Asosiy mazmunga o‘tish

Organik, siderat va noan‘anaviy o‘g‘itlarning kuzgi bug‘doy o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri

Elemesova Nargiza IsataevnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://ror.org/02b42av242026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 540–543

Annotatsiya

Tuproq sho‘rlanishini kamaytirish, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligi va sifatini oshirish uchun agromeliorativ tadbirlarni olib borish, o‘tmishdosh ekinlar va mineral agrorudalarning kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirishdagi samaradorligini ishlab chiqish, yerga organik va siderat o‘g‘itlarni qo‘llash – muammolarini hal qilish yo‘li deb hisoblaymiz.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние органических, сидеральных и нетрадиционных удобрений на рост и развитие озимой пшеницы

Считаем, что проведение агромелиоративных мероприятий по снижению засоления почв, повышению плодородия почв, урожайности и качества сельскохозяйственных культур, разработка эффективности предшествующих культур и минеральных агроруд в повышении урожайности озимой пшеницы, применение на почве органических и сидеральных удобрений – это путь решения проблем.

inglizchaEffect of organic, green manure and non-traditional fertilizers on the growth and development of winter wheat

We consider the implementation of agromeliorative measures to reduce soil salinity, increase soil fertility, and the yield and quality of crops, the development of the effectiveness of preceding crops and mineral agro-ores in increasing winter wheat yields, and the application of organic and green manure fertilizers to the soil as a solution to the problems.

Kalit so‘zlar

  • Kuzgi bug‘doy
  • tuproq
  • unumdorlik
  • mineral agroruda
  • glaukonit
  • o‘tmishdosh
  • hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 540–543 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Elemesova Nargiza Isataevna. Organik, siderat va noan’anaviy o‘g‘itlarning kuzgi bug‘doy o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 540– 543. – DOI: https://doi.org/10.66073/ ReFocus-Conf/0910102

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

UDK: 633.11:631.86 ORGANIK, SIDERAT VA NOAN’ANAVIY O‘G‘ITLARNING KUZGI BUG‘DOY O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Elemesova Nargiza Isataevna Tadqiqotchi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Annotatsiya: Tuproq sho‘rlanishini kamaytirish, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligi va sifatini oshirish uchun agromeliorativ tadbirlarni olib borish, o‘tmishdosh ekinlar va mineral agrorudalarning kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirishdagi samaradorligini ishlab chiqish, yerga organik va siderat o‘g‘itlarni qo‘llash – muammolarini hal qilish yo‘li deb hisoblaymiz. Аннотация: Считаем, что проведение агромелиоративных мероприятий по снижению засоления почв, повышению плодородия почв, урожайности и качества сельскохозяйственных культур, разработка эффективности предшествующих культур и минеральных агроруд в повышении урожайности озимой пшеницы, применение на почве органических и сидеральных удобрений – это путь решения проблем. Abstract: We consider the implementation of agromeliorative measures to reduce soil salinity, increase soil fertility, and the yield and quality of crops, the development of the effectiveness of preceding crops and mineral agro-ores in increasing winter wheat yields, and the application of organic and green manure fertilizers to the soil as a solution to the problems. Kalit so‘zlar: Kuzgi bug‘doy, tuproq, unumdorlik, mineral agroruda, glaukonit, o‘tmishdosh, hosildorlik. Ключевые слова: Озимая пшеница, почва, плодородие, минеральная агроруда, глауконит, предшественник, урожайность. Keywords: Winter wheat, soil, fertility, mineral agro-ore, glauconite, predecessor, yield. Kirish. Kuzgi bug‘doy biologik xususiyatlariga ko‘ra kuzgi ekin bo‘lganligi sababli qishki sovuqlarning salbiy ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Biroq mamlakatimiz iqlimi keskin kontinental (yozi issiq qishi sovuq) bo‘lishiga qaramasdan kuz, qish va bahor kezlarida ob-havo juda tez o‘zgaruvchanligi va ayrim agrotexnologik jarayonlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida qishki sovuqlar ta’sirida nobud bo‘lishi yoki siyraklashish holatlari ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham kuzgi bug‘doyni qishki sovuqlarning salbiy ta’siridan asrash ishlari urug‘ni ekish bilan birga boshlanishi kerak. Ekinni qishki sovuqlarning salbiy ta’siridan asrash uchun avvalo qishki sovuqlarga chidamli tez pishar navlarini tanlash maqbul muddatlarda tegishli me’yorlarda ekish va to‘g‘ri oziqlantirish maqsadga muvofiq. Kuzgi bug‘doyning sovuqqa chidamlilik darajasi nisbiy bo‘lib, agrotexnologik jarayonlar noto‘g‘ri qo‘llanilganda ular ham sovuq ta’sirida nobud bo‘lishi mumkin.

Kuzgi bug‘doy va boshqa ekinlarni yetishtirishda sodir bo‘ladigan noxush holatlarni bartaraf etish maqsadida, fermer xo‘jaliklari yerlarining haqiqiy holati bo‘yicha oziqlantirishning kompyuterlashtirilgan diagnostik programmasi ishlab chiqildi. Ushbu programma bo‘yicha har bir fermer xo‘jaligi uchun kuzgi bug‘doy va g‘o‘zani oziqlantirishning agrokimyoviy pasporti taqdim etiladi, unga qat’iy NUKUS · 2026

amal qilinsa nafaqat rejalashtirilgan hosil yetishtiriladi, balki hosildorlik oshishi bilan birga tuproq unumdorligi ham muntazam ravishda ko‘tariladi. Ekish mavsumini joriy yil hosili uchun uyushqoqlik bilan ya’ni otryad usulida tashkil etilganligi, navlarning to‘g‘ri tanlanishi, Respublikamizning har bir mintaqasining tuproq-iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka erishishni ta’minladi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Ilg‘or agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilganligi don yetishtirishni ko‘paytirishga, uning sifat va iste’mol xususiyatlarini yanada oshirish imkoniyatini yaratdi. Shuningdek qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or yetishtirish agrotexnikasi yutuqlarini joriy qilinishi, urug‘chilik tizimini to‘la yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilganligi muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili bo‘ldi. Tajriba uslublari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy mintaqasi Xo‘jayli tumani tuproq iqlim sharoiti, “O‘razboy-ota” fermer xo‘jaligida kuzgi bug‘doy, o‘tmishdosh ekinlar ekib o‘rganildi. Respublikamizning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda yangi « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

ekishga tavsiya etilgan, istiqbolli kuzgi yumshoq hamda qattiq bug‘doy navlarini tanlash ularni mintaqaviy yetishtirish agrotexnikasi elementlarini ilmiy asosda ishlab chiqish mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda kuzgi yumshoq, qattiq bug‘doy navlarining hosildorlik va donning sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan istiqbolli navlarni yetishtirish agrotexnikasi elementlarini ishlab chiqish va tadqiqot natijalariga asoslanib har bir mintaqa uchun kuzgi yumshoq qattiq bug‘doy navlari tanlanib va ularning eng maqbul ekish muddatlari va me’yorlari, o‘g‘itlash me’yorlarini amalga oshirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Tajribada 1 variant nazorat, muttasil kuzgi bug‘doy ekiladi. Mosh, kunjut va jo‘hori don uchun ekilib keyin kuzgi bug‘doy (2-4 var.), mosh don uchun ekilib keyin 2 t/ga glaukonit berilib keyin kuzgi bug‘doy (5-var.), mosh don uchun ekilib keyin 10 t/ga go‘ng, 2 t/ga glaukonit berilib keyin kuzgi (6-var.), mosh don uchun + 20 t/ga go‘ng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bug‘doy (7-var.), mosh don uchun + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga go‘ng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bug‘doy (8-var.) usullarida ekilganda kuzgi bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishi aniqlandi.

Tadqiqot natijalari. Almashlab ekishning 1:1:2 tizimida, g‘o‘za:don:g‘alla: g‘alla ekinlari ekildi, bunda birinchi yili birinchi dalaga bir yil davomida g‘o‘za, keyingi yili o‘tmishdosh ekinlar don uchun, o‘tmishdosh ekinlarning don hosili yig‘ib olingandan so‘ng yuqorida qayd etilgan agrotadbirlar qo‘llanilib keyin ikki yil davomida kuzgi bug‘doy ekildi.

2022 yili 1-variantda o‘simlik balandligi 72,5 sm, 2, 3 va 4 variantlarda 80,0-82,0 sm, 5-6 variantlarda 83,0-87,0 sm va 7 va 8 variantlarda 90,5-95,0 sm bo‘ldi, ya’ni keyingi ikki variantda nazorat variantiga nisbatan 18,0 va 22,5 sm ga ko‘p bo‘ldi. Boshoq biometrik ko‘rsatkichlari boshoqchalar soni, boshoq uzunligi, boshoqdagi don soni, boshoqdagi don vazni va 1000 dona don vazni bo‘yicha ko‘rsatkichlar nazorat variantidan ancha yuqori. Bu ko‘rsatkichlar hosilni qay daraja bo‘lishini belgilaydigan asosiy omillardan hisoblanadi. 2023 yili muttasil kuzgi bug‘doy ekilgan nazorat variantida o‘simlik poya NUKUS · 2026

balandligi 70,5 sm, 2, 3 va 4 variantlarda 78,5-81,0 sm, 5 va 6 variantlarda 31,0 va 84,0 sm, 7 va 8 variantlarda 88,5 va 93,1 sm bo‘ldi. Boshoq biometrik ko‘rsatkichlari va 1000 dona don vazni bo‘yicha ham organik o‘g‘itni 20 t/ga, glaukonit 2 t/ga miqdorida siderat bilan birgalikda qo‘llanilib keyin kuzgi bug‘doy ekilganda yuqori bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin (1-jadval). X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

1-jadval. Kuzgi bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishi Variant O‘simlik Boshoq Boshoq Boshoq Boshoq Don 1000 lar poya uzun chalar dagi don dagi don chiqishi, dona don baland ligi, sm soni, soni, vazni, g % vazni, g ligi dona dona 2022 y. 1 72,5 8,0 9,6 36,5 1,45 72,5 39,0 2 81,5 9,3 11,7 43,5 1,70 75,8 42,5 3 82,0 9,2 11,5 42,0 1,69 76,0 41,5 4 80,0 9,0 11,0 42,0 1,68 75,0 41,5 5 83,0 9,3 12,0 43,0 1,70 76,0 42,0 « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

6 87,0 9,8 12,7 44,5 1,74 77,5 43,0 7 90,5 10,1 13,5 45,6 1,78 78,0 44,5 8 95,0 10,7 14,0 46,8 1,85 79,5 45,0 2023 y. 1 70,5 7,8 9,4 34,5 1,43 71,3 38,2 2 80,0 9,1 11,2 42,5 1,68 74,5 41,5 3 81,0 9,0 11,1 40,0 1,68 74,5 40,8 4 78,5 9,0 10,8 40,0 1,66 73,5 40,7 5 81,0 9,2 11,0 41,0 1,68 74,0 41,0 6 84,0 9,5 12,4 42,5 1,71 75,0 41,8 7 88,5 9,7 13,3 43,0 1,75 75,5 42,5 8 93,1 10,3 13,8 44,5 1,82 77,5 43,8 Xulosa. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘r tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligini oshirish va kuzgi bug‘doyning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun ekinlarni 1:1:2 tizimida almashlab ekish, ya’ni kuzgi bug‘doydan oldin o‘tmishdosh ekinlardan mosh don uchun + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga go‘ng + 2 t/ga glaukonit + kuzgi bug‘doy usulida ekish maqsadga muvofiqdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Ismailov U.E. Nauchnıe osnovı innovaciya plodorodiya pochvı. -Nukus. -Bilim. -2003. -186 s.
  2. Ismailov U.E., Sadıkov E., Saipnazarov G. Korotkorotacionıe sevooborotı v usloviyax Karakalpakstana. –Nukus. -2015. -76 s.
  3. Ismailov A. Gʻoʻza hosildorligiga mahalliy agrorudalarning ta`siri. –Nukus. –Miraziz- Nukus. -2018. -68 b.
  4. Mirzaev L., G‘ofurov D., Xaydarov D. Kuzgi bug‘doyda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar turli me’yorlarining takroriy mosh ekinining o‘sib rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri. – Agro ilm. -2018. -№3 (53). -B. 29
  5. Koylibaevna A. M. et al. ORGANIKALÍQ HÁM MINERAL TÓGINLERDIŃ ǴAWASHANÍŃ ÓSIWI HÁM RAWAJLANÍWÍNA TÁSIRI //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 356-359. NUKUS · 2026 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014285
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910102
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
540–543
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31