INGLIZ TILI DARSLARIDA TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH
Usmonjonova Shodiyaxon Alisher qiziNamangan davlat pedagogika instituti Chet tillari kafedrasi Chet tillari kafedrasining birinchi kurs talabasi2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 667–671
Annotatsiya
Anotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili darslaridatexnologiyalardan samarali foydalanishning afzalliklari yoritiladi.Interaktiv mashqlar, videodarslar, ovozli topshiriqlar va jonli suhbatlar orqali o‘quvchilarning bilimini samarali oshirish imkoniyati ko‘rsatibo‘tilgan. Shuningdek, maqolada texnologiyalarning moslashuvchanjadval, individual yondashuv va keng resurslarga kirish kabiimkoniyatlari ta‘kidlanib, kelajakda texnalogik ta‘limning yanada kengqo‘llanilishi kutilayotgani qayd etilgan
Boshqa tillarda
ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА
В данной статье освещаются преимуществаиспользования технологий на уроках английского языка. В нейпоказан потенциал эффективного обучения студентов посредствоминтерактивных упражнений, видеоуроков, аудиозаданий и живыхбесед. В статье также освещаются возможности, которые технологиипредоставляют студентам, такие как использование широкогоспектра ресурсов в дополнение к индивидуальному подходу, иотмечается, что в будущем ожидается более широкое использованиетехнологического образования
inglizchaUSING TECHNOLOGY IN ENGLISH LESSONS
This article highlights the benefits of using technologyin English lessons. It shows the potential for effective student learningthrough interactive exercises, video lessons, audio tasks and liveconversations. The article also highlights the opportunities thattechnology provides to students, such as the use of a wide range ofresources in addition to an individual approach, and notes thattechnological education is expected to be used more widely in the future
Kalit so‘zlar
- Raqamli texnalogiya
- globallashuv
- raqamli ta‘lim
- animatsiya va grafik materiallar
- samaradorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
INGLIZ TILI DARSLARIDA TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH
Usmonjonova Shodiyaxon Alisher qizi Namangan State Pedagogical institute Foreign Languages Department A first -year student of Foreign Languages Department Email: shodiyausmonjonova635@gmail.com
Anotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili darslarida texnologiyalardan samarali foydalanishning afzalliklari yoritiladi. Interaktiv mashqlar, videodarslar, ovozli topshiriqlar va jonli suhbatlar
orqali o‘quvchilarning bilimini samarali oshirish imkoniyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada texnologiyalarning moslashuvchan jadval, individual yondashuv va keng resurslarga kirish kabi imkoniyatlari ta’kidlanib, kelajakda texnalogik ta’limning yanada keng qo‘llanilishi kutilayotgani qayd etilgan. Аннотация: В данной статье освещаются преимущества использования технологий на уроках английского языка. В ней показан потенциал эффективного обучения студентов посредством интерактивных упражнений, видеоуроков, аудиозаданий и живых бесед. В статье также освещаются возможности, которые технологии предоставляют студентам, такие как использование широкого спектра ресурсов в дополнение к индивидуальному подходу, и отмечается, что в будущем ожидается более широкое использование технологического образования. Abstract: This article highlights the benefits of using technology in English lessons. It shows the potential for effective student learning through interactive exercises, video lessons, audio tasks and live conversations. The article also highlights the opportunities that technology provides to students, such as the use of a wide range of resources in addition to an individual approach, and notes that technological education is expected to be used more widely in the future. Kalit so‘zlar: Raqamli texnalogiya, globallashuv, raqamli ta'lim, animatsiya va grafik materiallar, samaradorlik.
