Asosiy mazmunga o‘tish

INGLİZ TİLİDA SO‘ZLASHİSH KO‘NİKMALARİNİ (SPEAKİNG SKİLLS) OSHİRİSH BO‘YİCHA ZAMONAVİY METODLAR VA TEXNOLOGİYALAR

Mirzarahmatova Vazira Bunyodjon kiziNamangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo‘nalishi XTA-BU-24 guruh talabasi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 370–375

Annotatsiya

Bugungi kunga kelib turli sohalarda ta‘lim berishva ta‘lim olish, avvalgi yillarga nisbatan rivojlanib kelmoqda va tubdanfarq qilmoqda. Bunga biz yorqin misol qilib, ingliz tili fanini olishimizmumkin. Ayni vaqtda bu fan barcha sohalar va yo‘nalishlarni o‘zichiga qamrab olmoqda.Shuning uchun, ingliz tili fanini o‘qitish, o‘rganish va unio‘rganish orqali bilimlarimizni qo‘llay olishimiz uchun, davlatimiztomonidan maxsus tillarni o‘qitish uchun bog‘cha, maktab, qo‘shimchao‘quv kurslari va shunga o‘xshash bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari, tajribalipedagogic kadrlar yetkazib berilmoqda. Shuningdek, yosho‘rganuvchilar orasida ingliz tilida chiroyli, ravon, xuddi haqiqiy inglizkishilaridek gapirish yokida suhbat qurish ko‘nikmalarini qandayoshirish kerak? degan savollar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘libkelmoqda va professor olimlarimiz tomonidan turli xil samaralimetodlar va turli xil qo‘llanmalar ishlab chiqib amalyotda qo‘llanilmoqda.

Boshqa tillarda

ruschaСОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ И ТЕХНОЛОГИИ ДЛЯ УЛУЧШЕНИЯ НАВЫКОВ РАЗГОВОРНОГО АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

Аннотатция: В настоящее время получение образования ипреподавание в разлиных сферах, по сравнению с предыдущимигодами, значительно развились и коренным образом изменились. Вкачестве примера можна привести то, что сегодня мы имеемвозможность изучать ангилиский язык. В то же время эта наукаохватывает все сферы и направления. Поэтому для преподавания иизучения ангилиского языка , а также для лѐкого усвоения знаний,государством были открыты специальные школы для изученияиностранных языков, рвзличные дополнительные учебные курсы, атакже привлечены квалифицированные и опытные педагогическиекадры. Кроме того, среди молодых учащихся обсуждаются вопросыо том, как говорить по-ангилиски красиво, бегло и без ошибок, какнастоящие англичане, а также как улучшить свои навыки. Этивопросы становятся причиной многочисленных обсуждений, инашими профессорами разрабатываются и внедряются в практикуразличные эффективные методы и подходы.

inglizchaMODERN METHODS AND TECHNOLOGIES FOR IMPROVING ENGLISH SPEAKING SKILLS

Today, education and teaching in various fieldshave developed and fundamentally changed compared to previousyears. As an example, we can say that we now have the opportunityto learn English. At the same time, this subject covers all fieldsand directions. Therefore, in order to teach and learn English and tomake knowledge acquisition easier the government has estabilishedspecial foreign language schools, various educational courses, and hasprovided qualified and experienced teaching staff. Moreover, amongyoung learners question are being discussed such as how to speakEnglish beautifully, fluently, and without mistakes like native Englishspeakers, and how to improve their skills. These questions lead tomany discussions, and our professors are developing various effectivemethods and approaches, while are being implemented in practice

Kalit so‘zlar

  • ingliz tili
  • metod
  • gapirish ko‘nikmasi
  • yondashuv
  • zamonaviy texnologiyalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

INGLİZ TİLİDA SO’ZLASHİSH KO’NİKMALARİNİ (SPEAKİNG SKİLLS) OSHİRİSH BO’YİCHA ZAMONAVİY METODLAR VA TEXNOLOGİYALAR

Mirzarahmatova Vazira Bunyodjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo’nalishi XTA-BU-24 guruh talabasi mirzarahmatovaguli1@gmail.com Ilmiy rahbar: G.Dexkonova Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi guljahondehkonova90@gmail.com

Annotatsiya: Bugungi kunga kelib turli sohalarda ta’lim berish va ta’lim olish, avvalgi yillarga nisbatan rivojlanib kelmoqda va tubdan farq qilmoqda. Bunga biz yorqin misol qilib, ingliz tili fanini olishimiz mumkin. Ayni vaqtda bu fan barcha sohalar va yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab olmoqda. Shuning uchun, ingliz tili fanini o’qitish, o’rganish va uni o’rganish orqali bilimlarimizni qo’llay olishimiz uchun, davlatimiz tomonidan maxsus tillarni o’qitish uchun bog’cha, maktab, qo’shimcha o’quv kurslari va shunga o’xshash bo’lgan o’quv qo’llanmalari, tajribali pedagogic kadrlar yetkazib berilmoqda. Shuningdek, yosh o’rganuvchilar orasida ingliz tilida chiroyli, ravon, xuddi haqiqiy ingliz kishilaridek gapirish yokida suhbat qurish ko’nikmalarini qanday oshirish kerak? degan savollar ko’plab muhokamalarga sabab bo’lib kelmoqda va professor olimlarimiz tomonidan turli xil samarali metodlar va turli xil qo’llanmalar ishlab chiqib amalyotda

qo’llanilmoqda. Kalit so’zlar: ingliz tili, metod, gapirish ko’nikmasi, yondashuv va zamonaviy texnologiyalar. Аннотатция: В настоящее время получение образования и преподавание в разлиных сферах, по сравнению с предыдущими годами, значительно развились и коренным образом изменились. В качестве примера можна привести то, что сегодня мы имеем возможность изучать ангилиский язык. В то же время эта наука охватывает все сферы и направления. Поэтому для преподавания и изучения ангилиского языка , а также для лѐкого усвоения знаний, государством были открыты специальные школы для изучения иностранных языков, рвзличные дополнительные учебные курсы, а также привлечены квалифицированные и опытные педагогические кадры. Кроме того, среди молодых учащихся обсуждаются вопросы о том, как говорить по-ангилиски красиво, бегло и без ошибок, как настоящие англичане, а также как улучшить свои навыки. Эти вопросы становятся причиной многочисленных обсуждений, и нашими профессорами разрабатываются и внедряются в практику различные эффективные методы и подходы. Ключевые слова: Английский язык, метод, навык говорения, подход, совроменные технологии. Abstract: Today, education and teaching in various fields have developed and fundamentally changed compared to previous years. As an example, we can say that we now have the opportunity to learn English. At the same time, this subject covers all fields and directions. Therefore, in order to teach and learn English and to make knowledge acquisition easier the government has estabilished special foreign language schools, various educational courses, and has provided qualified and experienced teaching staff. Moreover, among young learners question are being discussed such as how to speak English beautifully, fluently, and without mistakes like native English speakers, and how to improve their skills. These questions lead to many discussions, and our professors are developing various effective methods and approaches, while are being implemented in practice. Key words: English language, method, speaking skill, approach, modern technology.

Nutq inson uchun kerakli vosita hisoblanadi. U bizni so’zlarimizni, fikrlarimizni va gaplarimizni ifoda etishga va so’zlab berishga yordam beradi. Hozirgi kunda ko’plab insonlar birgina tilni bilish bilan cheklanib qolmay turli xil tillarni o’rganishga va ularda muloqot o’rnatishga qaratmoqdalar. Bunga biz hozirgi kunda dunyo bo’yicha eng ko’p o’rganilayotgan va muloqot o’rnatilyotgan ingliz tili

