiiy ravishda ko‘payadigan entomofaglarni ham tahlil qildik. NUKUS · 2026

Olib borilgan nazorat ishlari davomida Qoraqalpog‘iston sharoitida himoyalangan joylarda uchraydigan zararkunandalardan tamaki tripsi, issiqxona oqqanoti, poliz shirasi, pomidor kuyasi va g‘ovak hosil qiluvchi pashsha turlari aniqlanib, ularning bioekologik rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Shu bilan birga issiqxonalarda entomofaglardan oltinko‘z va xonqizi yirtqichlari hisobga olindi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Olingan tajriba natijalari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Issiqxonalarda asosiy zararkunandalarning tur tarkibi, 2025-2026-yil Zararkunandalar va entomofaglar nomlari Tarqalgan ekin turlari Nomi Lotincha nomi Pomidor Bodring Bulg‘or qalampiri Zararkunandalar Issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum + +++ - West.) Trips (Thysanoptera: Thripidae) - ++ + « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Poliz biti (Aphis gossypii Glov.) ++ +++ +

Pomidor kuyasi - Tuta absoluta Meyr. +++ - -

G‘ovak hosil (Liriomyza sativae) +++ +++ - qiluvchi pashsha Entomofaglar Xonqizi Coccinella septempunctata L. ++ +++ +

Oltinko‘z Chrysopa carnea Steph. ++ +++ +

Eslatma: (-) mavjud emas; (+) oz sonda; (++) o‘rtacha sonda; (+++) ko‘p sonda Jadvalda pomidorning asosiy zararkunandalari pomidor kuyasi va g‘ovak hosil qiluvchi pashsha ekanligi ko‘rsatilgan. Kamroq darajada, issiqxona oqqanoti va poliz biti zarar yetkazish darajasi ko‘rsatilgan. Trips qayd etilmagan. Bulg‘or qalampirinda trips va poliz biti kamroq darajada zarar yetkazishi aniqlangan. Bodringning asosiy zararkunandalari issiqxona oqqanoti, g‘ovak hosil qiluvchi pashsha va poliz biti ekanligi ko‘rsatilgan. Kamroq darajada, trips ekanligi ko‘rsatilgan. Pomidor kuyasi qayd etilmagan. Monitoring davomida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, pomidor kuyasi, poliz biti va g‘ovak hosil qiluvchi pashsha issiqxonalarda hozirda keng tarqalgan.

Entomofaglardan pomidorda o‘rtacha darajada bor ekanligi ko‘rsatilgan. Bodringda bo‘lsa ko‘p sonda bo‘lishi ko‘rsatilgan. Bulg‘or qalampirinda bo‘lsa oz sonda bo‘lishi ko‘rsatilgan. Monitoring davomida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bodring ekinida zararkunandalar sonining ortishi bu entomofaglarning ham soni ko‘p bo‘lishini ko‘rsatadi. NUKUS · 2026

Xulosa 1. Monitoring davomida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, issiqxonalarda pomidor va bodring o‘simliklarida zararkunandalardan pomidor kuyasi, poliz biti va g‘ovak hosil qiluvchi pashsha ustunlik qiladi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

2. Entomofaglardan oltinko‘z va xonqizi qo‘ng‘izlari shiralarning sonini kamaytirishda katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Kimsanbayev XX., Zuyev B.I., Boltayev B.S. va boshq. Защита паслёновых овощных культур и картофеля от вредителей и болезней (пособия для фермеров).- Tashkent: Uzbekistan. 2013.-С.7-10.
  2. Mamatov K.Sh. Pomidor kuyasining zarari va kurash usullari.// Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini.-2020.-№2.-B.6-8.
  3. Nazarov F., Maxmudov A. Dehqonchilik.-Agro olam uz.-6-fevral, 2023.
  4. To‘ychiyev I.U., Qambarova M. Issiqxona ekinlari zararli organizmlari biologiyasi. - « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » O‘quv-uslubiy majmua.-Andijon.-2021.
  5. Uspenskiy F.M. Определение численности вредителей хлопчатника. // Методика полевых и вегетационных опытов с хлопчатником.-Tashkent: UzNIXI, 1973.- S.162-174.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014481
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910298
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1429–1432
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-11-02 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31