Asosiy mazmunga o‘tish

SUN‘IY INTELLEKT MUHITIDA INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ayyubxon Tursunbayev, son of AdxamjonNamangan Davlat Pedagogika Instituti, 1-bosqich tayanch doktoranti2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 284–288

Annotatsiya

Sun‘iy intellekt so‘nggi o‘n yilliklarda tobora ommalashib bordiki, bu ommalashuv va keng miqyosda foydalanish jamiyatning deyarli har bir sohasiga kirib borib o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunisi e‘tiborga loyiqki, raqamli ta‘lim jarayonlarida sun‘iy intellektning integratsiya qilinishi bu jarayonlarda ishlab kelayotgan mexanizmlarni tubdan o‘zgardi. Mazkur maqolada sun‘iy intellektning ta‘lim jarayonlarida, ayniqsa til o‘rganish borasidagi foydali jihatlari va o‘ziga xos qanday xususiyatlari mavjudligi haqida yoritiladi. Xususan, maqola yozish jarayonida ilmiy qarashlar tahlil qilindi va sun‘iy intellektning o‘quv avtonomiyasiga qanchalik darajada ta‘sir qilishi yoritildi.

Boshqa tillarda

ruschaОСОБЕННОСТИ НЕЗАВИСИМОГО ИЗУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В СРЕДЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

В последние десятилетия искусственный интеллект стремительно развивается и приобретает широкую популярность. Его активное внедрение и масштабное использование оказали значительное влияние практически на все сферы общественной жизни. Особенно заметно влияние искусственного интеллекта в системе образования, где его интеграция в цифровую образовательную среду существенно изменила традиционные механизмы обучения. В данной статье рассматриваются возможности и преимущества применения искусственного интеллекта в образовательном процессе, в частности в изучении иностранных языков. В ходе исследования были проанализированы различные научные подходы и мнения ученых, а также освещено влияние технологий искусственного интеллекта на формирование и развитие автономии обучающихся.

inglizchaSPECIFIC FEATURES OF INDEPENDENT ENGLISH LEARNING IN AN ARTIFICIAL INTELLIGENCE ENVIRONMENT

In recent years, artificial intelligence has become increasingly common and has gained considerable attention across various sectors of society. Its extensive adoption and application have significantly influenced numerous fields, including education. The widespread integration of artificial intelligence into digital learning environments has transformed many traditional mechanisms of the educational process. This article explores the potential and advantages of artificial intelligence in education, particularly in the context of language learning. During the preparation of the article, relevant scholarly perspectives were analyzed, and special attention was given to examining the extent to which artificial intelligence technologies contribute to the development of learner autonomy.

Kalit so‘zlar

  • sun‘iy intellekt
  • til o‘rganish
  • raqamli ta‘lim muhiti
  • raqamli texnologiyalar
  • til kompetensiyasi
  • mustaqil ta‘lim
  • ta‘lim jarayonini individuallashtirish
  • o‘quvchi avtonomiyasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

SUN’IY INTELLEKT MUHITIDA INGLIZ TILINI MUSTAQIL O`RGANISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ayyubxon Tursunboyev Adxamjon o`g`li Namangan Davlat Pedagogika Instituti, 1-bosqich tayanch doktoranti Tel: [telefon raqami yashirilgan] Email: ayyubkhan.real@gmail.com

Annotatsiya: Sun`iy intellekt so`nggi o`n yilliklarda tobora ommalashib bordiki, bu ommalashuv va keng miqyosda foydalanish jamiyatning deyarli har bir sohasiga kirib borib o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Shunisi e`tiborga loyiqki, raqamli ta`lim jarayonlarida sun`iy intellektning integratsiya qilinishi bu jarayonlarda ishlab kelayotgan mexanizmlarni tubdan o`zgardi. Mazkur maqolada sun`iy intellektning ta`lim jarayonlarida, ayniqsa til o`rganish borasidagi foydali jihatlari va o`ziga xos qanday xususiyatlari mavjudligi haqida yoritiladi. Xususan, maqola yozish jarayonida ilmiy qarashlar tahlil qilindi va sun`iy intellektning o`quv avtonomiyasiga qanchalik darajada ta`sir qilishi yoritildi.