fanini yaqol misol qilib olishimiz mumkin. 2024- yil ko’rsatkichlariga ko’ra : Dunyo bo’yicha ingliz tilini o’rganayotganlar va undan foydalanayotganlar soni 1.5 milliarddan oshiq kishini tashkil etmoqda[1]. Ingliz tili fani o’z ichiga o’qish, yozish, gapirish va tinglash ko’nikmalirini o’z ichiga oladi. Ushbu maqolada esa men gaprish ko’nikmasiga chuqurroq yondashib o’taman. Ko’plab ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchilarda turli xil muammolar uchrab turadi. Misol uchun, ba’zi o’quvchilar ingliz tili grammatikasidan bilimlari yuqori bo’ladi yokida ular matnlarni bemalol tarijama qila oladlar, ingliz tilidagi muloqot, dialoglarni va boshqa narsalarni bemalol tushuna oladilar, yoki yetarlicha lug’at boyligiga egalar , ammo ulardagi eng zaif nuqtda o’rgangan Grammatik strukturalaridan yoki lug’at boyliklaridan foydalanib gapira olmaydilar. Boshqa tomondan olib qaraydigan bo’lsak, ular gapira olsalar ham buni jamoa oldida qilishga tortinadilar chunki, ularda uyalish hissi yuqori bo’ladi, xato qilib qo’ysam sharmanda bo’lishim mumkin degan o’y ularda paydo bo’ladi, yokida ayrim o’rganuvchilar dangasalik tufayli bu tilde so’zlashishni xohlamasliklari mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan muammolarning bir nechta sabablari mavjud. Birinchidan, ingliz tilini ikkkinchi xorijiy til sifatida o’rganuvchi o’quvchilarning darajalari past bo’lishi mumkin, yokida ularda gapirish undash uchun motivatsiya yetishmasligi mumkin. Ikkinchidan til o’rganish muhiti qoniqarsiz bo’lishi mumkin yokida o’qituvchi o’quvchilar bilan o’sha tilda og’zaki muloqot qilishdan ko’ra ko’proq rammatika o’rganish lug’at boyligini oshirish yokida tarjima qilish ko’nikmasini oshirish bilan ko’proq ishlashgan bo’lishi mumkin. Yana bir sabablaridan biri o’qituvchi o’quvchini qiziqtirish uchun interaktiv metodlardan va o’yinlardan foydalanmasligi mumkin. Avstraliyalik olim David Nuan 2003-yil o’zining ‘’ Amaliy ingliz tilini o’rgatish’’ (Practical English language teaching) kitobida ingliz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o’rgatayotgan o’qituvchilar uchun bir nechta foydali yondashuvlar sanab o’tganlar. 1- Ingliz tilidagi nutq tovushlari va ularni tizimlarini to’g’ri talaffuz qilish. 2- So’z va gap urg’usi, intonatsiya(ohang) ikkinchi til ritmida to’g’ri foydalanish. 3- Ijtimoiy muhit, tinglovchi, vaziyatga mavzuga mos ravishda so’z va gaplarni tanlash. 4- Fikrlarni mazmunli va mantiqiy ketma-ketlikda tashkil eta olish. 5- Tilni tez va ishonch bilan pauzalarsiz ( to’xtalishlarsiz) ishlata olish - bu ravonlik (fluency) deb ataladi.[2] Bu yondashuvlarning maqsadi o’quvchilarning gaprish ko’nikma va qobiliyatlarini oshirish va kuchaytirish. Shuningdek, o’zlarining fikrlarini, so’zlarini, hissiyotlarini boshqalarga ingliz tilidagi muloqotda bemalol ifoda etishlariga yordam beradi. Ingliz tilida nutq ko’nikmasini faqatgina amaliy tarzda

