Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TUT DARAXTI ZARAKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI

    M.A.Mirzayeva, Mukhtarova Madina Ahmadjon qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Maqolada tut daraxtiga zarar keltiruvchi zararli hasharotlar haqida ma‘lumotlar berilib,o‘simlikxo‘r tripslar, komstok qurti, ildiz kemiruvchi tunlamlar va tut parvonasi va tut odimchisi sezilarlizarar keltiradi. Eng ashshadiylari tut parvonasi va tut odimchisidir. Yuqorida qayd qilib o‘tilganzararkunandalar tutlarining barcha davrida shikastlasa, ko‘chat tayyorlashga ixtisoslashgan xo‘jaliklardatut nihollarini odatda ildizkemiruvchi tunlamlar shikastlashi mumkin

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MADANIYATLARARO MUSIQA TA‘LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK IMKONIYATLAR

    Akhrorova Munojat Mashraf qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqola madaniyatlararo musiqa ta‘limida raqamli texnologiyalarni qo‘llashimkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi raqamli vositalar yordamidamadaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va musiqa ta‘limining samaradorligini oshirish, shuningdekzamonaviy pedagogik imkoniyatlar va ularning global ta‘lim jarayoniga ta‘siri tahlil qilinadi. Raqamlitexnologiyalar madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, turli xalqlar musiqalarini o‘rganish, taqqoslash vaijodiy integratsiya qilishda muhim vosita sifatida qaraladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KUTUBXONA VA MUZEY – TA‘LIM, TARBIYA HAMDA AXBOROT MASKANI

    Turgunova Madinaxon Khudoiberdiyevna, B. A. Tillayev · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada kutubxona va muzeylarning zamonaviy ta‘lim tizimidagi o‘rni,yosh avlodni tarbiyalashdagi ma‘naviy-ma‘rifiy ahamiyati hamda axborot manbai sifatidagi funksiyalariilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Kutubxona va muzeylar o‘quvchi, talaba hamda keng jamoatchilikning ilmiydunyoqarashini shakllantirishda muhim omil bo‘lib, ularning faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriyetish masalalari ham yoritiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston misolida kutubxona va muzeylarningrivojlanish holati statistik ma‘lumotlar asosida tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NEYROPEDAGOGIK YONDASHUVDA GENDER TAFOVUTLAR

    Toshturdiyeva Aziza Akbar qizi, Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    ushbu maqolada ta‘lim jarayonida gender tafovutlarini neyropedagogik yondashuvasosida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Neyropedagogika fanining asosiy maqsadi — o‘quvchilarningmiyaviy faoliyati, idrok, e‘tibor va motivatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda ta‘lim samaradorliginioshirishdir. Maqolada erkak va ayol o‘quvchilarning o‘qishdagi individual farqlarini ijtimoiy-psixologikhamda neyropedagogik nuqtai nazardan o‘rganish, stereotiplardan xoli yondashuvning ahamiyati hamdazamonaviy ta‘lim tizimida teng imkoniyatlar yaratish zarurati asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TA‘LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTEGRALLASHGAN O‘QUV-MODUL ISHLAB CHIQISH

    Umirov Ilhom Iskandar oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur tezisda ta‘lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqaliintegrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. O‘quv-modulkonsepsiyasi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli muhit imkoniyatlari hamda fanlararointegratsiya tamoyillariga asoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli platformalardaintegrallashgan modulni joriy etish talabalarning mustaqil ta‘lim faoliyatini faollashtiradi, texnologikfikrlashni rivojlantiradi hamda fanlararo kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AUTISTIK SPEKTR BUZILISHI BO‘LGAN BOLALARDA DIQQATNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

