TUT DARAXTI ZARAKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
M.A.Mirzayeva1, Mukhtarova Madina Ahmadjon qizi22025
- 1Farg‘ona davlat universiteti dotsenti
- 2Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs talabasi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 429–433
Annotatsiya
Maqolada tut daraxtiga zarar keltiruvchi zararli hasharotlar haqida ma‘lumotlar berilib,o‘simlikxo‘r tripslar, komstok qurti, ildiz kemiruvchi tunlamlar va tut parvonasi va tut odimchisi sezilarlizarar keltiradi. Eng ashshadiylari tut parvonasi va tut odimchisidir. Yuqorida qayd qilib o‘tilganzararkunandalar tutlarining barcha davrida shikastlasa, ko‘chat tayyorlashga ixtisoslashgan xo‘jaliklardatut nihollarini odatda ildizkemiruvchi tunlamlar shikastlashi mumkin
Boshqa tillarda
ruschaВредители тутового дерева и методы борьбы с ними
В статье представлена информация о вредных насекомых, поражающих тутовые деревья, в частности, о трипсах, гусеницах комстока, корневых древоточцах, тутовых молях и цикадках. Наиболее опасны тутовая моль и цикадки. В то время как вышеупомянутые вредители поражают тутовые деревья на всех стадиях роста, саженцы тутового дерева на фермах, специализирующихся на подготовке рассады, обычно могут быть повреждены корневыми древоточцами.
inglizchaPESTS OF MULBERRY TREE AND METHODS OF CONTROLLING THEM
The article provides information about harmful insects that damage mulberry trees, and herbivorous thrips, Comstock worms, root-eating borers, and mulberry moths and mulberry leafhoppers cause significant damage. The most serious are the mulberry moth and mulberry leafhoppers. While the above-mentioned pests damage mulberries at all stages of growth, mulberry seedlings in farms specializing in the preparation of seedlings can usually be damaged by root-eating borers
Kalit so‘zlar
- tut daraxtlari
- hammaxo‘r zararkunandalar
- o‘rgimchakkana
- qarshi kurash
- tripslar
- komstok qurti
- ipakchilik sohasi
- monofag
- kurash usullari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TUT DARAXTI ZARAKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
M.A.Mirzayeva Farg‘ona davlat universiteti dotsenti.,q.x.f.n Muxtorova Madina Ahmadjon qizi Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya. Maqolada tut daraxtiga zarar keltiruvchi zararli hasharotlar haqida ma‘lumotlar berilib, o‘simlikxo‘r tripslar, komstok qurti, ildiz kemiruvchi tunlamlar va tut parvonasi va tut odimchisi sezilarli zarar keltiradi. Eng ashshadiylari tut parvonasi va tut odimchisidir. Yuqorida qayd qilib o‘tilgan zararkunandalar tutlarining barcha davrida shikastlasa, ko‘chat tayyorlashga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda tut nihollarini odatda ildizkemiruvchi tunlamlar shikastlashi mumkin. Tayanch so‘z iboralar: tut daraxtlari, hammaxo‘r zararkunandalar, o‘rgimchakkana, qarshi kurash, tripslar, komstok qurti, ipakchilik sohasi, monofag, kurash usullari.
ВРЕДИТЕЛИ ТУТОВОГО ДЕРЕВА И МЕТОДЫ БОРЬБЫ С НИМИ
Аннотация. В статье представлена информация о вредных насекомых, наносящих ущерб деревьям тутовника. Существенный вред причиняют растительноядные трипсы, комстоковая щитовка, корневая совка, тутовая моль и тутовый шелкопряд. Наиболее опасными из них являются тутовая моль и тутовый шелкопряд. Указанные вредители могут повреждать растения на всех стадиях роста, однако в хозяйствах, специализирующихся на выращивании саженцев, корни молодых тутовых растений чаще всего повреждаются корневыми совками. Ключевые слова: тутовые деревья, всеядные вредители, паутинный клещ, трипсы, комсток, шелководство, монофаги, методы борьбы.
MULBERRY TREE PESTS AND METHODS OF CONTROL
Annotation. В статье представлена информация о вредных насекомых, наносящих ущерб деревьям тутовника. Существенный вред причиняют растительноядные трипсы, комстоковая щитовка, корневая совка, тутовая моль и тутовый шелкопряд. Наиболее опасными из них являются тутовая моль и тутовый шелкопряд. Указанные вредители могут повреждать растения на всех стадиях роста, однако в хозяйствах, специализирующихся на выращивании саженцев, корни молодых тутовых растений чаще всего повреждаются корневыми совками. Key words: mulberry trees, omnivorous pests, spider mite, pest control, thrips, Comstock mealybug, sericulture sector, monophagous species, control methods.