oshiribgina qolmay, turli xil metodlardan,qiziqarli mashg’ulot va o’yinlardan foydalanish gapirish ko’nikmamizni foydali, samarali va haqiqiy tilni sevgan holda oshirishimizga katta turtki bo’ladi. Shuningdek bu metod va mashg’ulotlarni o’quvchilarning yoshi va darajasiga moslab tanlay olishiz ham foydadan holi emas. Birinchi mashg’ulotimiz bu Drilling- (takrorlash mashqlari) hisoblanadi. Nazorat qilinadigan amaliy mashg’ulot bo’lib dars boshida, yangi material taqdim etilganda yoki mashq qilishda ishlatiladi. Asosan boshang’ich va elementary darajali uchun mos hisoblanadi. Boshlang’ich darajadagi o’quvchilar qo’shik va she’rlarni tinglash, kuylash va qaytarish orqali gapirish va talaffuz (speaking and pronunciation) ko’nikmalarini oshirishlari mumkin. Keyingi metodimiz esa, Role-Play( ro’l ijro etish ) metodi bu mashg’ulotda o’qituvchi tomonidan o’quvchiga turli xil vaziyatlaga mos mavzular beriladi va ular aktyor yoki aktrisa tarzida hikoyani qahramon ro’lini o’z lug’at boyliklaridan va muloqotlaridan foydalanib ijro etishlari kerak bo’ladi. Bu metod orqali o’quvchilar nutq ko’nikmalarini erkin tarzda oshirishlari mumkin. So’ngi metodimiz asosan yuqori darajadagi o’quvchilarga mos bo’lib Discussion( muhokama) metodi hisoblanadi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar o’qituvchi tomonidan mavzu o’rtaga tashlanadi va o’quvchilar mavzuning ijobiy va salbiiy tomonlarini og’zaki nutqda bayon qiladilar.[3] Shuningdek, ingliz tilida so’zlashish ko’nikmamizni oshiruvchi hayotiy va sinalgan yo’llar va usullari mavjud va bu usullarni ingliz tilini o’rganayotgan yokida gapirish ko’nikmasini oshirayotgan o’quvchilar bemalol kundalik hayotlarida foydalanishlari mumkin. 1- Do’stlaringiz bilan turli xil oddiy kundalik mazvularda ( greetings, studying, daily routin) shu kabi mavzularda kichik muloqotlar qilishingiz mumkin.2- Ingliz tilida filmlar, videolar yokida qo’shiqlar ko’rishingiz va tinglashingiz va ularning nutqiga taqlid (shadowing ) qilishingiz mumkin. 3-Native speaker larbilan ijtimoiy tarmoqlarda jonli muloqotlar qilish mumkin. 4- Xato qilishdan qo’rqmay kim bilandir bemalol muloqot qila olishi kerak. Agar o’quvchi introvert turiga kiruvchi shaxs bo’lsa ya’ni jamoa oldida fikrini to’liq bayon eta olmasa, hozirda muloqot qilishning zamonaviy vositalaridan hisoblangan sun’iy intelektlar (AI) bilan xohlagan mavzuda yolg’iz holda suhbat qurishlari mumkin. Nutq ko’nikmasi (speaking skill) bu talant emas, bu shunchaki qobiliyatdir. Biz uni nazariy tarzda o’rganishdan ko’ra , amaliy tarzda o’rgansak ancha tez va foydali tarzda muloqot o’rnatishimiz mumkin. Albatta, harakatlarimiz natijalarimizni ko’rsatib beradi. Shuningdek, gapirish ko’nikmasini ( speaking skill) oshirish bo’yicha o’zbek va chet ellik olimlarimiz o’zlarining ilmiy

