O‘ZBEK TALABALARI UCHUN INGLIZ TILINI O‘RGANISHDAUCHRAYDIGAN FONETIK QIYINCHILIKLAR
Turgunova Mohinur Mahammadjon qizi, Abdumajidova Marhabo Mirzohid qizitalaba2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 383–388
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilida so‘zlashuvchitalabalarning ingliz tilini o‘rganishda duch keladigan fonetikqiyinchiliklar tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillarining talaffuz tizimlario‘rtasidagi farqlar, tovushlar, urg‘u va intonatsiya muammolari,shuningdek, talaffuzni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqiladi.Maqola ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek talabalarining fonetikmuammolarini aniqlash va ularni samarali bartaraf etish yo‘llarini taklifetadi.
Boshqa tillarda
ruschaФонетические трудности, с которыми сталкиваются студенты из Узбекистана при изучении английского языка.
В данной статье анализируются фонетическиетрудности, с которыми сталкиваются узбекоязычные студенты приизучении английского языка. Рассматриваются различия междусистемами произношения английского и узбекского языков,проблемы со звуками, ударением и интонацией, а также даютсярекомендации по улучшению произношения. В статье предлагаютсяспособы выявления фонетических проблем у узбекских студентов,изучающих английский язык, и их эффективного устранения.
inglizchaPHONETIC DIFFICULTIES FOR UZBEKISTAN STUDENTS IN LEARNING ENGLISH
This article analyzes the phonetic difficultiesencountered by Uzbek-speaking students learning English. It examinesthe differences between the English and Uzbek pronunciation systems,as well as problems with sounds, stress, and intonation, and providesrecommendations for improving pronunciation. The article also suggestsways to identify phonetic problems in Uzbek students learning Englishand effectively address them.
Kalit so‘zlar
- fonetika
- ingliz tili
- talaffuz qiyinchiliklari
- o‘zbek talabalari
- intonatsiya
- urg‘u
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O‘ZBEK TALABALARI UCHUN INGLIZ TILINI O‘RGANISHDAUCHRAYDIGAN FONETIK QIYINCHILIKLAR
Turg‘unova Mohinur Mahammadjon qizi Abdumajidova Marhabo Mirzohid qizi Ilmiy rahbar: Odilboyeva Umida
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilida so‘zlashuvchi talabalarning ingliz tilini o‘rganishda duch keladigan fonetik qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillarining talaffuz tizimlari o‘rtasidagi farqlar, tovushlar, urg‘u va intonatsiya muammolari, shuningdek, talaffuzni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqiladi. Maqola ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek talabalarining fonetik muammolarini aniqlash va ularni samarali bartaraf etish yo‘llarini taklif etadi. Kalit so‘zlar: fonetika, ingliz tili, talaffuz qiyinchiliklari, o‘zbek talabalari, intonatsiya, urg‘u. Аннотация: В данной статье анализируются фонетические трудности, с которыми сталкиваются узбекоязычные студенты при изучении английского языка. Рассматриваются различия между системами произношения английского и узбекского языков, проблемы со звуками, ударением и интонацией, а также даются рекомендации по улучшению произношения. В статье предлагаются способы выявления фонетических проблем у узбекских студентов, изучающих английский язык, и их эффективного устранения. Ключевые слова: фонетика, английский язык, трудности произношения, узбекские студенты, интонация, ударение. Abstract: This article analyzes the phonetic difficulties encountered by Uzbek-speaking students learning English. It examines the differences between the English and Uzbek pronunciation systems, as well as problems with sounds, stress, and intonation, and provides recommendations for improving pronunciation. The article also suggests ways to identify phonetic problems in Uzbek students learning English and effectively address them. Keywords: phonetics, English language, pronunciation difficulties, Uzbek students, intonation, stress.
