Fuqarolik-huquqiy tarbiyaning xalqaro tajribalari va ularni umumta‘lim maktablarida qo‘llash imkoniyatlari
Dauletbayeva Jadiraxan Aliy qiziAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti2026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 507–511
Annotatsiya
Mazkur tezisda fuqarolik-huquqiy tarbiyaning xalqaro tendensiyalari va uni O‘zbekiston maktablarida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Ta‘lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ICCS 2022 natijalari va Shvetsiya, Polsha, Daniya, Ispaniya, Yaponiya tajribasini o‘rganishga qaratilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, muvaffaqiyatli modellarda fuqarolik-tarbiya nazariy bilim berish bilan cheklanmagan, balki o‘quvchilarning maktab hayotidagi ishtiroki va amaliyot bilan birga olib borilgan. Shuningdek, “oila-maktab-mahalla” hamkorligiga tayangan. Tezis yakunida xulosalar va fuqarolik-huquqiy tarbiyani turli fanlar mazmuniga singdirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaМеждународный опыт гражданско-правового воспитания и возможности его применения в общеобразовательных школах
В настоящих тезисах проанализированы международные тенденции гражданско-правового воспитания и возможности его применения в школах Узбекистана. Исследование направлено на изучение результатов ICCS 2022 Международной ассоциации по оценке образовательных достижений, а также опыта Швеции, Польши, Дании, Испании и Японии. Результаты показали, что в успешных моделях гражданское воспитание не ограничивается передачей теоретических знаний, а осуществляется в сочетании с участием учащихся в школьной жизни и с практикой. Кроме того, оно опирается на сотрудничество «семья – школа – махалля». В заключение приведены выводы и рекомендации по интеграции гражданско-правового воспитания в содержание различных учебных предметов.
inglizchaInternational experience in civic and legal education and the possibilities of applying it in general secondary schools
This paper analyzes international trends in civic and legal education and the possibilities of applying it in Uzbekistan‘s schools. The study focuses on the results of ICCS 2022, conducted by the International Association for the Evaluation of Educational Achievement, and on the experience of Sweden, Poland, Denmark, Spain and Japan. The findings showed that in successful models civic education was not limited to imparting theoretical knowledge but was combined with students‘ participation in school life and with practice. It also relied on “family–school–mahalla” cooperation. The paper ends with conclusions and recommendations for integrating civic and legal education into the content of various subjects.
Kalit so‘zlar
- fuqarolik-huquqiy tarbiya
- fuqarolik ta‘limi
- ICCS 2022
- xorijiy tajriba
- faol fuqarolik
- amaliy ko‘nikmalar
- oila–maktab–mahalla hamkorligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 507–511 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Dauletbayeva Jadiraxan Aliy qizi. Fuqarolik-huquqiy tarbiyaning xalqaro tajribalari va ularni umumta’lim maktablarida qo‘llash imkoniyatlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 507–511. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910095
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
FUQAROLIK-HUQUQIY TARBIYANING XALQARO TAJRIBALARI VA ULARNI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI Dauletbayeva Jadiraxan Aliy qizi Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Qoraqalpog‘iston, Nukus. jadiradauletbaeva84@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur tezisda fuqarolik-huquqiy tarbiyaning xalqaro tendensiyalari va uni O‘zbekiston maktablarida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ICCS 2022 natijalari va Shvetsiya, Polsha, Daniya, Ispaniya, Yaponiya tajribasini o‘rganishga qaratilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, muvaffaqiyatli modellarda fuqarolik-tarbiya nazariy bilim berish bilan cheklanmagan, balki o‘quvchilarning maktab hayotidagi ishtiroki va amaliyot bilan birga olib borilgan. Shuningdek, “oila-maktab-mahalla” hamkorligiga tayangan. Tezis yakunida xulosalar va fuqarolik-huquqiy tarbiyani turli fanlar mazmuniga singdirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: fuqarolik-huquqiy tarbiya, fuqarolik ta’limi, ICCS 2022, xorijiy tajriba, faol fuqarolik, amaliy ko‘nikmalar, oila–maktab–mahalla hamkorligi. Kirish Dunyoda sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlar, insonlar ongida demokratiya va fuqarolik tushunchalarining o‘zgarishi hamda yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy sustligi— apatiya1 xavfi, yoshlarning jamoat va siyosiy sohalarga qiziqishining pasayishi singari omillar o‘smirlarning huquqiy va fuqarolik bilimlarini tizimli baholash zaruratini yuzaga keltirdi. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (International Association for the Evaluation of Educational Achievement- IEA) tomonidan Xalqaro fuqarolik va Vatanparvarlik ta’limini o‘rganish tadqiqoti (ICCS 2022) 2022- yilda o‘tkazilgan va 23ta davlatdan 82000 dan ortiq 8- sinf o‘quvchilari qatnashgan. Tadqiqot metodologiyasi doirasida fuqarolik bilimi va ko‘nikmalar: demokratiya, fuqarolik huquqlari va siyosiy axborotlarni tahlil qilish qobiliyati; huquqiy tushunchalar: (o‘quvchilar demokratiya, hukumat, “yaxshi fuqaro” bo‘lish deganda nimani tushunishi); huquqiy munosabatlar: davlat va jamiyat institutlariga ishonch, milliy o‘zlikni anglash va fuqarolik munosabatlari kompleks o‘rganildi. O‘quvchilarning fuqarolik-huquqiy ko‘nikmalarini shakllantirishda xorijiy tajribalar ko‘p bo‘lsa-da, O‘zbekiston maktablari sharoitida qo‘llash imkoniyatlari qiyosiy jihatdan yetarli o‘rganilmagan. Rivojlangan davlatlar tajribalari yutuq va
Ўзбек тилининг изоҳли луғати: А. Мадалиев тахр. Остида.-Т.: “Ўзбекистон миллтй энциклопеияси”, 2013. -90 б. (126 Б) https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbektilining-izohli-lug-ati kamchiliklarini o‘rganib, ICCS 2022 tadqiqotlari natijalarini tahlil qilib O‘zbekiston maktablarida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O‘quv-tarbiya jarayonida fuqarolik tarbiyasini takomillashtirishga qaratilgan nazariy va metodik yondashuvlarni o‘rganish, bu yo‘nalishdagi xorijiy tajribadagi eng sezilarli yutuqlarni aniqlash va ularni mahalliy amaliyotga tatbiq etish NUKUS · 2026
o‘quvchilarda huquqiy ko‘nikmalarni samarali shakllantirish imkonini beradi. Adabiyotlar sharhi Xalqaro tadqiqot ICCS 2022 hisobotiga ko‘ra tadqiqot o‘quvchilarning yodlagan bilimini emas, jamiyatga real munosabatini, fuqarolik-huquqiy X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
tarbiyalanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Unda fuqarolik bilimi va ko‘nikmalari, huquqiy tushunchalar hamda davlat va jamiyat institutlariga munosabat o‘rganilgan. “Maktablarning eng muhim vazifalaridan biri –yoshlarni jamiyat fuqarolari sifatidagi rollarini bajarishga tayyorlashdir” [5]. Keyingi tadqiqot 2027- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilganligi ham fuqarolik-huquqiy ta’limning dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. ICCS 2022 xalqaro tadqiqoti ham fuqarolik ta’limini faqat maktab doirasidagi jarayon sifatida emas, balki oila, tengdoshlar, maktab va mahalliy hamjamiyatning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadigan uzluksiz jarayon sifatida talqin qiladi. Tadqiqotda ota-onalarning siyosiy va ijtimoiy masalalarga qiziqishi, oilada fuqarolik « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
mavzularining muhokama qilinishi hamda uy sharoitidagi ta’limiy resurslar o‘quvchilarning fuqarolik bilimi va faolligi bilan bog‘liq omillar sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur tadqiqotda Xitoy Taypei (Tayvan) bilim va ko‘nikma testlari reytingida eng yuqori o‘rinni egallagan. Bu modelning kuchli jihati fuqarolik bilimlar nazariy va amaliy uyg‘un holatda (o‘quvchilar maktab qonun-qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi: saylov, qaror qabul qilish, maktab boshqaruvi va raqamli axborotni tekshirish kabi faoliyat birgalikda) amalga oshiriladi. Mamlakatda fuqarolik ta’limi alohida fan sifatida ham, ijtimoiy fanlar va boshqa fanlar mazmuniga integratsiyalashgan holda ham o‘qitiladi [5]. Shvetsiya, Polsha va Daniya o‘quvchilari yetakchi o‘rinni egallashga erishganlar va Yevropada eng yaxshi natija sifatida e’tirof etilgan. Shvetsiyada demokratik maktab muhiti shakllangan bo‘lib, maktablarga o‘quv