Harbiy ta‘lim muassasalari kursantlarining psixologik adaptatsiyasi va stressga bardoshliligini shakllantirish omillari
Dauletova Go‘zal Muratbayevna2026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 515–518
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada harbiy hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta‘lim muassasalari va harbiylashtirilgan bilim yurtlarining birinchi bosqich kursantlari va tarbiyalanuvchilarining kasbiy va ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi, stressga bardoshlilik ko‘rsatkichlari hamda shaxsiy psixologik xavfsizlik darajasini oshirish omillari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida kursantlarning o‘z-o‘zini tashkil etish (samoorganizatsiya) komponentlari, samoprezentatsiya taktikalari hamda harbiy-kasbiy motivatsiyasi o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar empirik usullar yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijalari kursantlarning ruhiy salomatligini saqlash, emotsional zo‘riqish va dezadaptiv holatlarning oldini olish hamda ta‘lim-tarbiya jarayonini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Boshqa tillarda
ruschaФакторы психологической адаптации и формирования стрессоустойчивости курсантов военных образовательных учреждений
В данной научной статье системно исследованы профессиональная и социально-психологическая адаптация курсантов и воспитанников первого курса военных вузов, вузов правоохранительных органов и военизированных училищ, показатели их стрессоустойчивости, а также факторы повышения уровня психологической безопасности личности. В ходе исследования эмпирическими методами изучены функциональные взаимосвязи между компонентами самоорганизации, тактиками самопрезентации и военно-профессиональной мотивацией курсантов. Результаты исследования содержат практические рекомендации по сохранению психического здоровья курсантов, профилактике эмоционального напряжения и дезадаптивных состояний, а также оптимизации учебно-воспитательного процесса.
inglizchaFactors in the psychological adaptation and development of stress resilience of cadets at military educational institutions
This article systematically examines the professional and socio-psychological adaptation of first-year cadets and pupils at higher education institutions of the military and law enforcement agencies and at militarized schools, their stress resilience indicators, and the factors that raise the level of personal psychological safety. Functional relationships between the components of cadets‘ self-organization, self-presentation tactics and military-professional motivation were studied using empirical methods. The results include practical recommendations for preserving cadets‘ mental health, preventing emotional strain and maladaptive states, and optimizing the educational process.
Kalit so‘zlar
- kursantlar adaptatsiyasi
- psixologik xavfsizlik
- stressga bardoshlilik
- koping-strategiyalar
- o‘z-o‘zini tashkil etish
- samoprezentatsiya taktikalari
- murabbiylik
- harbiy-kasbiy motivatsiya
- ekstremal psixologiya
- emotsional barqarorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 515–518 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Dauletova Go‘zal Muratbayevna. Harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining psixologik adaptatsiyasi va stressga bardoshliligini shakllantirish omillari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 515– 518. – DOI: https://doi.org/10.66073/ ReFocus-Conf/0910097
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
HARBIY TA’LIM MUASSASALARI KURSANTLARINING PSIXOLOGIK ADAPTATSIYASI VA STRESSGA BARDOSHLILIGINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI Dauletova Go‘zal Muratbayevna “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi e-mail: guzalmuratbaevna@mail.com Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada harbiy hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalari va harbiylashtirilgan bilim yurtlarining birinchi bosqich kursantlari va tarbiyalanuvchilarining kasbiy va ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi, stressga bardoshlilik ko‘rsatkichlari hamda shaxsiy psixologik xavfsizlik darajasini oshirish omillari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida kursantlarning o‘z-o‘zini tashkil etish (samoorganizatsiya) komponentlari, samoprezentatsiya taktikalari hamda harbiy-kasbiy motivatsiyasi o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar empirik usullar yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijalari kursantlarning ruhiy salomatligini saqlash, emotsional zo‘riqish va dezadaptiv holatlarning oldini olish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: kursantlar adaptatsiyasi, psixologik xavfsizlik, stressga bardoshlilik, koping-strategiyalar, o‘z-o‘zini tashkil etish, samoprezentatsiya taktikalari, murabbiylik, harbiy-kasbiy motivatsiya, ekstremal psixologiya, emotsional barqarorlik.
