TA‘LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHI VA TALABALARNING O‘ZARO MULOQOT VA MUNOSABATLAR HAMKORLIGI
Mukhsinova Shakhlo MulkhimovnaSamarqand Davlat tibbiyot universiteti, assistant2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 370–373
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati vapsixologiyasining ahamiyati yoritilgan. Unda pedagogik muloqotning mazmuni, uslublari, shuningdek,psixologik yondashuvlarning ta‘lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchining nutqmadaniyati, emotsional barqarorligi va shaxslararo munosabatlarda qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishilozimligi haqida fikr yuritiladi. Maktab, oila va mahalla o‘rtasidagi muloqotning ta‘lim sifati uchun tutgano‘rni ham alohida ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaldagi qonunchilik hujjatlari va Prezident asarlarigatayanilgan
Boshqa tillarda
ruschaВзаимодействие и взаимоотношения между учителями и учениками в образовательном процессе.
В данной статье подчеркивается важность культуры общения и психологии в профессиональной деятельности учителя. Анализируются содержание и методы педагогического общения, а также роль психологических подходов в образовательном процессе. Рассматриваются также культура речи, эмоциональная устойчивость и межличностные компетенции, которыми должен обладать учитель. Отдельно рассматривается роль общения между школой, семьей и соседями в качестве образования. Статья основана на действующих законодательных документах и работах Президента.
inglizchaINTERACTION AND RELATIONSHIPS BETWEEN TEACHERS AND STUDENTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS
This article highlights the importance of communication culture and psychology in the professional activity of a teacher. It analyzes the content, methods of pedagogical communication, as well as the role of psychological approaches in the educational process. It also discusses the speech culture, emotional stability, and interpersonal competencies that a teacher should have. The role of communication between school, family, and neighborhood in the quality of education is also considered separately. The article is based on current legislative documents and the works of the President
Kalit so‘zlar
- o‘qituvchi
- muloqot madaniyati
- psixologik yondashuv
- pedagogik muloqot
- kasbiy kompetensiya
- kommunikatsiya
- nutq madaniyati
- ta‘lim sifati
- oila-maktabmahalla
- empatiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TA’LIM JARAYONIDA O’QITUVCHI VA TALABALARNING O’ZARO MULOQOT VA MUNOSABATLAR HAMKORLIGI
Muxsinova Shaxlo Mulximovna Samarqand Davlat tibbiyot universiteti, assistant Email: shaxlomuxsinova 7@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada o’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasining ahamiyati yoritilgan. Unda pedagogik muloqotning mazmuni, uslublari, shuningdek, psixologik yondashuvlarning ta’lim jarayonidagi o’rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o’qituvchining nutq madaniyati, emotsional barqarorligi va shaxslararo munosabatlarda qanday kompetensiyalarga ega bo’lishi lozimligi haqida fikr yuritiladi. Maktab, oila va mahalla o’rtasidagi muloqotning ta’lim sifati uchun tutgan o’rni ham alohida ko’rib chiqilgan. Maqolada amaldagi qonunchilik hujjatlari va Prezident asarlariga tayanilgan. Kalit so’zlar: o’qituvchi, muloqot madaniyati, psixologik yondashuv, pedagogik muloqot, kasbiy kompetensiya, kommunikatsiya, nutq madaniyati, ta’lim sifati, oila-maktabmahalla, empatiya.
ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ И СОТРУДНИЧЕСТВО ПРЕПОДАВАТЕЛЯ И СТУДЕНТА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
Мухсинова Шахло Мулхимовна Ассистент Самаркандского государственного медицинского университета Email: shaxlomuxsinova7@gmail.com
Аннотация. В данной статье освещается значение культуры и психологии общения в профессиональной деятельности преподавателя. Рассматриваются содержание и методы педагогического общения, а также роль психологических подходов в образовательном процессе. Особое внимание уделяется культуре речи преподавателя, его эмоциональной устойчивости и профессиональным компетенциям, необходимым для эффективных межличностных отношений. Также анализируется значение взаимодействия между школой, семьёй и махаллей в обеспечении качества образования. В статье использованы действующие законодательные документы и труды Президента. Ключевые слова: преподаватель, культура общения, психологический подход, педагогическое общение, профессиональная компетенция, коммуникация, культура речи, качество образования, семья-школа-махалля, эмпатия.