Kirish Tut daraxtlari odatda dala ekinlari bilan yonma-yon bo‘lganligi uchun unda ko‘pgina hammaxo‘r (polifag) hasharot va boshqa zararkunandalar (o‘rgimchakkana, trips, ildizkemiruvchi tunlamlar, komstok qurti, qo‘ng‘izlar va b.) uchrashi mumkin. Ular tut daraxtiga sezilarli darajada zarar keltirib, ipakchilik sohasiga salbiy ta’sir etadi. Tut barglari tut ipak qurtini boqish uhun asosiy oziqa manbayi bo‘lib xizmat qilladi. Tut daraxtini ushbu zararkunandalar bilan zararlanishi natijasida barg chiqimi kamayishi o‘tkazilgan tajribalarga aniqlangan. Yuqoridagi hasharotlar bilan birga tutning o‘zigagina moslashgan turlar borki (tut odimchisi, tut parvonasi) ularga alohida to‘xtab o‘tamiz Hammaxo‘r zararkunandalar. Bu guruhga birinchi galda o‘rgimchakkana bilan tamaki tripsi kiradi, chunki bular eng keng tarqalib, tutda faqat oziqlanish emas, balki “jon saqlaydi” ham. Ekinzorlarda noqulay sharoitga duch kelgan bu zararkunandalar dala atrofidagi tutlarda bemalol rivojlanaveradi va qulay vaziyatda yana g‘o‘za va boshqa ekinlarga o‘tadi. Shunday qilib, dala atrofidagi tut qator o‘rgimchakkana va trips kabi hammaxo‘r zararkunandalar uchun uya vazifasini bajaradi. Oddiy o‘rgimchakkana o‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfining, kanalar (Acari) turkumiga oid bo‘g‘imoyoqli bo‘lib, sistematikada nomlanishi Tetranychus urticae Koch. Bu zararkunanda shunchalik keng tarqalib turli ekinlarni (va daraxtlarni) zararlaydiki, balki zararlanmaydiganini topish ham qiyin (Lindt, 1964; Vasilyev, Livshits, 1984). O‘rgimchakkanalarning rivojlanishi, zarari, basharoti va kurash choralari yaxshi o‘rganilgan (Uspenskiy, 1970; De-Millo, 1979; Xodjayev, 1991). Ammo o‘rgimchakkanaga qarshi yangi akaritsidlarni tanlash ishi uzluksiz davom etmoqda. Tamaki tripsi (Thrips tabaci Lind.). Hoshiya qanotli, yoki pufak oyoqli hasharotlar (Thysanoptera) turkumiga kiradi (Xo‘jayev, 2013). Tutning barglarida doim uchratish mumkin, shuning uchun tut yoqalarida joylashgan g‘o‘zada uning zichligi doim ortiqcha bo‘ladi. O‘zbekistonda o‘simlikxo‘r tripslar turlarining soni uncha ko‘p emas. Ularning orasida hammaxo‘r tur tamaki tripsidur. U dominant bo‘lib hisoblanadi. G‘allazorlarda o‘zining turi g‘alla tripsi (Haplothrips tritici Kurd.) mavjud bo‘lib, u faqat g‘alla ekinlariga moslashgandir. O‘zbekiston sharoitida yiliga 7-8 avlod berib yashaydigan tamaki tripsi haqida to‘liq axborotga egamiz, ammo unga qarshi kurash vositalari doim takomillashtirib boriladi. Komstok qurti (Pseudococcus comstoci Kuw) Teng qanotlilar (Homoptera) turkumining, koksidlar (Coccinea) kenja turkumiga mansub. Keng tarqalgan hammaxo‘r so‘ruvchi hasharotdir. Asosan daraxtsimon mevali va manzarali o‘sim-liklarni zararlaydi. Tutlarda, ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlari sharoitida ko‘p zararlaydi. Bu hasharotlarga jinsiy dimorfizm hosdir, ya’ni erkagi bilan urg‘ochisi butunlay o‘zgacha tusga ega. Bu hasharot bosgan tut va boshqa daraxtlar atrofida ari, pashsha, chumoli va shunga o‘xshash boshqa (shiraga o‘ch) hasharotlar ham ko‘plab uchraydi, chunki lichinkalar o‘zidan shirin suyuqlik chiqarib atrofni iflos-lantiradi. Bunday daraxt zaiflashib, hosilining miqdori va sifati o‘zgaradi (Sonina, 1968; Yelizarova, 1962; Yelizarova va b., 1969). Yuqorida qayd qilib o‘tilgan zararkunandalar tutlarining barcha davrida shikastlasa, ko‘chat tayyorlashga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda tut nihollarini odatda ildizkemiruvchi tunlamlar shikastlashi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra bunday tunlamlar orasida asosan ikkitasi kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den et Schif.) va undov tunlami (A. exclamationis L.) ko‘proq uchraydi (Xo‘jayev, Ochilov, 2006). Ildizkemiruvchi tunlamlarga qarshi sintetik piretroidlardan: detsis, simbush, sumi-alfa va boshqalarni ishlatish tavsiya etilgan (Xodjayev, 2013). Ixtisoslashgan zararkunandalar. Bular qatoriga: tut odimchisi, hamda tut parvonasi kiradi.
Tut odimchisi (Apocheima cineraius Easch.). Asosan tut daraxtlariga moslashgan bu hasharot bir yilda 1 avlod berib tutlarni erta bahorda kurtak chiqaraboshlagan davrda zararlaydi. Hasharot stenogigrobiont bo‘lib, asosan tog‘oldi tumanlarining nam havosini talab qiladi. Tut parvonasi (Diaphania pyloalis Walker). 1993-1994 yillarda Surxondaryoning Tojikiston bilan chegaradosh yerlarida tut daraxtlari shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan hasharot bilan zararlana boshlagani ma’lum bo‘ldi. Tut barglarining eti “skelet” shaklida shikastlana boshlagan (Xodjayev va b., 1997, 2001a). Britaniya tabiat muzei yordamida aniqlangan bu hasharotning nomi Diaphania pyloalis Walker ekanligi ma’lum bo‘ldi. U parvonalar (Pyralidae) oilasi, Pyraustinae kenja oilasiga mansub hasharot ekanligi (prof. Garry Hill yordamida 2000 yili aniqlandi). Boshqa adabiyotlarda bu hasharot Glyphodes pyloalis Walker deb ham yuritilmoqda (Seol et al., 1986; Watanabe et al., 1999; Shermatov, 2010).
A B 1-rasm. Tut odimchisi (A) va ( b ) u zararlagan tut daraxtining ko‘rinishi (2004 y., Dang‘ara t.) Bu hasharot to‘g‘risidagi habarni eng qadimgi ishlaridan M.L. Shpigel hamda G.A. Pokrovskiylar 1932 yili chop etgan “Yaponiya ipakchiligi” nomli kitobda izohlangan. Mualliflar bu hasharotni Yaponiyada tarqalgan 7 ta tur parvonalar orasida eng muhimi va dominanti deb baho berganlar. Tut parvonasi (TP) ipakchilik rivojlangan ko‘pgina Osiyo davlatlari mintaqalarida tarqalgan. Bu: Hitoy, Xindistonning bir necha shtatlari (Ximachal Pradesh, Djammu va Kashmir, Karnataka, Madxiya Pradesh, Maxarashma, Tamil Nadu, Uttach Pradesh va b.), Nepal, Pokiston, Yaponiya (SAVAVSTRACTC, 1984-1998). MDX davlatlari orasida TP qo‘shni Tojikiston va Turkmaniston mintaqalarida tarqalgan (Myarseva, 1997). Muallifning ta’kidlashicha bu mamlakatlarda ham TP nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Olimlarning fikriga ko‘ra O‘zbekistonga TP qo‘shni Afg‘on-Tojikiston chegarasi orqali o‘tib kelgan (Xodjayev, 2001; Shermatov, 2010). TP Kavkazda (Gruziyada) ham uchraydi (Kanachaveli va b., 2009). Tajriba natijalari Mavjud adabiyotlarni taxlil qilish shuni ko‘rsatadiki, TP monofagdir, ya’ni u tutdan boshqa o‘simlik bilan oziqlanmaydi (Kikuchi, 1976; Shermatov, Axmedov, 2001). O‘zbekiston sharoitida TP tutga yetkazadigan zarari haqida birqator ahborotlar mavjud (Xodjayev va b., 1997, 2001, 2002; Tavsiyalar..., 1998, 2001, 2010; Kimsanboyev va b., 2001, 2003). Barcha TP tarqalgan yerlarda bu hasharotni tutga yetkazishi mumkin bo‘lgan ayanchli zarari aholiga aytib o‘tilgan (2-rasm). Shuning uchun ichki karantin choralari orqali bu hasharotni mintaqamiz bo‘ylab yanada tarqashini oldini olish talab etiladi.
2-rasm. Tut parvonasi: 1 – kapalagi tut bargida, 2 – tut bargiga qo‘yilgan tuxumlar, 3 – katta yosh qurti, 4 – g‘umbaklari va o‘lchami, 5 – shikastlangan tut novdasi, 6 – yo‘l yoqasidagi shikastlangan tutlarning ko‘rinishi. TP biologiyasini o‘rganish bilan bir qatorda uning tabiiy kushanda va kasalliklarini o‘rganishga katta ahamiyat berilgan. Misol uchun, Xitoyliklar tomonidan pardaqanotli kushandalardan Aulococentrum avlodiga oid brakonidlar TP ning samarali kushandasi sifatida ta’kidlab o‘tilgan (He et al., 1994). Yaponiyada TP kushandasi sifatida 17 tur ixneumonid belgilab berilgan (Kusigemati, 1976). TP ga qarshi kurashda mikrobiologik vositalar ham keng joriy etilgan (Hayasaaka, Yonemura, 1999). Yapon olimlari TP ga qarshi muzlatilgan nukleofaol bakteriyalarni ishlatishgan (Takahashi et al., 1995). Shuningdek, TP qurtlariga qarshi mikrosporidiya – Hexamermis microamphidis Steiner sinab ko‘rilgan (Iwashita Fukui, 1981). Shu bilan birga, turli viruslarning TP qurtlariga ta’siri aniqlanayotganda ma’lum bo‘ldiki, DWN-1, DWN-2 va IFV shtammlari qurt ichaklarida joylashib uni qisman zaharlagan (Watanabe et al., 1999). Xindistonlik olimlar ham TP qurtlariga densonudeosis nomli virusning ta’siri borligini aniqlaganlar (Wang et al., 1998). O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ishlar olib borilib, tabiiy rekombinant bakuloviruslarni insektitsid sifatida TP qurtlariga ta’sir etganligi aytib o‘tildi. (Madyarov va b., 2003, 2006 2007; Madyarov, 2008). TP ga qarshi barcha tut daraxti ekilaigan davlatlarda turli kimyoviy insektitsidlar keng ishlatiladi. Misol uchun, Hindistonda TP ga qarshi eng samarali dori deb: xlordimeform, formation, kuinalfos va monokrotofos topilgan. Ammo bu dorilar atrof-muhit uchun havli bo‘lib sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tmagan. Xulosa. O‘zbekistonda sinovdan o‘tgan insektitsidlarning ko‘pchiligini sintetik piretroidlar tashkil qilgan. Bular orasida: detsis, sipermetrin, sumi-alfa, karate va boshqalar bor (Xodjayev va b., 2002; Tavsiyalar..., 1998, 2001). Lekin bu insektitsidlarning samarasi sekin asta pasayib bormoqda. Bu yo‘nalishda ishlar davom etishi zarur deb xisoblaymiz. TP tarqalgan davlatlarda bu hasharotning jinsiy feromoni (JF) va feromon tutqichlar (FT) ham keng ishlatiladi. JF o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar Yaponiyada (Tokio universiteti, hamda Tokiodagi agrar va texnologik universitetlarida) chuqurroq olib borilgan. Hozirda TP JF ni Moldovo respublikasida ishlab chiqariladi. Uni sinab, amaliy ishlatish yo‘llarini ko‘rsatib berish zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Kimsanboev Х.Х. va boshq. - Umumiy va qishloq хo‘jalik entomologiya, o‘simliklarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilish. Toshkent, 2002.
- Хo‘jaev SH.T., Хolmurodov E.A.-“Entomologiya, o‘simliklarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilish, qishloq хo‘jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari. Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.
- B.A.Sulaymonov, A.RAnorbayev, Sh.A.Maxmudova, M.M.Ablazova. “Umumiy entomologiya va zoologiya”. Darslik . “fan va texnologiya” nashiryoti 2019 y.
- M.T.Arslonov., X.Z.Abdullayeva., S.P.Usmonov., D.T.Turdieva. “O‘simlik zararkunanda, kasallik va begona o‘tlari rivojlanishini bashorat qilish”. Darslik. Andijon 2022
- A.Xudoyqulov, N.Irgasheva, S.Ubaydullaev, A. Norqulov . О'simliklarni zararli organizmardan uyg`unlashgan himoya qilish. O‘quv qo‘llanma, Toshkent-2021 «fan ziyosi» nashriyoti.
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011378
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/384
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 429–433
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25