tadqiqotlarini olib borganlar va o’zlarining metodlari va yondashuvlarini ta’lim jarayonlarida qo’llashgan. Yorqin misol tariqasida O’zbek tilshunosi va olimasi Sh. Yuldasheva, o’zining ‘’Ingliz tilini o’qitishda muloqot yondashuvi’’ (Communicative Approach To Teaching English) ishida o’zining shunday yondashuvining takidlab o’tgan. O’quvchilarni muloqot jarayoni uchun imkoniyatlar yaratib berish muhimligiga urg’u berib o’tgan. Uning fikriga ko’ra o’quvchilar o’zlarini fikrlarini erkin bayon qila olishi va ingliz tilida sahna ko’rinishlari, jamoa tarzida ishlash ham o’quvchilar muloqot ko’nikmasini rivojlantirib beradi.[4] Ta’lim jarayonlarida kuzatadigan bo’lsak, o’quvchilar xoh introvert, xoh extrovert ya’ni tez muloqotga kirishuvchan, yokida o’z qobig’iga o’ralib olgan bolishidan qat’iy nazar, ularning nutqlarini, hurmat qilgan holatda muloqotining so’nggigacha tinglay olishi lozim hisoblanadi. Eng asosiysi, o’quvchilarda so’z boyligi bilan yokida grammatik xatolar kuzatilsa ham boshlanishida bunday xatolarga e’tibor qilmaslig kerak. Bu albatta, o’quvchilar uchun kichik motivatsiya bo’lishi mumkin. Ingliz olimlaridan HG Widdowson ‘’ Muloqot sifatida tilni o’qitish’’ ( ‘’Teaching language as communication’’) kitobida shunday takidlagan. Muloqot yondashuvi tilni o’qitishdagi asosiy metod hisoblanadi deb takidlagan. O’quvchilarning gapirish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun hayotiy yokida kundalik muloqot muhitini yoki jarayonini yaratish kerakli taklifini berib o’tgan. Widdowsonning tilni o’rgatish jarayoniga ko’ra, o’quvchilar faqatgina grammatik qoidalarni o’rganibgina qolmay, ana shu qoidalarni tilni muloqot jarayonida qanday foydalana olishni bilishi lozimdir deb o’z qarashlarini bayon qilgan.[5] Til bu- ma’lum bir qolip yokida formulaga solinadigan jarayon emas. Uni o’quvchi hech qanday zo’rlashlarsiz o’z xohishi bilan erkin tarzda o’rgana olishi kerak hisoblanadi. Har bitta fanni yokida tilni o’rganishda uni shunchaki qoidalarini, so’zlarini yoki muloqotlarni faqat quruq yodlabgina qolmay, qoidalar asosida gaplar tuzishi yokida yangi so’zlarni o’rganish orqali muloqotda erkin tarzda foydalana olishi ham kerakdir. Yana bir o’zbek tilshunos olimalaridan T. Begimova o’zining tadqiqotlarida o’rganishi bo’yicha, gapirish ko’nikmalarini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar va multimedia materiallaridan foydalanish lozim hisoblanadi. U shunday takidlab o’tgan, audio yokida video materiallari o’quvchilarni talaffus va boshqa qobiliyatlarini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi deb urg’u berib o’tgan.[6] Gapirish ko’nikmalari bizga faqatgina muloqotda o’z fikrlarini aniq va to’liq ifodalshga yordam beribgina qolmay, u tilni chuqurroq tushunishga va uni erkin qo’llay olishga qaratilgan hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Ingliz tili o’rganuvchilar statistikasi https://www.wikipedia.org sayti orqali 2024-y.
  2. Nunan, David.2003.’’ Practical English Language Teaching: Speaking. McGraw Hill Companies Inc. New York. http://www.english-at- home.com/speaking/.
  3. Dehqanova G. A.(2024). THE IMPORTANCE AND ROLE OF LEXICAL COMPETENCE IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO STUDENTS. 2024. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(05), 16–23. Retrieved from https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/1451
  4. Zakirovich, D. Z. (2025). INTEGRATIVE LANGUAGE TEACHING TO STUDENTS OF CHEMISTRY FACULTY. PROSPECTS OF TEACHING ENGLISH FOR PROFESSIONAL PURPOSES IN NON–PHILOLOGICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS, 383-389.
  5. MaM Socheath “Simple ways to improve English speaking in teaching and learning” maqolasidan [63-p,68- 70p]. 2010-y.
  6. Ahmadjanovna, D. G. (2024). Improving the scientific and methodological aspects of preparing students for effective communication techniques and innovative technologies in teaching foreign languages. Ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 15(3), 81-88.
  7. Yo’ldosheva Sh. Ingliz tilini o’qitishda kommunikativ yondashuv. Toshkent: O’zbekiston xalq ta’limi nashiryoti. 2012.
  8. Widdowson H.G. Teaching Language as Communication. Oxford University Press.1978.
  9. Begimova T. Zamonaviy texnologiyalarni ingliz tili o’qitishda qo’llash. Toshkent: O’zbekiston. 2018

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011758
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/861
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
370–375
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25