Kalit so`zlar: sun`iy intellekt, til o`rganish, raqamli ta`lim muhiti, raqamli texnologiyalar, til kompetensiyasi, mustaqil ta`lim, ta`lim jarayonini individuallashtirish, o`quvchi avtonomiyasi.

Аннотация: В последние десятилетия искусственный интеллект стремительно развивается и приобретает широкую популярность. Его активное внедрение и масштабное использование оказали значительное влияние практически на все сферы общественной жизни. Особенно заметно влияние искусственного интеллекта в системе образования, где его интеграция в цифровую образовательную среду существенно изменила традиционные механизмы обучения. В данной статье рассматриваются возможности и преимущества применения искусственного интеллекта в образовательном процессе, в частности в изучении иностранных языков. В ходе исследования были проанализированы различные научные подходы и мнения ученых, а также освещено влияние технологий искусственного интеллекта на формирование и развитие автономии обучающихся.

Ключевые слова: искусственный интеллект, изучение языка, цифровая образовательная среда, цифровые технологии, самостоятельное обучение, языковая компетенция, индивидуализация образовательного процесса, автономия обучающегося.

Abstract: In recent years, artificial intelligence has become increasingly common and has gained considerable attention across various sectors of society. Its extensive adoption and application have significantly influenced numerous fields, including education. The widespread integration of artificial intelligence into digital learning environments has transformed many traditional mechanisms of the educational process. This article explores the potential and advantages of artificial intelligence in education, particularly in the context of language learning. During the preparation of the article, relevant scholarly perspectives were analyzed, and special attention was given to examining the extent to which artificial intelligence technologies contribute to the development of learner autonomy. Keywords: artificial intelligence, language learning, digital learning environment, digital technologies, independent learning, language competence, personalization of education, learner autonomy.

Kirish. Tez sur`atlarda tobora jadallashib borayotgan raqamli ta`lim sharoitida sun`iy intellekt o`z o`rnini egallabgina qolmay, ta`lim jarayonida pedagog va o`quvchilar tomonidan duch kelinishi mumkin bo`lgan ko`plab jihatlarni soddalashtirishga va osonlashtirishga o`zining sezilarli ta`sirini o`tkazdi. Bir qancha Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi davlat va nodavlat ta`lim muassasalarida sun`iy intellektdan til o`rganuvchilar tomonidan keng miqyosda foydalanishi til o`rganishdagi ko`plab qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam berdi. Sun`iy intellekt yordamida, undan to`g`ri va oqilona foydalanish orqali bir qancha xorijiy tillarda og`zaki va yozma nutqni rivojlantirish, grammatik, sintaktik, va pragmatik xatolarni to`g`irlash o`rganuvchilar uchun juda katta qulaylikni ta`minlab berdi.

O`zbekistonning raqamli ta`lim sharoitida ham sun`iy intellektdan foydalanishni amalga borasida ko`plab Prezident farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. Shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida ham sun`iy intellekt texnologiyalarini yoshlar orasida ommalashtirish, ta`lim muassasalarida va aholi orasida sun`iy intellektdan foydalanish bilim va ko`nikmasini oshirib kabi bandlar alohida belgilab o`tilgan [1].

