XALQ ERTAKLARI- LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR TADQIQIDA MUHIM MANBA
Mehmonova Sarvinoz Ishak kiziNamangan davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 243–248
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarininglingvokulturologik xususiyatlari va ularning xalq hayotidagi o‘rnixususida fikr bildirilgan. Ertak matnlaridagi milliy dunyoqarashniifodalovchi lisoniy birliklar, xususan, numerologik tushunchalar,mifologik obrazlar va frazeologizmlarning xalq mentaliteti bilanbog‘liqligini tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ertak tili shunchakibadiiy vosita emas, balki milliy madaniy kodlarni tashuvchi tizimekanligi ilmiy asoslab berilgan. Xususan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodinamunalarida mujassam bo‘lgan milliy-madaniy konseptlar, ramziyobrazlar, barqaror iboralar, maqol va matallar, mifologik tasavvurlar,hamda qadriyatlar tizimi lingvokulturologik yondashuv asosidao‘rganiladi. Tadqiqotda ertak matnlari til va madaniyatning o‘zaro uzviybog‘liqligini aks ettiruvchi asosiy manba ekanligi ilmiy jihatdan asoslabberiladi. Maqolada lingvokulturologiya nazariyasining muhimtamoyillari, jumladan, konsept tahlili, semantik maydon, diskursiv vakontekstual tahlil metodlari qo‘llanadi. Ertaklardagi qahramonlarobrazi, milliy mentalitetni ifodalovchi til birliklari, urf-odat va an‘analarbilan bog‘liq leksik qatlamlar lingvomadaniy mazmun nuqtai nazaridansharhlanadi. Shuningdek, ertak matnlarida xalqning tarixiy xotirasi,axloqiy-estetik qarashlari hamda ijtimoiy tajribasi til vositalari orqaliqanday ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari xalq ertaklarilingvokulturologik birliklarni aniqlash, tasniflash va izohlashda boyempirik material Manbai ekanligini ko‘rsatadi. Maqola tilshunoslik,folklorshunoslik fanlari kesishmasida olib borilayotgan izlanishlaruchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Boshqa tillarda
ruschaНародные сказки — важный источник в изучении лингвокультурных единиц.
В данной статье исследуютсялингвокультурологические особенности узбекских народных сказок.Анализируются языковые единицы, отражающие национальноемировоззрение в текстах сказок, в частности, связь нумерологическихпонятий, мифологических образов и фразеологизмов с народнымменталитетом. В ходе исследования научно обосновано, что языксказки является не просто художественным средством, а системой,несущей в себе национальное-культурный коды. В данной научнойстатье народные сказки рассматриваются как важный источник висследовании лингвокултурологических единиц. В частности, наматериале узбекского устного народного творчества анализируютсянационально-культурные концепты, символические образы,устойчивые выражения, пословицы и поговорки, мифологическиепрадставления и система ценностей с позицийлингвокультурологического подхода. Научно обосновываетсяположение о том, что тексты сказок выступают значимим источником,отражаюшим неразрывную связь языка и културы.
inglizchaFOLK TALES - AN IMPORTANT SOURCE IN THE STUDY OF LINGUOCULTURAL UNITS
This article investigates the linguaculturalcharacteristics of uzbek folk tales. Linguistic units reflecting the nationalworldview in folk tale texts, in particular, the connection ofnumerological concepts, mythological images, and phraseological unitswith the national mentality, analiyzed. During the research, it isscientifically substantiated that the language of the folk tale is not justan artistic tool, but a system that carries national-cultural codes.Based on the material of Uzbek folk literature, the researchanalyzes national and cultural concepts, symbolic images, fixedexpressions, proverbs, mythological representations, and value systemswithin the framework of a linguocultural approach. The study provides ascientific justification for considering fairy tale texts as a significantsource reflecting the inseparable relationship between language andculture.
