Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INGLIZ TILI SINFLARIDA SAMARALI O‘QITISH METODOLOGIYALARI

    Sultanboyeva Kamola Shokirjon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Ushbu maqola ingliz tili sinflarida samarali o‘qitishmetodologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiymaqsadi — til o‘rganuvchilarning kommunikativ, lingvistik va  pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy pedagogikyondashuvlar samaradorligini aniqlashdir. Maqolada an‘anaviymetodlar bilan bir qatorda, kommunikativ yondashuv, interaktivmashg‘ulotlar, rol o‘yinlari, vaziyatli topshiriqlar va multimediyaresurslaridan foydalanish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarishuni ko‘rsatdiki, interaktiv va kommunikativ metodlar talabalarningnafaqat lingvistik bilimlarini oshiradi, balki real kommunikativvaziyatlarda tilni qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Shu bilanbirga, texnologik vositalar va autentik materiallar integratsiyasi o‘quvjarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Tadqiqot natijalari ingliztili o‘qitish metodikasini takomillashtirish, talabalarning tilkompetensiyasini kompleks rivojlantirish va o‘quv jarayoninioptimallashtirishda ilmiy-amaliy asos yaratadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA KO‘PLIK KATEGORIYASI

    Yusupova Nargiza Abduvohidovna, Odilboyeva Umida · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Maqolada o‘zbek va ingliz tillarida ko‘plikkategoriyasining grammatik xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘zbek tilidako‘plik asosan “-lar / -ler”, ingliz tilida esa “-s / -es” va notekis shakllarorqali ifodalanadi. Shuningdek, sonlar va miqdor bildiruvchi so‘zlaryordamida ko‘plik ma‘nosi mustahkamlanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolako‘plik kategoriyasining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib beradi hamdatilshunoslik va chet tilini o‘rganishda foydali bo‘ladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IELTS OG‘ZAKI NUTQ BO‘LIMIDA RAVONLIK VA MANTIQIY IZCHILLIKNI KOMMUNIKATIV FAOLIYATLAR HAMDA SUN‘IY INTELLEKT YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH

    Khurramova Mashhura Murad kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur maqola kommunikativ til o‘qitishfaoliyatlarining ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganadigan o‘zbektalabalarining IELTS imtihoniga tayyorgarlik jarayonida ravonlik vaizchillikni rivojlantirishdagi samaradorligini o‘rganadi. Tadqiqotmuhokamalar, rol o‘yinlari, muammoli vaziyatlarni hal qilish mashqlariva hikoya qilish kabi kommunikativ topshiriqlarga e‘tibor qaratadi.Ushbu faoliyatlar o‘quvchilarga ravon gapirish va fikrlarini mantiqantashkil etishda yordam beradi. Shuningdek, tadqiqot zamonaviy raqamlitexnologiyalar va sun‘iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan fikrmulohaza vositalarining nutq mashqlariga qo‘shgan hissasini ham tahlilqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INGLIZ TILI DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

    Mamadzhanova Zuhra Bakhromdzhanovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Ushbu maqolada ingliz tili darslarida raqamlitexnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Bugungi kundazamonaviy ta‘lim jarayoni o‘qitishda innovatsion va raqamli vositalardanfoydalanishni talab etadi. Onlayn platformalar, multimedia resurslari,ta‘limiy ilovalar va interaktiv vositalar kabi raqamli texnologiyalaro‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularning darsgabo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda darslarni yanada samarali vaqiziqarli tashkil etishga yordam beradi. Maqolada shuningdek, ushbutexnologiyalardan samarali foydalanishda o‘qituvchining roli vaularning ta‘lim jarayoniga keltiradigan foydasi ham ko‘rib chiqiladi.Natijada, ingliz tili ta‘limida raqamli texnologiyalardan foydalanishta‘lim sifatini oshirishga va o‘quvchilarning kommunikativkompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TA‘LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INTELLEKTUAL TA‘LIM TIZIMINI SAMARALI JORIY ETISH USULLARI

    Abdurakhmonov Sanjarbek Inomjon oglu · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Ushbu maqolada ta‘lim jarayonida raqamlitexnologiyalar yordamida intellektual ta‘lim tizimini samarali joriy etishusullari o‘rganilgan. Intellektual ta‘lim tushunchasi va uning pedagogikasoslari tahlil qilingan, raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar,interaktiv dasturlar va sun‘iy intellekt asosidagi adaptiv tizimlarningo‘quv jarayoniga ta‘siri ko‘rib chiqilgan.Adabiyotlar tahlili natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalarindividual yondashuvni ta‘minlash, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash vaijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmatqiladi. Tadqiqot metodlari sifatida adabiyotlar tahlili, komparativ tahlil,amaliy kuzatuv, tajriba, shuningdek so‘rovnoma va intervyu ishlatilgan.Munozara bo‘limida texnologiyalarning samaradorligi va ularni joriyetishdagi muammolar muhokama qilingan Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar yordamidaintellektual ta‘lim tizimini joriy etish ta‘lim sifatini oshirish,o‘quvchilarning individual rivojlanishi va ijodiy salohiyatinirag‘batlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tizimningmuvaffaqiyati pedagogik yondashuv va metodik qo‘llab-quvvatlashgabog‘liq ekanligi ta‘kidlangan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TALABALARNING YOZISH KO‘NIKMASINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY MEZONLAR VA RUBRIKA ASOSIDAGI YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

    Ramazonova Feruzakhon Akbarovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur maqolada talabalarning yozishko‘nikmasini shakllantirish va baholash masalalari tahlil qilinadi.Tadqiqot davomida yozma nutqni baholashning an‘anaviy va zamonaviyyondashuvlari o‘rganilib, ularning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan.Shuningdek, yozma ishlarni baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar– mazmun, tashkillashtirish, imlo va tinish belgilari, so‘z tanlash, tildanfoydalanish hamda tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kabikomponentlarning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada yozishko‘nikmasini baholash uchun ishlab chiqilgan rubrika elementlari tahlilqilinib, ular talabalarning yozma nutqini rivojlantirishda muhimahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ENHANCING VOCABULARY ACQUISITION THROUGH MOBILE APPLICATIONS

    Siddiqjanova Ugiloy Gafirjon qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqolada mobil ilovalar yordamida lug‘atboyligini oshirish masalasi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviytexnologiyalar, ayniqsa mobil qurilmalar ta‘lim jarayoniga faol kiribkelib, til o‘rganishda muhim vositaga aylanmoqda. Tadqiqotda mobililovalar yordamida so‘z boyligini o‘rganishning samaradorligi, uningafzalliklari va o‘quvchilarning mustaqil ta‘lim olish jarayoniga ta‘siriko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mobil ilovalarning interaktivligi,takrorlash imkoniyati va motivatsiyani oshirishdagi roli yoritiladi.Nazariy manbalar asosida mobil texnologiyalar yordamida lug‘atnio‘rganish til o‘rganishda samarali metodlardan biri ekanligi asoslabberiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    THE IMPORTANCE OF SWOT ANALYSIS IN INCREASING THE EFFICIENCY OF STEM EDUCATION

    Bobokhodjayev Umarxon Samsakhodjayevich · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu dissertatsiya STEM ta‘limi samaradorliginioshirishda SWOT tahlil usulidan foydalanishni o‘rganadi. Zamonaviyta‘lim texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiya yondashuviniishlab chiqish imkonini beradi, bu esa talabalarda murakkabprofessional va meta-kompetensiyalarni shakllantirishga yordamberadi. Fizika darslarida tanqidiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishmasalasi asosiy yo‘nalish sifatida qaraladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NEMIS TILIDAGI DINIY MATNLARDA DEYKTIK BIRLIKLARNING MUHIM VAZIFALARI

    Abdurakhmanova Rana Kosimovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur maqolada nemis tilidagi diniy matnlardaqo‘llaniladigan deyktik birliklarning lingvistik xususiyatlari va ularningmatn mazmunini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Diniy matnlaro‘zining uslubiy, semantik va pragmatik jihatlari bilan boshqa matnturlaridan farq qiladi. Bunday matnlarda deyktik birliklar shaxs, makonva vaqtga oid ma‘lumotlarni ifodalash orqali matnning mazmuniyaniqligini ta‘minlaydi hamda muallif va o‘quvchi o‘rtasidagikommunikativ aloqani mustahkamlaydi. Tadqiqotda nemis tilidagi diniymatnlarda uchraydigan shaxsiy, makoniy va zamoniy deyksis birliklaritahlil qilinib, ularning diniy nutqdagi stilistik va semantik vazifalariko‘rsatib beriladi. Shuningdek, bunday birliklarning diniy matnlarningmazmunini talqin qilish va boshqa tillarga tarjima qilish jarayonidagiahamiyati ilmiy jihatdan yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ADVANTAGES OF PORTFOLIO-BASED ASSESSMENT INENGLISH LANGUAGE TEACHING

    Urinova Ozoda Yusufjon qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Mazkur maqola ingliz tili darslarida talabalar bilimini portfolio orqali baholashning ijobiy jihatlarini tadqiq etadi. Portfolio usuli ta‘lim oluvchilarning malaka va kompetensiyalarini yaxlit holda tekshirish, shuningdek, ularning o‘zlashtirish dinamikasini muntazam monitoring qilishga sharoit yaratadi. Tadqiqot davomida ushbu metodning an‘anaviy sinovlardan farqli o‘laroq, talabalarda kreativlik, mustaqil mushohada yuritish va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada portfolio tizimi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi faol muloqotni ta‘minlashi, ta‘limni individuallashtirishi hamda o‘quv ishtiyoqini kuchaytirishi asoslab berilgan. Yakuniy xulosalarga ko‘ra, portfolio asoslangan baholash ingliz tili o‘qitishning samaradorligini oshiruvchi zamonaviy pedagogik mexanizm hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КОМПЬЮТЕРНЫХ ПРОГРАММ В РАЗВИТИИ КОММУНИКАТИВНЫХ НАВЫКОВ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА

    Nishanova Munajat Madaminjonovna · «ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ОБУЧЕНИЮ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ» Республиканская научно-практическая конференция · 2026

    Ushbu maqolada rus tili darslarida o‘quvchilarningkommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda kompyuter dasturlaridanfoydalanishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Axborotkommunikatsiya texnologiyalarining nutqiy kompetensiyanishakllantirishdagi o‘rni, xususan, gapirish, tinglab tushunish, o‘qish vayozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Raqamlita‘lim resurslari, interaktiv platformalar va multimedia vositalariningdidaktik imkoniyatlari hamda ularning o‘quvchilarning motivatsiyasigava ta‘lim samaradorligiga ta‘siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek,kompyuter texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga joriy etishdagi afzalliklarva yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar tahlil qilingan. Maqoladaan‘anaviy va innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirgan holda kompleksyondashuvdan foydalanish eng samarali natija berishi ta‘kidlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘QUVCHILARDA TASHQI MOTIVATSIYANI TANQIDIYFIKRLASH ASOSIDA SHAKLLANTIRISHGA DOIR NAZARIYYONDASHUVLAR

    Burkhanova Rana Kholboy kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Maqolada tanqidiy fikrlash va motivatsiya tushunchasi,shuningdek tanqidiy fikrlash asosida o‘quvchilar tashqi motivatsiyasini shakllantirishning ahamiyati va uning kelib chiqish tarixi va ta‘lim jarayonidagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, tanqidiy fikrlashning ta‘lim jarayonidagi samaradorligi, hamda tashqi motivatsiyaning o‘quvchilar bilim olishidagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada motivatsiyaning ta‘lim tizimidagi o‘rni va istiqbollari yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IQTISODIYOT YO‘NALISHI TALABALARI UCHUN RUS TILIDA PROFESSIONAL KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH

    Nuraliyeva Maftuna Gulomovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Globallashuv va ta‘lim tizimlarining tezkor transformatsiyasi sharoitida iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun rus tilini kasbiy yo‘naltirilgan tarzda o‘qitish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda til faqat grammatika va leksika majmui emas, balki kelajak mutaxassisning professional faoliyatida muloqot, axborot almashish, hujjatlar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUN‘IY INTELLEKT MUHITIDA INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Ayyubxon Tursunbayev, son of Adxamjon · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Sun‘iy intellekt so‘nggi o‘n yilliklarda tobora ommalashib bordiki, bu ommalashuv va keng miqyosda foydalanish jamiyatning deyarli har bir sohasiga kirib borib o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunisi e‘tiborga loyiqki, raqamli ta‘lim jarayonlarida sun‘iy intellektning integratsiya qilinishi bu jarayonlarda ishlab kelayotgan mexanizmlarni tubdan o‘zgardi. Mazkur maqolada sun‘iy intellektning ta‘lim jarayonlarida, ayniqsa til o‘rganish borasidagi foydali jihatlari va o‘ziga xos qanday xususiyatlari mavjudligi haqida yoritiladi. Xususan, maqola yozish jarayonida ilmiy qarashlar tahlil qilindi va sun‘iy intellektning o‘quv avtonomiyasiga qanchalik darajada ta‘sir qilishi yoritildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    THE IMPORTANCE OF CORRECT TRANSLATION AND USAGE OF EMOTIVE-EXPRESSIVE PHRASEOLOGICAL UNITS IN ENGLISH

    Nasirova Munisxon Halimjonovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqola chet tilini o‘zlashtirishda frazeologik birliklarni o‘rganish va tushunishning ahamiyatini yoritib beradi. Unda idiomatik iboralarni talqin qilish va ulardan foydalanishdagi qiyinchiliklar va strategiyalar, til mahorati va madaniy tushunchani boyitish masalalari o‘rganiladi. Ushbu maqolada shuningdek, idiomatik iboralarning metaforik ma‘nosi, madaniy kelib chiqishi va kommunikativ funktsiyasini hisobga olish muhimligi ta‘kidlangan. Unda madaniyatlararo matnlar bilan ishlaydigan tarjimonlar uchun amaliy maslahatlar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    USING MULTIMEDIA TOOLS TO IMPROVE ENGLISH LANGUAGE LEARNING

    Pulatova Sevara Makhmudjon kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Videolar, audio materiallar va onlayn platformalar kabi multimedia vositalarini integratsiya qilish talabalarga til ko‘nikmalarini osonroq rivojlantirishga yordam beradi. Zamonaviy ta‘lim raqamli texnologiyalar joriy etilishi bilan sezilarli darajada rivojlandi. Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishda multimedia vositalarining roli ta‘kidlangan. Ushbu tadqiqotda ushbu vositalar tinglash, gapirish, o‘qish va yozish kabi turli bo‘limlarni qanday qo‘llab-quvvatlashi ko‘rib chiqiladi. Maqolada multimedia yordamida yanada interaktiv va raqobatbardosh muhit yaratilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ushbu tadqiqot multimedia asosidagi o‘rganish ham samarali, ham qabul qiluvchi ko‘nikmalarni yaxshilashga yordam berishi, shuningdek, yuqori til malakasiga erishishni osonlashtirishi mumkin degan xulosaga keladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PRAGMATIC FUNCTIONS OF MODAL VERBS AND COMMON ERRORS AMONG UZBEK LEARNERS

    Odiljonova Munisa Nodirbek qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqola modal fe‘llarning faqat grammatikshakli va ma‘nosi bilan cheklanib qolmay, balki ularning kengroqqo‘llanilishini ko‘rib chiqadi. Unda modal fe‘llar qanday qilibso‘zlovchining niyatini, muloyimlik darajasini va rasmiylikni ifodalashitushuntiriladi. Tadqiqot epistemik modallik (imkoniyat yoki ishonchlilik darajasi) va deontik modallik (majburiyat yoki ruxsat) o‘rtasidagi farqniko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada o‘zbek o‘rganuvchilariningqo‘llashdagi xususiyatlari va keng tarqalgan xatolari tahlil qilinib,kontekst va real hayotdagi muloqotning ahamiyati ta‘kidlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    CHALLENGES FACED BY UZBEK STUDENTS IN THE USE OF ARTICLES IN ENGLISH

    Sattarova Hamida Hamidillovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ingliz tilida artikllardan to‘g‘ri foydalanishnio‘zlashtirish ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan ko‘plab o‘zbektalabalari uchun muhim qiyinchiliklardan biri hisoblanadi. Buqiyinchilik o‘zbek va ingliz tillarining grammatik tuzilishidagi asosiyfarqlar bilan bog‘liq. O‘zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib,unda aniq va noaniq artikl tushunchasi mavjud emas, ingliz tilida esaartikllar keng qo‘llaniladi. Aynan shu tuzilma farqi o‘zbek talabalariduch keladigan muammolarning asosiy sabablaridan biridir. Talabalaringliz tilida ravonlik va yuqori darajadagi bilimni rivojlantirishjarayonida artikllarning ma‘nosi hamda ularning turli kontekstlardaqo‘llanishini chuqur tushunish muhim ekanligi ayon bo‘ladi. Bu esaingliz tilida aniq va tabiiy muloqot qilish uchun zarur hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XALQ ERTAKLARI- LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR TADQIQIDA MUHIM MANBA