    Istamova Sitora Nematovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada autistik spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda diqqat jarayoninirivojlantirishga doir psixologik-pedagogik tamoyillar chuqur tahlil qilinadi. Diqqat inson ongining asosiyfunksiyalaridan biri bo‘lib, atrof-muhitdagi hodisa va voqealarni ongli ravishda idrok qilish, axborotlarnisaralash, muhimini ajratib olish va unga nisbatan faoliyatni yo‘naltirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.ASB bo‘lgan bolalarda diqqatning xususiyatlari, e‘tiborning barqaror emasligi, sensor sezgirlik va ijtimoiymuloqotdagi cheklovlar tufayli o‘ziga xos bo‘ladi. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi ASBbo‘lgan bolalar uchun diqqatni rivojlantirish ularning kognitiv, hissiy va ijtimoiy rivojlanishida muhimahamiyatga ega. Maqolada bolalarning yoshiga xos diqqat xususiyatlari, ASBbo‘lgan bolalarda diqqatningixtiyorsiz, ixtiyoriy va post-ixtiyoriy turlari, shuningdek har bir bosqichdagi rivojlanish xususiyatlari tahlilqilinadi. Pedagoglar, ota-onalar va psixologlar uchun diqqatni rivojlantirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgansamarali metod va texnologiyalar, didaktik o‘yinlar, mashqlar, interaktiv va sensor treninglartizimlashtiriladi. Diqqatni shakllantirishda bolalarning qiziqishlari, individual yondashuv, bosqichmabosqichlik, motivatsiya va ijobiy emotsional muhit yaratish muhim omil sifatida o‘rganiladi. Shuningdek,maqolada diqqat buzilishining oldini olish, uni erta aniqlash va korreksion ishlar orqali tuzatish yo‘llariham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ASB bolalarda kognitiv salohiyatni oshirish, ularni faollikkaundash va darslarda samarali ishtirokini ta‘minlashda amaliy qo‘llanma sifatida muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SEFALOSPORINLAR: SEFEPIMNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI, AFZALLIKLARI HAMDA KAMCHILIKLARI

    Istamova Sitora Ne‘mat kizi, Abdurashidov Asilbek Abdurashidovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada sefalosporin antibiotiklarining umumiy farmakologik xususiyatlari,ularning ichida to‘rtinchi avlod vakili – sefepimning klinik qo‘llanilish sohasi, afzalliklari hamdakamchiliklari yoritilgan. Sefepimning gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga qarshi keng ta‘sirdoirasi, β-laktamazalarga chidamliligi va farmakokinetik ustunliklari tahlil qilingan. Shu bilan birga,preparatning allergik reaksiya chaqirish xavfi, nefrotoksiklik va dozaga bog‘liq nojo‘ya ta‘sirlari haqidaham fikr yuritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    CHALLENGES AND SOLUTIONS IN TEACHING ENGLISH VOCABULARY TO B2 LEARNERS

    Ismoilova Shakhnoza Abdumalik qizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025

    B2 tilini o‘rganuvchilarga ingliz tili lug‘atini o‘rgatish leksikmurakkablik, eslab qolish, kontekstdan foydalanish va o‘quvchilarning motivatsiyasi bilan bog‘liq turli xil qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu tadqiqot yuqori o‘rta darajadagi talabalar duch keladigan keng tarqalgan qiyinchiliklarni o‘rganadi va lug‘atni rivojlantirish uchun samarali pedagogik strategiyalarni aniqlaydi. Ma‘lumotlar sinfdagi kuzatuvlar, o‘qituvchilar bilan suhbatlar va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar orqali to‘plangan.Topilmalar shuni ko‘rsatadiki, asl materiallar bilan yetarlicha tanishmaslik, faol lug‘atdan cheklangan foydalanish va ko‘p semantik so‘zlarni tushunishdagi qiyinchiliklar asosiy to‘siqlardir. Kontekstga asoslangan o‘rganish, leksik qismlar, raqamli vositalar va vazifaga asoslangan mashg‘ulotlar kabi yechimlar lug‘atni o‘zlashtirishni sezilarli darajada yaxshilaydi. Ushbu maqola amaliy tavsiyalar beradi va B2 tilini o‘rganuvchilar uchun lug‘atni o‘qitishni yaxshilaydigan samarali yondashuvlarni ta‘kidlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    YAPONIYA TA‘LIMI YANGILIKLARI ,USULLARI VA SINFNI BOSHQARISH

    Nabiyeva Intizar Orzumurodovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada Yaponiya ta‘lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy o‘qitish uslublarihamda samarali sinf boshqaruvi tamoyillari tahlil qilinadi. Yaponiyada ta‘lim nafaqat bilim berish jarayoni,balki shaxsni har tomonlama tarbiyalash, ijtimoiy mas‘uliyat va madaniy qadriyatlarni shakllantirishgaqaratilgan tizim sifatida ko‘riladi. “Lesson Study” kabi metodlar o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorliknikuchaytirib, dars sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada intizom, ijobiy rag‘batlantirishva madaniyat asosida sinfni boshqarish yondashuvlari yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR IJODKORLIGINI ZAMONAVIY TA‘LIM YONDASHUVLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

