XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI
Tursunbayev Hojiakbar Mirzohid ogluNamangan davlat pedagogika instituti talabasi2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 222–228
Annotatsiya
Mazkur maqolada bugungi kunda chet tillarinio‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan eng samarali innovatsion usullar varaqamli texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida“Flipped Classroom”, CLIL va geymifikatsiya kabi metodlarningtalabalar motivatsiyasiga ta‘siri hamda til o‘rganishdagi psixologikto‘siqlarni bartaraf etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sun‘iyintellekt va VR texnologiyalarining dars samaradorligini oshirishdagiamaliy natijalari bayon etilgan. Maqola yakunida zamonaviy pedagogikyondashuvlarni ta‘lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan
Boshqa tillarda
ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ И СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННЫМИ ЯЗЫКАМИ
В данной статье анализируется роль наиболееэффективных инновационных методов и цифровых технологий,используемых в современном процессе обучения иностраннымязыкам. В ходе исследования освещается влияние таких методов, как«Перевернутый класс» (Flipped Classroom), CLIL и геймификация, намотивацию студентов и преодоление психологических барьеров.Также описаны практические результаты использованияискусственного интеллекта и VR-технологий в повышенииэффективности уроков. В заключении приводятся рекомендации повнедрению современных педагогических подходов в системуобразования.
inglizchaEFFECTIVENESS OF INNOVATIVE METHODS AND MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES
This article analyzes the role of the most effectiveinnovative methods and digital technologies used in the modern processof teaching foreign languages. The study highlights the impact ofmethods such as "Flipped Classroom", CLIL, and gamification on studentmotivation and overcoming psychological barriers. Furthermore, thepractical results of using artificial intelligence and VR technologies toincrease lesson effectiveness are described. The article concludes withrecommendations for integrating modern pedagogical approaches intothe education system.
Kalit so‘zlar
- innovatsion metodlar
- pedagogik texnologiyalar
- chet tili
- kommunikativ kompetensiya
- geymifikatsiya
- raqamli ta‘lim
- samaradorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGI
Tursunboyev Hojiakbar Mirzohid o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Ilmiy rahbar: G.A.Dexkonova
Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Email:
Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda chet tillarini o‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan eng samarali innovatsion usullar va raqamli texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida “Flipped Classroom”, CLIL va geymifikatsiya kabi metodlarning talabalar motivatsiyasiga ta’siri hamda til o‘rganishdagi psixologik to‘siqlarni bartaraf etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt va VR texnologiyalarining dars samaradorligini oshirishdagi amaliy natijalari bayon etilgan. Maqola yakunida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: innovatsion metodlar, pedagogik texnologiyalar, chet tili, kommunikativ kompetensiya, geymifikatsiya, raqamli ta’lim, samaradorlik. Аннотация: В данной статье анализируется роль наиболее эффективных инновационных методов и цифровых технологий, используемых в современном процессе обучения иностранным языкам. В ходе исследования освещается влияние таких методов, как «Перевернутый класс» (Flipped Classroom), CLIL и геймификация, на мотивацию студентов и преодоление психологических барьеров. Также описаны практические результаты использования искусственного интеллекта и VR-технологий в повышении эффективности уроков. В заключении приводятся рекомендации по внедрению современных педагогических подходов в систему образования. Ключевые слова: инновационные методы, педагогические технологии, иностранный язык, коммуникативная компетенция, геймификация, цифровое образование, эффективность. Abstract: This article analyzes the role of the most effective innovative methods and digital technologies used in the modern process of teaching foreign languages. The study highlights the impact of methods such as "Flipped Classroom", CLIL, and gamification on student motivation and overcoming psychological barriers. Furthermore, the practical results of using artificial intelligence and VR technologies to increase lesson effectiveness are described. The article concludes with recommendations for integrating modern pedagogical approaches into the education system. Keywords: innovative methods, pedagogical technologies, foreign language, communicative competence, gamification, digital education, effectiveness. Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlar
Xorijiy til o‘qitishda qo‘llaniladigan nazariyalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va har bir o‘quvchining ehtiyojlariga moslashish imkonini beradi. Inklyuziv ta’lim sharoitida esa bu nazariyalar yanada muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular turli qobiliyat va ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Inklyuziv ta’limda sotsiokognitiv nazariya (Lev Vygotskiy), Ko‘p intellekt nazariyasi (Howard Gardner) va Tajribaviy o‘rganish modeli (David Kolb) muhim rol o‘ynaydi. Bu nazariyalar turli o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Bu nazariya inklyuziv ta’limda muhim, chunki maxsus ehtiyojga ega bolalar uchun individual yondashuv va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish talab etiladi. Howard Gardner(1983) o‘zining “Ko‘p intellekt nazariyasi” bilan o‘quvchilarning turli intellekt turlariga ega ekanligini ilgari surdi. Unga ko‘ra, har bir inson quyidagi intellekt turlaridan bir nechtasiga ko‘proq moyil bo‘lishi mumkin: lingvistik (til qobiliyati), mantiqiy-matematik, vizual-makonsaviy, musiqiy, tanoviy-kinestetik (harakat orqali o‘rganish), interpersonal (boshqalar bilan muloqot orqali o‘rganish), intrapersonal (o‘z-o‘zini tushunish), tabiiy-mavjudotga oid intellekt turlarini keltirishimiz mumkin. Bu nazariya inklyuziv ta’limda foydalidir, chunki har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyatiga mos o‘qitish metodlarini qo‘llash imkonini beradi. Masalan, ba’zi o‘quvchilar eshitish orqali o‘rganishga moyil bo‘lsa, boshqalari vizual materiallar orqali yaxshi o‘zlashtirishi mumkin (1) Ta’lim berishning yangi modeli sifatida e’tirof etilayotgan “Flipped Classroom” (teskari sinf) modeli tadqiqotchi-ekspertlar tomonidan samarali deb ta’kidlanmoqda. Ushbu model dastlab umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida qo‘llanilgan bo‘lsa, keyingi tajriba sinov natijalari uning oliy ta’limda samaraliroq bo‘lganini ta’kidlaydi. Chunki uning mazmuni nomiga mos bo‘lib – uy vazifasini sinfda, sinf vazifasini uyda bajarishda namoyon bo‘ladi. Psixofiziologik jihatdan maktabga nisbatan oliy ta’limda tahsil oluvchilarning shaxsiy rivojlanishda ustunliklarga egaligi bois Flipped Classroom universitet o‘quv jarayonida o‘zlashtirishning yaxshilanishiga hissa qo‘shdi.(2) Ingliz tilini o‘rganish dunyoda tez sur'atlar bilan o‘sib bormoqda, chunki u xalqaro muloqot uchun keng tarqalgan tildir. 2019-yil holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ingliz tilini o‘rganuvchilar soni 1,5 milliardga yetdi va ularning soni yanada oshishi kutilmoqda . Ingliz tilini chet tili sifatida (EFL) va ikkinchi til sifatida ingliz tilini (ESL) ikki xil o‘rganuvchilar mavjud. Ikkalasini farqlash uchun, EFL foydalanuchilari odatda ingliz tilidan biznes yoki zavqlanish uchun foydalanadilar, ESL talabalari esa har kuni ingliz tilidan foydalanadilar. Ingliz tilidagi ta'lim sifatini oshirish uchunturli xil ta'lim modellari ishlab chiqilgan: Kontentga asoslangan ta'lim (CBI),
maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP), ingliz tili o‘qitish vositasi sifatida (EMI) va CLIL. Ushbu modellardan CLIL so‘nggi paytlarda mashhurlikka erishdi va tilni o‘rgatish va o‘rganishning eng samarali usullaridan biri bo‘lib chiqdi. CLIL ikki yoʻnaltirilgan taʼlim usuli boʻlib, unda talabalar bir vaqtning oʻzida tilni ham, mavzu mazmunini ham oʻrganadilar. CLIL usulining o‘zagida 4Cs ya’nitarkib, bilish, aloqa va madaniyatni o‘zida birlashtiruvchi ramkalardan iborat. Birinchidan, talabalar til darsining mazmunini o‘rganadilar. Ikkinchidan, CLIL kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: "O‘quvchilarga tarkibni o‘z talqinini yaratishga imkon berish uchun uni lingvistik talablar uchun tahlil qilish kerak". Uchinchidan, muloqot tilni boshqa kontekstda o‘rganishdir.Nihoyat, yuqorida aytib o‘tilganidek, madaniyatni bilish xorijiy tilda rivojlanishning muhim tarkibiy qismidir. Diab, Abdel-Haq, and Aly (2018) CLIL ning chet tillarini o‘rganishdagi samaradorligini o‘rganishdi. Ularning tadqiqotlarida ta'kidlanganidek, til o‘rganish va madaniyatni o‘rganish yonma-yon boradi. O‘sha tilni o‘rab turgan madaniyatni o‘rganmasdan til o‘rganish deyarli mumkin emas. Darhaqiqat, madaniy xabardorlik odamlarning nutqiga ta'sir qilishiga yordam beradi. Tadqiqotda mualliflar ishtirokchilarning madaniyatni anglash darajasini aniqlash uchun oldingi va keyingi testlarni o‘tkazdilar. Tadqiqot natijalari CLIL usulini qo‘llash orqali talabalarning madaniy ongini sezilarli darajada yaxshilaganligini ko‘rsatdi. Geymifikatsiya – bu ta’limga o‘yin dizaynini olib kirishdir. U talabalarni ballar va "missiya"lar orqali rag‘batlantirib, oddiy topshiriqlarni ham qiziqarli marraga aylantiradi. Natijada o‘quvchi o‘zi bilmagan holda darsga faolroq kirishadi va o‘qishdan zavq ola boshlaydi. K.Ushinskiy, K.Verbaxva boshqa tadqiqotchilarning gemifikatsiyaning afzalliklari, cheklovlari va amaliy qo‘llash texnikalari haqidagi izlanishlari ham tahlil qilinadi. Tajriba Toshkent shahridagi 5–9-sinflar o‘rtasida olib borildi. Eksperimental sinflarda o‘yinlashtirilgan topshiriqlar, ball tizimi, mukofot belgilar (badge) va jamoaviy musobaqalar asosida darslar tashkil etildi. Nazorat sinflarida esa an’anaviy usulda dars o‘tildi. Natijalar, tadqiqot natijalariga ko‘ra: a) Geymifikatsiya joriy etilgan sinflarda o‘quvchilarning darsdagi faolligi 45% dan 80% gacha oshgan; b) O‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 25% ga yaxshilangan; c) So‘rov natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning 87% darslarni o‘yin orqali o‘rganishni yanada qiziqarli deb hisoblagan.
Bundan tashqari, geymifikatsiya o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratib, ularning o‘zaro yordam, jamoaviy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirgan. Sun’iy intellekt va uning ta’limdagi roli. Sun’iy intellekt zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ushbu texnologiya ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirish va takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Quyida sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi asosiy yo‘nalishlari keltirilgan: Individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish – sun’iy intellekt yordamida har bir o‘quvchiga mos keluvchi ta’lim dasturini ishlab chiqish va taqdim etish imkoniyati yaratiladi. Bu, ayniqsa, har bir o‘quvchining qobiliyat va ehtiyojlariga mos keluvchi moslashtirilgan ta’lim tizimini yaratishga yordam beradi; Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari – SI asosida ishlab chiqilgan test va imtihon tizimlari o‘quvchilarning bilimini real vaqt rejimida baholash imkonini beradi. Bu o‘quvchilarning natijalarini aniq va tezkor tahlil qilishga yordam beradi; Interaktiv o‘quv qo‘llanmalari – sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan o‘quv materiallari har bir o‘quvchining bilim darajasiga moslashtiriladi; Virtual o‘qituvchilar va chatbotlar – sun’iy intellekt asosida ishlovchi o‘qituvchilar va yordamchi chatbotlar o‘quvchilarga 24/7 rejimida ta’lim olish imkonini beradi. Virtual reallik (VR) texnologiyasi yordamida o‘quvchilar kimyo, fizika, biologiya va boshqa fanlarda amaliy tajribalar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu sohalarda VR simulyatsiyalari o‘quvchilarga xavfsiz sharoitda murakkab va xavfli tajribalarni amalga oshirishni ta’minlaydi. O‘quvchilar kimyo laboratoriyasida yoki fizika