XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Xoshimova Oydina Shuhrat qizi1, Inomjonova Muattar Toxirjon qizi22026
- 1Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
- 2Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti 4-bosqich talabasi
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 644–648
Annotatsiya
Ushbu maqolada chet tillarini xususan ingliz tiliniinnovatsion metodlar orqali o‘quvchilarning kommunikativkompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi haqida batafsilyoritilgan. Shuningdek, Communicative Language Teaching (CLT),Task-based language teaching (TBLT), Blended learning va kichikguruhli ishlar (pair work and group work) kabi innovatsion metodlarorqali o‘quvchilarga chet tillarini o‘qitishning usullari haqida bayonqilingan
Boshqa tillarda
ruschaРАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНЫХ НАВЫКОВ СТУДЕНТОВ ПОСРЕДСТВОМ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ
В данной статье подробно описываетсяэффективность развития коммуникативной компетенции студентов виностранных языках, особенно в английском, с помощьюинновационных методов. Также описываются методы обученияиностранным языкам студентов с использованием такихинновационных подходов, как коммуникативное обучение языку(CLT), обучение языку на основе заданий (TBLT), смешанноеобучение и работа в малых группах (парная и групповая работа).
inglizchaDEVELOPING STUDENTS‘ COMMUNICATIVE COMPETENCE THROUGH INNOVATIVE METHODS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES
This article provides a detailed description of theeffectiveness of developing students‘ communicative competence inforeign languages, especially English, through innovative methods. Italso describes methods for teaching foreign languages to studentsthrough innovative methods such as Communicative Language Teaching(CLT), Task-based language teaching (TBLT), Blended learning, andsmall group work (pair work and group work).
Kalit so‘zlar
- kommunikativ til o‘qitish (CLT)
- topshiriqqa asoslangan til o‘qitish (TBLT)
- aralash ta‘lim
- innovatsion metodlar
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
- Google Classroom
- Moodle
- teskari sinf
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA INNOVATSION METODLAR ORQALI O’QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Xoshimova Oydina Shuhrat qizi Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: oydinakhoshimova@gmail.com Inomjonova Muattar Toxirjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti 4-bosqich talabasi Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: inomjonovamuattar58@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada chet tillarini xususan ingliz tilini innovatsion metodlar orqali o’quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi haqida batafsil yoritilgan. Shuningdek, Communicative Language Teaching (CLT), Task-based language teaching (TBLT), Blended learning va kichik guruhli ishlar (pair work and group work) kabi innovatsion metodlar orqali o’quvchilarga chet tillarini o’qitishning usullari haqida bayon qilingan. Abstract. This article provides a detailed description of the effectiveness of developing students' communicative competence in foreign languages, especially English, through innovative methods. It also describes methods for teaching foreign languages to students through innovative methods such as Communicative Language Teaching (CLT), Task-based language teaching (TBLT), Blended learning, and small group work (pair work and group work). Аннотация. В данной статье подробно описывается эффективность развития коммуникативной компетенции студентов в иностранных языках, особенно в английском, с помощью инновационных методов. Также описываются методы обучения иностранным языкам студентов с использованием таких инновационных подходов, как коммуникативное обучение языку (CLT), обучение языку на основе заданий (TBLT), смешанное обучение и работа в малых группах (парная и групповая работа). Kalit so’zlar. communicative language teaching (CLT), taskbased language teaching (TBLT), blended learning, innovatsion metodlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), google classroom, moodle, flipped classroom. Keywords: communicative language teaching (CLT), task-based language teaching (TBLT), blended learning, innovative methods,
information and communication technologies (ICT), google classroom, moodle, flipped classroom. Ключевые слова: коммуникативное обучение языку (CLT), обучение языку на основе заданий (TBLT), смешанное обучение, инновационные методы, информационно-коммуникационные технологии (ИКТ), google classroom, moodle, п еревернутый класс.
Kirish. Hozirgi tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonida chet tillarini innovatsion metodlar orqali o’qitishga talab kundan kunga ortib bormoqda. Bu talablar natijasida, har bir o’quvchi yoshlarning chet tillarini xususan ingliz tilini zamonaviy metodlar orqali o’rganishga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu imkoniyatlar haqida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’grisida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida o’z aksini topganligi ham chet tillariga e’tiborning yaqqol misolidir[1]. Hozirda bu qarorlarni amalga oshirish bo’yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Endilikda ingliz tilini o’qitishda ko’plab yangidan yangi innovatsion metodlardan (Communicative Language Teaching, Blended learning, Task-based language teaching, pair work or group work) foydalanilmoqda. Bu metodlarning asosiy maqsadi o’quvchilarning dars jarayonlariga zamonaviy metodlar orqali yangilik kiritib, ularga ingliz tilidan faqat grammatik bilimlarini oshirishni emas, balki ularning kommunikativ kompetensiyasini tobora shakllantirish va muloqot ko’nikmasini rivojlantirish hisoblanadi. Asosiy qism. Kommunikativ kompetensiya (Communikative approach) bu tilni o’qitishda nazariy bilimlarga qaraganda, hayotiy vaziyatlardagi muloqot qilish ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metoddir[2]. Ushbu metodni dars jarayonlariga tadbiq qilishda biz o’quvchilarni kichik guruhlarga (pair and group work) ajratgan holatda turli rasmli topshiriqlar yoki qisqa dialoglar bilan bir birlariga savollar berishlarini vazifa qilib berishimiz mumkin va bu orqali guruhdagi har bir o’quvchi o’zining oz bo’lsada fikrini bayon qiladi, passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi. Bu metod orqali ularning kommunikativ kompetensiyasi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, nutqi asta-sekinlik bilan rivojlanib boradi. Kommunikativ kompetensiya tushunchasi ilk bor Dell Hymes tomonidan kiritilgan bo’lib, u tilni real ijtimoiy vaziyatlarda to’g’ri va samarali qo’llay olish qobiliyatini anglatadi. Keyinchalik, Michael Canale va Merril Swain ushbu tushunchani kengaytirib, uning tarkibiga grammatik, sotsiolingvistik, diskurs va strategik kompetensiyalarni kiritgan[3]. Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda juft va guruh bo’lib ishlash eng samarali usullardan
hisoblanadi. Ushbu innovatsion metod orqali har bir o’quvchiga xato qilishdan qo’rqmay, erkin va ishonch bilan gapirishi uchun imkoniyat beriladi va bu o’quvchining nutq ravonligiga erishishiga va o’z fikrini hech qanday ikkilanishlarsiz bildira olishiga imkon beradi. Innovatsion metodlar bu ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar, interfaol usullar va kreativ pedagogik yondashuvlar yordamida takomillashtirishni nazarda tutuvchi o’qitish shakllaridir. Zamonaviy innovatsion metodlardan biri bu Blended learning (aralash o’qitish) bu an’anaviy sinf xonasidagi o’qitish(face-to-face) va raqamli texnologiyalar orqali o’qishni birlashtirgan zamonaviy ta’lim modeli hisoblanadi[4]. Ushbu ta’lim modeli asosida dars jarayonlari tashkillanganda axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va turli xildagi interfaol metodlardan foydalaniladi. O’quvchilarning dars jarayonlarini yaxshi o’zlashtirishlari, qiziqishlarini orttirishi, vazifalarga e’tiborli bo’lishlari uchun Google Classroom, Edmado, Moodle kabi elektron platformalardan o’qitish jarayonida foydalanib kelinnmoqda va bu platformalar o’z samarasini ko’rsatmoqda. Hozirgi raqamli texnologiyalar jadal tarzda rivojlanib borayotgan zamonda Google Classroom va Moodle kabi elektron platformalar bir vaqtning o’zida o’qituvchilarga va o’quvchilarga birdek yordam bermoqda. Bu elektron platformalar orqali o’qituvchilar o’quvchilar bilan samarali va interaktiv tarzda muloqot qilish, o’quv jarayoniga zarur bo’lgan materiallar bilan onlayn tarzda oldindan ta’minlash va avtomatik shaffof baholash tizimiga erishishga imkon beradi. Ushbu elektron platformalardan foydalanishga asoslangan yana bir muhim ta’lim modeli bu Flipped Classroom (teskari sinf) hisoblanadi. Flipped Classroom modeli bu an’anaviy ta’limni o’zgartiruvchi aralash ta’lim uslubi bo’lib, o’quvchilar yangi mavzuni uyda (elekton platformada video yoki o’qish orqali o’rganadilar,dars davomida amaliy topshiriqlar, muhokamalar va turli loyihalar ustida ishlash, fikr almashish, bir birlari bilan savol-javob qilish va nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish imkonini beradi. Ushbu usul orqali o’quvchilar mavzuni har tomonlama chuqur o’zlashtirishadi, tanqidiy fikrlashlari va kommunikativ kompetensiyalari rivojlanib boradi va bu jarayon amalga oshishida onlayn platformalarning o’rni beqiyosdir. Shu sababdan ham elektron ta’lim platformalari zamonaviy jamiyatning ajralmas bo’lagi bo’lib qolmoqda. Innovatsion usullar orqali o’quvchilarning muloqot ko’nikmasini rivojlantirishdagi yana bir samarali usul bu Interfaol metoddir. Interfaol metod bu o’quv jarayonida o’quvchilarni faol ishtirok etishga undaydigan, hamkorlik, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko’nikmalarini rivojlantiradigan ta’lim strategiyasidir[5]. Ushbu interfaol metodlarga biz juft yoki guruh bo’lib ishlash, turli xil munozaralar o’tkazish (debat), rolli o’yinlar (role play), aqliy hujum
(brainstorming) yoki vaziyat tahlili (case study) kabilarni kiritishimiz mumkin. Yuqorida keltirib o’tgan usullar orqali o’quvchilarning dars jarayonlariga qiziqishlari ortadi, jamoada guruh yoki juft bo’lib ishlash, tanqidiy fikrlash va eng asosiysi kommunikativ kompetensiya ko’nikmasi oshishiga imkon yaratib beradi. Shuningdek, o’quvchilarning muloqot ko’nikmasini rivojlantirishda turli xil o’yinlardan dars jarayonida foydalanish (gamification) va turli qisqa video hamda multfilmlarni tomosha qilish ham o’z samarasini beradi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, xorijiy tillarni innovatsion metodlar orqali kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga talab ortib bormoqda. Bu talablar natijasida, har bir o’qituvchi o’quvchilariga ingliz tilini o’qitish uchun yangidan yangi innovatsion metodlardan foydalanishga harakat qilmoqdalar va dars jarayonlariga ushbu innovatsion metodlardan tadbiq etmoqdalar. Bunday metodlarga biz Communicative Language Teaching (CLT), Task-based language teaching (TBLT), kichik guruhli ishlar (pair work and group work) kabi metodlarni va bundan tashqari, Blended learning, Flipped Classroom ta’lim modellari jarayonida foydalaniladigan turli interfaol metodlarni ham kiritishimiz mumkin. Har bir innovatsion metodning xorijiy tilni mukammal o’zlashtirishda, o’sha xorijiy tilda muloqot ko’nikmasini rivojlantirishda va yuksak qiziqish bilan o’rganish va o’rgatish jarayonida o’rni beqiyos hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, raqamli texnologiyalar, elektron platformalar jadal tarzda ommalashib borayotgan davrda har bir izlanuvchi innovatsion metodlarning samarasini anglagan holda dars jarayonlariga tadbiq qilishi darkor. Negaki, zamon bilan hamnafas holatda til ko’nikmasini rivojlantirish ko’plab o’rganuvchilarga keng imkoniyat eshiklarini ochib beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- https://lex.uz/docs/-5831978?ONDATE=23.12.2024%2000
- Richards, J. C., & Rodgers, T. S. — Approaches and Methods in Language Teaching (Cambridge University Press).
- https://www.researchgate.net/publication/31260438_Theoretical _Bases_of_Communicative_Approaches_to_Second_Language_Teaching _and_Testing
- Michael B. Horn & Heather Staker (2015). Blended: Using Disruptive Innovation to Improve Schools. Jossey-Bass.
- https://fiveable.me/foundations-education/key- terms/interactive-teaching-methods
- Xoshimova O. PRAGMATIC ASPECTS OF COLOR- EXPRESSING LEXEMES: A COMPARATIVE STUDY OF ENGLISH AND UZBEK // Journal of Advanced Linguistic Studies. – New Delhi, 2025. – Vol. 12. – № 2. – P. 1335–1350. ISSN: 2231-4075.
- Xoshimova O. OLAMNING LISONIY MANZARASIDA NOMINATSIYANING O ‘RNI VA RANGLAR IFODASI //Ижтимоий- гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2025. – Т. 5. – №. 2. – С. 332-338.
- Xoshimova O. KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA LINGVORANGLI OLAM TUSHUNCHASI // Ilm sarchashmalari. – 2025. – Mart soni. – С. 33–35.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011750
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/852
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 644–648
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25