Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TA‘LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INTELLEKTUAL TA‘LIM TIZIMINI SAMARALI JORIY ETISH USULLARI
Abdurakhmonov Sanjarbek Inomjon oglu · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada ta‘lim jarayonida raqamlitexnologiyalar yordamida intellektual ta‘lim tizimini samarali joriy etishusullari o‘rganilgan. Intellektual ta‘lim tushunchasi va uning pedagogikasoslari tahlil qilingan, raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar,interaktiv dasturlar va sun‘iy intellekt asosidagi adaptiv tizimlarningo‘quv jarayoniga ta‘siri ko‘rib chiqilgan.Adabiyotlar tahlili natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalarindividual yondashuvni ta‘minlash, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash vaijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmatqiladi. Tadqiqot metodlari sifatida adabiyotlar tahlili, komparativ tahlil,amaliy kuzatuv, tajriba, shuningdek so‘rovnoma va intervyu ishlatilgan.Munozara bo‘limida texnologiyalarning samaradorligi va ularni joriyetishdagi muammolar muhokama qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE ROLE OF LEARNING STYLES AND MOTIVATION IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE
Ochilova Sevinch · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada chet tilini o‘qitishdao‘quvchilarning o‘rganish uslublari va motivatsiyasining o‘rni tahlilqilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimida chet tillarini o‘rganish muhimahamiyat kasb etadi, biroq o‘quvchilar bilimni turlicha qabul qiladilar.Maqolada o‘rganish uslublarining to‘rt turi — vizual, audial, kinestetikhamda o‘qish/yozish uslublari — yoritib beriladi va har bir tur uchun moso‘qitish strategiyalari tavsiya etiladi. Shuningdek, chet tilini samaralio‘zlashtirishda motivatsiyaning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ichki vatashqi motivatsiya o‘quvchilarning faolligi, qatnashuvi vamuvaffaqiyatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Maqolada ta‘kidlanishicha,o‘qituvchi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib,qiziqarli va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratsa, ta‘lim samaradorligioshadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI
Tursunbayev Hojiakbar Mirzohid oglu · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada bugungi kunda chet tillarinio‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan eng samarali innovatsion usullar varaqamli texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida“Flipped Classroom”, CLIL va geymifikatsiya kabi metodlarningtalabalar motivatsiyasiga ta‘siri hamda til o‘rganishdagi psixologikto‘siqlarni bartaraf etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sun‘iyintellekt va VR texnologiyalarining dars samaradorligini oshirishdagiamaliy natijalari bayon etilgan. Maqola yakunida zamonaviy pedagogikyondashuvlarni ta‘lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GLOBALLASHUV VA RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA SHAROITIDA RUS TILIDAGI VARIATIV BIRLIKLARNING O‘RGANILISHI
Mushtari Alikulova · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada rus tilshunosligida variativbirliklarning o‘rganilishi, ularning nazariy asoslari va tiltizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda variativlikfenomenining fonetik, morfologik va leksik sathlarda namoyonbo‘lishi hamda adabiy til me‘yorlarining shakllanishi bilanbog‘liq jihatlari yoritilgan. Shuningdek, globallashuv va raqamlikommunikatsiya muhitida til variantlarining qo‘llanishi,ularning ijtimoiy-madaniy va kommunikativ ahamiyati ilmiyjihatdan tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RAQAMLI PEDAGOGIKA ASOSIDA XORIJIY TIL DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Usmanova Shahnoza Jaxongir qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
