Suleymanova Nargiza Mardonovna, Asatullayev Rustamjon Baxtiyorovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va leksik variativlik hodisalari qiyosiy va tizimli ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tibbiy terminlar va terminologik bo‘lmagan birliklar doirasida sinonimik qatorlarning shakllanishi, ularning kontekstual qo‘llanish xususiyatlari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik va pragmatik farqlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot korpus lingvistikasi, qiyosiy-tavsifiy, kontekstual va funksional tahlil metodlariga asoslanadi. Olingan natijalar ingliz tilida tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashganini, o‘zbek tilida esa izohli va tavsifiy birliklar hisobiga leksik variativlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tibbiy tarjima, terminologik me‘yorlash va maxsus lug‘atlar tuzishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Suvonova Yulduz Suyunovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada tashkilotlarda xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni samarali hal etishda liderlik yondashuvlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Kelishmovchiliklar mehnat jamoalarida tabiiy holat sifatida qaralib, ularni to‘g‘ri boshqarish orqali jamoadagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va mehnat unumdorligini oshirish mumkinligi ta‘kidlangan. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, transformatsion va xizmatga yo‘naltirilgan liderlik yondashuvlari jamoada ijobiy psixologik muhitni shakllantirish hamda kelishmovchiliklarni konstruktiv tarzda hal etishga ko‘proq hissa qo‘shadi.
Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, Umirova Umida Kushak Qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Xovos tumani sug‘oriladigan maydonlarida tarqalgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning sho‘rlanish holati, sho‘rlanish turlari va darajalari kimyoviy tahlillar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida tuproq eritmasidagi asosiy kationlar (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) va anionlar (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻) miqdori aniqlanib, ularning nisbatiga ko‘ra sho‘rlanish tipi va darajasi baholandi
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада Ўзбекистон иқлими шароитида бино ва иншоатларни иситишда қуёший нурли-панелли тизимлардан самарали фойдаланиш имкониятлари таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар анъанавий энергия манбаларини тежаш, энергия самарадорлигини ошириш ва экологик тоза энергиядан фойдаланишда муҳим аҳамият касб этади. Мақолада қуёш панеллари тизимларининг асосий конструкцияси, ишлаш принциплари ва иқтисодий самарадорлиги кўриб чиқилган. Шунингдек, турли бинолар учун қуёш энергиясини интеграциялашнинг афзалликлари ва қўлланиш имкониятлари таҳлил қилинган
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада мавсумий иссиқлик аккумуляторлари асосида ишлаб чиқилган уйғунлашган қуёш иситиш тизимларининг самарадорлиги таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар иссиқликни сақлаш ва энергияни тежашда самарали бўлиб, анъанавий энергия манбаларидан фойдаланишни камайтириш имконини беради. Шунингдек, мақолада қуёш энергиясидан максимал фойдаланиш ва иссиқлик ҳажмини оптимал тарзда тақсимлаш йўналишлари ҳам кўриб чиқилган.
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich, Yusupov Dilshodbek Turdaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.
Yusupov D.T. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining chiqishlarini parallel ulash usulidan foydalanilgan. Ushbu usul yordamida ikki yoki undan ortiq energiya manbalarini kombinatsiyalash orqali qurilmaning energiya samaradorligini oshirishga erishilgan. Energiya ta‘minoti uzluksizligi ta‘minlangan.
Yunusov B.X., Mamadiyev B.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada bug‘ turbinasi kondensatorlarida vakuum chuqurligini pasaytiruvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda havo so‘rilishining issiqlik almashinuvi koeffitsiyentiga va kondensatning o‘ta sovishiga ta‘siri Dalton qonuni asosida o‘rganilgan. K-300- 240 turbinasi misolida vakuum yomonlashishi natijasida yuzaga keladigan yoqilg‘i isrofi hisoblab chiqilgan va uni bartaraf etishning texnik yechimlari taklif etilgan.
Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o‘g‘li, Abdullayev Mahmudjon Muxamedovich, Abdiyev Rasul Ernazar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada taroid o‘zakli yuritmani chiziqli dvigatel o‘ramlari tuzilmasi modellashtiriladi, o‘ram simining optimal elektrik parametrlari hisoblab chiqiladi va dvigatel konstruktsiyasining amaliy ishlash xususiyatlariga ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning alohida qismi sifatida sim diametri 2 mm bo‘lgan o‘tkazgichning kesim maydoni, tok zichligi diapazonlari va ruxsat etilgan tok qiymatlari aniqlanadi hamda standart jadvallar bilan taqqoslanadi. Natijalar dvigatelning barqaror ishlashi, issiqlik boshqaruvi va maksimal elektromagnit kuchni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan optimal parametrlarni tanlash imkonini beradi. Mazkur ish taroid o‘zakli yuritmani loyihalash va ularning elektromagnit modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy asos yaratadi, shuningdek, yuqori aniqlikdagi mexatronik tizimlarda ularni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Avazkhanov Shohnazar Gulnazarzoda, Hamroeva Gulbodom Mehronshokhovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy qobiliyatini rivojlantirish usullari orasidao‘yinlardan foydalanish, savol‐javob orqali faol ishtirokni ta‘minlash, vazifalarni bajarishga undash,ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil izlanish va taqqoslashga o‘rgatish, ijodiy mashg‘ulotlaro‘tkazish va har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish kabi usullar mavjud. Bu usullarbolalarda mantiqiy fikrlash, xotira, etibor va ijodkorlikni o‘stirishga yordam beradi.
