Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Mevali daraxtlar mevalari tarkibidagi qand miqdorini aniqlash
Erimova A.J., Ubaydullayeva A.K. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada olma, nok, o‘rik, shaftoli va olxo‘ri kabi mevali daraxtlar mahsulotlaridagi qand miqdorini aniqlashning nazariy asoslari va laboratoriya usullari ko‘rib chiqildi. Mevaning shirinligi faqat qandning umumiy massa ulushiga emas, balki glyukoza, fruktoza va saxaroza nisbatiga, organik kislotalarga, pishish bosqichi va saqlash sharoitiga ham bog‘liq. Laboratoriya ishida suvda eriydigan quruq moddalar refraktometrik usulda baholandi, qaytaruvchi qandlar esa titrimetrik usulda aniqlandi. Maqolada tajribani tashkil etish algoritmi, hisoblash formulalari, model natijalari tahlili va usulning cheklovlari keltirildi. Taklif etilgan usullar meva sifatini baholash, o‘lchash ma‘lumotlarini statistik qayta ishlash va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tilshunosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimalar
E.K.Erimbetova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ingliz tilshunosligi, qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvokulturologiya hamda ingliz tilini o‘qitish metodikasi sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan olima ayollarning o‘rni va qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qoraqalpoq davlat universiteti va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti olimalarining ilmiy yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va erishgan natijalari yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Olima ayollarning qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishdagi ilmiy faoliyati
Erimbatova Shahnoza Nurulla qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Mazkur tezisda O‘zbekiston olima ayollarining qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishdagi ilmiy faoliyati, xususan, quyosh energetikasi va yarimo‘tkazgich materiallarni tadqiq etishdagi ishtiroki yoritiladi. Mahalliy tadqiqotchilarning ilmiy nashrlari asosida fotoelektrik qurilmalar samaradorligini oshirishga qaratilgan izlanishlarning mazmuni ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish orqali olima ayollarning ilmiy salohiyatini amaliy loyihalar bilan bog‘lash imkoniyatlari muhokama etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar «Olima» uyushmasi doirasida ustozlik, ilmiy hamkorlik va tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish yuzasidan takliflar bildiriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
История развития женского предпринимательства в Узбекистане
Ergasheva Yulduz Alimovna · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Maqolada 1991–2021-yillarda O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining rivojlanishi ko‘rib chiqiladi. Tarixshunoslik tahlili mahalliy tadqiqotlarni, institutsional yondashuvni va tadbirkorlikning gender modelini o‘zida birlashtiradi. Qonunchilik va e‘lon qilingan arxiv ma‘lumotlari asosida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridagi o‘zgarishlarni davrlashtirish taklif etilgan. Xo‘jalik mustaqilligi, oilaviy bandlik va kasanachilik o‘rtasidagi farqlar aniqlashtirilgan. Korxonalar barqarorligini baholash va manbalar bazasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Karamda mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash o‘sishi va rivojiga ta‘siri
Erejepova Gulbaxar Tajetovna, Mullabaev Baxram Atanazarovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Qishloq xo‘jaligida sabzavot ekinining ancha qismini karam egallaydi. Bu ekinni butun yil davomida boshqa davlatlarga eksport qilish va aholi uchun vitaminga boy va to‘yimli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Sanlı dáwirde kontent túrleri, formatları hám tarqatıw kanalları
Erejepova Gúldana Tilewmuratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Bul teziste sanlı dáwirde kontent túsinigi, onıń túrleri, formatları hám tarqatıw kanalları ilimiy-analitikalıq jaqtan tallanǵan. Kontent tek ǵana informaciya jetkeriw quralı emes, al brend hám auditoriya arasında emocional baylanıstı qáliplestiriwshi tiykarǵı mexanizm ekenligi tiykarlanǵan. Sonday-aq, Ózbekstan media ortalıǵında hár qıylı kontent formatların tiyisli platformalarǵa durıs jaylastırıw hám kontent-marketing strategiyasın nátiyjeli shólkemlestiriw usılları kórsetip berilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Davlat va jamiyat qurilishida gender tenglik: olima va rahbar ayollar maqomi tahlili