    Mehmonova Sarvinoz Ishak kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarininglingvokulturologik xususiyatlari va ularning xalq hayotidagi o‘rnixususida fikr bildirilgan. Ertak matnlaridagi milliy dunyoqarashniifodalovchi lisoniy birliklar, xususan, numerologik tushunchalar,mifologik obrazlar va frazeologizmlarning xalq mentaliteti bilanbog‘liqligini tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ertak tili shunchakibadiiy vosita emas, balki milliy madaniy kodlarni tashuvchi tizimekanligi ilmiy asoslab berilgan. Xususan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodinamunalarida mujassam bo‘lgan milliy-madaniy konseptlar, ramziyobrazlar, barqaror iboralar, maqol va matallar, mifologik tasavvurlar,hamda qadriyatlar tizimi lingvokulturologik yondashuv asosidao‘rganiladi. Tadqiqotda ertak matnlari til va madaniyatning o‘zaro uzviybog‘liqligini aks ettiruvchi asosiy manba ekanligi ilmiy jihatdan asoslabberiladi. Maqolada lingvokulturologiya nazariyasining muhimtamoyillari, jumladan, konsept tahlili, semantik maydon, diskursiv vakontekstual tahlil metodlari qo‘llanadi. Ertaklardagi qahramonlarobrazi, milliy mentalitetni ifodalovchi til birliklari, urf-odat va an‘analarbilan bog‘liq leksik qatlamlar lingvomadaniy mazmun nuqtai nazaridansharhlanadi. Shuningdek, ertak matnlarida xalqning tarixiy xotirasi,axloqiy-estetik qarashlari hamda ijtimoiy tajribasi til vositalari orqaliqanday ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari xalq ertaklarilingvokulturologik birliklarni aniqlash, tasniflash va izohlashda boyempirik material Manbai ekanligini ko‘rsatadi. Maqola tilshunoslik,folklorshunoslik fanlari kesishmasida olib borilayotgan izlanishlaruchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INTERNATIONAL AND NATIONAL EXPERIENCES IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF NONPHILOLOGICAL STUDENTS THROUGH THE CLIL APPROACH IN ENGLISH LANGUAGE CLASSES

    Ikromova Muazzam Dilmurod kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqolada Content and Language IntegratedLearning (CLIL) — «Kontent va tilni integratsiyalashgan o‘qitish»yondashuvining oliy ta‘limda ingliz tili darslarida nefilologikmutaxassislik talabalarining (masalan, muhandislik, tibbiyot,iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va boshqa texnik vaixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarda) kasbiy kompetentsiyasinirivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Tadqiqot CLILning xalqaro tajribasini(asosan Yevropa mamlakatlari va rivojlanayotgan Osiyo kontekstlarida)hamda O‘zbekistondagi milliy amaliyotni har tomonlama ko‘rib chiqadi.Ishning asosiy maqsadi — CLIL qanday qilib fan mazmunini til o‘rganishbilan integratsiyalash orqali kasbiy kommunikativ kompetentsiyanirivojlantirishga yordam berishini baholash, shu jumladan soha xosterminologiyasini o‘zlashtirish, kasbiy diskurs ko‘nikmalari, tanqidiyfikrlash va madaniyatlararo ongni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.Nazariy tahlil, qiyosiy metod, ilmiy adabiyotlar sharhi va empiriknatijalarni sintez qilish usullaridan foydalanib, tadqiqot shuniko‘rsatadiki, CLIL nafaqat ingliz tilini mustahkamlashga, balki kasbiybilimlarni chuqurlashtirishga, o‘quv motivatsiyasini oshirishga vatalabalarni globallashgan kasbiy muhitga tayyorlashga xizmat qiladi.Shuningdek, o‘qituvchilarni tayyorlash zarurati va resurslar mavjudligibilan bog‘liq muammolar ham muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya