Asosiy mazmunga o‘tish

TALABALARNING YOZISH KO‘NIKMASINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY MEZONLAR VA RUBRIKA ASOSIDAGI YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

Ramazonova Feruzakhon AkbarovnaToshkent amaliy fanlar universiteti dotsent v.b., Toshkent orcid:0009-0003-2641-53192026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 324–328

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarning yozishko‘nikmasini shakllantirish va baholash masalalari tahlil qilinadi.Tadqiqot davomida yozma nutqni baholashning an‘anaviy va zamonaviyyondashuvlari o‘rganilib, ularning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan.Shuningdek, yozma ishlarni baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar– mazmun, tashkillashtirish, imlo va tinish belgilari, so‘z tanlash, tildanfoydalanish hamda tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kabikomponentlarning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada yozishko‘nikmasini baholash uchun ishlab chiqilgan rubrika elementlari tahlilqilinib, ular talabalarning yozma nutqini rivojlantirishda muhimahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ СОВРЕМЕННОГО КРИТЕРИАЛЬНОГО И РУБРИЧНОГО ПОДХОДА К ОЦЕНКЕ НАВЫКОВ ПИСЬМА СТУДЕНТОВ

В данной статье анализируются вопросыразвития и оценки навыков письменной речи учащихся. В ходеисследования были изучены традиционные и современные подходык оценке письменной речи и выделены их специфические аспекты.Также обоснованы основные критерии, используемые при оценкеписьменных работ: содержание, организация, орфография ипунктуация, выбор слов, использование языка, а также важностьтаких компонентов, как критическое мышление и креативность.

inglizchaEFFECTIVENESS OF A MODERN CRITERIA-BASED AND RUBRIC-BASED APPROACH IN ASSESSING STUDENTS‘ WRITING SKILLS

This article analyzes the issues of developing andassessing students‘ writing skills. During the study, traditional andmodern approaches to assessing written speech were studied and theirspecific aspects were highlighted. Also, the main criteria used inassessing written work - content, organization, spelling and punctuation,word choice, language use, as well as the importance of components suchas critical thinking and creativity - are substantiated. The articleanalyzes the elements of the rubric developed for assessing writing skillsand shows that they are important in developing students‘ writtenspeech.

Kalit so‘zlar

  • yozish ko‘nikmasi
  • yozma nutqni baholash
  • baholash mezonlari
  • yozish rubrikasi
  • tanqidiy fikrlash
  • ijodkorlik
  • grammatika
  • akademik yozuv

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TALABALARNING YOZISH KO‘NIKMASINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY MEZONLAR VA RUBRIKA ASOSIDAGI YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

Ramazonova Feruzaxon Akbarovna Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsent v.b., Toshkent orcid:0009-0003-2641-5319 e-mail: feruzaramazonova@yandex.ru

Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalarning yozish ko‘nikmasini shakllantirish va baholash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yozma nutqni baholashning an’anaviy va zamonaviy yondashuvlari o‘rganilib, ularning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shuningdek, yozma ishlarni baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar – mazmun, tashkillashtirish, imlo va tinish belgilari, so‘z tanlash, tildan foydalanish hamda tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kabi komponentlarning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada yozish ko‘nikmasini baholash uchun ishlab chiqilgan rubrika elementlari tahlil qilinib, ular talabalarning yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar yozish ko‘nikmasi, yozma nutqni baholash, baholash mezonlari, yozish rubrikasi, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, grammatika, akademik yozuv.

Abstract: This article analyzes the issues of developing and assessing students' writing skills. During the study, traditional and modern approaches to assessing written speech were studied and their specific aspects were highlighted. Also, the main criteria used in assessing written work - content, organization, spelling and punctuation, word choice, language use, as well as the importance of components such as critical thinking and creativity - are substantiated. The article analyzes the elements of the rubric developed for assessing writing skills and shows that they are important in developing students' written speech.

Keywords: writing skills, assessment of written speech, assessment criteria, writing rubric, critical thinking, creativity, grammar, academic writing.

Аннотация: В данной статье анализируются вопросы развития и оценки навыков письменной речи учащихся. В ходе исследования были изучены традиционные и современные подходы к оценке письменной речи и выделены их специфические аспекты. Также обоснованы основные критерии, используемые при оценке письменных работ: содержание, организация, орфография и пунктуация, выбор слов, использование языка, а также важность таких компонентов, как критическое мышление и креативность. В статье анализируются элементы разработанной рубрики для оценки навыков письменной речи и показывается их важность в развитии навыков письменной речи учащихся. Ключевые слова: навыки письменной речи, оценка письменной речи, критерии оценки, рубрика для письменной речи, критическое мышление, креативность, грамматика, академическое письмо.

Bugungi globallashuv jarayonida chet tilini o‘qitish tizimida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu kompetensiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri yozish ko‘nikmasi bo‘lib, u talabalarga o‘z fikrlarini mantiqan izchil, aniq va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalash imkonini beradi. Yozish jarayoni nafaqat til birliklarini mustahkamlash, balki talabalarning tanqidiy fikrlashi, ijodkorligi va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.[1] Zamonaviy ta’lim tizimida yozma nutqni baholashga bo‘lgan yondashuvlar ham sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. An’anaviy baholash usullari asosan grammatik to‘g‘rilik va imlo qoidalariga e’tibor qaratgan bo‘lsa, zamonaviy baholash tizimi yozma nutqning mazmuniy boyligi, matn tuzilmasining mantiqiyligi, so‘z boyligi, til vositalaridan samarali foydalanish hamda tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kabi ko‘plab komponentlarni ham hisobga oladi.[2;3] Shu nuqtai nazardan, yozish ko‘nikmasini baholash jarayonida aniq va tizimli mezonlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada talabalarning yozish ko‘nikmasini baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar tahlil qilinadi hamda yozma ishlarni baholash uchun ishlab chiqilgan rubrika elementlari – mazmun, tashkillashtirish, imlo va tinish belgilari, so‘z tanlash, tildan foydalanish hamda tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kabi komponentlarning ahamiyati yoritib beriladi.

Talabalar yozish ko‘nikmasini shakllantirish orqali o‘zlashtirilgan grammatik tuzilmalarni, iboralarni va lug‘at boyligini mustahkamlaydilar. Shu bilan bir qatorda, yozishni o‘rgatish darslari ijodkorlik, mustaqillik, izlanuvchanlik va tanqidiy mulohaza yuritish kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga ko‘mak beradi.[1] Yozma ishlarni baholash oddiygina grammatikani tekshirish emas balki, samarali muloqotni aks ettiruvchi boshqa mezonlarni ham baholashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Ilmiy manbalarni o‘rganish jarayonida yozma ishlarni baholashga nisbatan ikki xil yondashuv — an’anaviy va zamonaviy baholash yondashuvlari mavjudligi aniqlangan. An’anaviy baholash asosan grammatika, imlo va oddiy gap tuzilishi kabi jihatlarga e’tibor qaratadi, zamonaviy baholash esa yozma nutqning mazmuni, tashkil etilishi va kommunikativ samaradorligini ham qamrab oladi [4]. Endilikda yozma nutqqa nafaqat muloqot vositasi, balki fikrlash vositasi sifatida ham qaralmoqda. Shu bois, baholash usullari yozuvchining tehnik mahoratini ham, intellectual mehnatini ham aks ettira olishi lozim. Bu o‘zgarish natijasida mazmunni tanlash va rivojlantirish, izchil va mantiqiy tuzilma yaratish, til qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash, tahlil va dalillash orqali tanqidiy fikrlashni namoyon etish hamda muammolarni hal etishda va g‘oyalarni ifodalashda ijodkorlikni qo‘llashni o‘z ichiga olgan yaxlit baholash tizimlari shakllanadi. Ushbu mezonlarni va ularning o‘zaro ta’sirini tushunish, talabalarni yozuvchi va fikrlovchi bsifatida rivojlanishiga yordam beradigan mazmunli fikr-mulohazalar berishni hohlovchi pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir.

Yozma matnlar yaratishda bir necha asosiy komponentlar mavjud bo‘lib, ular baholash mezonlari sifatida qo‘llaniladi. Baholash o‘quvchining yozma ishini tahlil qilish, uning bilim darajasi va malakasini o‘lchash imkonini beradi. Baholash jarayoni adolatli bo‘lishi uchun aniqlangan mezonlar barcha ishlar uchun izchil qo‘llanilishi kerak. Tadqiqot olib borish mobaynida, yozish ko‘nikmasini baholash yuzasidan bir nechta asosiy elementlarni belgilab oldik va yozishni baholash rubrikasini shakllantirishda ushbu elementlarni baholashga e’tibor qaratdik. (1-ilova).