Eliwbaeva Zulhumar, Gulshinar Xudaybergenova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Hayotimiz asosi, ko‘rki va millatimiz kelajagi ayol bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Ushbu maqolada xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rahbarlik o‘rni, ularning siyosiy faolligi hamda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Milliy va ma‘naviy qadriyatlarimizdagi ayol siymosidan tortib, Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni ta‘minlash, ayol rahbarlar va olimkalarni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan huquqiy-me‘yoriy hujjatlar va ularning amaliy natijalari statistik ma‘lumotlar asosida yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Organik, siderat va noan‘anaviy o‘g‘itlarning kuzgi bug‘doy o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri
Elemesova Nargiza Isataevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Tuproq sho‘rlanishini kamaytirish, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligi va sifatini oshirish uchun agromeliorativ tadbirlarni olib borish, o‘tmishdosh ekinlar va mineral agrorudalarning kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirishdagi samaradorligini ishlab chiqish, yerga organik va siderat o‘g‘itlarni qo‘llash – muammolarini hal qilish yo‘li deb hisoblaymiz.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Polat korroziyasın ingibirlewdi elektroximiyalıq usıl járdeminde izertlew
Durdubaeva R.M., Kengashboeva X.B. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Bul maqalanıń maqseti quramında fosfor saqlaǵan oligomerdi agressiv eritpede (1 M HCl) uglerodlı polattıń korroziya ingibitori retinde úyreniw bolıp tabıladı. Ciyanur kislota menen fosfor (V) xlorid tiykarındaǵı quramında fosfor saqlaǵan oligomerdiń hár túrli koncentraciyalarda tásiri potenciodinamikalıq polyarizaciya járdeminde bahalandı. 1 M HCl da PSK-1 koncentraciyası artıwı menen katod hám anodlıq korroziya aǵımı tıǵızlıǵı sezilerli dárejede kemeydi, bul quramında fosfor saqlaǵan oligomer ingibitor katod hám anodlıq reakciyalarǵa da tásir etiwi múmkinligin kórsetedi. Polimerdiń Ecorr mánisi −451,7 mV tı quradı, sol sebepli ol aralas túrdegi ingibitor sıpatında klassifikaciyalanadı. 1 M HCl daǵı fosfor oligomeriniń 500 mg/l polyarizaciya parametrleri sáykes túrde 97,76 % ti quraytuǵın sezilerli dárejede joqarı ingibirlew nátiyjeliligine iye hám fosfor oligomeriniń koncentraciyası artıwı menen ingibirlew nátiyjeliligi de artadı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Biologiya darslarida o‘quvchilar bilimi va yutuqlarini baholash shakllaridan foydalanish
Duisebekova A.M., G.A. Miliyarova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada o‘quv jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish vazifalarini hal etishdagi asosiy masala biologiya ta‘limida baholash tizimini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq ekani sababli o‘qituvchilarning biologik bilimlarni baholashning samarali shakllarini qo‘llash holati ko‘rib chiqiladi. Rejalashtirilgan ta‘lim natijalariga erishish uchun maktab ichida ta‘lim yutuqlari monitoringini o‘tkazish bayon etilgan. Ta‘lim sohasida o‘zlashtirishni baholashning qoniqarsiz qo‘llanilishi malakali pedagog kadrlar tanqisligi, pedagogika fanining rivojlanmaganligi, ta‘lim tizimi moddiy-texnika bazasining zaifligi bilan ham bog‘liq.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Zulfiyanıń kórkem estetikalıq kózqaraslarınıń qaraqalpaq poeziyasına tásiri
Dosımbetova Abadan Alievna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqalada XX ásirdegi ózbek hayal-qızlar poeziyasınıń belgili wákili Zulfiya shıǵarmalarınıń qaraqalpaq kórkem estetikalıq oy dúnyasın bayıtıwdaǵı ornı úyrenilgen. Shayır shıǵarmalarınıń qaraqalpaq shayırları shıǵarmaları menen únlesligi, qaraqalpaq tiline awdarılıwı, ideyalıq ózgeshelikleri sóz etilgen. Sonday-aq, qaraqalpaq hayal-qız shayırlarınıń ósip jetilisiwinde, hayal-qızlardıń dártlerin, ishki keshirmelerin sáwlelendiriwde Zulfiya shıǵarmalarınıń joqarı kórkemlik úlgisi bolıp xızmet etetuǵını belgilep ótiledi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Keshigiwshi argumentke iye ekinshi tártipli sızıqlı differenciallıq teńlemeler ushın sheshimniń integrallıq kórinisi