Kirish: So’nggi yillarda Respublikamizda xorijiy tillarni shuningdek ,ingliz tilini chuqur o’rgatish bo’yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Prezident farmonlari ham bu borada aynan yosh avlodning tilga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qo‘llab quvvatlash yo’lidagi asosiy poydevor bolib hizmat qilmoqda. Shu bilan birga, talabalarga chet tillari, xususan, ingliz tilini - ayni damda global kommunokatsiya, ilm-fan, internet va biznesda keng qo’llanilib kelinayotgan tilini oʻrgatishda ilgʻor xorij tajribalari, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng qoʻllanilayotgan zamonaviy usul va modellarga asoslangan metodikalari asosida oʻqitish muhim deb qaralmoqda. Chunki zamonaviy ta’limda darsning samarasi XXI asr texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan holda uzviy integratsiyani taqozo etmoqda va bu jarayon koʻplab imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Jumladan: • darslarning samaradorligini ochiradi • kelajakda onlayn va raqamli ta’limning yanada kengroq rivojlanishiga turtki bo’lib hizmat qiladi. • Oʻquvchilarni raqamli dunyo bilan hamnafas boʻlishiga sharoit yarata oladi
Shuningdek, raqamli ta’lim platformalari, interaktiv dasturlar va onlayn resurslar yordamida talabalarning • tinglash (turli xildagi oudio podkastlar, video darsliklar) • tushunish (turli ijtimoiy saytlar orqali koʻplab malumotlar topish va chuqurroq oʻrgana olish) • muloqot qilish (chet ellik nativ speakerlar hamda mutahasislar bilan toʻgʻridan toʻgʻri suhbatlashish imkoniyati) ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Shu bilan birga, ilg‘or xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quv jarayonida multimediya vositalari, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va masofaviy o‘quv modullari samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi. Talabalarning kasbiy auditiv kompetensiyasini rivojlantirish ayniqsa muhimdir, chunki bu ularning professional sohada muvaffaqiyat qozonishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar ayniqsa multimedia texnalogiyalari 14. animatsiya va grafik materiallardan iborat bo‘lib, ular o‘quv jarayonini yanada jonli va qiziqarli qiladi. Masalan, ingliz tilidagi videodarslar yoki suhbatlar orqali talabalar real nutq muhitini his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning talaffuzini yaxshilash, yangi so‘zlarni tezroq o‘zlashtirish hamda tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. 15. tinglash va nutq bilan bog‘liq mashqlarni individual ritmda o‘tkazish imkonini beradi xususan, til oʻrganishga qiyinchilikka uchraydigan oʻquvchilar uchun oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida individual dars jarayonlari • xatolarni darhol ko‘rsatadi hamda ularni tuzatishga yordam beradi • takroriy mashqlarni qulaylashtiradi o’rganilayotgan malumotlarni mazmunini yaxshiroq anglashga, kengroq tushunishga ko’mak bo’la oladi. Texnalogiyalardan foydalanishda tadqiqot jarayonlari Raqamli texnologiyalar o‘quv jarayonida hamkorlik muhitini shakllantirish, o‘quvchilarning jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda turli loyiha va guruhli faoliyatlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday imkoniyatlar turli texnologik tizimlar va raqamli platformalar orqali amalga oshiriladi. Masalan: – O‘rganish va tahlil qilish. Raqamli texnologiyalar o‘qitish va tahlil qilish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilar o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida talabalarning bilim darajasini aniqlash, ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash hamda ta’lim samaradorligini oshirish uchun turli ma’lumotlar bazalaridan
foydalanadilar. Bunda talabalarga mos o‘quv materiallari, amaliy topshiriqlar va savollar taqdim etiladi. Shuningdek, mikro mashqlarni ishlab chiqish, turli test va savollarni tuzish, ma’lumotlarni qayta takrorlash hamda ularni tahlil qilish jarayonlari ham raqamli texnologiyalar yordamida samarali amalga oshiriladi. Natijada o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish hamda ta’lim sifatini oshirish imkoniyati yaratiladi. Raqamli texnalogiyalar orqali yosh avlodni kasbga yoʻnaltirish. Bugungi raqamli asrda texnologiyani bilish muhim mahoratdir. Ta'limga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali talabalar raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va XXI asr ishchi kuchida muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishlari mumkin.Bular XXI asrda oʻquvchilarning bilim olishi va oʻqituvchilarning dars berish usullarini qayta shakllantirayotgan bugungi kunda mavjud boʻlgan keng koʻlamli ta’lim texnologiyalariga bir nechta misollardir. Xulosa sifatida aytish mumkinki, globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rganish va rivojlantirish jarayonida zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalarining roli juda muhimdir. Ular talabalarni tilshunoslik faoliyatiga yo‘naltirishda hamda xalqaro talablarga javob bera oladigan malakali mutaxassislar sifatida shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Raqamli texnologiyalar an’anaviy ta’lim usullarini yangilab, o‘qitish jarayonini barcha yoshdagi o‘quvchilar uchun yanada qulay, samarali va qiziqarli qiladi. Bundan tashqari, ular o‘qituvchilarga o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish, o‘quv natijalarini baholash hamda yanada interaktiv ta’lim muhitini yaratishga imkon beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar0 ta adabiyot
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011762
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/865
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 667–671
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25