Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN FOREIGN LANGUAGE TEACHER TRAINING
Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna, Tursunaliyeva Iqbolxon Zohidjon Qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Annottatsiya: Sun‘iy intellekt (SI) ta‘limning ko‘plab sohalarini,jumladan xorijiy til o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini ham toborao‘zgartirib bormoqda. SI texnologiyalarining integratsiyasi kelajakdagitil o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlaryaratadi. U shaxsiylashtirilgan ta‘lim, avtomatik tahlil va fikr-mulohaza(feedback), hamda aqlli o‘qitish vositalari orqali ta‘lim jarayonini samaraliroq tashkil etishga yordam beradi. Sun‘iy intellektgaasoslangan platformalar bo‘lajak o‘qituvchilarga til kompetensiyasini,pedagogik ko‘nikmalarini va sinfni boshqarish malakalarinirivojlantirishda yordam beradi. Bunday tizimlar simulyatsiyalar,ma‘lumotlar tahlili va moslashuvchan (adaptiv) o‘quv tizimlari orqalio‘qitish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, SI katta hajmdagilingvistik resurslardan foydalanish imkonini beradi hamda interaktivo‘quv muhitini yaratishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INNOVATIVE APPROACHES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING: METHODS AND EFFECTIVENESS
Boydedayeva Muxtasar Sayfiddin qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
So‘nggi yillarda chet tillarini o‘qitish sohasiinnovatsion metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriyetilishi natijasida sezilarli darajada rivojlanmoqda. An‘anaviy o‘qitishusullari asosan grammatik qoidalarni yodlash va tarjimaga asoslanganbo‘lib, ular o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini to‘liqrivojlantira olmaydi. Shu sababli zamonaviy ta‘limda kommunikativyondashuv, vazifaga asoslangan o‘qitish, gamifikatsiya hamda axborottexnologiyalaridan foydalanish keng qo‘llanilmoqda. Ushbu tadqiqotmazkur metodlarning samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE ROLE OF VISUAL AIDS IN TEACHING ENGLISH VOCABULARY TO CHILDREN
Erkinova Ruhshona Muzaffar kizi, Raximjonova Muxlisa Rustamjon qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Lug‘at boyligini rivojlantirish chet tilini o‘rganishjarayonining muhim qismi hisoblanadi, ayniqsa maktabda ingliz tiliniendigina o‘rganishni boshlagan bolalar uchun. Amaliy tajriba shuniko‘rsatadiki, o‘quvchilar yangi so‘zlarni ko‘rgazmali materiallar yordamida o‘rganayotganida ularni tezroq tushunadi va eslab qoladi.Rasmlar, kartochkalar, plakatlar va real buyumlar so‘zlarning ma‘nosinianiqroq tushunishga yordam beradi. Ushbu maqolada bolalarga ingliztilida lug‘at o‘rgatishda ko‘rgazmali vositalarning o‘rni tahlil qilinadihamda ularning o‘quvchilarning qiziqishi va o‘quv samaradorligigata‘siri ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGLIZ TILI DARSLARIDA TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH
Usmonjonova Shodiyaxon Alisher qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Anotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili darslaridatexnologiyalardan samarali foydalanishning afzalliklari yoritiladi.Interaktiv mashqlar, videodarslar, ovozli topshiriqlar va jonli suhbatlar orqali o‘quvchilarning bilimini samarali oshirish imkoniyati ko‘rsatibo‘tilgan. Shuningdek, maqolada texnologiyalarning moslashuvchanjadval, individual yondashuv va keng resurslarga kirish kabiimkoniyatlari ta‘kidlanib, kelajakda texnalogik ta‘limning yanada kengqo‘llanilishi kutilayotgani qayd etilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE ROLE OF E LEARNING PLATFORMS IN DEVELOPING METHODOLOGICAL AUTONOMY OF FUTURE TEACHERS
Mamadjonova Zukhra, Abdulloxonova Dilnoza · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Mazkur maqolada elektron ta‘limplatformalarining kelajakdagi o‘qituvchilarning metodik mustaqilliginirivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimida raqamlitexnologiyalar va onlayn ta‘lim muhitining kengayishi o‘qituvchilardanmustaqil ravishda o‘qitish metodlarini tanlash, o‘quv jarayoninirejalashtirish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni qo‘llashko‘nikmalarini talab etadi. E-learning platformalari kelajakdagio‘qituvchilarga o‘z bilimlarini mustaqil ravishda rivojlantirish, turlimetodik resurslardan foydalanish hamda zamonaviy o‘qitish usullarinio‘rganish imkoniyatini yaratadi. Maqolada elektron ta‘limplatformalarining pedagogik jarayondagi ahamiyati, ularningo‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga ta‘siri hamda metodikmustaqillikni shakllantirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, kelajakdagi o‘qituvchilarning mustaqil o‘rganish faoliyatinirivojlantirishda e-learning texnologiyalaridan samarali foydalanishbo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEK TALABALARI UCHUN INGLIZ TILINI O‘RGANISHDAUCHRAYDIGAN FONETIK QIYINCHILIKLAR