Sun`iy intellektning ommalashuvi. Jahonning Amerika va Buyuk Britaniya kabi bir qancha rivojlangan mamlakatlarida sun`iy intellektga asoslangan raqamli ta`lim islohotlari allaqachon amalga oshirilib, o`z samarasini ko`rsatib kelmoqda [2]. Sun`iy nafaqat xizmat ko`rsatish va ishlab chiqarish, balki ta`lim sohasida ham o`zining muhim rolini saqlab qolmoqda. Misol uchun, dunyoning yetakchi kompaniyalari bo`lgan Google va Amazon kabi korporatsiyalari SI ga asoslangan qurilmalarni ishlab chiqarish orqali jahon bozorida o`z o`rniga ega bo`lish ko`plab investitsiya kiritmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri sun`iy intellekt orqali erishiladigan yuqori samaradorlik, vaqt tejalishi va borgan sari aniqlashib borayotgan ma`lumotlarni analiz-sintez qilish va uning asosida mustaqil qarorlar qabul qila olish qobiliyati bo`lib, bu qulayliklar til o`rganish jarayonida ham o`rganuvchilar tomonidan duch kelinishi mumkin bo`lgan bir qancha qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Sun`iy intellektning individuallashgan xulosalar berishi, xatolarni batafsil yoritib berishi, no`to`gri qo`llangan so`zlarni va grammatik xatolarni tahlil qilib bera olishi va turli til ko`nikmalari va malakalarini rivojlantirish uchun maxsus yaratilgan SI suhbat botlari va ilovalari mavjudligi uning ommalashuvini yanada tez sur`atlarga olib chiqdi.

Sun`iy intellektning o`ziga xos xususiyatlari. Rivojlanib borayotgan ta`lim sharoitida sun`iy intellekt vositalari til o`rganish jarayonlariga sezilarli darajada o`z ta`sirini o`tkazib kelmoqda. Ayniqsa, ingliz tiliga asoslangan ovozli assistentlar, yozish, gapirish, va lug`at yodlash uchun yaratilgan alohida ilovalar, SI chatbotlar mavjudligi buni isbotlaydi.

Birinchi xususiyat shuki, talabalar ingliz tilini o`rganish jarayonida o`zlarining og`zaki nutqlarini ChatGPT kabi sun`iy intellekt vositalari yordamida muntazam va tizimli foydalanish orqali til o`zlashtirishni yanada osonlashtirish ehtimoli yuqori. Ya`ni, til o`rganuvchilar mustaqil ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`lish bilan birgalikda, o`zlarining bilim darajasiga, o`rganish tezligiga, va o`rganuvchi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi individuallashgan o`quv materiallarini va mashqlarini taqdim etadi. Buning natijasida, o`quvchi o`zining xatolari ustida ishlab ularni tezda to`g`irlash imkonini beradi. Bu jarayon, shuningdek, an`anaviy sinf darslarida o`quvchi yozma ishiga yoki o`g`zaki nutqiga beriladigan avtomatik xulosalarni kutmay qisqa vaqt ichida xatolarni bartaraf etib, o`rganish jarayonini tezlashtirishga imkon yaratadi [3]. Bu kabi xulosalar o`qituvchi tomonidan berilishi mumkin bo`lgan xulosalardan tubdan farq qiladi, ya`ni o`quvchiga kam bosim o`tkizadi, bo`yalgan xatolardan ko`ra avtomatik to`g`irlangan xatolar o`quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.

Ikkinchidan, IELTS, TKT, CEFR, va ITEP kabi xalqaro miqyosda tashkil etiladigan ingliz tili imtihonlariga tayyorlanish jarayonida o`quvchilar duch kelishi mumkin bo`lgan yana bir muammolardan biri yozish va gapirish ko`nikmasini rivojlantirishdagi qiyinchilikdir. Sun`iy intellekt yordamida o`quvchilar darsdan tashqari ishlar sirasiga kiruvchi individual (yakkama-yakka) ishlarni tashkil qilish ancha osonlashadi [4]. Ya`ni guruhdan oldinda yoki orqada qoluvchilar darsdan tashqari mashg`ulotlarda mustaqil ravishda sun`iy intellekt vositalari yordamida o`z darajasiga mos keladigan esselar, yozish uchun ishlatish mumkin bo`lgan akademik lug`atlar va gapirish ko`nikmasini rivojlantirish uchun o`quvchilarga notanish mavzularga avtomatik javob tayyorlashda ko`p tilli (ingliz-o`zbek, ingliz-rus, yoki boshqa tillarda) javoblarni tayyor holda olib, uni o`zlariga moslash imkonini beradi. Buning natijasida, o`quvchi avtonomiyasi kabi ko`nikmalar shakllana boshlaydi, o`rganish jarayonini tezlashtiradi va kuchli taraflarini aniqlab o`zlarining kuchsiz jihatlari ustida ko`proq ishlash imkoniyati paydo bo`ladi.

Uchinchi xususiyat shuki, sun`iy intellektga qisman bo`lsada asoslangan Quizlet va Kahoot kabi bir qancha ta`lim platformalarida individuallashgan o`yinlar o`quvchilarning ichki motivatsiyasini oshirib, mustaqil o`rganish jarayonini tezlashtiradi. An`anaviy metodlarga taqqoslaganda, bugungi o`quvchilari interfaol va zamonaviy metodlarga ko`proq moyillik ko`rsatib, ularning doimiy tarzda sustlashmay ta`lim olish imkonini beradi. Shuningdek, SI yordamida amaga oshiriladigan adaptiv o`qish muhiti har bir o`quvchi individual yondashishga, murakkab tushunchalarni ularning darajasiga mos tarzda yetkazib beradi eshitish, o`qish, yozish va gapirish kabi til ko`nikmalarini turli darajalarga (B1,B2,C1)ga moslab beradi [5].

Xulosa. Sun`iy intellektning kirib kelishi til o`rganish jarayonlariga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, ta`limning mustaqil til o`rganish jihatini yangi jihatlarini ochib berib, ko`plab o`quvchilarning ikkinchi tilni o`zlashtirishda duch kelishi mumkin bo`lgan muammolarni hal qilish imkoniyatini yaratib berdi.

Biroq, bugungi tobora jadallashib borayotgan raqamli texnologiya muhitida sun`iy intellektga bo`lgan talabning yuqoriligi bir qancha xavotirlarga sabab bo`lishi mumkin. Chunki, SI vositalaridan til o`rganish maqsadlarida, xususan ingliz tilini o`rganishi jarayonida akademik halollik eng birinchi ustuvor vazifa bo`lmas ekan, o`quvchilarda til o`rganish jarayoni aksincha bo`lishi mumkin [6]. SI ning ko`plab foydali jihatlarini rad etib bo`lmasada, akademik halollikni ta`minlash maqsadida dunyoning bir qancha universitetlarida, maktablarda va boshqa ta`lim muassasalarida sun`iy intellektdan foydalanish cheklangan. Shu sababli, o`quvchilarda SI vositalaridan to`g`ri va maqsadli foydalanish madaniyatini shakllantirish alohida e`tibor talab qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. – Toshkent, 2024.
  2. U.S. Department of Education, Office of Educational
  3. Technology. Artificial Intelligence and the Future of Teaching and
  4. Learning: Insights and Recommendations. – Washington, DC, 2023.
  5. Holmes, W., Bialik, M., Fadel, C. Artificial Intelligence in
  6. Education: Promises and Implications for Teaching and Learning.
  7. Boston: Center for Curriculum Redesign. (2019).
  8. Jalolov J. Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
  9. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment (CEFR). – Cambridge:
  10. Cambridge University Press, 2001.
  11. Balalle H., Pannilage S. Reassessing academic integrity in the age of AI: A systematic literature review on AI and academic integrity.
  12. Social Sciences & Humanities Open, 2025.
  13. Zakirovich, D. Z. (2025). Integrative language teaching to students of chemistry faculty. Prospects of teaching English for professional purposes in non–philological higher education institutions: problems and solutions, 383-389.
  14. Dehkhonova, D. A. (2024). The classification of lexical units with financial position according to scientists view. Academic research in educational sciences, 5(cspu conference 1), 542-549.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011731
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/831
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
284–288
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25