    Najmiyeva Umida Kamaritdinovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim yondashuvlari, xususan, konstruktivistik o‘qitish,kompetensiya yondashuvi, loyiha va muammoli ta‘lim metodlari, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasigaasoslangan o‘qitish tizimi, mustaqil fikrlovchi, ijodiy yondashuvchi va zamonaviy ta‘lim talablariga javobbera oladigan mutaxassislarni shakllantirish, ma‘naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ijtimoiy faol va mas‘uliyatlishaxsni tarbiyalash, talabalar ongida jamiyatdagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, turli millat vaelatlarga mansub insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va inoq munosabatlar o‘rnatilishiga faol hissa qo‘shishmasalalari borasida so‘z yuritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI PILS XALQARO BAHOLASH JARAYONLARIGA TAYYORLASH

    Shokhdorova Kamola Anvarovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholashjarayonlariga tayyorlash masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘qish savodxonligining nazariy asoslari,PIRLS dasturining maqsad va tamoyillari, o‘quvchilarning o‘qish yutuqlariga ta‘sir etuvchi uy, maktab vasinf omillari yoritilgan. Shuningdek, raqamli savodxonlik, onlayn o‘qish strategiyalari va o‘qituvchilarningkasbiy tayyorgarligi PIRLS natijalariga ta‘sir etuvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolaxulosasida o‘qituvchilar, ota-onalar va ta‘lim siyosatchilari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish orqaliboshlang‘ich ta‘lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TARIX DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDAGI FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH

    Muhiddinova Nasiba Odiljon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Maqolada akademik litsey, umumiy o‘rta ta‘lim maktabi tarix darslarida innovatsionpedagogik texnologiyalarga asoslangan fanlararo integratsiyadan foydalanishning o‘rni va samarali usullariko‘p yillik amaliy tajribalar asosida yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FIZIKA DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

    Khuzhanov Erkin Berdievich, Ergashev Ozodbek Sherkul oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Maqolada fizika darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari vaimkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli resurslar o‘quv jarayonini interaktiv, samarali vaindividuallashtirilgan tarzda tashkil etishga yordam berishi ta‘kidlangan. Ular nazariy bilimlarnimustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda talabalarni ilmiy izlanish faoliyatigayo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni ta‘lim jarayonigaintegratsiya qilish fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish va talabalarning mustaqil ta‘lim olishkompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KO‘P TILLILIK VA MIGRATSIYA JARAYONINING TILGA TA‘SIRI HUSUSIDA

    Merganova Nigora Mamadodilovna, Abduganieva Dildora Umidjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada Germaniyada ko‘p tillilik va migratsiya jarayonlari o‘rtasidagio‘zaro bog‘liqlik, til o‘zgarishining asosiy mexanizmlari hamda yangi til shakllarining rivojlanishi -xususan Codeswitching (kod-almashinish) va etnolektlarning shakllanish jarayonlari ilmiy tahlilqilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AFSUNGA OID BIRLIKLARNING PRAGMATIK VAZIFALARI

    Norbekova Gulrukh Husan kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada J. K. Rowlingning “Harry Potter” asarlarida qo‘llanilgan afsunlar(spells) nutq akti nazariyasi (J. L. Austin, J. Searle) asosida lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinadi.Maqolada afsunlarning lokutsion, illokutsion va perlokutsion bosqichlari aniqlanib, ularning kommunikativva ijtimoiy funksiyalari yoritilgan. Xususan, “Expelliarmus” va “Avada Kedavra” afsunlari misolidaso‘zlovchining illokutsion niyati, tinglovchiga ko‘rsatilgan perlokutsion ta‘sir, hamda afsunlarningpragmatik yuklamasi tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    КЛЮЧЕВЫЕ ФУНКЦИИ СОВРЕМЕННОГО ПРЕПОДАВАТЕЛЯ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В УСЛОВИЯХ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

    Azizova Rushen Ismailovna · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025

    Statya posvyashena klyuchevim funktsiyam sovremennogo uchitelya fizicheskoy kulturi.kulturi v obsheobrazovatelnoy shkole, gde trebuyutsya ne tolko glubokie spetsialistiznaniya v oblasti fizicheskogo vospitaniya, no i ponimanie psixologo-pedagogicheskix aspektovrabota s detmi i podrostkami.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ARTERIAL GIPERTENZIYADA KOMBINIRLANGAN TERAPIYANI QO‘LLASH