jarayonini belgilashda mustaqillik berilgan, o‘quvchilar maktab hayotida ovoz beradilar, fikr bildiradi va qarorlar muhokamasida qatnashadi. Polshada fuqarolik ta’limi tizimli va mazmunan aniq alohida fan sifatida o‘qitiladi, o‘quvchilar davlat institutlari haqida bilim oladilar va faoliyatda ishtirok etishga yo‘naltiriladi. Daniya tajribasi samarali huquqiy madaniyat va fuqarolik tarbiya o‘quvchilarning nazariy bilimlarni yod olishida emas, balki maktab, oila va jamiyat kundalik hayotida amaliy ko‘nikmalar hosil qilish orqali shakllanadi [6]. Ushbu davlatlarda fuqarolik-huquqiy tarbiya orqali o‘quvchilarning maktabda faol bo‘lish imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish kelajakda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam berishi aniqlangan. Ispaniya ta’lim tizimidagi fuqarolik-huquqiy ta’limning joriy holati va rivojlanishi haqida tadqiqotchilar Naval, C., Jover, G. (2006) “The Research on
Moral and Civic Education in the Spanish Educational Theory – Evolution and current trends”[4] nomli maqolasida: “maktablar faqat bilim beradigan joy emas, balki demokratik jamiyatda yashay oladigan, mas’uliyatli va faol fuqarolarni tarbiyalaydigan muhit ham bo‘lishi kerak”- deya ta’kidlaganlar. Ispaniyada dastlab fuqarolik tarbiyaga alohida fan sifatida emas, balki butun o‘quv dasturiga NUKUS · 2026
singdirilgan mavzu “fuqarolik tarbiyasi” edi. Mualliflar ta’limni tajriba sifatida tushunish, fuqarolik tarbiya faqat kattalar uchun emas, bolalikdan oilada boshlanishi kerak ekanligini ta’kidlaydi. Ular ta’limni bilim-ko‘nikma- munosabat(qadriyat)ga asoslanishining ahamiyatini ko‘rsatib o‘tganlar. Shuningdek, olimlar Navarra Universitetidagi “Ta’lim va Fuqarolik bo‘yicha tadqiqot guruhi” faoliyati bilan X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
tanishib undagi asosiy jihatlarga fuqarolik ishtiroki, yoshlarning jamiyatdagi faolligi, internet va kommunikatsiya texnologiyalarining yoshlar munosabatlariga ta’siri, volontyorlik, madaniyatlararo ta’lim, oilaning tarbiyadagi roliga e’tibor qaratgan. Demak, bu tadqiqot guruhi fuqarolik-huquqiy tarbiyani faqat maktab ichidagi jarayon emas, balki oila, jamiyat va ijtimoiy hayot bilan bog‘liq keng jarayon deb baholaydi. Rivojlangan dunyo davlatlari ichida Yaponiyada fuqarolik-tarbiya tizimi e’tiborga molik. O‘quvchilarga fuqarolik-huquqiy tushunchalar nazariy bilimlar amaliyot bilan birgalikda singdirilib boriladi. Maktablarda dastlab “Social studies” (“Ijtimoiy fanlar”), “Civics” (“Fuqarolik”) fanlari, keyinchalik 2022-yildan boshlab « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
yuqori sinflarda “Public” (“Jamoat”) fani joriy etilgan. Darslar mantiqiy fikrlash, real muammolarni ko‘p tomonlama tahlil qilish, jamoaviy yechim topish va jamoat ishlarida faol qatnashish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Fuqarolik tarbiyani axloqiy qadriyat darajasiga aylantirishda “Uch tomonlama hamkorlik” tizimiga suyanadi. “Maktab – nazariy va axloqiy bilim beradi, oila – qadriyatlarni singdiradi, jamiyat (mahalla) – amaliy tajriba va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantiradi” degan uch tomonlama mustahkam zanjirga tayanadi. Oila – fuqarolik fazilatlari va ma’naviy tarbiya shakllanadigan birinchi maskan bo‘lib, maktab oiladagi ushbu qadriyatlarni hurmat qilgan holda ularni jamoat hayoti bilan bog‘laydi [3]. Yaponiya yondashuvi an’anaviy darsxonadan fuqarolik tarbiyani real jamiyat va amaliyot bilan bog‘lash zarurligini ta’kidlaydi. Shuning uchun ta’limda huquqiy masalalar sud jarayoni, partiyalar va saylov tizimi simulyatsiyasi mashg‘ulotlaridan foydalanishning amaliy ahamiyatini ochib beradi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida bu yo‘nalish 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618- sonli Prezident farmoni bilan belgilangan. Farmonda yosh avlod ongida huquqiy madaniyatni “shaxs– oila– mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat” prinsipi asosida tizimli va uzviy tashkil etish nazarda tutilgan [1]. Materiallar va uslublar Maqolada adabiyotlarni tasniflash, qiyosiy tahlil va umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Dunyo davlatlari va O‘zbekistonda fuqarolik-huquqiy ta’lim qiyosiy tahlil qilindi.