Ingliz tilini o‘rganish jarayoni o‘zbek talabalari uchun ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu qiyinchiliklarning eng ko‘zga ko‘ringani — fonetik, ya’ni talaffuz bilan bog‘liq muammolardir. Ingliz va o‘zbek tillarining fonetik tizimlari sezilarli darajada farq qiladi, bu esa talaffuzni o‘rganishni murakkablashtiradi. Ingliz tilida 44 ta fonem mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari o‘zbek tilida mavjud emas, shuningdek,
urg‘u va intonatsiya qoidalari ham farq qiladi. Fonetik qiyinchiliklar nafaqat talaffuzga ta’sir qiladi, balki tinglab tushunishga ham xalaqit beradi. O‘zbek talabalari inglizcha so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishi, ayrim tovushlarni to‘g‘ri ajrata olmasligi natijasida muloqot jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Shu sababli, fonetik muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish o‘rganish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘zbek talabalari duch keladigan fonetik qiyinchiliklar, jumladan unli va undosh tovushlar, urg‘u va intonatsiya, so‘z oxiridagi tovushlar, shuningdek, talaffuzni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi — o‘zbek talabalari uchun talaffuz bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni samarali bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatish. Ingliz tilini o‘rganishda o‘zbek talabalari ko‘plab fonetik qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklarning asosiy sababi — o‘zbek va ingliz tillarining talaffuz tizimidagi farqlar. Ingliz tilida 44 ta fonem mavjud bo‘lib, ulardan undosh va unli tovushlar o‘zbek tilidagi tovushlardan farq qiladi. Shu bilan birga, intonatsiya va urg‘u qoidalari ham o‘zbek tilidan sezilarli darajada farq qiladi. O‘zbek talabalari uchun unli tovushlar o‘rganishda eng ko‘zga ko‘ringan muammolarni yuzaga keltiradi. Ingliz tilidagi unli tovushlar o‘zbek tilidagi unli tovushlardan ko‘proq va murakkab bo‘lib, talabalar ularni chalkashtirib yuboradi. Masalan, “ship” va “sheep”, “cat” va “cup” kabi so‘zlarda tovushlarni farqlash qiyin bo‘ladi. Undosh tovushlar ham ko‘plab qiyinchiliklar tug‘diradi. Ingliz tilidagi ba’zi undoshlar o‘zbek tilida mavjud emas. Masalan, /θ/ va /ð/ tovushlari, shuningdek /v/ va /w/ yoki /ʃ/ va /ʒ/ kabi tovushlar. Talabalar ko‘pincha ularni o‘zbek tilidagi eng yaqin tovushlar bilan almashtiradi, bu esa talaffuzni tabiiy bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. So‘z oxiridagi undoshlar bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Ingliz tilida ko‘plab so‘zlar /t/, /d/, /s/, /z/ kabi undoshlar bilan tugaydi. O‘zbek tilida esa so‘z oxiridagi tovushlar yumshatilishi yoki ba’zan unutilishi mumkin, bu esa talaffuz xatolariga olib keladi. Urg‘u va intonatsiya muammolari ham talabalarda seziladi. Ingliz tilida urg‘u va intonatsiya so‘z va gap mazmuni uchun muhimdir. O‘zbek tilida urg‘u tizimi nisbatan oddiyroq bo‘lganligi sababli, talabalar inglizcha gaplarni talaffuz qilayotganda noto‘g‘ri urg‘u yoki intonatsiya qo‘yishi mumkin. Masalan, “record” so‘zi fe’l sifatida yoki ism sifatida talaffuz qilinadi, urg‘u joylashuvi farq qiladi. Minimal juftliklarni farqlashdagi qiyinchiliklar ham muhim ahamiyatga ega. Ingliz tilida ba’zi tovushlar juda yaqin bo‘lib, ularni farqlash oson emas. Masalan, “light” va “right”, “ship” va “vision” so‘zlaridagi tovushlar. Talabalar bu tovushlarni ajrata olmasligi sababli, noto‘g‘ri talaffuz so‘zning ma’nosini o‘zgartirishi mumkin. Assimilyatsiya
va linking tovushlari ham o‘zbek talabalari uchun qiyinchilik tug‘diradi. Ingliz tilida so‘zlar bir-biriga ulanib talaffuz qilinadi, bu esa o‘zbek talabalari uchun gapni tushunishni qiyinlashtiradi. Masalan, “What are you doing?” gapida so‘zlar bir-biriga ulanadi va /t/ tovushi “ch” sifatida eshitilishi mumkin. O‘zbek tilida bu kabi fonetik qoidalar mavjud emas, shuning uchun talabalar eshitgan gapni noto‘g‘ri talqin qiladi. Stresstiming tizimi ham farq qiladi. Ingliz tilida stress-timing — ya’ni gapdagi urg‘u va bo‘sh joylarning ritmik taqsimlanishi muhim. O‘zbek tilida har bir bo‘g‘in bir xil vaqt davomida talaffuz qilinadi, shuning uchun inglizcha gaplarni ritmik va tabiiy tarzda talaffuz qilish qiyin kechadi. Fonetik qiyinchiliklar so‘zning mazmunini noto‘g‘ri etkazilishiga ham olib keladi. Masalan, “ship” va “sheep” so‘zlari talaffuz qilinmasa, muloqot jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Shu sababli, o‘zbek talabalari talaffuzni yaxshilash uchun alohida fonetik mashqlar va amaliy metodlardan foydalanishlari zarur. O‘zbek talabalari uchun ingliz tilidagi talaffuzni yaxshilash ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tishning muhim qismidir. Fonetik qiyinchiliklarni bartaraf etish va talaffuzni tabiiylashtirish uchun bir nechta samarali metodlar mavjud. Talabalar minimal juftliklar bilan ishlashlari kerak. Bu metod ingliz tilidagi o‘xshash tovushlarni farqlashga yordam beradi. Masalan, “ship” va “sheep”, “cat” va “cut” kabi so‘zlarni alohida mashq qilish talaffuzni aniqroq qiladi. Shu bilan birga, talaffuzni eshitish va takrorlash mashqlari ham foydali. Audio materiallar, filmlar, videodarslar va podkastlar orqali so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganish mumkin. Talabalar eshitgan talaffuzni takrorlab, tovushlar, urg‘u va intonatsiyani yaxshilashlari mumkin. Urg‘u va intonatsiyaga alohida e’tibor berish muhimdir. Ingliz tilida so‘z va gapdagi urg‘ular ma’noni o‘zgartirishi mumkin. Shu sababli, talaffuz mashqlarida gaplarni to‘g‘ri urg‘u bilan aytish, intonatsiyani kuzatish va takrorlash tavsiya etiladi. O‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan tovushlarni alohida mashq qilish lozim. Masalan, /θ/, /ð/, /ʃ/, /ʒ/, /r/ va /l/ kabi tovushlar. Ushbu tovushlarni alohida talaffuz qilish va mashq qilish orqali talabalar talaffuzni aniq va tabiiy qilishi mumkin. Onlayn talaffuz dasturlari va interaktiv fonetik mashqlarni qo‘llash ham samarali usullardan biridir. Turli ilovalar va saytlar foydalanuvchiga talaffuzni tekshirish, to‘g‘rilash va mashq qilish imkoniyatini beradi. Shu tarzda talabalar mustaqil ravishda o‘z talaffuzlarini yaxshilashlari mumkin. Shuningdek, talabalar o‘z talaffuzlarini yozib, so‘ngra original audio bilan solishtirishlari tavsiya etiladi. Bu metod xatolarni aniqlashga va ularni bartaraf etishga yordam beradi. Grup mashqlarda yoki suhbatlarda ingliz tilida so‘zlashish orqali talaffuzni amaliyotda mustahkamlash mumkin. Talaffuzni yaxshilash ko‘p qirrali va muntazam mashqlarni talab qiladi. Minimal juftliklar,
audio va vizual materiallar, intonatsiya va urg‘uni kuzatish, o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan tovushlarni mashq qilish, onlayn dasturlar va amaliy mashqlar orqali talabalar talaffuzni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Shu usullarni muntazam qo‘llash orqali ingliz tilida muloqot qilishda ishonch oshadi va fonetik qiyinchiliklar sezilarli darajada kamayadi. Ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchi talabalar fonetik xatolarga ko‘pincha duch keladi, va bu xatolar og‘zaki muloqot jarayonida sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Fonetik xatolar deganda talaffuzdagi noaniqliklar, undosh va unli tovushlarni noto‘g‘ri aytish, urg‘u va intonatsiyaga rioya qilmaslik tushuniladi. Bu xatolar so‘z va gap ma’nosini noto‘g‘ri etkazish, tinglovchini chalg‘itish va muloqotda tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Eng keng tarqalgan fonetik xatolardan biri unli tovushlarni chalkashtirishdir. Masalan, “ship” va “sheep”, “cat” va “cut” kabi so‘zlar talaffuz qilinmasa, tinglovchi so‘zning ma’nosini noto‘g‘ri tushunadi. Shu bilan birga, undosh tovushlarni noto‘g‘ri aytish ham muhim xatolarga sabab bo‘ladi. /θ/ va /ð/ kabi ingliz tiliga xos tovushlarni /s/ yoki /d/ bilan almashtirish so‘z ma’nosini o‘zgartiradi va muloqot jarayonida tushunmovchilik keltirib chiqaradi. So‘z oxiridagi undoshlarning noto‘g‘ri talaffuzi ham muloqotga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, “cats” va “cat” so‘zlarini oxiridagi /s/ tovushini talaffuz qilmaslik orqali farqlash qiyinlashadi, natijada tinglovchi so‘zning yagona yoki ko‘plik shaklini noto‘g‘ri tushunadi. Urg‘u va intonatsiyaga rioya qilmaslik muloqot sifatini yanada pasaytiradi. Ingliz tilida urg‘u so‘zning mazmunini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, “record” so‘zi fe’l sifatida yoki ism sifatida talaffuz qilinadi, urg‘u joylashuvi farqlidir. Talabalar bu qoidani bilmasa, gapning ma’nosi noto‘g‘ri tushuniladi. Shu bilan birga, intonatsiya yetishmovchiligi savol yoki so‘rov gaplarini tushunishda qiyinchilik tug‘diradi. Fonetik xatolar tinglab tushunishga ham ta’sir qiladi. O‘zbek talabalari ingliz tilidagi tez gaplarni eshitishda unli va undoshlarni to‘g‘ri ajrata olmasa, ular so‘zlarni noto‘g‘ri tushunadi. Bu esa muloqot jarayonida qo‘shimcha izohlarni talab qiladi va suhbatni sekinlashtiradi. Fonetik xatolarni aniqlash va tuzatish uchun audio yozuvlar, guruh mashqlari va o‘z-o‘zini kuzatish metodlari samarali hisoblanadi. Talabalar o‘z talaffuzlarini yozib, original audio bilan solishtirsa, xatolarini aniqlay oladi va to‘g‘rilashga imkon yaratadi. Shu tarzda talaffuzni muntazam mashq qilish muloqotda ishonchni oshiradi va tushunmovchiliklarni kamaytiradi. XULOSA. O‘zbek talabalari ingliz tilini o‘rganish jarayonida turli fonetik qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklarning asosiy sababi ingliz va o‘zbek tillarining fonetik tizimi o‘rtasidagi farqlardir. Ayniqsa, ingliz tilidagi ayrim unli va undosh tovushlarning o‘zbek tilida mavjud
emasligi, shuningdek, urg‘u va intonatsiya qoidalarining farqlanishi talabalar uchun talaffuzni o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtiradi. Fonetik xatolar nafaqat so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishga, balki og‘zaki muloqot jarayonida tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Talaffuzdagi noaniqliklar tinglovchi tomonidan so‘zning ma’nosini noto‘g‘ri anglashiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ingliz tilini o‘rganishda fonetika masalalariga alohida e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Talaffuzni yaxshilash uchun muntazam fonetik mashqlarni bajarish, audio va video materiallardan foydalanish, ingliz tilidagi nutqni tinglash va takrorlash, shuningdek, o‘z talaffuzini yozib tahlil qilish kabi usullar samarali hisoblanadi. Bu usullar talabalar talaffuzini asta-sekin to‘g‘rilashga va ingliz tilida erkinroq muloqot qilishga yordam beradi. Fonetik qiyinchiliklarni bartaraf etish ingliz tilini muvaffaqiyatli o‘rganishning muhim shartlaridan biridir. Talaffuz ustida muntazam ishlash orqali o‘zbek talabalari ingliz tilidagi nutqini yanada aniq, ravon va tushunarli shaklga keltirishi mumkin. Bu esa ularning xalqaro muloqotda faol ishtirok etishiga va tilni samarali qo‘llashiga imkon yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Roach, P. (2009). English Phonetics and Phonology. Cambridge University Press, b. 1–240. 3. Celce-Murcia, M., Brinton, D., & Goodwin, J. (2010). Teaching Pronunciation: A Course Book and Reference Guide. Cambridge University Press, b. 25–320. 4. Swan, M., & Smith, B. (2001). Learner English: A Teacher’s Guide to Interference and Other Problems. Cambridge University Press, b. 15–198. 5. Kelly, G. (2000). How to Teach Pronunciation. Longman, b. 5– 170. 6. Jones, D. (2011). English Pronouncing Dictionary. Cambridge University Press, b. 1–580. 7. Underhill, A. (2005). Sound Foundations: Learning and Teaching Pronunciation. Macmillan Education, b. 12–200. 8. Kenworthy, J. (1987). Teaching English Pronunciation. Longman, b. 18–160. 9. Yusupov, U. (2014). Ingliz tili fonetikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 7–150-betlar. 10. Jalolov, J. (2012). Chet til o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 20–180-betlar. 11. Investigating the Role of Epigenetics in The Evolution of Language and Speech Patterns Across Different Cultures. (2026).
Genetics and Molecular Research, 25(1). https://doi.org/10.4238/qkywx111 12.Dehqanova, G. A. (2024). SAMARALI MULOQOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIYMETODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 550-555. 13. Avezova, D., Sobirova, F., Sotiboldiyev, A., Muminjonova, S., Tursunboyeva, M., Sobirova, R., ... & Kibriyev, B. (2026). Exploring Genetic and Epigenetic Influences on Language Acquisition and Cognitive Development. Genetics and Molecular Research, 25(1). 14. Odilboyeva, U. Z. (2026, January). THE DEVELOPMENT OF AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS DURING ENGLISH LANGUAGE EDUCATION. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 90-93). 15. Tuychiyeva, M. O. Q., & Odilboyeva, U. Z. Q. (2026). THE ROLE OF TECHNOLOGY IN LEARNING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(3), 3-6.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar19 ta adabiyot
- Roach, P. (2009). English Phonetics and Phonology. Cambridge
- University Press, b. 1–240.
- Celce-Murcia, M., Brinton, D., & Goodwin, J. (2010). Teaching
- Pronunciation: A Course Book and Reference Guide. Cambridge
- University Press, b. 25–320.
- Swan, M., & Smith, B. (2001). Learner English: A Teacher’s10.1017/cbo9780511667121
- Guide to Interference and Other Problems. Cambridge University Press,
- Kelly, G. (2000). How to Teach Pronunciation. Longman, b. 5–
- Jones, D. (2011). English Pronouncing Dictionary. Cambridge
- University Press, b. 1–580.
- Underhill, A. (2005). Sound Foundations: Learning and
- Teaching Pronunciation. Macmillan Education, b. 12–200.
- Kenworthy, J. (1987). Teaching English Pronunciation.
- Longman, b. 18–160.
- Yusupov, U. (2014). Ingliz tili fonetikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 7–150-betlar.
- Jalolov, J. (2012). Chet til o‘qitish metodikasi. Toshkent:
- O‘qituvchi nashriyoti, 20–180-betlar.
- Investigating the Role of Epigenetics in The Evolution of
- Language and Speech Patterns Across Different Cultures. (2026).
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011760
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/863
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 383–388
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25