    Mukhsinova Shakhlo Mulkhimovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Arterial gipertenziya (AG) bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan engmuhim muammolardan biridir. Dunyo bo‘yicha taxminan bir milliardga yaqin inson ushbu kasallikkachalingan. So‘nggi o‘n yilliklarda AGning yosh ko‘rsatkichi tobora “yosharib” bormoqda, ya‘ni kasallikavvallari keksa yoshdagilarga xos bo‘lgan bo‘lsa, endilikda yoshlar orasida ham keng tarqalmoqda.Tibbiyotning zamonaviy yutuqlariga qaramay, arterial gipertenziya bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘libqolmoqda: dunyo aholisi orasida ayollarning 27–30 foizi, erkaklarning esa 14–18 foizi ushbu kasallikdanaziyat chekadi. Shu bois, AGni erta aniqlash, oldini olish va samarali davolash masalalari hanuzgachadolzarb ahamiyat kasb etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TA‘LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHI VA TALABALARNING O‘ZARO MULOQOT VA MUNOSABATLAR HAMKORLIGI

    Mukhsinova Shakhlo Mulkhimovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada o‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati vapsixologiyasining ahamiyati yoritilgan. Unda pedagogik muloqotning mazmuni, uslublari, shuningdek,psixologik yondashuvlarning ta‘lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchining nutqmadaniyati, emotsional barqarorligi va shaxslararo munosabatlarda qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishilozimligi haqida fikr yuritiladi. Maktab, oila va mahalla o‘rtasidagi muloqotning ta‘lim sifati uchun tutgano‘rni ham alohida ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaldagi qonunchilik hujjatlari va Prezident asarlarigatayanilgan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INTERACTIVE ICT AND AI-POWERED TOOLS THAT MAKE VOCABULARY ACQUISITION ENGAGING

    Atamuratova Mexribon Kamarbek qizi, Muxitdinova Munira Ravshanovna · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025

    Tadqiqot Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Sun‘iy intellekt (AI) vositalarining talabalarning til o‘rganish so‘z boyligini rivojlantirishga qanday ta‘sir qilishini o‘rganadi. Unda lug‘at aloqaning asosiy komponenti sifatida tushuntiriladi va oliy ta‘limda texnologiya bilan takomillashtirilgan til o‘rganish (TELL) usullaridan tobora ko‘proq foydalanilayotgani ta‘kidlanadi. Tadqiqotda Quizlet va Memrise interaktiv o‘rganish tizimlari va AI asosidagi chatbotlar talabalarga shaxsiylashtirilgan amaliyot mashg‘ulotlari davomida o‘zlarining o‘quv sur‘atlarida darhol fikr-mulohazalarni olish imkonini berishini o‘rganadi. Tadqiqot dalillari shuni ko‘rsatadiki, AKT va AI integratsiyalashgan holda talabalar yaxshiroq o‘rganish natijalariga erishadilar, chunki bu texnologiyalar talabalarning ishtiroki va motivatsiyasini oshiradi va ularning so‘z boyligini eslab qolish qobiliyatini oshiradi. Ta‘limda AI ni joriy etish doimiy to‘siqlarga duch kelmoqda, chunki talabalar texnologiyadan teng foydalanish imkoniyatiga ega emaslar va ularga yaxshiroq raqamli ko‘nikmalar kerak va ular avtomatlashtirilgan tizimlarga juda bog‘liq. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, AKT va AI vositalari o‘qituvchilar ularni tegishli ko‘rsatmalarni oladigan va tegishli inson ishtirokini ta‘minlaydigan kredit-modul tizimlarida qo‘llaganlarida eng yaxshi natijalarga erishadilar. Ushbu usul talabalarga tilni to‘liq bilish darajasiga erishish uchun so‘z boyligi ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PLASTIK CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH YO‘LI BILAN YO‘Q QILISHNING EKOLOGIK VA IQTISODIY MANFAATDORLIGI

    Ismailov Mominjon Yusupovich, Qurbanaliyev Komronbek Azamat oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Plastik chiqindilar zamonaviy jamiyatning eng dolzarb muammolaridan birihisoblanadi. Ushbu tadqiqot plastik chiqindilarni qayta ishlashning ekologik va iqtisodiy jihatlarini tahlilqiladi. Maqolada jahon va O‘zbekiston amaliyoti asosida qayta ishlash texnologiyalari, ularning atrofmuhitga ta‘siri va iqtisodiy samaradorligi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, samarali qaytaishlash tizimi nafaqat chiqindilar miqdorini kamaytiradi, balki iqtisodiy foyda va yangi ish o‘rinlarini hamyaratadi. Aylanma iqtisodiyot modeliga o‘tish plastik ifloslanishini kamaytirish va barqaror rivojlanishnita‘minlash uchun muhim hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya