INGLIZ TILI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASHDALEKSIK-PRAGMATIK KOMPETENSIYANITAKOMILLASHTIRISH
Yusupova Nodiraxon Erkinjon qiziZahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 263–268
Annotatsiya
Ushbu maqolada leksik-pragmatik kompetensiyaning rasmlari hamda uning matnni oshiradi jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. matnni leksikpragmatik tahlil yordam beruvchi kontekst, nutqiy vaziyat, Madaniy omil va kommunikativ munosabatlar kabi tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaИНГЛИЗ ТИЛИ ДАРСЛАРИДА МАТН УСТИДА ИШЛАШДАЛЕКСИК-ПРАГМАТИК КОМПЕТЕНЦИИТАКОМИЛЛАШТИРИШ
В данной статье освещается сущность лексико-прагматической компетенции и ее важность в процессе понимания текста. Также анализируются такие аспекты, как контекст, речевая ситуация, культурные факторы и коммуникативные установки, которые помогают в лексико-прагматическом анализе текста.
inglizchaINGLIZ TILI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASHDALEKSIK-PRAGMATIK KOMPETENSIYANITAKOMILLASHTIRISH
This article highlights the essence of lexical-pragmatic competence and its importance in the process of understanding the text. It also analyzes aspects such as context, speech situation, cultural factors and communicative attitudes that help in the lexico-pragmatic analysis of the text. Abstract: This article highlights the essence of lexical-pragmatic competence and its importance in the process of understanding the text. It also analyzes aspects such as context, speech situation, cultural factors and communicative attitudes that help in the lexico-pragmatic analysis of the text.
Kalit so‘zlar
- Leksik-pragmatik kompetensiya
- kontekst
- nutqiy vaziyat
- madaniy omil
- implikatura
- kommunikativ kompetensiya
- matn tahlili
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
11. Полат Е. С. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования. – Москва: Академия, 2016. 12. Warschauer M. Technology and Social Inclusion: Rethinking the Digital Divide. – MIT Press, 2004. 13. Selwyn N. Education and Technology: Key Issues and Debates. – London: Bloomsbury Academic, 2016. 14. Cetin O., Cakiroglu M., Bayılmış C., Ekiz H. The Importance of Education for Technological Development and the Role of Internet-Based Learning in Education. – 2023. 15. Ismoilov I. “Talabalarni axborot ta’limi muhitida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari”. Inter education global study(2025. Vol.3. №7). 202-208. 16. Ismoilov I. “Talabalarda kreativlikni shakllantirishga doir ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar tahlili”. “Xalqaro standartlar asosida maxsulot sifatini ta’minlashda energiya va resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning innovatsion usullari” mavzusida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman. 2025 yil. 445- 17. Ismoilov.I. “Talabalarni axborot-ta’limi muhitida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning mazmun mohiyati”. NamDU Ilmiy Axborotnoma 2025-yil 3-son 18. Ismoilov I. “Oliy ta’lim talabalariga axborot-ta’lim muhitini yaratishning ijtimoiy zaruriyati”. Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlari 2025-yil 2- son C seriya.
INGLIZ TILI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASHDA LEKSIK-PRAGMATIK KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISH
Yusupova Nodiraxon Erkinjon qizi Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti yusupovanodiraxon1998@gmail.com [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Mazkur maqolada leksik-pragmatik kompetensiyaning mohiyati hamda uning matnni tushunish jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, matnni leksik-pragmatik tahlil qilishga yordam beruvchi kontekst, nutqiy vaziyat, madaniy omil va kommunikativ munosabat kabi jihatlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: leksik-pragmatik kompetensiya, kontekst, nutqiy vaziyat, madaniy omil, implikatura, kommunikativ kompetensiya, matn tahlili.