INTERACTION AND COOPERATION BETWEEN TEACHERS AND STUDENTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS
Muxsinova Shakhlo Mulkhimovna Assistant, Samarkand State Medical University Email: shaxlomuxsinova7@gmail.com
Abstract. This article highlights the importance of communication culture and psychology in the professional activity of a teacher. It analyzes the content, methods of pedagogical communication, as well as the role of psychological approaches in the educational process. It also discusses the speech culture, emotional stability, and what competencies a teacher should have in interpersonal relationships. The role of communication between school, family, and neighborhood in the quality of education is also considered separately. The article is based on current legislative documents and the works of the President. Keywords: teacher, culture of communication, psychological approach, pedagogical communication, professional competence, communication, speech culture, quality of education, familyschool-neighborhood, empathy.
Kirish Bugungi taraqqiyot davrida ta’lim tizimida yuqori tajribali, kommunikativ, ijtimoiy va psixologik jihatdan malakali pedagog kadrlarga talab ortib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Yangi O’zbekistonni barpo etish – avvalo yangi maktabni yaratishdan boshlanadi”, degan fikr o’qituvchining jamiyatdagi o’rni va uning muloqot madaniyati bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatadi. O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi ilmiy faoliyatiga doir tadqiqotlarda, asosiy e’tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratilgan, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilingan. A.V.Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o’rganib, ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularning muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv bilimlarini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta’kidlagan edi. Bu muammoga boshqacharoq yondashgan A. A. Bodalev o’qituvchi bilan o’quvchining dars jarayonidagi munosabati ularning samarali, hamkorligini vujudga keltirish uchun qulaylik yaratishi muhim deb hisoblaydi. Buning uchun o’qituvchilar o’quvchilarning shaxs sifatidagi xususiyatlarini, maqsad va ehtiyojlarini hisobga olishlari shartdir. Yuqoridagi fikrlarga qaramay, o’zlashtirishning turli bosqichlarida o’qituvchi bilan o’quvchilarning turli hamkorligi qanday uyushtirilishi masalasi hal bo’lgan emas. Binobarin, o’qituvchida o’quv faoliyatini hamkorlik asosida tashkil qilish ko’nikmalari yo’qligi qator muammolarni yuzaga chiqaradi. Hamkorlikdagi mahsuldor faoliyatni psixologik jihatdan o’rganishni V.YA.Lyaudis boshchiligidagi psixologlar guruhi amalga oshirdi. Uning asosiy maqsadi yangi psixik fazilatlarning shakllanishida o’qituvchi bilan talaba hamkorligining rolini ifodalash edi. Ushbu nazariyaga binoan o’quv faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o’zlashtirishning negizi emas, balki shaxsning ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini egallash jarayonidir. Mazkur nazariya asosida o’quv vaziyatini talaba shaxsining rivojlanishidagi «yaqin kamolot zonasi»nigina emas, balki «pertseptiv rivojlanish zonasi»ni ham yaratadigan yo’sinda, loyihalash mumkin.
V.Ya.Lyaudis o’quv vaziyati tarkibidagi 4 ta o’zgaruvchan holatni ko’rsatadi: a) tashkiliy o’quv jarayonining mazmuni (uning xususiyati,o’quvchi o’zlashtiradigan faoliyat dasturi, egallanadigan bilish faoliyatining turlari; b) ta’lim mazmuni va o’quv faoliyati usullarini o’zlashtirish: bir bosqichdan boshqasiga o’tish tartibi, v) talaba bilan pedagogning o’zaro ta’siri va hamkorlik sistemasi; g) ta’limdagi o’zgaruvchan omillarning o’zaro aloqasining takomillashuvi. O’zaro hamkorlikning muhim omili va talabalarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan talaba hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati (o’qituvchi va talaba munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob’ektini, bilish faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’ minlaydi. Hamkorlikdagi o’quv jarayonining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli talabalar mustaqil holda ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikda shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda o’qituvchi bilan talabaning birgalikdagi hatti-harakatlarining sistemasini tushunish kerak. Bunday hatti-harakatlar o’qituvchining talabaga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi, talabalarning faolligi asta-sekin o’sa borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi,o’qituvchi bilan talaba o’rtasida gi munosabat esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Psixologiya fanida hamkorlikning yettita shakli mavjud, ular quyidagilardan iboratdir: 1) faoliyatga kirish, 2) mustaqil harakatlar (o’qituvchi bilan talaba hamkorlikda bajaradilar); 3) o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga talabani jalb etadi; 4) taqlid harakatlari (o’qituvchidan talaba uning sifatlarini o’zlashtiradi va shu asosida harakat qiladi); 5) madad harakatlari (o’qituvchi talabaga oraliq maqsadni va unga erishish usullarini tanlashda yordam beradi hamda oxirgi natijani nazorat qiladi; 6) o’zini-o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda va oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 7) o’zini o’zi qo’zg’atuvchi harakatlar; 8) o’zini uyushtiruvchi harakatlar.
Shunday qilib, hamkorlikdagi faoliyat usullari birgalikdagi xatti-harakatlar shaklida namoyon bo’lib, unga muloqot davrlari singari mazkur faoliyatning oddiy birliklari deb hisoblash mumkin. Birgalikdagi harakat davri quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi harakatni boshlab beradi, talaba uni davom ettirib tugatadi. Oliy ta’limda hamkorlikdagi o’qituvchi-o’quvchi faoliyatining xususiyatlarini o’rganish va tajribalarda sinab ko’rishning asosiy maqsaditalabalarning bilimlarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarining sabablarini va manbalarini tadqiq etish hamda ta’lim jarayonida yoki hamkorlikdagi faoliyatda bilimlarni o’zlashtirish samaradorligini oshirishning asosiy omillarini aniqlashdan iboratdir. O’qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyachi, shaxsiy namuna va ijtimoiy muloqot vositachisi sifatida ham faoliyat yuritadi. Shu bois, uning kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologik yondashuvlar alohida o’rin tutadi. O’qituvchining kasbiy muvaffaqiyati ko’p jihatdan uning muloqot qilish madaniyati, psixologik tayyorgarligi, emotsional barqarorligi va shaxsiy yondashuvlariga bog’liq. Muloqot madaniyati – bu shaxslararo muloqotda axloqiy me’yorlarga rioya qilish, hurmat, empatiya, faol tinglash, fikr almashish, ijobiy munosabat bildirish kabi omillarni qamrab oladi. Pedagogik faoliyatda muloqot ikki asosiy yo’nalishda kechadi:
1. O’quvchi bilan muloqot – bu bevosita ta’lim-tarbiya jarayonining asosi bo’lib, o’quvchining o’zlashtirishi, motivatsiyasi, ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
2. Hamkasblar, ota-onalar bilan muloqot – bu kasbiy muhitda sog’lom aloqalarni yo’lga qo’yish va jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Muloqot uslublari bu – pedagogning shaxsiyati, tajribasi va nutq madaniyatiga bog’liq holda har xil bo’lishi mumkin. Amaliyotda avtoritar, demokratik va liberal uslublar uchraydi. Hozirgi ta’lim tizimi demokratik yondashuvni – hamkorlikka asoslangan, o’quvchini erkin fikrlashga undaydigan va hurmatga asoslangan muloqotni ilgari suradi. Pedagogik psixologiya shuni ko’rsatadiki, har bir o’quvchiga individual tarzda yondashuvni talab qiladi. O’qituvchining vazifasi – bolani tushunish, unga qulay psixologik sharoit yaratish, uning ehtiyojlarini inobatga olish va shaxsiy rivojiga turtki berishdir. Bunda empatiya, sabr, stressga bardoshlilik kabi psixologik kompetensiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, o’qituvchining nutq madaniyati ham pedagogik muloqotda hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Tiniq, mantiqiy, aniqlangan, hissiyotli va tushunarli nutq – samarali ta’lim garovidir. Notog’ri, keskin yoki loqayd ohangdagi muloqot o’quvchi shaxsiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ta’lim sifatini oshirishda maktab – oila – mahalla o’rtasidagi muloqot va hamkorlik aloqalari alohida o’rin tutadi. O’qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki mahalla va ota-onalar bilan o’zaro aloqadorlikni yo’lga qo’yishi orqali jamiyatda ta’lim-tarbiya tizimining muvozanatini ta’minlovchi vositachidir.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologik yondashuvlar yetakchi rol o’ynaydi. Har bir pedagog muloqotda professional bo’lishi, shaxslararo munosabatlarda o’zini tuta olish, o’quvchiga individual tarzda yondashish va ijobiy muhit yaratishga intilishi zarur. O’qituvchining muloqotdagi axloqiy pozitsiyasi, hurmatli yondashuvi va psixologik tayyorgarligi ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy muvaffaqiyat omiliga aylanadi. Shu sababli, pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda muloqot psixologiyasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston – yangi islohotlar maktabi. – Toshkent:
- O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli farmoni. 2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida.
- Xolmatov I. Pedagogik muloqot va kommunikativ kompetensiya. – Toshkent: TDPU, 2020. 5. Abdullaeva G’. Psixologiya asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2019.
- Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. – Moskva: Pedagogika, 1991.
- G’ofurov K. Kasbiy pedagogik muloqot. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.
- Xamidov A. O’qituvchining nutq madaniyati. – Toshkent: O’qituvchi, 2017.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
- Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.
- Karimov S. Muloqot psixologiyasi. – Toshkent: Fan, 2015.
- Jalolov J. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2016.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011361
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/361
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 370–373
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25