Asosiy mazmunga o‘tish

LINGVODIDAKTIK NUQTAI NAZARDAN KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING USTUNLIKLA

Erkinova Madina Komil qiziShahrisabz Davlat Pedagogika Instituti magistranti2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 213–216

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda lingvodidaktikaning nazariymetodologik asoslari hamda kommunikativ yondashuvning zamonaviychet tilini o‘qitishdagi o‘rni atloflicha tahlil qilinadi. Grammatikkompetensiya va nutqiy kompetensiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklingvodidaktik yondashuv doirasida muhim metodik masalalardan birisifatida e‘tirof etilib, til o‘qitish jarayonida ushbu kompetensiyalarningintegrativ xususiyati samarali nutqiy faoliyatni shakllantirishda muhimomil sanaladi. Shu jihatdan tadqiqotda kommunikativ yondashuvningan‘anaviy metodlarga nisbatan ustun jihatlari qiyosiy tahlil asosidayoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaПРЕИМУЩЕСТВА КОММУНИКАТИВНОГО ПОДХОДА С ЛИНГВИСТОДИКАТИЧЕСКОЙ ТОЧКИ ЗРЕНИЯ

В данном исследовании всестороннеанализируются теоретико-методологические основылингводидактики, а также роль коммуникативного подхода всовременном обучении иностранным языкам. Взаимосвязь междуграмматической компетенцией и речевой компетенциейрассматривается в рамках лингводидактического подхода как одна изважных методических проблем. Отмечается, что интегративныйхарактер данных компетенций в процессе обучения языку являетсяважным фактором формирования эффективной речевойдеятельности. В связи с этим в исследовании на основесравнительного анализа освещаются преимуществакоммуникативного подхода по сравнению с традиционнымиметодами обучения

inglizchaADVANTAGES OF THE COMMUNICATIVE APPROACH FROM A LINGUISTODICATIC POINT OF VIEW

This study provides a comprehensive analysis of thetheoretical and methodological foundations of linguadidactics and therole of the communicative approach in modern foreign language teaching.The relationship between grammatical competence and speechcompetence is recognized as one of the important methodological issueswithin the linguadidactics approach, and the integrative nature of thesecompetencies in the process of language teaching is considered animportant factor in the formation of effective speech activity. In thisregard, the study highlights the advantages of the communicativeapproach over traditional methods on the basis of a comparative analysis.

Kalit so‘zlar

  • lingvodidaktika
  • kommunikativ yondashuv
  • grammatik kompetensiya
  • nutqiy kompetensiya
  • til o‘qitish metodikasi
  • nutqiy faoliyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

jarayonini interaktiv qiladi va ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Adams R. Artificial Intelligence and Language Learning: Opportunities and Challenges. – London: Routledge, 2023. – 210 p. 2. Brown H. D. Principles of Language Learning and Teaching in the Digital Age. – New York: Pearson Education, 2021. – 325 p. 3. Zafar, D., & Sardor, O. (2022). DIFFICULTIES OF NONPHILOLOGICAL STUDENTS IN LEARNING VOCABULARY AND USING RELEVANT TEXTS IN TEACHING ENGLISH. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(02), 163-165. 4. Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23. 5. Chapelle C. A. Computer-Assisted Language Learning and Artificial Intelligence. – Cambridge: Cambridge University Press, 2022. – 280 p. 6. Dörnyei Z. Innovations in Language Teaching Methodology. – Oxford: Oxford University Press, 2020. – 298 p. 7. Godwin-Jones R. Artificial Intelligence and Language Learning Applications // Language Learning & Technology. – 2021. – Vol. 25, №2. – P. 4–12.

LINGVODIDAKTIK NUQTAI NAZARDAN KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING USTUNLIKLARI

Erkinova Madina Komil qizi Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti magistranti Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: erkinovam344@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda lingvodidaktikaning nazariymetodologik asoslari hamda kommunikativ yondashuvning zamonaviy chet tilini o‘qitishdagi o‘rni atloflicha tahlil qilinadi. Grammatik kompetensiya va nutqiy kompetensiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik lingvodidaktik yondashuv doirasida muhim metodik masalalardan biri sifatida e’tirof etilib, til o‘qitish jarayonida ushbu kompetensiyalarning integrativ xususiyati samarali nutqiy faoliyatni shakllantirishda muhim omil sanaladi. Shu jihatdan tadqiqotda kommunikativ yondashuvning an’anaviy metodlarga nisbatan ustun jihatlari qiyosiy tahlil asosida yoritiladi.

Kalit so‘zlar: lingvodidaktika, kommunikativ yondashuv, grammatik kompetensiya, nutqiy kompetensiya, til o‘qitish metodikasi, nutqiy faoliyat. Abstract: This study provides a comprehensive analysis of the theoretical and methodological foundations of linguadidactics and the role of the communicative approach in modern foreign language teaching. The relationship between grammatical competence and speech competence is recognized as one of the important methodological issues within the linguadidactics approach, and the integrative nature of these competencies in the process of language teaching is considered an important factor in the formation of effective speech activity. In this regard, the study highlights the advantages of the communicative approach over traditional methods on the basis of a comparative analysis. Key words: linguadidactics, communicative approach, grammatical competence, speech competence, language teaching methodology, speech activity. Аннотация: В данном исследовании всесторонне анализируются теоретико-методологические основы лингводидактики, а также роль коммуникативного подхода в современном обучении иностранным языкам. Взаимосвязь между грамматической компетенцией и речевой компетенцией рассматривается в рамках лингводидактического подхода как одна из важных методических проблем. Отмечается, что интегративный характер данных компетенций в процессе обучения языку является важным фактором формирования эффективной речевой деятельности. В связи с этим в исследовании на основе сравнительного анализа освещаются преимущества коммуникативного подхода по сравнению с традиционными методами обучения. Ключевые слова: лингводидактика, коммуникативный подход, грамматическая компетенция, речевая компетенция, методика преподавания языка, речевая деятельность.

Lingvodidaktika tilshunoslik va pedagogika fanlari integratsiyasi natijasida shakllangan ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u tilni o‘qitishning nazariy asoslarini ishlab chiqadi. Lingvodidaktikaning asosiy vazifasi — til tizimini o‘quv jarayoniga moslashtirish, til birliklarini o‘zlashtirish mexanizmini aniqlash hamda samarali metodlarni ishlab chiqishdan iborat. Til kompetensiyasi tushunchasi ilk bor Noam Chomsky tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u lingvistik kompetensiyani til tizimini bilish sifatida talqin qilgan. Olim kompetensiya va nutqiy faoliyat o‘rtasidagi farqni ajratib ko‘rsatib, til bilishning nazariy modeli nutqiy faoliyatdan farqlanishini asoslab bergan [1]. Biroq tilni real vaziyatda

qo‘llay olish masalasi keyinchalik Dell Hymes tomonidan kengaytirilib, kommunikativ kompetensiya tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan. U tilni faqat grammatik qoidalar majmui sifatida emas, balki ijtimoiy vaziyatga mos ravishda qo‘llay olish qobiliyati bilan bog‘liq hodisa sifatida izohlaydi [2]. Shuningdek, Michael Halliday tilni ijtimoiyfunksional tizim sifatida talqin qilib, tilning asosiy vazifasi ma’no yaratish va ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirishdan iborat ekanligini ta’kidlagan [3]. Lingvodidaktik nuqtai nazardan aynan shu yondashuv zamonaviy metodologiyaning nazariy poydevorini tashkil etadi. Lingvodidaktik nuqtai nazardan kommukativ yondashuv bir qator ustunliklarga ega bo‘lib, eng asosiysi tilning funksional o‘rgatilishidir. Kommunikativ yondashuvning ushbu jihati J. Richards va T. Rodgers tomonidan batafsil ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning ta’kidlashicha, kommunikativ yondashuv tilni strukturaviy birliklar majmui sifatida emas, balki ma’no uzatish va ijtimoiy o‘zaro ta’sir vositasi sifatida talqin qiladi. Mualliflar til o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni asosiy maqsad sifatida belgilab, o‘quvchilarning real nutqiy vaziyatlarda til birliklaridan maqsadga muvofiq foydalanish qobiliyatini rivojlantirish zarurligini qayd etadilar [4]. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchining markazliligi - lingvodidaktikaning eng muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Kommunikativ yondashuv o‘quvchini faol subyekt sifatida ko‘radi. O‘qituvchi esa jarayonni tashkil etuvchi va yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. Bundan tashqari, milliy metodika doirasida ham kommunikativlik tamoyilining ustuvorligi J. Jalolov tomonidan asoslab berilgan. Olim chet tilini o‘qitishda nutqiy faoliyat turlarini integrativ rivojlantirish, til birliklarini kontekstual qo‘llash hamda o‘quvchini faol kommunikativ subyekt sifatida shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, grammatik material nutqiy vazifani bajaruvchi vosita sifatida o‘zlashtirilgandagina samarali natija beradi [5]. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kommunikativ yondashuv lingvodidaktik nuqtai nazardan tilning funksional tabiatiga mos keladi hamda grammatik bilimni nutqiy kompetensiya bilan integratsiyalash imkonini beradi. Ushbu yondashuv o‘quvchini faol subyekt sifatida shakllantiradi va tilni real kommunikativ vaziyatlarda qo‘llashga yo‘naltiradi. Shunday qilib, zamonaviy chet tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ yondashuv metodologik jihatdan ustun va samarali model sifatida namoyon bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Chomsky N. Aspects of the Theory of Syntax. – Cambridge: MIT Press, 1965.
  2. Hymes D. On Communicative Competence. – Philadelphia, 1972.
  3. Halliday M.A.K. Language as Social Semiotic. – London: Edward Arnold, 1978.
  4. Richards J., Rodgers T. Approaches and Methods in Language Teaching. – Cambridge: Cambridge University Press, 2001.
  5. Jalolov J. Chet til o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011719
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/815
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
213–216
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25