Zamonaviy sharoitda harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish shaxsning yuqori psixologik tayyorgarligi hamda stressli xizmat sharoitlariga bardoshliligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir. Harbiy hamda ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘ziga xosligi qat’iy xizmat intizomi, kun tartibining tig‘izligi, sutkalik naryadlar va jangovar navbatchiliklar, shuningdek, subordinal munosabatlarning mavjudligi bilan belgilanadi. O‘qishning dastlabki davrida birinchi bosqich kursantlari o‘zlari uchun mutlaqo yangi va qat’iy rejimli ijtimoiy-kasbiy muhitga tushib qoladilar, bu esa ularning psixofizik resurslariga yuqori talablarni qo‘yadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yangi ijtimoiy va xizmat sharoitlariga moslashish jarayoni shaxsning emotsional, kognitiv hamda fiziologik tizimlarida jiddiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. [1, 68] Ushbu davrda lozim darajadagi psixologik qo‘llab-quvvatlash va maqsadli pedagogik kuzatuvning yo‘qligi kursantlarda desinxronoz, xavotirlik, psixosomatik buzilishlar va dezadaptatsiya holatlarining rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin. [4, 11] Harbiy psixologiya va ekstremal psixologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, harbiy intizom va xizmat majburiyatlarini bajarish davomida shaxsning xulq-atvorini samarali tartibga soluvchi eng muhim ichki resurs uning o‘z-o‘zini tashkil etish (samoorganizatsiya) hamda ruhiy o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatidir. [5, 82] A.D. Ishkov va N.G. Miloradovaning regulyativ yondashuviga muvofiq, o‘z-o‘zini tashkil etish shaxsning integral xususiyati bo‘lib, u maqsaddan kelib chiqib harakat qilish, vaziyatni tahlil etish, faoliyatni rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va xulq-atvorga tuzatish kiritish (korreksiya) kabi beshta strukturali komponentni o‘z ichiga oladi. [1, 71] NUKUS · 2026
Pedagogik psixologiya va ijtimoiy psixologiya yo‘nalishida E.Yu. Ivanov Suvorov ta’kidlashicha, ushbu davrda an’anaviy ma’muriy-buyruqbozlik yondashuvi o‘rniga gumanitar-antropologik yondashuvga asoslangan murabbiylik tizimining joriy etilishi kursantlarda ijtimoiy ishonch va emotsional barqarorlikning shakllanishini ta’minlaydi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Boshqa soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan muloqotlar va A.A. Ostapenko modeli bo‘yicha tashkil etilgan murabbiylik muhiti o‘smir va yoshlarning psixologik xavfsizlik resursini oshirib, ularda salbiy his-tuyg‘ular (ruhiy charchoq, zerikish, kelajakdan xavotirlanish) darajasini keskin kamaytirishi aniqlangan. [2, 160] S.S. Narzulloyeva hamda O.I. Shevchenko va hammualliflar tomonidan o‘tkazilgan izlanishlarda ta’lim oluvchilarning qiyin va stressli vaziyatlarda kopingstrategiyalardan foydalanish xususiyatlari va ularning ruhiy salomatlikka ta’siri tahlil qilingan. [4, 10] R. Folkman va S. Lazarus nazariyasiga tayanib, mualliflar muammoga yo‘naltirilgan koping-strategiyalarning ustuvorligi shaxsning mas’uliyatini va maqsadga erishish qobiliyatini oshirishini, emotsiyaga « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
yo‘naltirilgan va qochish strategiyalarining uzoq muddat qo‘llanilishi esa dezadaptatsiyaga olib kelishini ko‘rsatganlar. [7, 43] Pedagogik-psixologik adabiyotlarda moslashuv o‘zgarishlarga olib keladigan jarayon va shu bilan birga, moslashish nisbatan barqaror jarayon sifatida tavsiflanadi. Moslashuv indeksi kun yoki oy davomida o‘zgarmaydi, u bir necha oydan bir necha yilgacha bo‘lgan oraliqda sezilarli o‘zgarishlarni ochib beradi. Dastlab ehtiyojlarning qondirilmasligi moslashish darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Surunkali norozilik va kelajakda yangilangan ehtiyojlarni amalga oshirishga umid yo‘qligi