Kalit so‘zlar
- lingvokulturologiya
- xalq ertaklari
- madaniy kod
- mentalitet
- konsept
- dunyoning lisoniy manzarasi
- numerologiya
- mifologema
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
XALQ ERTAKLARI- LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR TADQIQIDA MUHIM MANBA
Mehmonova Sarvinoz Is’hoq qizi Namangan davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti E..mehmonovasarvinoz0@gmail.com [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarining lingvokulturologik xususiyatlari va ularning xalq hayotidagi o‘rni xususida fikr bildirilgan. Ertak matnlaridagi milliy dunyoqarashni ifodalovchi lisoniy birliklar, xususan, numerologik tushunchalar, mifologik obrazlar va frazeologizmlarning xalq mentaliteti bilan bog‘liqligini tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ertak tili shunchaki badiiy vosita emas, balki milliy madaniy kodlarni tashuvchi tizim ekanligi ilmiy asoslab berilgan. Xususan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida mujassam bo‘lgan milliy-madaniy konseptlar, ramziy obrazlar, barqaror iboralar, maqol va matallar, mifologik tasavvurlar, hamda qadriyatlar tizimi lingvokulturologik yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda ertak matnlari til va madaniyatning o‘zaro uzviy bog‘liqligini aks ettiruvchi asosiy manba ekanligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada lingvokulturologiya nazariyasining muhim tamoyillari, jumladan, konsept tahlili, semantik maydon, diskursiv va kontekstual tahlil metodlari qo‘llanadi. Ertaklardagi qahramonlar obrazi, milliy mentalitetni ifodalovchi til birliklari, urf-odat va an’analar bilan bog‘liq leksik qatlamlar lingvomadaniy mazmun nuqtai nazaridan sharhlanadi. Shuningdek, ertak matnlarida xalqning tarixiy xotirasi, axloqiy-estetik qarashlari hamda ijtimoiy tajribasi til vositalari orqali qanday ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari xalq ertaklari lingvokulturologik birliklarni aniqlash, tasniflash va izohlashda boy empirik material Manbai ekanligini ko‘rsatadi. Maqola tilshunoslik, folklorshunoslik fanlari kesishmasida olib borilayotgan izlanishlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: о‘zbek xalq ertaklari, lingvokulturologiya, milliy madaniyat, etnomadaniy birliklar, xalq dunyoqarashi, folklor, numerologiya, mifologema. Аннотация: В данной статье исследуются лингвокультурологические особенности узбекских народных сказок. Анализируются языковые единицы, отражающие национальное мировоззрение в текстах сказок, в частности, связь нумерологических понятий, мифологических образов и фразеологизмов с народным менталитетом. В ходе исследования научно обосновано, что язык сказки является не просто художественным средством, а системой, несущей в себе национальное-культурный коды. В данной научной статье народные сказки рассматриваются как важный источник в исследовании лингвокултурологических единиц. В частности, на материале узбекского устного народного творчества анализируются национально-культурные концепты, символические образы, устойчивые выражения, пословицы и поговорки, мифологические прадставления и система ценностей с позиций лингвокультурологического подхода. Научно обосновывается положение о том, что тексты сказок выступают значимим источником, отражаюшим неразрывную связь языка и културы. Ключевые слова: лингвокультурология, народные сказки, культурный код, менталитет, концепт, языковая картина мира, нумерология, мифологема. Abstract: This article investigates the linguacultural characteristics of uzbek folk tales. Linguistic units reflecting the national worldview in folk tale texts, in particular, the connection of numerological concepts, mythological images, and phraseological units with the national mentality, analiyzed. During the research, it is scientifically substantiated that the language of the folk tale is not just an artistic tool, but a system that carries national-cultural codes. Based on the material of Uzbek folk literature, the research analyzes national and cultural concepts, symbolic images, fixed expressions, proverbs, mythological representations, and value systems within the framework of a linguocultural approach. The study provides a scientific justification for considering fairy tale texts as a significant source reflecting the inseparable relationship between language and culture. The research applies key principles of linguocultural analysis, semantic field analysis, as well as discourse and contextual methods. The images of characters, linguistic units expressing national mentality, and lexical layers related to customs and traditions interpreted from the perspective of their linguocultural content. Furthermore, the study identifies how the historical memory of the people, their moral and
aesthetic views, and social experience are represented through linguistic means in folk tale texts. The findings demonstrate that folk tales serve as a rich empirical source for identifying, classifying, and interpreting linguocultural units. The article has both theoretical and practical significance for interdisciplinary research at the intersection of linguistics, folklore studies, and cultural studies Keywords: linguaculturology, folk tales, cultural code, mentality, concept, linguistic picture of the world, numerology, mythologem.