T.N.Achilov, Sh.M.Aminjonov ,A.X.Xushnazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ушбу мақолада Ўзбекистон ветеринариясининг ривожланишида ҳисса қўшган олимлар ва уларнинг илмий тадқиқот ишланмалари ҳақида маълумотлар келтирилган бўлиб, ушбу маълумотлар ВИТИнинг ҳамда СамҚХИнинг илмий кутубхонасидаги рисолаларидан олинди ҳамда таржима қилиниб илмий тусга киргизилди
V.U.Ro‘zimov, ,D.A.Ernazarov, Niyozov H. B. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ушбу мақолада қорамолларда Мултивит+Минерали ва Бодифорс препаратларидан биргаликда маълум меъёр ва миқдорда қўлланилганда, қорамолларнинг эритроцитлар миқдори ўртача 19,3% га лейкоцитлар миқдори-16 % га, гемоглобин миқдори-21,8% га, гематокрит фоизи 15,3 % га кўпайиши, эритроцитларнинг чўкиш тезлиги 18 % га пасайиши ҳамда ҳайвонларда эозинофиллар 4% га, таёқча ядроли нейтрофиллар фоизи 2,5% га, сигмент ядроли нейтрофиллар фоизи 8,7 % га камайиши ва қондаги лимфоцитлар фоиз кўрсаткичи 4,7 % га кўпайганлиги баён этилган
Xamrayev Asqar Xasanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada Samarqand viloyatining suv havzalarida baliqlar liguliyozining epizootologik holati o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida zararlangan baliqlarning tana uzunligi, massasi, Ligula intestinalis parazitining tana uzunligi, shuningdek, invaziya intensivligi (II) ko‘rsatkichlari aniqlangan. Bundan tashqari, maqolada baliq go‘shtining asosiy organoleptik (tashqi ko‘rinish, hid, konsistensiya) va biokimyoviy (pH, oqsil, yog‘, glikogen miqdori) ko‘rsatkichlarining invaziya intensivligiga qarab o‘zgarish dinamikasi tahlil qilingan. Olingan natijalar baliqlarning fiziologik holati, mahsulot sifati va ularning veterinariya-sanitariya bahosiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlashga imkon bergan.
Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat Abdumajidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Navoiy viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat Abdumajidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada joriy yilda Respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Samarqand viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Ochilov Jamshid Nasirdinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu ilmiy maqolada sigirlarda homila yo‘ldoshini ushlanib qolishi kasalliklarini davolash va oldini olish, sigirlarning urug‘lantirilgandan so‘ng otalanish darajasi o‘rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan chorvachilik fermer xo‘jliklarida o‘rganilgan, bunda sigirlar tug‘ganidan keying akusher-ginekologik kasalliklarning oldi olingan hamda servis davrini 60-70 kundan oshmasligini ta‘minlash zarurligigi ko‘zda tutilgan.
O.U.Kuldoshev, J.N.Ochilov, B.B.Tursinaliyev, S.A.Suvanov, N.S.Salohiddinova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada sigirlar tuqqandan keyingi ginekologik kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar, kechishi va klinik belgilari, tashhisi, davolash va oldini olishda Regestenol preparatini qo‘llash usul va vositalar keltirilgan.
Navruzov N.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz, kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi polivalent GOA formol vaksina” bilan buzoqlarni emlash natijasida 9-12 oylik immunitet davomiyligi tajribalarda kuzatilgan. Buzoqlarning pasterellyoz, kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini davolashda giperimmun qon zardobi tarkibidagi gamma-globulinlar hisobidan immun tizimni barqarorlashi evaziga samaradorlik 92 foizdan yuqori natijaga erishilgani aniqlangan. Shuningdek mazkur kasalliklar aralash shaklda kechgan buzoqlar organizmida qonning gemotologik va biokimyoviy o‘zgarishlari hamda E.coli, Pasteurella va Salmonellalarning antibiotiklarga sezgirligi MIC diapazoni bo‘yicha samaradorligi aniqlangani haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
N.U.Karimova,Q.X.G‘oyibnazarov,A.G.Gafurov · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Kasallik namunalarining klinik tahlili asosida qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) va gemoglobin (HGB) sonining kamayishi qayd etildi. Oq qon tanachalari (leykotsitlar) soni, trombotsitlar soni (PLT) va eritrotsitlar morfologik parametrlarining (MCV, MCh, MChC) kamayishi mikrotsitik va gipoxromik anemiya rivojlanishiga olib keladi. Salom, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, teylerioz qoramollarning qon aylanish va limfa tizimlarida chuqur patologik o‘zgarishlarga olib keladi.