moslashish ko‘rsatkichiga ta’sir qilishi mumkin [5, 246]. Yuqorida ko‘rib chiqilgan manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, birinchi bosqich kursantlarining adaptatsiyasi murakkab va ko‘p omilli psixologik hodisa bo‘lib, uni takomillashtirish tizimli psixodiagnostika va maqsadli psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etishni talab qiladi. Tadqiqot mobaynida kompleks psixodiagnostik usullardan foydalanildi: • A.D. Ishkov va N.G. Miloradovaning “Shaxsning o‘z-o‘zini tashkil etish xususiyatlari diagnostikasi” (DOS) so‘rovnomasi. Ushbu metodika orqali o‘z-o‘zini tashkil etishning 6 ta ko‘rsatkichi (maqsaddan kelib chiqish, vaziyatni tahlil qilish, rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, korreksiya hamda umumiy o‘z-o‘zini tashkil etish darajasi) baholandi. • S. Li va B. Kuigli muallifligidagi (O.A. Pikuleva modifikatsiyasi) “Samoprezentatsiya taktikalari shkalasi”. Ushbu metodika yordamida kursantlar tomonidan xizmat muhitida qo‘llaniladigan assertiv (“ibrat bo‘lish”, “afzalliklarni ko‘rsatish”) va defensiv/himoya taktikalarining (“o‘ziga g‘ov bo‘lish”, “bahona keltirish”, “cho‘chitish”) namoyon bo‘lish chastotasi aniqlandi.
• I.I. Prixodko muallifligidagi “Shaxsning psixologik xavfsizligi diagnostikasi” metodikasi. U orqali kursantlar shaxsiy psixologik xavfsizlik indeksi, emotsional barqarorlik va motivatsion-irodaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholandi. • B.V. Ovchinnikov va A.F. Borovikovning “Harbiy-kasbiy motivatsiya” so‘rovnomasi va N.P. Fetiskinning “Shaxsning interaktiv yo‘nalganligi NUKUS · 2026
diagnostikasi” usullari. Birinchi bosqich kursantlarining o‘z-o‘zini tashkil etish hamda samoprezentatsiya taktikalari bo‘yicha olingan boshlang‘ich empirik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 43 foizida “afzalliklarni ko‘rsatish” va 42 foizida “ibrat bo‘lish” kabi assertiv taktikalar yuqori darajada namoyon bo‘ladi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
O‘z-o‘zini tashkil etish ko‘rsatkichlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, birinchi bosqich kursantlarining 45 foizi umumiy o‘z-o‘zini tashkil etish bo‘yicha o‘rtacha darajaga ega. Maqsaddan kelib chiqish shkalasida 35% yuqori, 48% o‘rtacha va 17% past natijalar qayd etildi. O‘z-o‘zini nazorat qilish shkalasida kursantlarning 49 foizi yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi. Shu bilan birga, harakatlarga tuzatish kiritish (korreksiya) shkalasida past darajadagi natijalar (28%) ustunlik qilishi kursantlarning kutilmagan va ekstremal xizmat vaziyatlarida o‘z xulq-atvorini operativ ravishda qayta rejalashtirish ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmaganligini ko‘rsatadi. O‘tkazilgan nazariy va empirik tadqiqotlar harbiy hamda huquqni muhofaza « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
qiluvchi organlar ta’lim muassasalari birinchi bosqich kursantlarining psixologik adaptatsiyasi va stressga bardoshliligini shakllantirish bo‘yicha quyidagi ilmiy-amaliy xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
1. Birinchi bosqich kursantlarining qat’iy intizomli va subordinal xizmat muhitiga moslashuvi murakkab ko‘p o‘lchovli jarayon bo‘lib, u shaxsning o‘z-o‘zini tashkil etish regulyativ komponentlari, samoprezentatsiya taktikalari hamda ijtimoiy-psixologik xavfsizlik darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
2. Tajriba-sinov natijalari ko‘rsatganidek, an’anaviy ma’muriy-buyruqbozlik kuzatuvidan farqli ravishda, gumanitar-antropologik yondashuvga asoslangan murabbiylik hamda empatik psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimining joriy etilishi kursantlarda emotsional barqarorlik va psixologik xavfsizlik indeksini sezilarli darajada oshiradi, xavotirlik va ruhiy charchoq ko‘rsatkichlarini esa keskin kamaytiradi.