Djakaeva Kenjagul Davletbaevna, Askarova Dilafruz Baxtiyarovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqalada ekinshi tártipli keshigiwshi argumentke iye sızıqlı differenciallıq teńlemeler qarastırıladı. Baslanǵısh funkciya ushın Makleron qatarın paydalanıw arqalı qarastırılıp atırǵan teńlemelerdiń sheshimi integrallıq kóriniste anıqlanadı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Harbiy ta‘lim muassasalari kursantlarining psixologik adaptatsiyasi va stressga bardoshliligini shakllantirish omillari
Dauletova Go‘zal Muratbayevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu ilmiy maqolada harbiy hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta‘lim muassasalari va harbiylashtirilgan bilim yurtlarining birinchi bosqich kursantlari va tarbiyalanuvchilarining kasbiy va ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi, stressga bardoshlilik ko‘rsatkichlari hamda shaxsiy psixologik xavfsizlik darajasini oshirish omillari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida kursantlarning o‘z-o‘zini tashkil etish (samoorganizatsiya) komponentlari, samoprezentatsiya taktikalari hamda harbiy-kasbiy motivatsiyasi o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar empirik usullar yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijalari kursantlarning ruhiy salomatligini saqlash, emotsional zo‘riqish va dezadaptiv holatlarning oldini olish hamda ta‘lim-tarbiya jarayonini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Galvanik ishlab chiqarish oqova suvlaridagi og‘ir metall ionlari: ekologik xavfi va tozalash usullari
Dauletmuratova Nadejda Abatovna, Kuralbayeva Zuxra · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu tezisda galvanik ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarning tarkibi, ularda uchraydigan og‘ir metall ionlarining atrof-muhit va inson salomatligiga ta‘siri hamda oqova suvlarni tozalash usullari tahlil qilingan. Galvanik jarayonlarda mis, nikel, xrom, rux, qo‘rg‘oshin, kadmiy, qalay, kumush va oltin kabi metallardan foydalanilishi natijasida turli tarkibdagi sanoat oqova suvlari hosil bo‘ladi. Ayniqsa, xrom, kadmiy, qo‘rg‘oshin va nikel ionlarining yuqori konsentratsiyada bo‘lishi ekologik jihatdan xavfli hisoblanadi. Oqova suvlarni samarali tozalash uchun neytrallash, kimyoviy cho‘ktirish, sorbsiya, ion almashinish va boshqa fizik-kimyoviy usullardan foydalanish mumkin.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Fuqarolik-huquqiy tarbiyaning xalqaro tajribalari va ularni umumta‘lim maktablarida qo‘llash imkoniyatlari
Dauletbayeva Jadiraxan Aliy qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Mazkur tezisda fuqarolik-huquqiy tarbiyaning xalqaro tendensiyalari va uni O‘zbekiston maktablarida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Ta‘lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ICCS 2022 natijalari va Shvetsiya, Polsha, Daniya, Ispaniya, Yaponiya tajribasini o‘rganishga qaratilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, muvaffaqiyatli modellarda fuqarolik-tarbiya nazariy bilim berish bilan cheklanmagan, balki o‘quvchilarning maktab hayotidagi ishtiroki va amaliyot bilan birga olib borilgan. Shuningdek, “oila-maktab-mahalla” hamkorligiga tayangan. Tezis yakunida xulosalar va fuqarolik-huquqiy tarbiyani turli fanlar mazmuniga singdirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Akrilamidning akril kislotasi bilan sopolimerlari 0,0125% li eritmalarining qovushqoqligiga monomerlar nisbati va sintez haroratining ta‘siri
Dauletbayeva Raushan Kuanishbayevna, Dauletova Jamilya Ken‘esbayevna, Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, Naurizbayeva Tamara Orakbayevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada akrilamid (AA) va akril kislota (AK) larning birgalikda sopolimerlari eritmalarining qovushqoqlik xususiyatlariga monomerlar nisbati va sintez haroratining ta‘siri keltirilgan. Kuchli suyultirilgan 0,0125% li eritmalarda sintez haroratining ta‘siri kuchsiz namoyon bo‘lishi, qovushqoqlikning sezilarsiz o‘zgarishi polimer zanjirlarining past konsentratsiyasi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
