Asosiy mazmunga o‘tish

Davlat va jamiyat qurilishida gender tenglik: olima va rahbar ayollar maqomi tahlili

Eliwbaeva Zulhumar, Gulshinar XudaybergenovaO‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti Nukus filiali https://ror.org/014aset472026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 544–547

Annotatsiya

Hayotimiz asosi, ko‘rki va millatimiz kelajagi ayol bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Ushbu maqolada xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rahbarlik o‘rni, ularning siyosiy faolligi hamda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Milliy va ma‘naviy qadriyatlarimizdagi ayol siymosidan tortib, Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni ta‘minlash, ayol rahbarlar va olimkalarni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan huquqiy-me‘yoriy hujjatlar va ularning amaliy natijalari statistik ma‘lumotlar asosida yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaГендерное равенство в государственном и общественном строительстве: анализ статуса женщин-учёных и женщин-руководителей

Основой и украшением нашей жизни, будущим нашей нации была и остаётся женщина. В статье анализируются руководящая роль женщин в управлении государством и обществом, их политическая активность и вклад в развитие науки. На основе статистических данных освещены образ женщины в наших национальных и духовных ценностях, а также нормативно-правовые акты, принятые в Новом Узбекистане для обеспечения гендерного равенства и поддержки женщин-руководителей и женщин-учёных, и практические результаты их применения.

inglizchaGender equality in state and society building: an analysis of the status of women scientists and women leaders

Women have always been, and will remain, the foundation and beauty of our life and the future of our nation. This article analyzes women‘s leadership role in the governance of state and society, their political activity and their contribution to the development of science. Based on statistical data, it covers the image of women in our national and spiritual values, the legal and regulatory documents adopted in New Uzbekistan to ensure gender equality and to support women leaders and women scientists, and their practical outcomes.

Kalit so‘zlar

  • ayol
  • rahbar
  • siyosiy faollik
  • gender tengligi
  • ilm-fan
  • tadbirkor
  • jamiyat va davlat
  • huquqiy kafolatlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 544–547 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Eliwbaeva Zulhumar, Gulshinar Xudaybergenova. Davlat va jamiyat qurilishida gender tenglik: olima va rahbar ayollar maqomi tahlili // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 544–547. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910103

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHIDA GENDER TENGLIK: OLIMA VA RAHBAR AYOLLAR MAQOMI TAHLILI Eliwbaeva Zulhumar O‘zDSMI Nukus filiali “An’anaviy xonandalik” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi e-mail: elivbayevazulxumar@gmail.com Gulshinar Xudaybergenova Ilmiy rahbar O‘zDSMI Nukus filiali assistent o‘qituvchisi e-mail: qudaybergenovagulshinar@gmail.com Annotatsiya: Hayotimiz asosi, ko‘rki va millatimiz kelajagi ayol bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Ushbu maqolada xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rahbarlik o‘rni, ularning siyosiy faolligi hamda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Milliy va ma’naviy qadriyatlarimizdagi ayol siymosidan tortib, Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, ayol rahbarlar va olimkalarni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va ularning amaliy natijalari statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: ayol, rahbar, siyosiy faollik, gender tengligi, ilm-fan, tadbirkor, jamiyat va davlat, huquqiy kafolatlar. Kirish Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi ayollarning mavqei davlatning kamol topish intensivligi darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda o‘z aqli, bilimi va iste’dodi, mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib kelayotgan ayollar oila bekaligidan tortib, yirik davlat boshqaruvi, ilm-fan va kichik biznes tadbirkorlikkacha bo‘lgan murakkab vazifalarni samarali ado etmoqdalar. Tarixiy manbalarga nazar tashlasak, Markaziy Osiyo davlatchiligida xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy roli hamisha yuqori bo‘lgan. Arab tarixchisi Ibn Battuta VI-VIII asrlardagi Turk xoqonligi haqida yozib, hujjatlar “Sulton va uning xotinining amri bilan” deb imzolanganini qayd etadi. Temuriylar davrida 12 yoshli Bobur Mirzoning davlatni boshqarishida o‘qimishli onasi Qutlug‘ Nigorxonimning bevosita maslahatchi va yo‘lboshchi bo‘lganligi tarixiy haqiqatdir. Islom ma’naviyatida ham ayolni e’zozlash asosiy o‘rin tutadi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk muhaddislarimizning hadislarida, shuningdek, Alisher Navoiy ijodida ayolning jamiyatdagi hurmatli o‘rni keng madh etilgan.