Аннотация: В данной статье рассматривается сущность лексико-прагматической компетенции и её роль в процессе понимания текста. Также анализируются основные факторы лексико-прагматического анализа текста, такие как контекст, речевая ситуация, культурный фактор и коммуникативные отношения. Ключевые слова: лексико-прагматическая компетенция, контекст, речевая ситуация, культурный фактор, импликатура, коммуникативная компетенция, анализ текста. Annotation: This article discusses the concept of lexical-pragmatic competence and its role in text comprehension. It also analyzes key factors of lexical-pragmatic text analysis such as context, speech situation, cultural factor, and communicative relations. Keywords: lexical-pragmatic competence, context, speech situation, cultural factor, implicature, communicative competence, text analysis.
Leksik-pragmatik kompetensiya til kompetensiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u shaxsning so‘z boyligini bilishi va ushbu leksik birliklarni muloqot jarayonida vaziyatga mos ravishda to‘g‘ri qo‘llay olish qobiliyatini ifodalaydi [1]. Ushbu kompetensiya nafaqat so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini anglashni, balki ularning nutqiy kontekstda qanday maqsad va vazifada ishlatilishini ham tushunishni o‘z ichiga oladi.
Leksik-pragmatik kompetensiya rivojlangan shaxs nutqda bir xil ma’noni ifodalovchi turli so‘zlarni vaziyatga qarab tanlay oladi[2]. Masalan, kundalik nutqda oddiy va sodda leksik birliklardan foydalanilsa, rasmiy yoki ilmiy muloqotda yanada aniq va adabiy uslubga xos so‘zlar qo‘llanadi. Shu sababli ham ushbu kompetensiya samarali kommunikatsiyani ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Mazkur kompetensiya shaxsning til birliklarini nafaqat bilishi, balki ularni real muloqot jarayonida mazmun, vaziyat va nutq maqsadiga mos holda ongli ravishda qo‘llay olish qobiliyatini ifodalaydi [3]. Bu kompetensiya til o‘rganish va nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Matn ustida ishlashda matnni leksik-pragmatik tahlil qilishga koʻmak beruvchi omillar mavjud, ularsiz matnning mazmunini tushunish imkonsizdir.
1. “Context”. Koʻpincha til oʻqitish darslarda katta asarlardan olingan kichik matnlar ustida ishlanadi. Ushbu holatda ajiratib olingan matn mazmunini toʻligʻicha tushunib olish uchun asarning qolgan qismlarini ham oʻqish zarur hisoblanadi. Germaniyalik lingvist Veronika Thir konteks atamasini nutq sodir bo‘layotgan vaziyat haqida qo‘shimcha ma’lumot berish vazifasini bajaruvchi ekstralingvistik omillarni anglatuvchi tushuncha sifatda ta’riflaydi [4]. Misol uchun, so she was waiting someone come to her room, because she really wanted to go outside and walk through the garden. (Shuning uchun u xonasiga kimningdir kelishini kutayotgandi, sababi u tashqariga chiqishni va bogʻboʻylab sayr qilishni xohlardi). Ushbu matnning tushunarsiz jihati shundaki, u nega tashqariga chiqish uchun kimningdir xonasiga kelishini kutishi kerak? Bu savolga ushbu matnning konteksiga e’tibor qaratamiz. She was sitting on a wheelchair in her room, and having a desire to breath fresh air, hear bird’s chirps. So she was waiting someone come to her room, because she really wanted to to outside and walk through the garden. (U xonasida nogiron aravachasida toza havodan nafas olish va qushlar ovozini eshitish istagi bilan oʻtirar edi. Shuning uchun u xonasiga kimningdir kelishini kutayotgandi, sababi u tashqariga chiqishni va bogʻboʻylab sayr qilishni xohlardi) Ushbu kontekst yordamida esa yuqoridagi savolga javob topa olamiz, chunki u nogiron edi degan xulosaga kelishimiz mumkin.
2. Nutqiy vaziyat. Ushbu omil ham matn mazmunini toʻlaqonli anglash uchun matndagi voqealar yuz berayotgan vaziyatni anglay olish zaruriyatini nazarda tutadi. “Nutqiy vaziyat” keng tushuncha boʻlib, voqea yuz berayotgan makon, zamon, soʻzlovchilarning oʻzaro munosabati va boshqalar haqida ma’lumot beradi. Masalan, “But I don’t think the little we should spend would do any good. We’ve each got a dollar, and the army wouldn’t be much helped by our giving that.I agree not to expect anything from Mother or you, but I do want to buy Undine and Sintran for myself. I’ve wanted it so long,” said Jo, who was a bookworm[5]. "
Yuqoridagi matndagi nutqiy vaziyat sifatida urush boʻlayotganligi, oilalar esa nochorligidan qiynalayotganligi, har bir oila urushga ketgan yaqinlari uchun moddiy koʻmak berishni majburiyat sifatida his qilayotganligini koʻrishimiz mumkin.
3. Madaniyat. Ushbu omil ham matnni batafsil anglash uchun muhim hisoblanadi. Matnda yuz berayotgan voqealarni tushunish uchun matn personajlarining madaniyati, urf-odat, an’analari, madaniy dunyoqarashlari haqida tushunchaga ega boʻlmoq lozim. Angliyalik metodistlar M. Steffensen, C. Joag-Dev, R. Andersonlar fikricha, qachonki talabalar matnda tasvirlangan madaniyat haqida tushunchalarga ega bo‘lsa, ular mazkur matnni yaxshiroq tushuna oladilar[6]. Misol uchun, “Christmas won’t be Christmas without any presents," grumbled Jo, lying on the rug. "It’s so dreadful to be poor!" sighed Meg, looking down at her old dress [7].”
Mazkur matndagi “Christmas won’t be Christmas without any presents” gapini toʻliq idrok etish uchun matn qahramonlarining madaniyati borasida bilimga ega boʻlmoq lozim. Ingliz madaniyatida “Christmas” bayramida bolalarga sovgʻa berish urf-odat sifatida koʻriladi, shuning ham har bir bola kattalardan, ota-onalaridan sovgʻa kutadi. Faqatgina kambagʻal oila farzandlarigina sovgʻa olmasligi mumkin. Shuning uchun ham matnda qahramonning sovgʻa olmaganligidan norozi ekanligini tushunishimiz mumkin. 4. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat. Pragmatik tahlil jarayonida nutqiy munosabat muhim rol o‘ynaydi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida muloqot jarayoni yuz berayotganda o‘zaro bir-biri tushunish, navbat olish (turn-taking), paralingvistik vositalar orqali ma’lumot yetkazish kabi vazifalar bajariladi. Muloqot jarayonida nutqiy munosabat quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi. Hamkorlik munosabati (Cooperative principle). So‘zlovchi va tinlovchi muloqotda hamkorlik qiladi. So‘zlovchi savol bersa, tinglovchi javob beradi, shu orqali muloqotda bir-birini to‘ldirish orqali muloqot jarayonini yuzaga keladi. Bunda nafaqat leksik birliklardan foydalaniladi, balki noverbal munosabat ham o‘rnatilib, imo-ishoralar orqali xayrixohlik, rad etish kabi ma’nolar ifodalanishi mumkin. Masalan, - What time is the meeting? (Majlis soat nechida?) - At 3 p.m. (Soat 3 da) Ushbu dialogda nutqiy munosabat hamkorlik munosabati asosida shakllantirilgan. - What time is the meeting? (Majlis soat nechida?) - Why are you asking? (Nimaga so‘rayapsiz?) Lekin yuqoridagi munosabatda hamkorlik munosabati buzilgan, chunki tinglovchi tomonidan so‘zlovchi so‘rog‘iga muvofiq javob berilmagan. Yashirin ma’no asosidagi munosabat (Implikatura). So‘zlovchi tinglovchiga anglatmoqchi bo‘lgan ma’noni bilvosita bayon etadi. Ushbu munosabat asosan rasmiy nutqda, kinoyali muloqot jarayonida yoki tinglovchining ijtimoiy obro‘sini, qadr-qimmatini, hurmatini saqlash maqsadi (face-saving)da yuzaga keladi. Bu munosabatda yetkazilishi ko‘zlangan ma’lumot bevosita emas, bilvosita ifodalanadi. Masalan, - You must come and dine with us tomorrow. (Ertaga biz bilan tushlik qilishga keeling.) - You are very kind, but I am sure you have enough company? (Siz juda mehribonsiz, lekin ishonamanki, sizda yetarli hamroxlar bor.)
Muallifning yondashuvi, fikri va faktlarni farqlash. Mazkur omil oʻquvchilarga matnda bildirilayotgan fikr, fakt va muallifning munosabatini ajiratib olish uchun muhim sanaladi. Matnda keltirilayotgan har bir ma’lumotni oʻquvchi qanday qabul qilishi, uni tahlil etishi, fakt sifatida doimiy yodda saqlashi, fikr sifatida unga nisbatan oʻz qarashlarini bildira olishi, muallifning matnda bildirilayotgan muommoga nisbatan munosabatini ongli ravishda anglay olishi oʻqib tushunish koʻnikmasini shakllantirishda muhim omil sanaladi. Misol uchun, quyidagi gapda fikr va fakt oʻrtasidagi farq yaqqol koʻrsatib berilgan. - Canada is the second largest country in the world. - I feel that Justin Trudeau is a great Prime Minister. Birinchi gapda qoʻllanilgan present simple zamoni ushbu gap fakt ekanligiga ishora qilsa, ikkinchi gapda keltirilgan “I feel” kirish soʻzi mazkur gapning fikr ekanligini koʻrsatadi. Yuqoridagi kabi tahlil amaliyotini oʻtkaza olish uchun oʻquvchilarga oʻqituvchi tomonidan toʻgʻri yoʻnalish berilishi lozim. Muallifning munosabatini aks ettirish borasida gap ketganda aytishimiz mumkinki, muallifning matnda qoʻllagan soʻzlari va iboralari uning munosabatini yaqqol koʻrsatib berish xususiyatiga ega. Misol uchun, “old woman” soʻzining salbikonnotatsiyaga ega sinonimini matnda qoʻllash orqali muallif oʻzining salbiy munosabatini koʻrsatishi mumkin. Masalan, “baba yaga”, “bag lady”, “blue-hair” va boshqalar. Yuqorida keltirilgan tahlillardan ko‘rinadiki, matnni leksik-pragmatik tahlil qilishda kontekst, nutqiy vaziyat, madaniy omillar, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat hamda muallifning yondashuvi kabi omillar asosiy rol o‘ynaydi. Mazkur omillar matnda ifodalangan yashirin ma’nolarni anglash, voqea-hodisalarni to‘g‘ri talqin qilish hamda matn mazmunini to‘liq idrok etishga yordam beradi. Ayniqsa, madaniy va kommunikativ jihatlarni hisobga olish o‘quvchilarning matnni chuqurroq tushunishiga xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Grice H. P. Logic and Conversation. — New York: Academic Press,
- Leech G. N. Principles of Pragmatics. — London: Longman, 1983.
- Yule G. Pragmatics. — Oxford: Oxford University Press, 1996.
- Thir V. "Co-text, context and listening proficiency as crucial variables in intelligibility among nonnative users of English. Studies in second language acquisition. 2023. P:1211.10.1017/s0272263123000207
- A.L. May. Little Women. Mint editions. 2020. P:46. M. Steffensen, C. Joag-Dev, R. Andersen. A cross-cultural perspective on reading comprehension. Reading research quarterly, 15, P: 10-29.10.2307/747429
- A.L. May. Little Women. Mint editions.2020.P:3
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011713
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/806
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 263–268
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25