Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tilshunosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimalar
E.K.ErimbetovaQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 565–568
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ingliz tilshunosligi, qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvokulturologiya hamda ingliz tilini o‘qitish metodikasi sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan olima ayollarning o‘rni va qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qoraqalpoq davlat universiteti va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti olimalarining ilmiy yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va erishgan natijalari yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЖенщины-учёные, ведущие научные исследования в области английского языкознания в Республике Каракалпакстан
В статье анализируются роль и вклад женщин-учёных, ведущих научную деятельность в области английского языкознания, сравнительно-сопоставительного языкознания, лингвокультурологии и методики преподавания английского языка в высших учебных и научно-исследовательских учреждениях Республики Каракалпакстан. В исследовании освещены научные направления и научно-исследовательские работы женщин-учёных Каракалпакского государственного университета и Нукусского государственного педагогического института имени Ажинияза, а также достигнутые ими результаты.
inglizchaWomen scholars conducting research in English linguistics in the Republic of Karakalpakstan
The article analyzes the role and contribution of women scholars engaged in research in English linguistics, comparative and contrastive linguistics, linguoculturology and methods of teaching English at higher education and research institutions of the Republic of Karakalpakstan. The study highlights the research areas, research projects and achievements of women scholars at Karakalpak State University and Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz.
Kalit so‘zlar
- Qoraqalpog‘iston
- ingliz tilshunosligi
- olima ayollar
- qiyosiy tilshunoslik
- lingvokulturologiya
- lingvodidaktika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 565–568 O‘zbek IQTIBOS UCHUN E.K.Erimbetova. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tilshunosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimalar // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 565– 568. – DOI: https://doi.org/10.66073/ ReFocus-Conf/0910108
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA INGLIZ TILSHUNOSLIGI BO‘YICHA ILMIY TADQIQOT OLIB BORAYOTGAN OLIMALAR E.K.Erimbetova Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi assistenti, PhD. Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ingliz tilshunosligi, qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvokulturologiya hamda ingliz tilini o‘qitish metodikasi sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan olima ayollarning o‘rni va qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qoraqalpoq davlat universiteti va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti olimalarining ilmiy yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va erishgan natijalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Qoraqalpog‘iston, ingliz tilshunosligi, olima ayollar, qiyosiy tilshunoslik, lingvokulturologiya, lingvodidaktika.
Zamonaviy tilshunoslik ilm-fani rivojlanayotgan va globallashuv jarayonlari jadallashayotgan hozirgi davrda
O‘zbekiston Respublikasi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini ilmiy nuqtai nazardan chuqur tadqiq etish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar va ilm-fan sohasidagi gender tengligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati natijasida Qoraqalpog‘iston ilmiy muhitida o‘z o‘rniga va ilmiy maktabiga ega bo‘lgan olima ayollarning yangi avlodi shakllandi. Qoraqalpog‘iston ilmiy-akademik hamjamiyatida ingliz tilshunosligining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishda xotin-qizlarning ulushi tobora ortib bormoqda. Ularning tadqiqot yo‘nalishlari fanning turli sohalarini — qiyosiy-chog‘ishtirma tipologiyadan tortib, kognitologiya, pragmalingvistika, lingvokulturologiya va innovatsion pedagogik texnologiyalargacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni qamrab oladi. Ushbu maqola Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tilshunosligi yo‘nalishida natijador ilmiy faoliyat olib borayotgan olima ayollar va ularning ilmiy izlanishlarini qisman yoritishga bag‘ishlanadi. Qoraqalpog‘istonda ingliz tilshunosligi bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirishda ikkita yirik oliy ta’lim muassasasi asosiy tayanch markazi vazifasini o‘tamoqda: 1. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti (QDU): Universitetning Ingliz tilshunosligi, Xorijiy til va adabiyoti va Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedralari qoshida ingliz tili leksikologiyasi, grammatikasi, qiyosiy tilshunoslik va lingvomadaniy yo‘nalishlarida magistrlik va doktorlik (PhD, DSc)
dissertatsiyalari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
2. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti (NDPI): Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimi uchun ingliz tili mutaxassislarini tayyorlash barobarida, ingliz tilini o‘qitish metodikasi va lingvodidaktika yo‘nalishida yetakchi ilmiy natijalarni ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu muassasalarda faoliyat yuritayotgan olima ayollar milliy va xalqaro NUKUS · 2026
ilmiy loyihalarda, grant dasturlarida hamda xalqaro ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib, hududiy ilmiy maktablar salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Qoraqalpog‘istonlik olima ayollarning ingliz tilshunosligi sohasidagi ilmiy faoliyatini bir necha asosiy yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganish mumkin: X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Qoraqalpogʻistonda tadqiqot olib borilayotgan ingliz tilshunosligin yoʻnalishlari
Qiyosiy-chogʻishtirma Lingvodidaktika Lingvokulturologiya Sotsiolingvistika tipologiya va leksikologiya metodika va Frazeologiya va Pragmatika
1-rasm. Qoraqalpog‘istonda tadqiqot olib borilayotgan ingliz tilshunosligi yo‘nalishlari « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Ingliz va qoraqalpoq tillarini, shuningdek, boshqa turkiy tillarni tizimli ravishda qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganish Qoraqalpog‘iston tilshunoslik maktabining eng an’anaviy va rivojlangan yo‘nalishlaridan biridir. Masalan, G.B.Djoldasova, G.D.Eshimbetova, D.A.Badirova, Z.U.Xudaybergenova, S.P.Kudaybergenova, A.J.Berdixanova va boshqalar ingliz tilidan qoraqalpoq tiliga va aksincha o‘zlashgan leksik qatlam hamda inglizcha o‘zlashmalarning semantikstrukturaviy evolyutsiyasini o‘rganib kelmoqda.
Tillararo va madaniyatlararo muloqot muammolari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar alohida o‘rin tutadi. Ingliz va qoraqalpoq tillarining frazeologik va paremiologik fondini o‘rganish orqali ikki xalqning dunyo manzarasi va milliy-madaniy qadriyatlari ochib berilmoqda. Olima ayollardan D.T.Xadjiyeva, D.T.Kubeysinova, M.Jollibekova, A.O.Toleubaeva, G.Usenova, G.B.Najimova, E.K.Erimbetova, N.B.Kamalova va boshqalarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari ingliz va qoraqalpoq tillari badiiy matnlaridagi lingvokulturologik birliklar, badiiy janri hamda uslubiy vositalarning (stilistik troplar, giperbola, litota va pragmatik maqsad) qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. U ikki tildagi stilistik vositalarning tarjimada qayta yaratilishi masalalarini ilmiy tahlil qilib bergan.
Zamonaviy yondashuvlar asosida ingliz va qoraqalpoq tillaridagi frazeologizmlarni, idiomatik iboralarni qiyosiy o‘rganish bo‘yicha bir qancha yosh olima ayollar va doktorantlar ham faol ilmiy izlanish olib bormoqdalar. Ushbu tadqiqotlar doirasida ingliz va qoraqalpoq tillarida inson, tabiat va jamiyat tushunchalarini ifodalovchi frazeologik birliklarning milliy-madaniy bo‘yoqdorligi hamda ularning o‘zaro ekvivalentlik darajasi tahlil qilinadi.
Ingliz tilini ikkinchi yoki xorijiy til sifatida o‘qitish samaradorligini oshirish, zamonaviy metodikalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘nalishida ham olima ayollarning o‘rni salmoqlidir. D.J.Mamirbaeva, A.Tadjieva, M.A.Kalabaeva, Z.X.Uteshova, D.K.Djumambetova, N.A.Bekmuratova va boshqalar talabalarga ingliz tili iboralarini va lingvistik birliklarini innovatsion pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalari orqali o‘rgatish metodikasini takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. NUKUS · 2026
So‘nggi yillarda qoraqalpog‘istonlik yosh olima ayollar jahon tilshunosligining eng zamonaviy tarmoqlaridan bo‘lgan sotsiolingvistika va gender tilshunosligi sohalariga ham jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Xususan, ingliz va qoraqalpoq muloqot madaniyatida erkaklar va ayollar nutqining leksik, grammatik hamda pragmatik o‘ziga xosliklarini (Genderlect) qiyosiy o‘rganish bo‘yicha X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
dastlabki muvaffaqiyatli qadamlar tashlanmoqda. G.K.Kdirbaeva, G.M.Seytniyazova, A.Sadullaeva, R.A.Xabipova, R.Jumamauratova, A.B.Babadjanova, A.P.Berdambetova va boshqalar ikki turli madaniyat vakillarining nutqiy xulq-atvori va gender stereotiplarining tilda aks etishini tahlil qilmoqdalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tilshunosligi bo‘yicha izlanayotgan olima ayollarning ilmiy faoliyati faqatgina nazariy xulosalar bilan cheklanib qolmay, balki amaliy ta’lim tizimi uchun ham katta qiymatga ega: 1-jadval. Olima ayollar tadqiqotlarining ilmiy yo‘nalishlari, obyektlari va amaliy tatbiq sohalari « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Ilmiy yo‘nalish Tadqiqot obyekti / Sohasi Amaliy tatbiq sohalari Oliy ta’lim uchun qiyosiy Qiyosiy-chog‘ishtirma Ingliz va qoraqalpoq tillari tipologiya darsliklari va tipologiya strukturasi, konversion modellar qo‘llanmalari Tillararo lug‘atlar, ikkitillik Lingvomadaniyat va Milliy-madaniy birliklar, idioms, va uchtillik frazeologik Frazeologiya matn troplari lug‘atlar Maktab va universitetlar Autentik matnlar, innovatsion Lingvodidaktika uchun chet tili darsliklari va metodikalar modul dasturlari Badiiy asarlarni ingliz tilidan Tarjimashunoslik Badiiy va ilmiy matnlar tarjimasi qoraqalpoq tiliga bevosita tarjima qilish Ushbu tadqiqotlar natijasida yangi avlod ikki tilli va uch tilli lug‘atlar, ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilmoqda. Eng muhimi, ingliz tilidagi badiiy va ilmiy manbalarni o‘zbek hamda qoraqalpoq tillariga, shuningdek, qoraqalpoq adabiyoti namunalarini ingliz tiliga vositachisiz, bevosita tarjima qilish imkoniyatlari kengaymoqda.
Qoraqalpog‘istonda ingliz tilshunosligini rivojlantirish va olima ayollarning ilmiy salohiyatini yanada to‘liq namoyon etish uchun bir qancha strategik vazifalarni amalga oshirish taqozo etiladi:
1. Xalqaro ilmiy bazalarga integratsiya: Olima ayollarning ilmiy maqolalarini Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalardagi yuqori impaktfaktorli jurnallarda chop etish faolligini oshirish.
2. Xalqaro grantlar va tajriba almashinuvi: Xorijiy universitetlar (Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari) bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, “El-yurt fondi” va boshqa xalqaro dasturlar orqali olima ayollarning xorijiy ilmiy markazlarda amaliyot o‘tashini kengaytirish. 3. Raqamli tilshunoslik va korpus tilshunosligi: Ingliz va qoraqalpoq tillarining parallel korpuslarini yaratish, kompyuter tilshunosligi va sun’iy intellekt texnologiyalaridan ilmiy-tadqiqot jarayonlarida foydalanishni yo‘lga qo‘yish. NUKUS · 2026
4. Yosh tadqiqotchilarga ustoz-shogird tizimi: Taniqli va tajribali olima ayollar (PhD, DSc) boshchiligida yosh magistr va doktorant ayollarni ilmiy-tadqiqot ishlariga tizimli jalb etish. Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tilshunosligini tadqiq etayotgan olima ayollar mintaqaviy va respublika miqyosidagi ilmiy-ma’rifiy X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
jarayonlarning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylangan. Ularning ilmiy izlanishlari ingliz tilshunosligining dolzarb nazariy masalalarini qoraqalpoq tili, madaniyati va muloqot xususiyatlari bilan qiyoslagan holda o‘rganishga, shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga munosib xizmat qilmoqda. Olima ayollarning fanga qo‘shayotgan hissasi nafaqat tilshunoslikning nazariy bazasini boyitadi, balki Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy maqomini yuksaltirishga, hududiy ilm-fan salohiyatini xalqaro darajaga olib chiqishga poydevor yaratadi. Ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy natijalarini amaliyotga keng tatbiq etish kelgusida ingliz tilshunosligi maktabining yanada jadal rivojlanishini ta’minlaydi. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tili filologiyasi va Ingliz tilshunosligi kafedralari ilmiy-tadqiqot faoliyati materiallari hamda to‘plamlari. — Nukus, QDU.
- Xadjiyeva D. Erimbetova E.K. Linguacultural approach in teaching imagery to EFL students. 3rd international conference on Global education: Empowering learners for the Digital Era, Lincoln, Malaisia, 2025. ISBN 978-957-2819-50-9, P. 290-295.
- Badirova D. A. Comparative Analysis of Conversion Models in English and Karakalpak Languages. — Tashkent: Fan va texnologiyalar, 2021.
- Erimbetova E. K. Imagery as a property of literary text European Journal of Literature and Linguistics, 2, 2023, Vienna, ISSN 2310-5720, 77-79 p. https://doi.org/10.29013/EJLL-23-2- 77-7910.29013/ejll-23-2-77-79
- O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va oliy ta’lim tizimida ilmiy kadrlar salohiyatini oshirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014291
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910108
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 565–568
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31