Zamonaviy siyosatshunoslikda ayollarning rahbarlik va siyosiy imkoniyatlari “gender tengligi” hamda “siyosiy ishtirok” tushunchalari orqali talqin etiladi. Gender tengligi – patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy munosabatlarning yangi bosqichi bo‘lib, inson shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlar yaratishni anglatadi (lex.uz). Siyosatshunoslar D.V. Konichev va M.M. Nazarovalar siyosiy faollikni shaxslarning davlat hokimiyati darajalarida qaror qabul qilish jarayonlariga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishdagi ishtiroki sifatida baholaydilar. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kontekstida ayollarning siyosiy faolligi, NUKUS · 2026

boshqaruvdagi o‘rni va ilm-fandagi ishtirokini milliy hamda xalqaro huquq normalari asosida kompleks tahlil qilishdan iborat. Materiallar va uslublar Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchilik bazasi, X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

xalqaro konvensiyalar va statistik ma’lumotlar tizimli hamda qiyosiy-tahliliy usullar yordamida o‘rganildi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish bo‘yicha 70-son rezolyutsiyasi (xususan, 5- maqsad: Gender tenglik) asosiy xalqaro-huquqiy materiallar sifatida olindi. Milliy darajada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari, 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonun hamda 2030-yilgacha mo‘ljallangan Gender tenglikka erishish strategiyasi hujjatlari tadqiq « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

etildi. Natijalar Yangi O‘zbekistonda ayollarni jamiyat va davlat boshqaruviga keng jalb qilish borasida tizimli, qonuniy va institutsional islohotlar amalga oshirilmoqda. Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu sa’y-harakatlar uchta asosiy yo‘nalishda salmoqli natijalarni bermoqda: siyosiy boshqaruv, ilm-fan taraqqiyoti va ijtimoiy himoya. 1. Ayollarning siyosiy va davlat boshqaruvidagi ishtiroki: Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida ta’kidlaganidek, gender tenglik siyosati O‘zbekiston uchun ustuvor masalaga aylandi. Buning yorqin dalili sifatida qonun chiqaruvchi organlardagi ayollar ulushining keskin oshganini ko‘rish mumkin. Hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 150 deputatdan 48 nafari (32 foiz) ayollardan iborat bo‘lib, bu orqali BMTning kamida 30 foizlik tavsiyasi to‘liq bajarildi va O‘zbekiston parlamenti dunyodagi 190 parlament ichida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Yuqori palata – Senatda ham 100 nafar senatordan 22 nafari ayollardir. Tarixda birinchi marta Senat raisi etib ayol kishi saylandi va uning boshchiligida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya, shuningdek, Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Mahalliy miqyosda ham xalq deputatlari tuman va viloyat kengashlariga saylangan deputatlarning 31 foizini ayollar tashkil etmoqda. Davlat va jamiyat boshqaruvining turli bo‘g‘inlarida ayollarning ulushi 35 foizga, tadbirkorlik sohasida esa 45 foizga yetgan. Bu raqamlar jamiyatimizda ayol rahbarlarga bo‘lgan ishonch va e’tiborning amaliy ifodasidir.

2. Ilm-fan va ta’limda olima ayollarning o‘rni: 11-fevral – Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni sifatida nishonlanishi fan taraqqiyotida gender balansining muhimligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda olima ayollarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yagona elektron tizim va grantlar ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Olingan statistik natijalarga ko‘ra, hozirgi kunda NUKUS · 2026

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan 4760 nafar xizmatchining 40 foizini (1905 nafar) xotin-qizlar tashkil etadi. Yurtimiz miqyosida jami ilmiy izlanuvchilar orasida ayollarning salmog‘i juda yuqori bo‘lib, 7 nafar akademik, 271 nafar fan doktori (DSc) va 1411 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan olima ayollarimiz faoliyat yuritmoqda. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

