ARASTU “POETIKA”SIDA TUR VA JANRLAR MASALASI
Nafosat AkmalovaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi talabasi2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1207–1214
Annotatsiya
Ushbu maqolada Aristotel "Poetika" asari tahlil qilinib, unda keltirilgan adabiy tur va janrlar masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu jarayondan to‘liq ma‘lumot berish uchun 7 nafar ishtirokchidan so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalari 2 ta diagramma bilan yoritib berildi. So‘rovnoma natijasi ancha yuqori ko‘rsatgichda bo‘ldi. Bu Aristotelning nazariyasi hozirgi zamon adabiyoti bilan hamnafasligidan darak beradi. Metadalogiya qismida tavsifiy, tarixiy-tavsiya, chog‘ishtirma va sotsiolingvistik metodlardan foydalanildi. Bular asarni yana ham tushunarli ochib berish va olimlarning bu asarga munosabatini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaВопрос о типах и жанрах в «Поэтике» Аристотеля
В данной статье анализируется произведение Аристотеля «Поэтика» и рассматриваются вопросы литературных родов и жанров, представленных в нем. Для более полного освещения материала в процессе анализа был проведен опрос среди 7 участников. Результаты опроса были представлены в виде двух диаграмм (My Chart). Итоги опроса оказались достаточно высокими, что свидетельствует о созвучии теории Аристотеля с современной литературой. В методологической части были использованы описательный, историко-рекомендательный, сравнительный и социолингвистический методы
inglizchaTHE ISSUE OF TYPES AND GENRES IN ARISTOTLE‘S "POETICS"
This article analyzes Aristotle‘s work Poetics and examines the issues of literary types and genres presented in it. In order to provide complete information during the analysis, a survey was conducted among 7 participants. The survey results were illustrated using two diagrams (My Chart). The results of the survey were relatively high, which indicates that Aristotle‘s theory is in harmony with modern literature as well. In the methodology section, descriptive, historicalrecommendatory, comparative, and sociolinguistic methods were used. These methods helped to make the work more understandable and demonstrated scholars‘ attitudes toward this work.
Kalit so‘zlar
- poetika
- poeziya
- tragediya
- komediya
- epik
- fabula
- san‘at
- tragik poeziya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ARASTU “POETIKA”SIDA TUR VA JANRLAR MASALASI
Nafosat Akmalova Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Aristotel "Poetika" asari tahlil qilinib, unda keltirilgan adabiy tur va janrlar masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu jarayondan to‘liq ma'lumot berish uchun 7 nafar ishtirokchidan so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalari 2 ta diagramma bilan yoritib berildi. So‘rovnoma natijasi ancha yuqori ko‘rsatgichda bo‘ldi. Bu Aristotelning nazariyasi hozirgi zamon adabiyoti bilan hamnafasligidan darak beradi. Metadalogiya qismida tavsifiy, tarixiy-tavsiya, chog‘ishtirma va sotsiolingvistik metodlardan foydalanildi. Bular asarni yana ham tushunarli ochib berish va olimlarning bu asarga munosabatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: poetika, poeziya, tragediya, komediya, epik, fabula, san’at, tragik poeziya.
THE PROBLEM OF TYPES AND GENRES IN ARISTOTLE’S “POETICS”
Annotation. This article analyzes Aristotle’s work Poetics and examines the issues of literary types and genres presented in it. In order to provide complete information during the analysis, a survey was conducted among 7 participants. The survey results were illustrated using two diagrams (My Chart). The results of the survey were relatively high, which indicates that Aristotle’s theory is in harmony with modern literature as well. In the methodology section, descriptive, historicalrecommendatory, comparative, and sociolinguistic methods were used. These methods helped to make the work more understandable and demonstrated scholars’ attitudes toward this work. Keywords: poetics, poetry, tragedy, comedy, epic, fable (plot), art, tragic poetry.