nnotatsiya: Ushbu maqolada raqamli pedagogika asosidaxorijiy til darslarini tashkil etish metodikasi, uning ta‘lim jarayonidagiahamiyati va samaradorligi yoritiladi. Zamonaviy ta‘lim tizimidaraqamli texnologiyalar, onlayn platformalar hamda interaktivvositalardan foydalanish o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonini yanadasamarali tashkil etishga xizmat qiladi. Maqolada xorijiy til darslariniraqamli pedagogika asosida tashkil etishning metodik yondashuvlari,innovatsion usullari hamda ularning ta‘lim sifatini oshirishdagi rolitahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LINGVODIDAKTIK NUQTAI NAZARDAN KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING USTUNLIKLA
Erkinova Madina Komil qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu tadqiqotda lingvodidaktikaning nazariymetodologik asoslari hamda kommunikativ yondashuvning zamonaviychet tilini o‘qitishdagi o‘rni atloflicha tahlil qilinadi. Grammatikkompetensiya va nutqiy kompetensiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklingvodidaktik yondashuv doirasida muhim metodik masalalardan birisifatida e‘tirof etilib, til o‘qitish jarayonida ushbu kompetensiyalarningintegrativ xususiyati samarali nutqiy faoliyatni shakllantirishda muhimomil sanaladi. Shu jihatdan tadqiqotda kommunikativ yondashuvningan‘anaviy metodlarga nisbatan ustun jihatlari qiyosiy tahlil asosidayoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUN‘IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB XORIJIY TILLARNI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Tohirova Hilola Rustam kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonidasun‘iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati,imkoniyatlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimidasun‘iy intellekt asosidagi dastur va platformalar o‘quvchilarning tilo‘rganish jarayonini individuallashtirish, mustaqil ta‘limni rivojlantirishhamda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Shuningdek, maqolada sun‘iy intellekt texnologiyalarini xorijiy tillarnio‘qitish jarayoniga joriy etishning afzalliklari va istiqbollari yoritilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INTEGRATION OF MODERN TECHNOLOGIES INTO THE EDUCATIONAL PROCESS: CHALLENGES AND PROSPECTS
Mukhitdinov Sobirjon Adkhamjonovich · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada Aleksandr Pushkinning badiiy asarlari tilidagi tarixiylik va arxaizmlarni virtual reallik (VR) texnologiyalaridan foydalangan holda o‘rganishga innovatsion yondashuv o‘rganiladi. Muallif an‘anaviy lingvistik yondashuvlarni VRning immersiv imkoniyatlari bilan birlashtirgan metodologiyani taqdim etadi, bu esa davrning lingvistik xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish va idrok etish imkonini beradi. Maqolada Pushkin tilining leksik va madaniy jihatlarini o‘rganishga yordam beradigan tarixiy kontekstning virtual modellarini yaratish bosqichlari, shuningdek, matn tahlili uchun interaktiv usullar batafsil bayon etilgan. VR texnologiyalaridan tarixiylik va arxaizmlarni o‘rganishda foydalanish XIX asr atmosferasiga chuqur kirib borish imkonini beradi, ta‘lim jarayonlari va adabiy tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PROBLEMS OF EQUIVALENCE IN TRANSLATING UZBEK ADOLESCENT LITERATURE INTO ENGLISH
Kasimova Yulduz Malikovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada o‘zbek o‘smirlar adabiyotiasarlarini ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladiganekvivalentlik muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘tkir Hoshimov,Tog‘ay Murod va Xurshid Do‘stlik kabi mualliflarning asarlari misolidaleksik-semantik, stilistik, pragmatik va madaniy-milliykomponentlarning tarjimada mosligini ta‘minlash masalalarigaqaratilgan. Tarjima strategiyalari (forseylash, adaptatsiya,kompensatsiya) va ularning ekvivalentlik darajasiga ta‘siri baholanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
USING MULTIMEDIA TOOLS TO IMPROVE ENGLISH LANGUAGE LEARNING
Fayzullayeva Fazilat Xamidullo qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishni takomillashtirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish va uning afzalliklari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Multimedia vositalaridan foydalangan holda til o‘rganish osonlashadi va bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Undan nafaqat ingliz tili, balki boshqa xorijiy tillarni ham o‘rganishda samarali foydalanish mumkin
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MODERN TRENDS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING UNDER DIGITAL TRANSFORMATION
Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida chet tillarini o‘qitishdagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi til o‘qitish metodlari, ta‘lim muhiti va kommunikatsiya jarayoniga katta ta‘sir ko‘rsatmoqda. Onlayn platformalar, mobil ilovalar, sun‘iy intellekt va virtual muloqot kabi zamonaviy vositalar til o‘rganish jarayonini yanada qulay va samarali qilmoqda. Ushbu texnologiyalar talabalarga til ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi hamda mustaqil ta‘lim olish imkoniyatini kengaytiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy ta‘lim jarayonida raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGLIZ TILI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASHDALEKSIK-PRAGMATIK KOMPETENSIYANITAKOMILLASHTIRISH
Yusupova Nodiraxon Erkinjon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada leksik-pragmatik kompetensiyaning rasmlari hamda uning matnni oshiradi jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. matnni leksikpragmatik tahlil yordam beruvchi kontekst, nutqiy vaziyat, Madaniy omil va kommunikativ munosabatlar kabi tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MADANIY KONSEPTLARNINGLINVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Samadova Sarvinoz Solik tsitszy · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida lingvomadaniy tushunchalarni tasniflashning turli usullari tahlil qilinadi. Ikkala tilga ham xos bo‘lgan madaniy tushunchalarni tasniflashning asosiy yo‘nalishlarining yagona sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bugungi kunda rivojlanayotgan global kommunikatsiya bozoridagi "madaniy xavflar" va tushunmovchiliklarni to‘g‘ri baholash va boshqarishdir. Bundan tashqari, maqolada ushbu tushunchalarni boshqarishni takomillashtirish yo‘llarining tizimli tahlili keltirilgan va zarur tavsiyalar va xulosalar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RIVOJLANGAN DAVLATLARDA KASBIY TA‘LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY ISHLARNI RAQAMLI BOSHQARISH TAJRIBASI
Yuldasheva Sevara Kadirjonovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu tezis rivojlangan davlatlarda kasbiy ta‘lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni raqamli boshqarish tizimlari va ularning pedagogik samaradorligini tahlil qiladi. Tezisda raqamli boshqaruv vositalarining tarbiyaviy jarayonlarga integratsiyasi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta‘limiy va tarbiyaviy faoliyatni optimallashtirish, shuningdek, bu tizimlarning talabalar ma‘naviyati va professional kompetensiyalariga ta‘siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEK VA INGLIZ NASRIDA POSTMODERNISTIK TAFAKKURNING BADIIY TALQIN XUSUSIYATLARI
Ashiraliyeva Mamura · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu tezisda o‘zbek va ingliz nasrida postmodernistik tafakkurning badiiy talqin xususiyatlari qiyosiytipologik asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda postmodernistik estetik tafakkurning nasriy matndagi asosiy ko‘rinishlari, xususan, intertekstuallik, fragmentarlik, ironik diskurs, metafiksion usullar, muallif pozitsiyasining nisbiylashuvi hamda badiiy voqelikning ko‘pqatlamli ifodalanishi masalalari yoritiladi. O‘zbek nasrida postmodernistik tamoyillar milliy poetik tafakkur, tarixiy xotira va ramziy ifoda vositalari bilan uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘lishi, ingliz nasrida esa postmodernistik modifikatsiya ko‘proq individual ong, identitet inqirozi, matn ichidagi o‘yin va semantik noaniqlik bilan xarakterlanishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ikki adabiy makonda postmodernistik tafakkur umumiy nazariy asosga ega bo‘lsa-da, uning badiiy talqini milliy-estetik tajriba, tarixiy sharoit va uslubiy an‘analar ta‘sirida o‘ziga xos ko‘rinish kasb etadi. Shuningdek, postmodern nasrda muallif, matn va o‘quvchi munosabatlarining yangicha modeli shakllanib, badiiy haqiqatning mutlaq emas, nisbiy va ko‘pma‘noli tabiatga egaligi aniqlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ERKIN A‘ZAMNING “TANHO QAYIQ” QISSASIDA TANHOLIK KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Hikmatova Anora Uchkun kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu tezisda Erkin A‘zamning “Tanho qayiq” qissasi lingvokulturologik, kognitiv-semantik va aksiologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Qissada “qayiq” va “tanholik” konseptlari insonning ruhiy izolyatsiyasi, ma‘naviy izlanishi va jamiyat bilan aloqasidagi kolliziya ramzi sifatida talqin etiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, qayiq obrazi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi kommunikativ uzilishni badiiy-estetik model orqali aks ettiradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
REFLEKSIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA SAVOLJAVOB METODIKASINING SAMARADORLIGI
Usmanova Ezoza Zokirjonovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Anotatsiya: Ushbu tezis refleksiv fikrlash jarayonlarini rivojlantirishda savol-javob metodikasining nazariy va amaliy ahamiyatini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Mazkur metodika o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni, o‘zini anglashni va bilimlarni mustahkamlashni rag‘batlantirish mexanizmlarini shakllantirishda samarali vosita sifatida qaraladi. Tezisda savol-javob metodikasining pedagogik printsiplari, uni zamonaviy ta‘lim jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, savol-javob metodikasirefleksiv fikrlashni faollashtirish orqali o‘quvchilarning kognitiv va metakognitiv qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARASTU “POETIKA”SIDA TUR VA JANRLAR MASALASI
Nafosat Akmalova · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada Aristotel "Poetika" asari tahlil qilinib, unda keltirilgan adabiy tur va janrlar masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu jarayondan to‘liq ma‘lumot berish uchun 7 nafar ishtirokchidan so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalari 2 ta diagramma bilan yoritib berildi. So‘rovnoma natijasi ancha yuqori ko‘rsatgichda bo‘ldi. Bu Aristotelning nazariyasi hozirgi zamon adabiyoti bilan hamnafasligidan darak beradi. Metadalogiya qismida tavsifiy, tarixiy-tavsiya, chog‘ishtirma va sotsiolingvistik metodlardan foydalanildi. Bular asarni yana ham tushunarli ochib berish va olimlarning bu asarga munosabatini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARDA LEKSIKOGRAFIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN MASHQLAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMASINI HOSIL QILISH
Buvajonova Mahiraxon Osmonali qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ush tezisda yordam‘ich gunoh o‘quvchilarida leksik leksik rivojlanishda registri tizimlar o‘rni ilmiy-metodik yoritiladi. Tadqiqotning yordami bilan ishlab chiqilishi, tadqiqot‘ich ta‘limda so‘ng va so‘z ma‘nolari, lug‘aviy tahlil, matnni anglash hamda so‘z boyligini faol qo‘llash ko‘rish o‘zaro integratsiyada rivojlantirilishi zarur. Ishda leksikografik kompetentlik lug‘atdan kerakli birlikni topish, ma‘nolarni farqlash, kontekstga mos variantni belgilash, grammatik va uslubiy qurilmalardan ko‘rish hamda topilgan ma‘lumotni nutqiy faoliyatga ko‘chira olish sifatida talqin qilinadi. tadqiqot harakat bilan ishlash ko‘nikini hosil qilish uchun harakat, qadamma bosqich va amaliy yo‘naltirilgan didaktik model taklif qilindi. Ushbu model o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, lug‘at bilan ishlash madaniyati, o‘qish savodxonligi va yozma nutqni sifatini belgilashga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARABIZMLARNING INGLIZ TILIDA SO‘Z YASALISH VA KONVERSIYA JARAYONIDAGI O‘RNI
Uzoqboyeva Rana Anvarjon kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada ingliz tilidagi arabiy o‘zlashmalarning so‘z yasash tizimidagi o‘rni, xususan qo‘shma so‘zlar hosil qilish va konversiya jarayonidagi faolligi tahlil qilinadi.Arabizmlarning leksik birlik sifatida emas, balki murakkab birliklar tarkibida ham faol qo‘llanishi ilmiy asosda yoritiladi.