3. Imlo va tinish belgilari ( Spelling and punctuation)

6. Tanqidiy fikrlash va ijodkorlik (Critical thinking and creativity)

Mazkur mezonlar asosida ishlab chiqilgan baholash rubrikasi talabalar yozma ishlarini kompleks tarzda baholash imkonini beradi [5].

Mazmun – goyaning mavzuga mosligi, aniq ifodalanganligi, va izchil rivojlanishi hamda uning shaxsiy tajriba, misollar, faktlar bilan qay darajada asoslanganligini Tashkillashtirish – matnning kirish, asosiy qism va xulosadan iborat mantiqiy izchilligini Imlo va tinish belgilari (Yozish tehnikasi) – imlo, tinish belgilari, bosh xarflar va boshqa yozma til qoidalariga amal qilinishini So‘z tanlash – to‘g‘ri so‘z tanlovi va boy so‘z zaxirasi, matnning madaniy va badiiy qiymatini oshirish hamda ilmiy yoki sohaga oid terminlarni ishlatilishini Tildan foydalanish (Grammatika) – gap tuzilishida so‘zlarning to‘g‘ri joylashuvi va garmmatik qoidalarga rioya qilinishini

Tanqidiy fikrlash va ijodkorlik (Critical thinking and creativity) – Fikrlarni ifodalashda ravonlik, tafsilotlarni aniqlashtirishda o‘ziga hoslik, va ijodkorlik ko‘nikmalarini belgilab beradi. Yozish jarayonida ijodkorlik darajasini ta’sirini o‘rganishga bagishlangan tadqiqotlar shuni anglatadiki, ijodkorligi yuqori bo‘lgan talabalar past ijodkorlikdarajasiga ega talabalarga qaraganda yozma ishda yaxshiroq natijalarga erishadilar. Shuningdek, yozish jarayonida ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish talabalar yozma ishining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodkorlik darajasi yuqori bo‘lgan talabalar yozma nutqda yanada yaxshi natijalarga erishadilar [6]. Dars jarayonida talabalar bosqichma-bosqich yozish jarayonini o‘rganib, yakunda mustaqil rasmiy va mantiqan izchil shikoyat xatini yozish darajasiga yetadi. Xulosa qilib aytganda, talabalarning yozish ko‘nikmasini rivojlantirish va baholash jarayoni ko‘p qirrali va murakkab pedagogik faoliyat hisoblanadi. Yozma nutqni baholash faqat grammatik xatolarni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki matnning mazmuni, mantiqiy tuzilishi, til boyligi hamda muallifning fikrlash darajasini ham qamrab olishi lozim. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, yozma ishlarni baholashda mazmun, tashkillashtirish, imlo va tinish belgilari, so‘z tanlash, tildan foydalanish hamda tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kabi mezonlardan foydalanish baholash jarayonining yanada aniq va adolatli bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu mezonlar asosida ishlab chiqilgan baholash rubrikasi talabalarning yozma nutqini kompleks tarzda tahlil qilish, ularning kuchli va rivojlantirilishi lozim bo‘lgan jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, yozish jarayonida ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish talabalarning yozma ish sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada talabalar bosqichma-bosqich yozish ko‘nikmalarini rivojlantirib, mustaqil ravishda rasmiy va mantiqan izchil matnlar yaratish darajasiga yetadilar. Shu bois, yozish ko‘nikmasini baholashda zamonaviy, kompleks va mezonlarga asoslangan yondashuvlardan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Brown H. D. Principles of Language Learning and Teaching. – New York: Pearson Education, 2007.
  2. Harmer J. How to Teach Writing. – Harlow: Pearson
  3. Longman, 2004.
  4. Hedge T. Teaching and Learning in the Language Classroom. – Oxford: Oxford University Press, 2000.
  5. Hyland K. Second Language Writing. – Cambridge:
  6. Cambridge University Press, 2003.
  7. Weigle S. C. Assessing Writing. – Cambridge: Cambridge
  8. University Press, 2002.
  9. Richards J. C., Renandya W. A. Methodology in Language
  10. Teaching. – Cambridge: Cambridge University Press, 2002.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011740
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/842
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
324–328
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25