3. Kursantlarda o‘z-o‘zini tashkil etish ko‘nikmalarining (vaziyatni tahlil qilish, rejalashtirish) rivojlantirilishi assertiv samoprezentatsiya taktikalarining (“ibrat bo‘lish”) ustuvorligini ta’minlaydi va bu orqali kursantlarning harbiy-kasbiy motivatsiyasini hamda jamoaviy hamkorligini mustahkamlaydi.
Amaliy tavsiyalar: • Ta’lim muassasalari psixologik xizmati xodimlari uchun: O‘quv yilining dastlabki 3-4 oyi davomida birinchi bosqich kursantlari o‘rtasida o‘z-o‘zini tashkil etish, koping-strategiyalarni takomillashtirish hamda autogen mashg‘ulotlarni (stress-menedjment) o‘z ichiga olgan maxsus psixologik treninglarni muntazam yo‘lga qo‘yish. • Komandirlar va komandir o‘rinbosarlari uchun: Shaxsiy tarkib o‘rtasida ijobiy ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, har bir birinchi bosqich kursantiga tajribali va ruhiy jihatdan barqaror yuqori bosqich kursanti yoki ofitsermurabbiylarni biriktirish orqali murabbiylik institutining huquqiy va amaliy ta’sirini kengaytirish. • O‘quv-uslubiy bo‘limlar uchun: Kursantlarning xizmat hamda o‘quv yuklamalarini ilmiy va gigienik mezonlar asosida optimallashtirish, ularning NUKUS · 2026
psixofizik tiklanishi, sport va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yetarli vaqt hamda sharoitlarni yaratish.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Ахмадеева Е. В., Асафьева Н. В. “Тактики самопрезентации и специфика X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA самоорганизации курсантов в аспекте психологической безопасности личности” // Психология и право. – 2026. – Т. 16, № 2. – С. 67–81.
- Иванов Е. Ю. “О педагогическом сопровождении адаптации старших подростков к субординационной среде суворовских военных училищ МВД России” // Вестник Омского государственного педагогического университета. Гуманитарные исследования. – 2025. – № 1 (46). – С. 145–149.
- Коджаспиров А. Ю., Полякова Л. В. “Формирование готовности воспитанников к овладению воинскими профессиями в образовательной среде кадетского корпуса” // Экстремальная психология и безопасность личности. – 2024. – Т. 1, № 3. – С. 36–50.
- Шевченко О. И., Уваров А. В., Базаржапов Т. Б. “Психологическая поддержка и механизмы преодоления трудностей в обучении курсантов” // Научные высказывания. – « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » 2024. – № 18 (65). – С. 10–13.
- Dauletova G. Moslashish fenomeni ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida. ”Psixologiya” ilmiy jurnali, № 2, 2023 soni 246-b.
- Ермолаева А. В. “Психологические особенности личности военнослужащего – участника боевых действий” // Психологическая наука и образование. – 2013. – № 1. – С. 1–
- Нарзуллоева С. С. “Talaba yoshlarda stressli vaziyatlarda koping-strategiyalarining namoyon bo’lishi” // Zamonaviy fan sohalarida (Mamun University). – 2024. – B. 42–45.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014280
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910097
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 515–518
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31