Turgunova Mohinur Mahammadjon qizi, Abdumajidova Marhabo Mirzohid qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada o‘zbek tilida so‘zlashuvchitalabalarning ingliz tilini o‘rganishda duch keladigan fonetikqiyinchiliklar tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillarining talaffuz tizimlario‘rtasidagi farqlar, tovushlar, urg‘u va intonatsiya muammolari,shuningdek, talaffuzni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqiladi.Maqola ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek talabalarining fonetikmuammolarini aniqlash va ularni samarali bartaraf etish yo‘llarini taklifetadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RAQAMLI DUNYODA TILLARNI YASHAB QOLISHGA KURASHI
Sobirjonova Malohat Kadirjon kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Anotatsiya: Bugungi globallashuv va raqamlashtirishjarayonlari dunyo tillarining rivojlanishiga turlicha ta‘sir ko‘rsatmoqda.Ayrim tillarda so‘zlashuvchilar sonining kamayishi ularning asta-sekinyo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur maqolada yo‘qolibborayotgan tillar muammosi, raqamli texnologiyalar va internetningtillar taqdiriga ta‘siri hamda sun‘iy intellekt va zamonaviyplatformalarning tillarni saqlab qolishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGLİZ TİLİDA SO‘ZLASHİSH KO‘NİKMALARİNİ (SPEAKİNG SKİLLS) OSHİRİSH BO‘YİCHA ZAMONAVİY METODLAR VA TEXNOLOGİYALAR
Mirzarahmatova Vazira Bunyodjon kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Bugungi kunga kelib turli sohalarda ta‘lim berishva ta‘lim olish, avvalgi yillarga nisbatan rivojlanib kelmoqda va tubdanfarq qilmoqda. Bunga biz yorqin misol qilib, ingliz tili fanini olishimizmumkin. Ayni vaqtda bu fan barcha sohalar va yo‘nalishlarni o‘zichiga qamrab olmoqda.Shuning uchun, ingliz tili fanini o‘qitish, o‘rganish va unio‘rganish orqali bilimlarimizni qo‘llay olishimiz uchun, davlatimiztomonidan maxsus tillarni o‘qitish uchun bog‘cha, maktab, qo‘shimchao‘quv kurslari va shunga o‘xshash bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari, tajribalipedagogic kadrlar yetkazib berilmoqda. Shuningdek, yosho‘rganuvchilar orasida ingliz tilida chiroyli, ravon, xuddi haqiqiy inglizkishilaridek gapirish yokida suhbat qurish ko‘nikmalarini qandayoshirish kerak? degan savollar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘libkelmoqda va professor olimlarimiz tomonidan turli xil samaralimetodlar va turli xil qo‘llanmalar ishlab chiqib amalyotda qo‘llanilmoqda.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TALABALARGA XORIJIY TILNI O‘RGATISHDA MATIVATSIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ikromjonova Zarnigor Oybek qizi, Abdurahmonova Jasmina Akmal qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada til o‘rganish jarayonidamotivatsiyaning ahamiyati va samaradorlikka ta‘siri yoritilgan. Tilo‘rganishda ichki va tashqi motivatsiya turlari, ularni oshirish usullari,shuningdek, ta‘lim metodikasi va psixologik omillarning samaradorlikkata‘siri tahlil qilinadi. Maqolada o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonidamotivatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltiriladi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE EFFECTIVENESS OF INNOVATIVE METHODS AND MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES
Ziyamitdinova Ranaxon Orifjon kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishdainnovatsion metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarningsamaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim jarayonida interfaolmetodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda raqamliplatformalardan foydalanishning ahamiyati yoritib beriladi.Shuningdek, kommunikativ yondashuv, loyiha asosida o‘qitish,hamkorlikda o‘rganish kabi metodlarning til o‘rganish jarayoniga ta‘siriko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarning tilko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning motivatsiyasini oshirish vamustaqil o‘rganish faoliyatini kuchaytirishda muhim omil ekanligiasoslab beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THEORETICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING LISTENING COMPREHENSION SKILLS THROUGH ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS: EDUCATIONAL, TECHNOLOGICAL, AND COGNITIVE PERSPECTIVE