sinfida turli materiallar bilan ishlashning xavfli usullarini tajriba qilishdan ko‘ra, ular VR yordamida shunday tajribalarni xavfsiz tarzda amalga oshiradilar, masalan, portlovchi kimyoviy moddalarni o‘rganish. Tarixiy sayohatlar – O‘quvchilarni qadimiy dunyoga olib kirish. VR texnologiyasi orqali o‘quvchilar tarixiy joylarga va davrlarni virtual sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, o‘quvchilar qadimiy Misrning piramidalari yoki Rim imperiyasining muhtasham arxitekturasi bilan tanishishlari mumkin. Bu virtual sayohatlar o‘quvchilarga tarixiy voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatini yaratadi va ular uchun tarixni interaktiv tarzda o‘rganish tajribasini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Innovatsion metodlar va raqamli texnologiyalarning ta’limdagi samaradorligini oshirish uchun quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya etiladi:
O‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish: Pedagoglar uchun nafaqat yangi texnologiyalardan foydalanish, balki ularni dars rejasiga qanday qilib moslashtirish bo‘yicha doimiy amaliy treninglar va seminarlar tashkil etish zarur. O‘qituvchi texnologiyadan foydalana olishi emas, uni o‘quv maqsadlariga xizmat qildirishi muhim. Ta’lim platformalarini boyitish: Har bir o‘quv muassasasi “Flipped Classroom” modeli uchun zarur bo‘lgan sifatli video-kontentlar, elektron darsliklar va interaktiv topshiriqlar bazasini shakllantirishi lozim. Bu talabalarga darsdan tashqari vaqtda ham sifatli bilim olish imkonini beradi. Baholash tizimini zamonaviylashtirish: Geymifikatsiya elementlarini (ballar, nishonlar, reytinglar) baholash jarayoniga kiritish kerak. Bu o‘quvchilarning "baholanishdan qo‘rqish" holatini kamaytiradi va ularni jarayonga qiziqtiradi Xulosa qilib aytsak, olib borilgan tahlil va kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishning eng samarali yo‘lidir. Tadqiqot jarayonida “Flipped Classroom” va CLIL kabi metodlar talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirib, ularni dars davomida yanada faolroq bo‘lishga undashi aniqlandi. Geymifikatsiya esa o‘quv jarayoniga qiziqishni oshirib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashga yordam berdi. Sun’iy intellekt va virtual reallik texnologiyalari esa ta’limni shaxsiylashtirish hamda murakkab mavzularni amaliy muhitda o‘rganish uchun yangi ufqlarni ochmoqda. Xulosa qilib aytganda, xorijiy tillarni o‘qitishda an’anaviy usullar bilan innovatsion yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, pedagoglarning raqamli savodxonligini oshirish va ta’limga zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich tatbiq etish kelajakda yuqori natijalarga erishishning asosiy garovidir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- 1 Brown, H. D. (2007). Principles of language learning and teaching (5th ed.). Pearson Education. 2 Hew, K., & Lo, C. (2018). Flipped classroom improves student learning in health professions education: a metaanalysis. BMC Medical Education, 18 3 Diab, A.A.M., Abdel-Haq, E.M. and Aly, M.A.S. (2018) The Effectiveness of Using Content and Language Integrated Learning (CLIL) Approach to Enhance EFL Stu-dent Teachers’ Cultural Awareness.
- Dehkhonova, G. A. (2024). THE CLASSIFICATION OF LEXICAL UNITS WITH FINANCIAL POSITION ACCORDING TO SCIENTISTS VIEW. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 542-549.
- Tursunov, S. (2022). Ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy usullari. Toshkent: TDPU nashriyoti.
- Johnson, L., & Adams Becker, S. (2019). Virtual Reality in Learning: The Future of Education. EdTech Publishers.
- Zakirovich, D. Z. (2025). INTEGRATIVE LANGUAGE TEACHING TO STUDENTS OF CHEMISTRY FACULTY. PROSPECTS OF TEACHING ENGLISH FOR PROFESSIONAL PURPOSES IN NON–PHILOLOGICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS, 383-389.
- Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011722
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/820
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 222–228
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25