2020-2021-yillarda doktorantura va mustaqil izlanuvchilik tizimida ro‘yxatdan o‘tgan ayollar soni 2456 nafarga yetgan. Bundan tashqari, oliy ta’lim bilan qamrab olishda gender tengligiga erishilmoqda. Talabalarning 45,9 foizini qizlar tashkil etmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun OTMlarga kirishda 4 foizli davlat grantlari ajratilishi yo‘lga qo‘yilib, 2020-yilda 950 nafar, 2021-yilda esa 2000 nafar qiz shu tizim asosida talaba bo‘lishga erishdi. Har yili ehtiyojmand qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qoplab berilmoqda. 3. Ijtimoiy himoya va huquqiy kafolatlar: Ayolning jamiyatda erkin faoliyat yuritishi uchun avvalo uning huquqiy daxlsizligi ta’minlanishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklarning « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

haqiqatda teng huquqliligi, 63-moddasida oilaning jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi mustahkamlangan. 2019-yilda qabul qilingan qonunlar doirasida zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan “himoya orderi” berish tizimi ishga tushirildi hamda 29 ta reabilitatsiya markazi tashkil etildi. “Ayollar daftari” tizimi orqali ishsiz va ijtimoiy muhtoj ayollarga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun subsidiyalar va uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich to‘lovlar davlat tomonidan to‘lab berilmoqda. Bularning barchasi jamiyatda ayolning qadr-qimmatini oshirib, ularning boshqaruv va ilmiy jarayonlardagi ishtirokiga zamin yaratmoqda. Xulosa va tavsiyalar O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, shuningdek, ilm-fandagi ishtiroki masalasi shunchaki statistik ko‘rsatkich emas, balki demokratik huquqiy davlat qurishning strategik yo‘nalishiga aylangan. Ayol rahbarlar ijtimoiy masalalarni chuqurroq his etadi va qarorlar qabul qilishda insonparvarlik tamoyillarini ustuvor qo‘yadi. Buyuk ma’rifatparvarimiz Abdulla Avloniy: “Qizlar hammadan ko‘ra bilim olishga intilishi kerak, chunki bu bilim bilan kelajak avlodni tarbiyalaydi”, deb uqtirgani bejiz emas. Ayollarning huquqlarini ta’minlash va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar mavjud: 1. Ayol kadrlarning malakasini oshirish va ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo‘yicha maxsus davlat dasturlari va “Siyosatchi ayollar maktabi” kabi platformalarni yanada kengaytirish;

2. Tabiiy fanlar, matematika, injiniring, texnologiya (STEM), sanoat va qurilish sohalarida ayollarning ulushi nisbatan pastligini inobatga olib, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan qizlar uchun maxsus rag‘batlantiruvchi stipendiyalar va innovatsion grantlar ta’sis etish; 3. Jamiyatdagi gender stereotiplarga barham berish maqsadida ommaviy NUKUS · 2026

axborot vositalarida muvaffaqiyatli ayol rahbarlar, olimkalarning hayot yo‘li va faoliyatini targ‘ib qilishni kuchaytirish; 4. Xotin-qizlarning mehnat bozoridagi ishtirokini 40 foizdan yuqoriga ko‘tarish uchun ular o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi qisqa muddatli bepul o‘quv kurslarini keng joriy etish. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Xulosa qilib aytganda, har qanday rivojlangan jamiyatda taraqqiyot va sivilizatsiya darajasi ayolga bo‘lgan munosabat, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘lami bilan belgilanadi. Ayolni e’zozlagan, unga siyosiy va ilmiy minbarlarni ishonib topshirgan jamiyat hech qachon tanazzulga yuz tutmaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. “Extremum-Press’’ bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.
  2. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. - Toshkent: 2005. -170 b.
  3. O‘zbekiston Respublkasi qonuchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.lex.uz « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
  4. Ibrohim Shuhratovich Fayziyev “Gender tengligi: ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish/ ACADEMIC RESEARCH IN EDICATIONAL SCIENCES VALUME 2/ISSUE2 /2021 ISSN:2181-1385
  5. N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. “Extremum-Press’’ bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.
  6. Mirziyoyev Sh. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: О‘zbekiston, 2021. - B 464.
  7. Ibrohim Shuhratovich Fayziyev “Gender tengligi: ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish/ ACADEMIC RESEARCH IN EDICATIONAL SCIENCES VALUME 2/ISSUE2 /2021 ISSN:2181-1385
  8. Mardona Hamidjon qizi Olimjonova, Xolmo‘minov Zokir o‘g‘li Mo‘minmirzolarning “Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 sondagi ilmiy maqolalari.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014286
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910103
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
544–547
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31