ПРОБЛЕМА РОДОВ И ЖАНРОВ В «ПОЭТИКЕ» АРИСТОТЕЛЯ
Аннотация. В данной статье анализируется произведение Аристотеля «Поэтика» и рассматриваются вопросы литературных родов и жанров, представленных в нем. Для более полного освещения материала в процессе анализа был проведен опрос среди 7 участников. Результаты опроса были представлены в виде двух диаграмм (My Chart). Итоги опроса оказались достаточно высокими, что свидетельствует о созвучии теории Аристотеля с современной литературой. В методологической части были использованы описательный, историко-рекомендательный, сравнительный и социолингвистический методы. Эти методы способствовали более
наглядному раскрытию произведения и показали отношение ученых к данному труду. Ключевые слова: поэтика, поэзия, трагедия, комедия, эпос, фабула (сюжет), искусство, трагическая поэзия.
Kirish. Poetika biz uchun Gretsiyaning klassik davriga mansub bo‘lgan, badiiy so‘z san'ati yoki poeziya nazariyasi masalalarini bayon etadi. Aristotel yaratgan umumiy nazariyasi bizni to‘la qoniqtira olmaydi. Antik tafakkurga berilgan ta’rifni olim Engels bunday davom ettirgan: “Biroq bu qarash garchi butun hodisalar manzarasining umumiy xarakterini to‘g‘ri payqasa ham, bu manzarani tashkil etgan ayrim tomonlarni izohlash uchun har holda kifoya qilmaydi, biz esa bu ayrim tomonlarni bilmas ekanmiz, umumiy manzara ham bizga ravshan emasdir” [1;78]. Shu sababli “Poetika”dagi ko‘plab fikrlar asrlar davomida olimlarni o‘ylantirib kelmoqda. Ulardan iste'dod va mahorat haqidagi fikr Farobiy asarlarida boshqacha talqin qilingan. Badiiy asar xarakteri, tur va janrlar haqidagi fikrlar to‘g‘ri isbotini topmoqda. Antik tarixda yaratilgan bu asar XXI asr adabiyotshunosligida atama va fikrlarni tahlil qilinishida ko‘plab bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Metodologiya.Tavsifiy metod. Aristotelning ”Poeziya san'ati haqida” asarini tavsifiy metod orqali o‘rgansak, uni yunoncha “Poetika” deb ham ataydilar. Antik yunon allomasi Aristotel umrining oxirlarida (mil. avv. 336-322 yillar orasida) yaratilgan bu asar qariyb bizning zamonamizgacha bo‘lgan davrda badiiy ijod sirlarini o‘rganishga juda katta ta'sir ko‘rsatdi. Greklarda “poetika” ma'nosini ifodalovchi birgina so‘z yo‘q. Bunday ma'noga ko‘proq “to‘qimoq” so‘zi mos tushadi. Bizda ham ilgari “to‘qimoq” so‘zi “adabiy ijod” ma'nosini anglatar edi, hozir bu kamsitish ohangida qo‘llanadi. Tarixiy-qiyosiy metodda tahlil qilsak, XII asrda Kordovalik buyuk arab faylasufi Averroes “Poetika”ga sharh yozgan. XIII asrdan bu sharh Yevropa tillarga tarjima qilingan. XV asrda esa Italiyada 33 marta qayta-qayta nashr etilgan. XVI asr boshida D. Balla, 1536-yilda A. Patsi Italyan tiliga, 1572-yilda “Poetika”ning lotin tiliga tarjima qilindi. Jahonda keng ko‘lamda bu asar yoyildi. Turkiy xalq allomalari ham asarni sharhlashdi. Abu nasr Farobiy Aristotelning “Poetika” asariga yozgan sharhlarida shoirlarni bir nechta turlarga ajratdi. Ta’kidlash kerakki, Aristotel tilida san'at so‘zi juda keng ma'noda, haykaltaroshlik, she'riyat, musiqa, me’morlik san’atlari qatorida tibbiy, matematik ma’nosida ham ishlatiladi. Lekin hozirgi kunda biz san'at so‘zi shunchalik ko‘p ma’nolarni anglatib kelishiga ko‘nikmaganmiz. Aristotel Platon izidan boshqacha borib, Poetika va nafis san’atlar deb atalgan o‘ziga xoslikni korsatuvchi favqulodda zarur prinsipni olib kirdi. Bu
prinsip-mimesis, taqlid, qayta gavdalantirish. Epik( voqealarni hikoya qilib beradigan she’r yoki badiiy asar) va tragik poeziya( fojia tasvirlanuvchi she’r yoki badiiy asar), komediya( kuldirish orqali o‘ylantiradigan asar) va difirambik poeziya(maqtov va shodlik ruhida aytiladigan marosimiy she’riyat), avletika( nay chalib kuylash san’ati) va kifaristika( torli cholg‘u bilan she’r kuylash)ning katta qismi o‘xshatish, tasvirlash san'ati deya atadi. Adabiyotni epik, lirik va dramatik turlarga bo‘ldi. Dramaning tragediya, komediya janrlarini izohladi, lekin drama haqida ma’lumot bermadi. Hozirgi adabiyotshunoslikda targediyaning ko‘p qismlari Aristotel tariflagani kabi emas. Targediyaning turlari, tarkibiy bo‘linmalari, unsurlari deyarli yo‘qligini olimlar isbotlab berishmoqda. Tragediyadagi fabula va rivoyat terminlari hozirda syujet atamasi bilan almashganligini ham ko‘rsatishimiz mumkin. Chog‘ishtirma metod. Aristotelning iste'dod va mahorat haqidagi fikrlari ham uzoq asrlardan buyon munozaraga sabab bo‘lib kelmoqda.Ushbu munozara chog‘ishtirma metod orqali bayon qilinadi. Ruscha tarjimada mahorat tushunchasi “san’at” deb olingan. Bu so‘z hozir ko‘pchilik tushunadigan “san’at asarlari” degan ma'noda emas, kasb-hunar ma’nosida ishlatiladi. Farobiy asarlarida ham arabcha “san’at” so‘zi kasb-hunar, fan, ma’nosida ishlatiladi. Aristotel “san’at” so‘zini ma'lum ma'noda “tug‘ma istedod”ga qarshi qo‘yadi. Olimlarning fikrlari har tomonlama to‘g‘ri. Chunki Aristotel o‘sha davrning yunon adabiyotiga tayanib atamalarni izohlagan. Ruscha talqin ham Farobiy talqini ham o‘z isbotini topgan. Sotsiolingvistik metod. Hozirda bu asarda berilgan tur, janrlarni adabiyotshunoslar zamonaviy usullar bilan tavsiflashmoqda,shu bilan birga sotsiolingvistik metodda tahlili ko‘rib chiqiladi. Ulardan Narratologik yondashuvini olsak, zamonaviy akademiklar janrni Narratologik nuqtayi nazar bilan, ya’ni syujet strukturalarni, xarakterlararo munosabatlar, epizodik diskirslar orqali o‘rganmoqda.Bu yondashuv bilan Arastu janr ta'riflarini yanada kengroq matn tahliliga olib boradi. Madaniy kontekst, janrlarni sotsiokultural kontekstda tahlil qiladi,ya’ni janr kishining ijtimoiy tajribasi, qadriyatlar, kontekstual mavqe va til bilan qanday o‘zaro munosabatda bo‘lishini o‘rganadi. Bu esa Arastu janrlarini faqat “forma” emas, balki jamiyat bilan bog‘liq holda o‘rganish imkonini beradi. Natija va Muhokama: Maqola bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.Ushbu chiziqli diagramma (Mening ro‘yxatim)asosida tahlil quyidagicha:grafikda 7 nafar talaba ishtirokchining natijalari ko‘rsatilgan. Ballar asosan 6 ball atrofida bo‘lib, bu yuqori va barqaror ko‘rsatkich mavjudligini bildiradi va so‘rovnoma 2 ta diagramma orqali shakllantirildi.
Birinchi so‘rovnomani chiziqli diagramma asosiy tendensiya (rivojlanish yo‘nalishi): 1-2-ishtirokchilarda natija yuqori va bir xilligini ko‘rishimiz mumkin. 3-ishtirokchida keskin pasayish (4 ball) kuzatildi. 4-ishtirokchidan boshlab yana barqaror o‘sish bo‘ldi. 3-ishtirokchining natijasi umumiy xulosaga jiddiy ta’sir qilmaydi. Chiziqli diagrammaning xulosasi talabalar asarni yaxshi o‘zlashtirishganidan darak beradi. Bu so‘rovnoma ularni muhokamaga tortdi, natijada asarni yana ham yaxshi tushunishdi. “Poetika”dagi ayrim masalalarni o‘rganib, o‘z fikrlarini tahlil qila olishgani so‘rovnomada ochiq ko‘rinib turibdi. 1-ilova:
Ikkinchi so‘rovnomani radar diagramma (O‘rgimchak to‘ri) asosida shakllantirildi. Bu diagrammada ham 7 nafar talaba ishtirokchilar qatnashdi, asosan, barcha ko‘rsatgichlar bir xil. Alohida ko‘rsatgichlar tahlilini ko‘rib chiqamiz: 1-ishtirokchining natijasi – 6 ballni tashkil etadi.Daraja yuqori shuningdek asosiy ko‘nikma yaxshi rivojlangan. 2-ko‘rsatgich-6 ball. Bu natija ham barqaror va yuqori. Kuchli tomonlardan biri. 3-ko‘rsatgich- 4 ballni tashkil qildi.
So‘rovnomadagi eng past natija. 4-5-6-7-ko‘rsatgichlar bir xil tartibda yuqori natija ko‘rsatdi. Ushbu tadqiqot natijalari Aristotelning "Poetika" asarida tur va janrlar masalasiga doir g‘oyalarning zamonaviy talqinini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, olingan empirik ma'lumotlar ushbu nazariyaning dolzarbligini tasdiqlaydi. Olingan so‘rovnomada (1-7-ishtirokchilar ballari), asosan, yuqori darajada bo‘lib, bu Arastu nazariyasining hozirgi adabiyotshunoslik jarayonida ham muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilayotganini yaqqol isboti. Faqat uchinchi so‘rovnoma ishtirokchisining pastroq balli (4 ball) umumiy tendensiyani keskin o‘zgartirmaydi, balki individual yondashuvni belgisi hisoblanadi. Aristotel o‘zining "Poetika" asarida adabiyotni "mimesis" – ya’ni voqelikni badiiy aks ettirish shakli sifatida talqin qilinib, uni tur va janrlarga ajratadi. Uning fikricha, tragediya, komediya va epik asarlar voqelikni turli shakllarda ifodalash bilan farqlanadi. Mazkur tadqiqotda olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, tadqiqotchilarning aksariyati Aristotel yaratgan janrlar tasnifini mantiqan asoslangan va ilmiy jihatdan muhim deb hisoblaydi. Bu holat Aristotel “Poetikasi”ning faqat tarixiy ahamiyatga ega emasligini, balki zomonaviy adabiyot nazariyasi tahlili uchun ham nazariy poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini ko‘rsatadi. Poetika nazariyasi bo‘yicha bir qancha olimlar o‘rganishlar olib borishgan. Ulardan mashhur rus adabiyotshunosi V.Belinskiy tragediya janriga “insoniy ehtiroslar va ijtimoiy qarama-qarshiliklarning eng oliy ifodasi”[2;317-318], deya ta’rif bergan bo‘lsa, bu fikr Aristotelning tragediyani “jiddiy va muhim voqea-hodisalarni tasvirlovchi janr”[3;30- 31] sifatida talqin qilishi bilan mushtarakdir. Tadqiqot natijalarida adabiyotshunoslarning ko‘pchiligi tragediya va epik janrlarni asosiy janr sifatida ajratib ko‘rsatgani, Aristotelning bu boradagi g‘oyalari XXI asrda ham o‘z ilmiy qimmatini yo‘qotmaganini tasdiqlaydi. Nemis faylasufi G.Gegel esa san’at turlarini mazmun va shakl birligi asosida baholagan holda, tragediyani “inson erkinligining ichki ziddiyatlari ifodasi”[4;573-575] sifatida talqin qiladi. Ushbu tadqiqotda uchinchi ishtirokchining pastroq natijasi (4 ball) aynan mana shu zamonaviy estetik talqinlar bilan Aristotel nazariyasi o‘rtasidagi tafovut bilan izohlanishi mumkin. Ya’ni ayrim adabiyotshunos tadqiqotchilar Aristotelning janrlar tasnifini tarixiy-chegaralangan deb hisoblash ehtimoli mavjud. Yana bir adabiyotshunos M.Baxtinning janr haqidagi qarashlariga ko‘ra, janrlar doimo rivojlanib, tarixiy sharoit ta’sirida o‘zgarib boradi. U janrni “ adabiyot tafakkurning tirik shakli”[5;248-250] sifatida baholaydi. Yuqoridagi diagrammada kuzatilgan yuqori ko‘rsatgichlar (6 ball atrofida) respondentlar (tadqiqotchilar) ning
Aristotel janrlar tizimini statik (o‘zgarmas) emas, balki rivojlanishga ochiq nazariya sifatida qabul qilayotganini ko‘rsatadi. Demak, Aristotel tasnifi zamonaviy janr nazariyalar bilan qarama-qarshi emas, balki ularning tarixiy ildizi sifatida qaralishi mumkin. Natijalarni umumlashtirib aytganda, tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Aristotelning “Poetika” asarida ilgari surilgan tur va janrlar haqidagi g‘oyalari bugungi adabiyotshunoslikda ham muhim nazariy manba bo‘lib qolmoqda. Diagrammalarda aks etgan yuqori ballar qatnashchilarning aksariyati ushbu nazariyani dolzarb va metodologik jihatdan ahamiyatli deb hisoblashini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, ayrim farqli ballar Aristotel nazariyasining zamonaviy estetik yondashuvlar bilan qayta talqin qilinishi zarurligini ko‘rsatadi. Farobiy asarlarida boshqacha talqin qilingan iste’dod va mahorat haqidagi fikr ko‘rib chiqildi va boshqa olimlarning talqinlari ham o‘rinli. Lekin Aristotel antik yunon adabiyotidan kelib chiqib, bir qancha o‘zidan oldingi olimlarning adabiyotga bo‘lgan qarashlarini kuzatib o‘z poetikasini yaratdi. Shuning uchun ham mutlaqo Aristotelning tur, janrlar, is’tedod,san’at,mahorat singari adabiy talqinlariga qarshi chiqib bo‘lmaydi. Hozirgi adabiyotimizning ildizi “Poetika” desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Poetika” janrlar masalasida tarixiy asos bo‘lishi bilan birga, hozirgi adabiy jarayonlarni tahlil qilishda ham muhim ilmiy tayanch vazifasini bajaradi. Bu asarni o‘rganishda tavsifiy, tarixiy-qiyosiy, chog‘ishtirma, statistik tahlil va ayniqsa sotsiolingvistik metodlar orqali tahlil qilinib, zamonaviy adabiyotga shu metodlar bilan bog‘lab o‘rganilsa, asarni to‘la ochish va tushuna olish mumkin. Aristotel nazariyasini nafaqat klassik meros sifatida , balki zamonaviy adabiy tafakkur bilan uzviy bog‘liq konsepsiya sifatida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa. Natijalar ilmiy asoslar bilan ko‘rib chiqilganda, “Poetika” asaridagi tur va janrlar masalasi ishtirokchilarga tushunarli bo‘ldi. Ularning natijasi yuqori chiqdi va so‘rovnoma qatnashchilar bu nazariyani to‘la o‘rganishganidan darak beradi. Bir qancha adabiyotshunos olimlarning bu asarga bo‘lgan qarashlar o‘rganilib,ilmiy asoslanib chiqildi. Metod va tahlillar asarni yoritib, tushuntirib, masalalarni o‘rganishda foydalanildi. Ingliz tadqiqotchisi S.H.Butcher shunday deydi: “ Aristotel Poetikada adabiyot va san’atni tasodifiy ilhom mahsuli emas, balki aniq qonun-qoidalarga bo‘ysunuvchi ilmiy tizim sifatida izohlaydi”[6;130-131]. Adabiyotga to‘g‘ri yondashish uchun bu asarni o‘qib to‘la anglansa, poetika- badiiy so‘z san’ati ekanligi o‘z isbotini topadi
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Aristotel. (1980). Poetika (ruscha tarjima nashri). Moskva: Iskusstvo nashriyoti. [1;78],[3;30-31].
- Belinskiy V. G. – “Разделение поэзии на роды и виды”Belinskiy V. G. Собрание сочинений. – Москва, 1954. – Т. 3. [2;317–318].
- Гегель. Эстетика. — Москва: Искусство, 1968. — Т. [4;573–
- М. М. Бахтин. Эстетика словесного творчества. — Москва: Искусство, 1979. [5;248-250].
- S. H. Butcher — Aristotle’s Theory of Poetry and Fine Art (New York: Dover Publications, 1951). [6;130-131].
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011707
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/799
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1207–1214
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25