Asosiy mazmunga o‘tish

ARABIZMLARNING INGLIZ TILIDA SO‘Z YASALISH VA KONVERSIYA JARAYONIDAGI O‘RNI

Uzoqboyeva Rana Anvarjon kiziAndijon davlat universiteti tayanch doktoranti2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1217–1220

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz tilidagi arabiy o‘zlashmalarning so‘z yasash tizimidagi o‘rni, xususan qo‘shma so‘zlar hosil qilish va konversiya jarayonidagi faolligi tahlil qilinadi.Arabizmlarning leksik birlik sifatida emas, balki murakkab birliklar tarkibida ham faol qo‘llanishi ilmiy asosda yoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ АРАБИЗМА В ПРОЦЕССЕ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ И КОНВЕРСИИ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ

В данной статье анализируется роль арабских заимствований в английском языке в системе словообразования, в частности, их активность в образовании сложных слов и процессах конверсии. Научно подчеркивается активное использование арабизмов не только как лексических единиц, но и как части сложных единиц».

inglizchaTHE ROLE OF ARABISMS IN THE PROCESS OF WORD FORMATION AND CONVERSION IN ENGLISH

This article analyzes the role of Arabic borrowings in the English language in the word formation system, in particular their activity in the formation of compound words and conversion processes. The active use of Arabisms not only as lexical units, but also as part of complex units is scientifically highlighted.

Kalit so‘zlar

  • arabizmlar
  • so‘z yasash
  • qo‘shma so‘zlar
  • konversiya
  • ingliz tili
  • leksik tizim
  • morfologiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ARABIZMLARNING INGLIZ TILIDA SO‘Z YASALISH VA KONVERSIYA JARAYONIDAGI O‘RNI

Uzoqboyeva Ra’no Anvarjon qizi ranoanvarovna98@gmail.com Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz tilidagi arabiy o‘zlashmalarning so‘z yasash tizimidagi o‘rni, xususan qo‘shma so‘zlar hosil qilish va konversiya jarayonidagi faolligi tahlil qilinadi.

Arabizmlarning leksik birlik sifatida emas, balki murakkab birliklar tarkibida ham faol qo‘llanishi ilmiy asosda yoritiladi. Kalit so‘zlar. arabizmlar, so‘z yasash, qo‘shma so‘zlar, konversiya, ingliz tili, leksik tizim, morfologiya

Kirish. So‘z yasash til tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u mavjud birliklar asosida yangi so‘zlarni hosil qilishga xizmat qiladi. T.S. Bochkaryeva ta’kidlaganidek, so‘z yasash – bu til tizimidagi birliklar yordamida yangi leksik birliklarni yaratish qoidalari va usullari majmuasidir [1]. Zamonaviy ingliz tilida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar nafaqat mustaqil birlik sifatida, balki murakkab (qo‘shma) so‘zlar tarkibida ham faol qo‘llanadi. Bu esa ularning til tizimiga chuqur singib ketganini ko‘rsatadi. Asosiy qism Qo‘shma so‘z yasashda arabizmlarning ishtiroki Qo‘shma so‘z yasash jarayoni ikki yoki undan ortiq leksik asosni birlashtirish orqali yangi ma’no hosil qilishga asoslanadi [2]. Ingliz tilida arabiy o‘zlashmalar asosida hosil bo‘lgan ko‘plab murakkab birliklar mavjud. Masalan: Islamophobia (Islam + phobia), Quran-based (Quran + based). Arabizmlar ishtirokidagi qo‘shma so‘zlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Qo‘shma otlar • alcohol thermometer – ilmiy asbob • divan-bed – mebel turi • candyfloss – shakar mahsuloti • coffee-grinder, coffee-table, coffeepot • cotton-plant, cotton-mill, cotton-picker • zero-gravity – tortish kuchisiz holat 2. Qo‘shma sifatlar • hazard-free – xavfsiz • alcohol-free, low-alcohol – spirtsiz yoki past spirtli 3. Sifatdosh shakllar • cotton-picking – paxta yig‘ish bilan bog‘liq • candy-striped – chiziqli shaklda Mazkur misollar arabizmlarning ingliz tilida faqat oddiy so‘z sifatida emas, balki murakkab birliklarning tarkibiy qismi sifatida ham faol ishlatilishini ko‘rsatadi. Bu esa ularning semantik va funksional jihatdan boy imkoniyatlarga ega ekanini bildiradi. Arabizmlar va konversiya jarayoni

O‘zlashmalar ingliz tilining konversiya asosidagi so‘z yasash tizimida ham faol qatnashadi. Konversiya – bu so‘zning shaklini o‘zgartirmagan holda uning grammatik turkumini o‘zgartirish jarayonidir. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, konversiya zamonaviy ingliz tilida asosiy so‘z yasash usullaridan biri hisoblanadi [3]. Shuningdek, chet tillardan kirgan so‘zlarning fe’lga aylanishi ularning til tizimiga to‘liq moslashganini ko‘rsatadi [4]. Ot shakli Fe’l shakli Ma’nosi (n.) (v.) cipher to cipher hisob-kitob qilmoq; shifrlamoq mask to mask niqoblamoq; yashirmoq mummy to mumiyolamoq; qurimoq mummy tariff to tariff baholamoq; tarifga kiritmoq amber to amber qahrabo rang berish magazine to zaxira qilish, saqlash magazine Ba’zi hollarda semantik kengayish kuzatiladi: • cotton → to cotton – yoqtirmoq, yaqinlashmoq • mask → to mask – yashirmoq (ko‘chma ma’noda) • checkmate → to checkmate – to‘liq mag‘lub etmoq Bu holat arabizmlarning ingliz tilida chuqur semantik transformatsiyaga uchrashini ko‘rsatadi. Ot shakli Sifat shakli Ma’nosi (n.) (adj.) tabby Tabby chiziqli, rangi chiziqchiziq bo‘lgan adobe Adobe g’ishtdan qurilgan, loy g’ishtli amber Amber qahrabo rangli alkali Alkali ishqoriy, achchiq cotton Cotton paxtali, paxtadan tikilgan Bu shakllar cotton fabric, amber glass, alkali solution kabi birikmalarda keng qo‘llanadi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko‘ra, texnologik rivojlanish natijasida tilga kirib kelayotgan yangi birliklarning katta qismi aynan konversiya orqali shakllanadi [5]. Bu holat arabiy o‘zlashmalar misolida ham o‘z tasdig‘ini topadi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, arabizmlar ingliz tilida so‘z yasash jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular qo‘shma so‘zlar hosil qilishda ham, konversiya jarayonida ham faol ishtirok etadi. Arabiy o‘zlashmalar nafaqat leksik boylikni oshiradi, balki ingliz tilining morfologik va semantik rivojlanishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa tillararo aloqalarning lingvistik tizimga qanchalik chuqur ta’sir qilishini namoyon etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Бочкарева Т. С., Мороз В. В. Основы теории изучаемого языка. Теоретическая грамматика английского языка. Лексикология. – Оренбург: ГОУ ОГУ, 2004. – С. 66.
  2. What is word formation? // BBC Bitesize [Elektron resurs]. – URL: https://www.bbc.co.uk/bitesize/articles/zcy2dp3 (murojaat qilingan sana: 17.07.2025).
  3. Galstyan A. Conversion in the Process of Assimilation of Loan-Words // Armenian Folia Anglistika. – 2006. – Т. 2. – № 1–2. – С.
  4. Trnka B. Conversion in English // Brno Studies in English. – 1969. – Vol. 8. – № 1. – P. 186.
  5. Махрова Н. Н., Урядова А. В. Исследование конверсии в английском языке // Вестник Северного (Арктического) федерального университета. – 2021. – № 5. – С. 69–79.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011705
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/797
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1217–1220
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25