Fayziyeva Ra‘no Raximovna · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Sun‘iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta‘limtizimiga joriy etilishi til o‘rganish jarayonlarini takomillashtirish uchunyangi imkoniyatlar yaratmoqda. Til o‘rganishning to‘rtta asosiyko‘nikmasi orasida tinglab tushunish ko‘nikmasi eng murakkabjarayonlardan biri hisoblanadi, chunki u eshitilayotgan nutqni tezkorqayta ishlash, lug‘aviy birliklarni tanib olish, sintaktik tahlil qilishhamda kontekstual ma‘noni anglashni talab etadi. Ushbu maqoladasun‘iy intellekt vositalari orqali tinglab tushunish ko‘nikmasinirivojlantirishning nazariy asoslari ta‘limiy, texnologik hamda kognitivnuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda SI yordamida tashkil etilgano‘quv muhitini qo‘llab-quvvatlovchi zamonaviy pedagogik yondashuvlarko‘rib chiqiladi hamda nutqni avtomatik tanish tizimlari, intellektualo‘qituvchi tizimlar, tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalari vamoslashuvchan o‘qitish platformalari kabi texnologiyalar tinglabtushunishni o‘qitish jarayonini qanday takomillashtirishi mumkinligiyoritiladi. Shuningdek, maqolada tinglab tushunish jarayonida ishtiroketuvchi kognitiv mexanizmlar, jumladan idrok, diqqat, ishchi xotirahamda ma‘no hosil qilish jarayonlari ham tahlil qilinadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGLIZ TILI DARSLARIDA TALABALARNING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SUN‘IY INTELLEKT ORQALI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Xoshimova Oydina Shuhrat qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tilio‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasinirivojlantirishda sun‘iy intellekt (AI) texnologiyalarining o‘rni tahlilqilinadi. Madaniyatlararo kompetensiya faqat til bilimini emas, balkiturli madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish, ularningqadriyat va an‘analarini tushunish hamda hurmat qilish qobiliyatiniham o‘z ichiga oladi.Tadqiqotda AI asosidagi virtual dialoglar, rollio‘yinlar va case-study metodlarining pedagogik samaradorligi ko‘ribchiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu interfaol yondashuvlartalabalarning nafaqat til ko‘nikmalarini, balki madaniyatlararotushuncha va kommunikativ kompetensiyasini ham samaralirivojlantiradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ESP O‘RGANUVCHILARINING TALAFFUZINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN‘IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN OVOZ TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Halimova Sevara · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada maxsus maqsadlar uchun ingliztilini o‘rganuvchilarning talaffuzini rivojlantirishda sun‘iy intellektgaasoslangan ovoz texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati vaamaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot Kvazi-eksperimental dizayniasosida tashkil etilib, tajriba guruhi Sun‘iy intellekt yordamida talaffuzmashqlarini bajarish orqali o‘qitilgan, nazorat guruhi esa an‘anaviyo‘qitish usullariga amal qilgan. Natijalar SI texnologiyalaridanfoydalangan o‘rganuvchilarda talaffuz aniqligi hamda nutqningtushunarliligi sezilarli darajada yaxshilangani, ayniqsa soha bilanbog‘liq maxsus terminologiyani talaffuz qilishda ijobiy o‘zgarishlarkuzatildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar tezkor fikr-mulohaza yuritishva mashqlarni qayta-qayta bajarish imkoniyati tufayli o‘zlaridaso‘zlashga nisbatan ishtiyoq ortganini ta‘kidladilar. Natijalar shuniko‘rsatadiki, sun‘iy intellektga asoslangan ovoz vositalari o‘qituvchirahbarligi bilan integratsiya qilinganda ESP doirasida talaffuzni o‘qitishjarayonini samarali qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUN‘IY INTELEKT VOSITASIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB TALABALARNING MADANIYATLARARO MULOQOT QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI.
Gulomova Odina Gafurjon kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada talabalar madaniyatlararo muloqotkompetensiyasini sun‘iy intellekt va interfaol metodlar yordamidarivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot virtual dialoglar, rollio‘yinlar va muammoga asoslangan topshiriqlar kabi amaliymashg‘ulotlarga asoslanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ChatGPT,Duolingo va Elsa Speak kabi sun‘iy intellekt vositalari talabalarningkommunikativ ko‘nikmalari, o‘ziga ishonchi va mustaqil o‘rganishqobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Sun‘iy intellekt va interfaolmetodlarning uyg‘unligi ta‘lim jarayonini yanada samarali va qiziqarliqilib, talabalarni real hayotdagi global muloqotga tayyorlaydi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ECOTOURISM: SUSTAINABLE TRAVEL FOR A GREENER FUTURE
Muxammataliyeva Adiba Ibrohimjon qizi, Axmedova Dildora Abdurahim qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ekoturizm global sayyohlik sanoatining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biriga aylandi va an‘anaviy ommaviy turizmga mas‘uliyatli alternativa taklif qildi. Ushbu maqolada ekoturizmning ta‘rifi, tamoyillari, afzalliklari va muammolari, global amaliy tadqiqotlar va siyosat doiralariga murojaat qilingan holda ko‘rib chiqiladi. Unda ta‘kidlanishicha, agar to‘g‘ri boshqarilsa, ekoturizm atrof-muhitni muhofaza qilish, mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash va madaniyatlararo ta‘lim uchun kuchli vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq, qat‘iy standartlar va boshqaruvsiz, u o‘z maqsadlariga putur yetkazadigan "yashil yuvish" shakliga aylanish xavfi mavjud. Maqola manfaatdor tomonlar - jumladan, hukumatlar, turoperatorlar va sayohatchilar uchun ekoturizm o‘zining transformatsion salohiyatini amalga oshirishini ta‘minlash bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Xoshimova Oydina Shuhrat qizi, Inomjonova Muattar Toxirjon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada chet tillarini xususan ingliz tiliniinnovatsion metodlar orqali o‘quvchilarning kommunikativkompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi haqida batafsilyoritilgan. Shuningdek, Communicative Language Teaching (CLT),Task-based language teaching (TBLT), Blended learning va kichikguruhli ishlar (pair work and group work) kabi innovatsion metodlarorqali o‘quvchilarga chet tillarini o‘qitishning usullari haqida bayonqilingan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FOSTERING CRITICAL THINKING SKILLS IN ENGLISH LANGUAGE CLASSES
Avazaliyeva Fotima Abdusattor qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026
Ushbu maqolada ingliz tili darslarida tanqidiyfikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati yoritiladi.Zamonaviy ta‘lim jarayonida talabalar nafaqat til bilimlariga, balkimustaqil fikrlash, ma‘lumotni tahlil qilish va qaror qabul qilishqobiliyatlariga ham ega bo‘lishi zarur. Maqolada muammo asosidao‘qitish (PBL) usulining tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi roli ko‘ribchiqiladi. Shuningdek, tanqidiy fikrlashning speaking ko‘nikmalariga,qaror qabul qilishga va umumiy kommunikativ kompetensiyaga ta‘siritahlil qilinadi. O‘qituvchining bu jarayondagi o‘rni muhim omil sifatidata‘kidlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSIYON METODLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI
Jononova Shahzoda Elmurod qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Anotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishdaqo‘llaniladigan innovatsion o‘qitish strategiyalari va ilg‘or texnologiyalarchuqur tahlil qilinadi. Unda ushbu yondashuvlar talabalarningmotivatsiyasini sezilarli darajada oshirishi, ko‘proq mustaqilliknirivojlantirishi va muloqot qilish ko‘nikmalarini yaxshilashimumkinligini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari, maqolada bunday usullarniintegratsiyalashning tashkiliy afzalliklari muhokama qilinadi, shu bilanbirga o‘qituvchilar va muassasalar ushbu ilg‘or uslublarni amalgaoshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va to‘siqlarni halqiladilar.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LINGVOPRAGMATIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA SUN‘IY INTELLEKT VA RAQAMLI PLATFORMALARNING O‘RNI (SIMPATIYA VA EMPATIYAGA OID BIRLIKLAR MISOLIDA)
Mavlanova Oybarchin Sheraliyevna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Mazkur maqolada lingvopragmatikkompetensiyani shakllantirishda sun‘iy intellekt va raqamliplatformalarning lingvodidaktik salohiyati tahlil qilinadi. Xususan,ingliz va o‘zbek tillarida empatiya va simpatiya kategoriyalariningifodalanishi misolida talabalarning kommunikativ va pragmatikko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotnatijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli vositalar orqali emotsionalkommunikativ birliklarni o‘rgatish samaradorligi sezilarli darajadaoshadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHET TILLARINI O‘QITISHDA GURUH ISHINING AHAMIYATI
Layla Muhammadova Anvarjon kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Ushbu maqolada chet tilini o‘qitish jarayonidaguruhli ishlash metodining pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi.Zamonaviy ta‘lim tizimida o‘quv jarayonini interaktiv tashkil etishmuhim ahamiyat kasb etadi. Guruhli faoliyat o‘quvchilarga o‘zaromuloqot qilish, fikr almashish va til ko‘nikmalarini tabiiy muhitdarivojlantirish imkonini beradi. Tadqiqotda guruhli ishlash talabalarning darsdagi faolligini oshirishi, kommunikativ kompetensiyanirivojlantirishi hamda hamkorlik muhitini shakllantirishdagi roliyoritilgan.