Bugungi kunda til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish lingvistik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Til- millatning tarixiy xotirasi, dunyoqrashi va mentalitetini aks ettiruvchi muhim vosita bo‘lsa, madaniyat esa ushbu jarayonning mazmuniy asosini tashkil etadi. O‘zbek xalqining jahon xalqlari orasida tutgan o‘rni, insoniyat tamaddunlariga qo‘shgan munosib hissasi, avvalo, xalq og‘zaki namunalari misolida yaqqol ko‘rinadi. Mustaqilligimiz tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonining e’lon qilinishi va bu ishning amalga oshishi til, adabiyot qatorida o‘zbek folklorining ham har tomonlama o‘rganish ishlariga keng imkoniyatlar yaratdi.Shunday ekan, xalq og‘zaki ijodi namunalarini, xususan, ertaklarni lingvokulturologik birlik sifatida o‘rganish va tahlil qilish keng tus oldi. Xalq ertaklari asrlar davomida shakllanib, xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, axloqiy me’yorlari, mifologik tasavvurlari va estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan badiiy matnlardir. Ularda milliy qadriyatlar, ramziy obrazlar, konseptual tushunchalar hamda etnomadaniy birliklar mujassam holda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, yaxshilik va yomonlik, adolat va zulm, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi konseptlar ertak matnlarida lingvomadaniy mazmun kasb etadi. Ertaklarning lingvokulturologik tahlili bevosita folklorshunoslik yutuqlariga tayanadi. O‘zbek ertaklarining janr xususiyatlari, syujeti va tipologiyasini o‘rganishda H.Zaripov, M.Afzalov, K.Imomov kabi olimlarning ishlari ertaklarning genezisi va xalq og‘zaki ijodi sifatidagi o‘rnini belgilab beradi. Ularning tadqiqotlari ertak tili tarkibidagi arxaizmlar va tarixiy-madaniy qatlamlarni tushunishga yordam beradi. So‘nggi yillarda ertak matnlarini lingvokulturologik aspektda o‘rganish bo‘yicha bir qator dissertatsiya va maqolalar e’lon qilindi. Ertaklardagi mifologik qatlamlar, obrazlar tizimi va ularning hududiy xususiyatlarini G.Sarimsoqova, H.Jumayev, O.Safarov, M.Jo‘rayev, S.Sodiqova, D.Abduahadova, G.Akramova, N.Zokirova, S.Sodiqova kabi
bir qator olimlar tomonidan o‘rganilgan va juda ko‘plab manbalar to‘plangan.[4] Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lishi, hayotiy va hayotiy bo‘lmagan uydirmalar asosiga ko‘rilganligi, didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertak- o‘zbek og‘zaki prozasining yetakchi janrlaridan biri bo‘lib, ularda xalqning ulug‘vor g‘oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, sotsial-ahloqiy ideallari o‘ziga xosligi yo‘sinda badiiy aks etadi. Binobarin, ertaklar hech vaqt bekorchi, ertak narsalar emas, ular hamma vaqt muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda folklorning o‘rni haqida gap ketar ekan, aslida bu jarayon bolaning tug‘ilishidan boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar, erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va qo‘shiqlar bolaning tili, dunyoqarashiining shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari esa bolaning ham aqlan, ham jismonan ulg‘ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola ana shu qadam an’ana va qadriyatlar ichida votaga yetadi, biroq bugungi global jamiyatda ulg‘aygani sari go‘yo bu muhitga begona bo‘la boshlaydi. Bu begonalik, eng avvalo, har qadamda o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatayotgan ommaviy madaniyat ta’siridan boshlanadi. [9]Bularning barchasi ma’naviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun esa, ta’lim jarayonining barcha bo‘g‘inlarida, maktabgacha ta’limdan to oliy o‘quv yurtida til o‘qitishda, o‘rganishda folklorga va yana folklorga qaytib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Xalqning til boyligi birinchi galda uning folklorida namoyon bo‘ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning folklorini o‘rganish zarur. Folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo‘ladi. Og‘zakilik, variantlilik folklorning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u xalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni bilan bog‘liq ekanligini namoyon etadi. Folklor asarlariga turg‘unlik xos emas, u har galgi ijroda o‘zgaradi, yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, folklor shunchaki so‘z san’ati namunasigina emas, balki xalqning til zaxirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo‘y basti bilan o‘zida aks ettirgan. Olis o‘tmishdan to bugungi kungacha jonli holatda xalqning o‘zi bilan birga yashab kelayotgan doimiy harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir. [6] Xalq ertaklari lingvokulturologik birliklarning pragmatik talqini Xalq ertaklari lingvokulturologik tizimda nafaqat semantik, balki kuchli pragmatik potensailga ega diskursiv hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Pragmatika nuqtayi nazaridan ertak matni kommunikativ akt sifatida tahlil qilinib, unda muallif (xalq ongining kollektiv subyekti) va
tinglovchi (ijtimoiy-madaniy qabul qiluvchi) o‘rtasidagi implitsit muloqot modeli shakllanadi. [7] Lingvokulturologiya doirasida pragmatik tahlil konseptual mazmun, madaniy kod va qiymat kategoriyalarining kommunikativ jarayondagi funksional reallashuvini ochib berishga xizmat qiladi. Bu borada V.V.Vorobyov lingvokulturologik birlikni madaniy ma’lumot tashuvchi til birligi sifatida talqin etadi, V.A.Maslova esa til va madaniyat o‘zaro ta’sirini konseptlar tizimi orqali izohlaydi. Mazkur yondashuvlar ertak matning pragmatik yuklamasini aniqlashda metadologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, o‘zbek xalq ertaklarida takroriy uchraydigan “yaxshilik va yovuzlik qarama-qarshiligi” modeli nafaqat syujet qurilishi, balki aksiologik (qadriyatga oid) pragmatik strategiya sifatida talqin qilinadi. Qahramonning sinovlardan o‘tishi va yakunda mukofotlanishi ijtimoiy ongda adolat konseptini mustahkamlashga qaratilgan implitsit nuqtai ta’sir mexanizmini yuzaga chiqaradi. Bu yerda ertak matni perlokutiv effect (tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish)ni amalga oshiradi.[4] Xulosam shuki, “dev”, “pari”, “ajdar” kabi mifologik obrazlar lingvokulturologik konseptlarning ramziy ifodasi sifatida pragmatik funksiyaga ega. “Dev” obrazi salbiy kuchlarning timsoli sifatida kollektiv ongda “xavf” va ”zulm” kabi ma’nolarni anglatadi. Ertaklar xalqning lingvistik qatalmida katta ahamiyatga ega. Ertaklarning lingvkulturologik jihatdan o‘rganish bugungi tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- Afzalov.M. O‘zbek xalq ertaklari haqida. -Toshkent. Fan, 1988.
- Eshonqulov.J.Folklor: obraz va talqin.- Qarshi. Nasaf,1999.
- Jo‘rayev.M. O‘zbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar. - Toshkent. Fan,1991.
- Jo‘rayev.M. O‘zbek mifologiyasi va folklor matni poetikasi. - Toshkent. Fan, 2008.
- Mahmudov.N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…( O‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiya asoslari). -Toshkent, Akademnashr, 2012.
- Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo‘rayev.M, Eshoqulov. J, Tilavov. A. O‘zbek folklori. Malik Print Co, -Toshkent, 2021
- Safarov.Sh. Kognitiv tilshunoslik. -Jizzax, Sangzor. 2006
- Sayidrahmonov.N. O‘zbek xalq ertaklari tilining lingvopoetikasi. -Toshkent, 2016.
- To‘rayeva.U. O‘zbek xalq sehrli ertaklarining lingvistik tahlili. (Nomzodlik dissertatsiyasi)
- Yusupov.O‘. Chog‘ishtirma lingvokulturologiya asoslari. - Toshkent, 2016
- Shomaqasudov.Sh. Shorahmedov. Sh. Hikmatlar xazinasi. - O‘zbek maqol va matallarining lingvokulturologik asoslari. -Toshkent. 2001.
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (Ko‘p tomlik). 3-4 jildlar. -Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011726
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/824
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 243–248
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25