Respublikamizda 2020-yildan boshlab Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich joriy etildi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etish maqsadida “Tarbiya” fani Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Tarbiya fani o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning har tomonlama ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, samarali hamkorlik NUKUS · 2026
qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, o‘zlarining intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi [2]. Natijalar X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Yuqoridagi xalqaro tadqiqot natijalari va xorijiy davlatlar tajribalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu davlatlarning barchasida fuqarolik-huquqiy tarbiya faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmagan, ularda huquqiy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash va faol fuqarolikka o‘rgatish maktabning eng muhim vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Xalqaro maydonda muvaffaqiyatli deb topilgan modellarning umumiy jihati amaliylikda namoyon bo‘lgan. Xitoy Taypei va Shvetsiyada o‘quvchilarga demokratiya haqida o‘qitilmaydi, kundalik maktabda ovoz berish, muammolar muhokamasida qatnashish va qaror qabul qilishda qatnashish orqali hayoti davomida tarbiya sifatida singdiriladi. Samarali huquqiy tarbiya amaliy ko‘nikmalar hosil « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
qilish orqali shakllantirilishini Daniya va Polsha tajribasidan ko‘rish mumkin. Ispaniya tajribasi fuqarolik-huquqiy tarbiyani butun ta’lim jarayoniga singdirish zarurligini ko‘rsatadi. Yaponiyada bo‘lsa sinflar kesimida alohida fan va izchil kurs tizimli ishlab chiqilgan va amaliyot bilan boyitilgan. Fuqarolik-huquqiy tarbiyani faqat maktab bilan bog‘lab qo‘yish ta’lim imkoniyatlarini cheklaydi. Huquqiy tarbiyaning oila va jamiyat bilan birga olib borilishi o‘quvchilarning ota-onalarini jarayonga tortish va jamiyatda faollikni qadriyat darajasiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa va tavsiyalar Demak, xorijiy tajriba fuqarolik-huquqiy tarbiyani faqat huquqiy bilim berish bilan cheklamasdan, amaliyot bilan bog‘lashning ahamiyatini ko‘rsatadi. O‘quvchilar kelajakda faol fuqarolar bo‘lib yetishishida oiladan boshlab jamiyatda o‘z o‘rnini topishida tizimli, uzviy huquqiy bilimlar berishni tashkil etish Prezidentimiz tomonidan belgilangan “shaxs– oila– mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat” prinsipiga asoslanadi. Xorijiy tajribalardan kelib chiqib fuqarolik-huquqiy tarbiyani O‘zbekiston umumta’lim maktablarida samarali shakllantirishda quyidagi tavsiyalar taklif etiladi: 1. Fuqarolik-huquqiy tarbiyani “Tarbiya” fani bilan birga boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuniga singdirish. 2. Maktab qoidalarini ishlab chiqishda o‘quvchilarni jalb etish va sinflarda ochiq munozara muhitini yaratishda ijtimoiy fanlar darslarida dolzarb munozara debatlar o‘tkazish. 3. Darslarda amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish: sud jarayoni, qonun qabul qilish, saylov va ovoz berish jarayonlarini aks ettirgan simulyatsion rolli o‘yinlardan foydalanish.
4. Huquqiy tarbiyada “oila -maktab-mahalla” hamkorligini kuchaytirish. Ota-onalarni fuqarolik mazmunidagi tadbirlarga jalb etish.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2019 yildagi PF-5618-son “Jamiyatda NUKUS · 2026 huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmoni https://lex.uz/docs/-4149765
- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga 3-ILOVA Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi
- Liguo Zhang, Yinghan Xi, «Civic Education in Japan: Evolution, Practice and Its X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA Review», International Journal of New Developments in Education (2022): 20–21, https://doi.org/10.25236/IJNDE.2022.041604.10.25236/ijnde.2022.041604
- Naval, C., Jover, G. (2006) "The Research on Moral and Civic Education in the Spanish Educational Theory – Evolution and current trends". Journal of Social Science Education, 5 (2), 93-104 https://www.academia.edu/1430475/The_Research_on_Moral_and_Civic_Education_in_the_Sp anish_Educational_Theory_evolution_and_current_trends
- Schulz, W., Ainley, J., Fraillon, J., Losito, B., Agrusti, G., Damiani, V., & Friedman, T. (2025). Education for citizenship in times of global challenge: IEA International Civic and Citizenship Education Study 2022 international report. pp. 67-68 Springer. https://doi.org/10.1007/978-3-031-65603-310.1007/978-3-031-65603-3
- Wolfram Schulz, John Ainley, Julian Fraillon, Bruno Losito, Gabriella Agrusti, Valeria « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » Damiani, Tim Friedman Education for Citizenship in Times of Global Challenge: IEA International Civic and Citizenship Education Study 2022 International https://doi.org/10.1007/978-3-031-65603-310.1007/978-3-031-65603-3
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014278
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910095
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 507–511
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31