A comparative analysis of hyperbole as a figurative language device in English and Karakalpak novels
Dauletbaeva Mexriban Dastanovna, Badirova Dilfuza Asamatdinovna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada ingliz va qoraqalpoq romanlarida badiiy tasvir vositasi sifatida qo‘llanadigan giperbola F. Skott Fitsjeraldning «Buyuk Getsbi» va M. Nizanovning «Ashıq bolmaǵan kim bar» asarlari misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda giperbolik ifodalar his-tuyg‘ularni kuchaytirish, personajlar kechinmalariga urg‘u berish hamda ijtimoiy va psixologik mazmunni yetkazish uchun qanday qo‘llanishi o‘rganiladi. Ikki adabiy an‘anada giperbola qo‘llanishidagi o‘xshashlik va farqlarga alohida e‘tibor qaratiladi. Tahlilda giperbolik ifodalarning adabiy kontekstdagi semantik, stilistik va kommunikativ vazifalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot giperbola nafaqat bo‘rttirish vositasi, balki kuchli his-tuyg‘ularni ifodalash, personajlarni tavsiflash hamda badiiy tilning obrazliligi va ta‘sirchanligini kuchaytirishning muhim usuli ekanini ko‘rsatadi. Ingliz va qoraqalpoq romanlaridan olingan misollarni qiyoslash orqali giperbolik ifodaning ham universal, ham madaniyatga xos xususiyatlari yoritib beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
The role of metaphors in shaping the lyrical plot in the poetry of I.Yusupov
Daniyarova G.P · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Lirik she‘riyatda syujet epik janrlardagi kabi tashqi voqealar orqali emas, balki lirik subyekt ichki dunyosining bosqichma-bosqich ochilishi orqali rivojlanadi. Bu jarayonda metaforalar hal qiluvchi o‘rin tutadi: ular faqat ifoda vositasi emas, balki lirik syujetni shakllantiruvchi tarkibiy unsur vazifasini ham bajaradi. I. Yusupov she‘riyatida metaforalarning turli xillari, ayniqsa, jonlantiruvchi va narsalashtiruvchi metaforalar lirik syujetning dinamik ochilishiga xizmat qiladi. Metaforik fe‘llar lirik tuzilmaga harakat olib kirishda muhim o‘rin tutadi, ot va sifatlardan yasalgan metaforalar esa ramziy ma‘nolar va hissiy ziddiyatlarni kuchaytirib, lirik syujetni chuqurlashtiradi. Shunday qilib, I. Yusupov she‘riyatida metaforalar shunchaki uslubiy bezak emas, balki lirik syujet qurilishining asosidir. Metaforik o‘zgarishlar orqali shoir hissiy kechinmalarni tartibga soladi, lirik fikr yo‘nalishini belgilaydi va yaxlit badiiy tuzilma yaratadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
T.Mátmuratov shıǵarmalarında awızeki sóylew tili birlikleriniń jumsalıwı
Buxarbaeva Jazira Jaksilikovna, Perdebaeva Gúlzar Maxashbaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada shoir T.Matmuratov asarlaridagi og‘zaki nutq tiliga xos bo‘lgan birliklar o‘rganiladi. Shoir asarlaridagi og‘zaki nutq tiliga xos bo‘lgan birliklarning so‘z turkumlariga bog‘liqligi va emotsional-ekspressiv ta‘sirchanligi tahlil etildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Современные гидроэкологические проблемы бассейна Аральского моря
Berdimuratova A., Seytbekova A.B., Janabayeva A.J. · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Maqolada rivojlanishining dastlabki bosqichi 1988–1990-yillarga to‘g‘ri keladigan Orol dengizi havzasining hozirgi gidroekologik muammolari ko‘rib chiqiladi. Birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ajratib ko‘rsatilgan: daryo suvlarining kamayib ketishi va ifloslanishi, kollektor-zovur oqimining salbiy roli, antropogen irrigatsiya-tashlama ko‘llarining holati, mintaqaning pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishi, ichimlik suvi sifatining yomonlashuvi. Minerallashuv, ion tarkibi, biogen va organik moddalarning ko‘p yillik va mavsumiy o‘zgarishlarini suvning ifloslanish indeksi (SII) yordamida o‘rganish muhimligi ta‘kidlanadi. Sug‘oriladigan hududlarni alohida kollektorlar bo‘yicha havzaviy rayonlashtirish hamda gidroekologik jarayonlarni aks ettirishda GAT-xaritalardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Orol dengizi va Amudaryo deltasi ekotizimlarini saqlab qolish o‘zaro bog‘liq gidroekologik vazifalarni kompleks hal etishni talab qilishi qayd etilgan.