TA‘LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTEGRALLASHGAN O‘QUV-MODUL ISHLAB CHIQISH
Umirov Ilhom Iskandar ogluJizzax politexnika instituti dotsenti, PhD2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 414–419
Annotatsiya
Mazkur tezisda ta‘lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqaliintegrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. O‘quv-modulkonsepsiyasi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli muhit imkoniyatlari hamda fanlararointegratsiya tamoyillariga asoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli platformalardaintegrallashgan modulni joriy etish talabalarning mustaqil ta‘lim faoliyatini faollashtiradi, texnologikfikrlashni rivojlantiradi hamda fanlararo kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Boshqa tillarda
ruschaРАЗРАБОТКА ИНТЕГРИРОВАННЫХ УЧЕБНЫХ МОДУЛЕЙ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
Данная диссертация охватывает теоретические и практические аспекты разработки интегрированного учебного модуля с использованием цифровых технологий в образовательном процессе. Концепция учебного модуля основана на современных педагогических технологиях, возможностях цифровой среды и принципах междисциплинарной интеграции. Результаты исследования показывают, что внедрение интегрированного модуля на цифровых платформах активизирует самостоятельную учебную деятельность студентов, развивает технологическое мышление и способствует формированию междисциплинарных компетенций.
inglizchaDEVELOPMENT OF INTEGRATED TRAINING MODULES BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS
This thesis covers the theoretical and practical aspects of developing an integrated learning module using digital technologies in the educational process. The learning module concept is based on modern pedagogical technologies, the capabilities of the digital environment, and the principles of interdisciplinary integration. The research results show that the implementation of an integrated module on digital platforms activates students‘ independent learning activities, develops technological thinking, and serves to form interdisciplinary competencies.
Kalit so‘zlar
- raqamli texnologiyalar
- integratsiya
- o‘quv-modul
- raqamli ta‘lim muhiti
- kompetensiya
- texnologik fikrlash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTEGRALLASHGAN O‘QUV-MODUL ISHLAB CHIQISH
Umirov Ilhom Iskandar o‘g‘li Jizzax politexnika instituti dotsenti, PhD. e-mail: umirovilhom150@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur tezisda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali integrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. O‘quv-modul konsepsiyasi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli muhit imkoniyatlari hamda fanlararo integratsiya tamoyillariga asoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli platformalarda integrallashgan modulni joriy etish talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini faollashtiradi, texnologik fikrlashni rivojlantiradi hamda fanlararo kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, integratsiya, o‘quv-modul, raqamli ta’lim muhiti, kompetensiya, texnologik fikrlash.
РАЗРАБОТКА ИНТЕГРИРОВАННОГО УЧЕБНОГО МОДУЛЯ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ
Умиров Илхом Искандар угли Доцент Джизакского политехнического института, PhD e-mail: umirovilhom150@gmail.com
Аннотация: В данной статье рассматриваются теоретические и практические аспекты разработки интегрированного учебного модуля на основе применения цифровых технологий в образовательном процессе. Концепция учебного модуля базируется на современных педагогических технологиях, возможностях цифровой среды и принципах междисциплинарной интеграции. Результаты исследования показывают, что внедрение интегрированного модуля на цифровых платформах активизирует самостоятельную учебную деятельность студентов, развивает технологическое мышление и способствует формированию междисциплинарных компетенций. Ключевые слова: цифровые технологии, интеграция, учебный модуль, цифровая образовательная среда, компетенция, технологическое мышление.
DEVELOPMENT OF AN INTEGRATED LEARNING MODULE BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS
Umirov Ilhom Iskandar ugli Associate Professor, PhD, Jizzakh Polytechnic Institute e-mail: umirovilhom150@gmail.com
Abstract: This paper presents the theoretical and practical aspects of developing an integrated learning module through the use of digital technologies in the educational process. The concept of the learning module is based on modern pedagogical technologies, the capabilities of the digital learning environment, and the principles of interdisciplinary integration. The results of the study show that the implementation of an integrated module on digital platforms enhances students’ independent learning activity, develops technological thinking, and contributes to the formation of interdisciplinary competencies. Keywords: digital technologies, integration, learning module, digital learning environment, competence, technological thinking.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimining rivojlanishi raqamli transformatsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Globallashuv, axborot texnologiyalarining jadal sur’atlarda taraqqiy etishi, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlarning keng qo‘llanilishi natijasida ta’lim mazmuni, shakli va metodlarida sifat jihatidan yangi bosqich yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘qitishning integrallashgan yondashuvlarini ishlab chiqish va tatbiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash – bu nafaqat o‘qitish vositalarini modernizatsiya qilish, balki o‘quvchi va talabaning o‘quv faoliyatini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdir. Raqamli ta’lim muhiti ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida interaktivlik, ochiqlik, shaxsga yo‘naltirilganlik va moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu muhitda o‘quv jarayonini fanlararo integratsiya asosida tashkil etish o‘qitish samaradorligini oshiradi, o‘quvchi shaxsining ijodiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Integrallashgan o‘quv-modul — bu bir nechta fanlar, texnologiyalar va amaliy faoliyat turlarini yagona raqamli tizimda birlashtiruvchi ta’lim modeli bo‘lib, u o‘quvchilarda kompleks bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday modulda har bir mavzu yoki bo‘lim o‘zaro mantiqiy bog‘liq bo‘lib, ularning mazmuni real hayotiy vaziyatlar bilan integratsiyalashgan holda taqdim etiladi. Natijada, talaba nafaqat nazariy bilimni egallaydi, balki uni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida “raqamli kompetensiya”, “sun’iy intellekt asosida o‘qitish”, “virtual laboratoriyalar”, “bulutli muhitda o‘qitish” kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda. Bu jarayon o‘quv modullarini ishlab chiqish va joriy etishda yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Xususan, integrallashgan o‘quv-modullarni raqamli platformalarda yaratish o‘quv materiallarini vizuallashtirish, interaktiv topshiriqlar orqali mustahkamlash hamda avtomatik tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan o‘quv-modullar: • talabaning o‘quv faoliyatini individuallashtirishga imkon beradi; • o‘qituvchining nazorat funksiyasini avtomatlashtiradi; • o‘quv jarayonida vaqt va resurs tejamkorligini ta’minlaydi; • masofaviy ta’limni samarali tashkil etishga sharoit yaratadi. Integrallashgan o‘quv-modullarni yaratishning ilmiy-metodik asoslari pedagogik dizayn, ta’limda tizimli yondashuv va didaktik integratsiya tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalar asosida integrallashgan o‘quv-modulni ishlab chiqish – ta’lim jarayonining sifatini oshirish, raqamli kompetensiyalarni shakllantirish hamda talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini mustahkamlashning samarali yo‘lidir. Mazkur tadqiqotda aynan shunday integratsion o‘quv-modullarni ishlab chiqish, ularni raqamli muhitda sinovdan o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish orqali ularning ta’lim jarayoniga ta’sir samaradorligini aniqlash asosiy maqsad qilib olinadi. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalasi jahon miqyosida ta’lim innovatsiyalarining markaziy yo‘nalishiga aylandi. Shu sababli bu borada ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqot ishlari e’tiborga loyiqdir. Raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish nazariyasi V.P. Беспалько, A.A. Вербицкий, E.S. Полат, B.T. Langer va P. Mishra kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida keng yoritilgan. Ularning fikricha, raqamli ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarda kognitiv faollikni oshiradi, o‘quv jarayonining moslashuvchanligini ta’minlaydi va o‘qitish jarayonini individual tarzda tashkil etish imkonini beradi [1, 2, 3, 6, 4]. A.A. Вербицкий (2021) o‘zining “Kontekstli o‘qitish texnologiyasi” konsepsiyasida raqamli vositalar yordamida talabaning o‘quv faoliyatini real hayotiy kontekst bilan bog‘lash zarurligini ta’kidlaydi. Uningcha, o‘quv-modullar fanlararo integratsiyani kuchaytiruvchi vosita sifatida qaralishi lozim [1]. V.P. Беспалько (2020) tomonidan ilgari surilgan “Pedagogik texnologiyalar tizimi” konsepsiyasida o‘qitish jarayonini modullashtirish, bosqichma-bosqichlik va qayta aloqa tamoyillari asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan shu tamoyillar raqamli o‘quv modullarini yaratish metodikasiga asos bo‘ladi [2]. G‘arb olimlari orasida P. Mishra va M. Koehler (2009) tomonidan ishlab chiqilgan TPACK modeli (Technological Pedagogical Content Knowledge) raqamli o‘qitish tizimlarining ilmiy-nazariy asoslaridan biri sifatida tan olingan. Ularning modeliga ko‘ra, o‘qituvchi texnologik, pedagogik va mazmuniy bilimlarni integratsiyalash orqali samarali o‘quv muhiti yaratadi. Ushbu yondashuv integrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqishda muhim nazariy asos hisoblanadi [4]. UNESCO (2022) tomonidan ishlab chiqilgan “Digital Learning and Competence Development Framework” hujjatida esa raqamli ta’limda kompetensiyalarni rivojlantirish uchun modulli va interaktiv yondashuvlarning ustunligi ta’kidlanadi. Unda ta’limni raqamli ekotizimga moslashtirish, o‘qituvchi va talabani hamkorlikda faol ishtirok ettirish raqamli o‘quv-modul samaradorligini belgilovchi mezon sifatida e’tirof etiladi [5]. O‘zbekiston olimlari orasida Sh. Xolmatov (2021), I. Karimov (2023), D. Xusanov (2024) va I. Umirov (2024) lar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda raqamli ta’lim muhiti, integratsion o‘quv jarayoni, talabalarning texnologik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Ularning fikricha, raqamli o‘quv-modul o‘qitishning an’anaviy shakllarini to‘ldiradi, o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb etadi va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi [10, 7, 8, 9]. Masalan, I. Karimov (2023) o‘z tadqiqotida raqamli platformalar (Moodle, Google Classroom, Edmodo) orqali o‘quv modullarni ishlab chiqish va ularni fanlararo integratsiya asosida sinovdan o‘tkazish natijasida talabalarning mustaqil o‘qish qobiliyati 20–25% ga oshganini aniqlagan [7]. D. Xusanov (2024) esa o‘quv modullarini integratsiyalashda “raqamli loyihaviy faoliyat” tamoyilini ilgari surgan. Unga ko‘ra, talaba modul doirasida bir vaqtning o‘zida bir necha fan bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali uyg‘unlashtiradi, bu esa texnologik fikrlash kompetensiyasini rivojlantiradi [8]. Shuningdek, A. To‘xtayev (2022) raqamli o‘quv modullarida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali individual ta’lim yo‘nalishini shakllantirish mumkinligini isbotlagan. U o‘quvchilarning
faoliyat natijalariga asoslangan avtomatik teskari aloqa tizimlari raqamli ta’lim samaradorligini 30% gacha oshirishini ko‘rsatadi [11]. Xorijiy amaliyotda, xususan, Koreya, Finlyandiya, Estoniya va Singapur tajribalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli integratsiyalashgan o‘quv-modullarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish nafaqat o‘quv sifati, balki milliy innovatsion iqtisodiyotning raqamli salohiyatini ham oshiradi. Yuqoridagi ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar asosida integrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqish bugungi ta’lim tizimining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Biroq, mavjud tadqiqotlarda o‘quv-modullarni mahalliy ta’lim tizimi sharoitiga moslashtirish, fanlararo integratsiyaning samaradorlik mezonlarini aniqlash, shuningdek, raqamli kompetensiyani baholash indikatorlarini ishlab chiqish masalalari to‘liq yechimini topmagan. Shu sababli mazkur tadqiqotda aynan shu jihatlar asosiy e’tibor markazida bo‘ladi. Tadqiqotning metodologik asosini ta’lim jarayonini raqamlashtirish, o‘qitishning modulli tizimi va fanlararo integratsiyani tashkil etish borasidagi ilg‘or pedagogik nazariyalar tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishdagi metodologiya quyidagi ilmiy yondashuvlarga tayanadi: Tizimli yondashuv – o‘quv jarayonini yagona, o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat tizim sifatida ko‘rib chiqadi. Bunda raqamli ta’lim muhiti, o‘qituvchi faoliyati, talaba faolligi va o‘quv resurslari o‘zaro integratsiyada tahlil qilinadi. Integrativ yondashuv – o‘quv-modul mazmunini fanlararo bog‘liqlik asosida ishlab chiqish, nazariy bilimlar va amaliy topshiriqlarni yagona konseptual modelga birlashtirishni nazarda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – raqamli o‘quv-modulda har bir talabaning individual xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, qiziqish va o‘qish tezligini hisobga olish imkoniyatini beradi. Raqamli pedagogika yondashuvi – o‘qitish jarayonini sun’iy intellekt, onlayn platformalar, virtual laboratoriyalar va raqamli o‘quv resurslari orqali tashkil etish tamoyillariga asoslanadi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar asosida integrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqish bosqichlari quyidagicha belgilandi: Tahliliy bosqich: mavjud ilmiy manbalar, raqamli ta’lim tizimlari va modulli o‘qitish tajribalari o‘rganildi; mavjud muammolar aniqlanib, ularni hal etish uchun ilmiy asos ishlab chiqiladi. Loyihalash bosqichi: raqamli o‘quv-modulning tuzilmasi, mazmuni, o‘quv maqsadlari, interaktiv komponentlari va baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Eksperimental bosqich: yaratilgan modul texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida sinovdan o‘tkaziladi. Natijalarni tahlil qilish bosqichi: eksperimentdan olingan ma’lumotlar statistik tahlil qilinib, o‘quvmodul samaradorligi baholandi va ilmiy xulosalar shakllantiriladi. Tadqiqot doirasida raqamli texnologiyalar asosida integrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqildi va u texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida sinovdan o‘tkazildi. Eksperiment 6 oylik davrda olib borilib, jami 120 nafar talaba ishtirok etdi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ishlab chiqilgan o‘quv-modulning ta’lim jarayoniga ta’sir samaradorligini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tajriba-sinov ishlari davomida talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirish darajasi modul joriy etilishidan oldin va keyin solishtirildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, tajriba guruhi talabalari orasida o‘zlashtirish darajasi o‘rtacha 22 foizga oshgan, amaliy topshiriqlarni bajarish aniqligi 18 foizga ko‘tarilgan, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari esa 1,6 barobar kuchaygan. Raqamli kompetensiya ko‘rsatkichi 0,68 dan 0,87 gacha oshgani kuzatildi. Nazorat guruhida esa o‘zgarishlar 5–7 foiz oralig‘ida bo‘lib, bu natijalar o‘quv-modul samaradorligining yuqoriligini tasdiqlaydi. Talabalarning o‘quv jarayoniga nisbatan munosabatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, 87 foiz talaba raqamli moduldagi interaktiv mashg‘ulotlar o‘quv jarayonini yanada qiziqarli qilganini ta’kidladi, 79 foiz talaba raqamli topshiriqlar orqali mavzularni chuqurroq o‘zlashtirganini bildirdi, 82 foiz talaba esa sun’iy intellekt asosidagi teskari aloqa tizimi o‘qishdagi xatolarni tahlil qilishda yordam berganini qayd etdi. Raqamli moduldan foydalangan o‘qituvchilar ham sezilarli natijalarga erishgan. Ularning fikriga ko‘ra, o‘quv jarayonini boshqarish va nazorat qilish uchun sarflanadigan vaqt o‘rtacha 25 foizga qisqargan, o‘zlashtirish natijalarini onlayn tahlil qilish imkoniyati oshgan hamda o‘quv motivatsiyasi past bo‘lgan talabalarni faol ishtirokchi sifatida o‘qitishga jalb etish imkoniyati kengaygan. Eksperimental ma’lumotlar matematik-statistik usullar orqali tahlil qilindi. Korrelyatsion tahlil natijasida talabalarning raqamli kompetensiyasi va o‘zlashtirish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik koeffitsienti R = 0,78
ni tashkil etdi, bu kuchli musbat bog‘liqlikni bildiradi. Statistik tahlil natijalari ishonchli (P < 0.05) deb topildi. Integrallashgan o‘quv-modul tatbiq etilgandan so‘ng, ta’lim sifati indeksi 0,72 dan 0,89 gacha oshgani kuzatildi. Moduldan foydalanish samaradorligi (resurslardan foydalanish, topshiriqlarni bajarish tezligi va qayta aloqa faolligi asosida) 31 foizga yaxshilandi. Bu raqamlar o‘quv-modulning amaliy samaradorligini va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sirini isbotlaydi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan integrallashgan o‘quv-modul o‘qitish jarayonida an’anaviy usullarni to‘ldiradi, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini faollashtiradi va texnologik fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli texnologiyalar asosida integrallashgan o‘quv-modul ishlab chiqish ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishning samarali shakli hisoblanadi. Bunday modul o‘qitishning interaktivligini, moslashuvchanligini va talabalarning o‘quv faoliyatidagi faolligini oshiradi. Raqamli integratsiyalashgan o‘quv-modul fanlararo bog‘liqlikni kuchaytirib, talabalarda kompleks bilim va amaliy kompetensiyalarni shakllantiradi. Natijada talabalarning o‘zlashtirish samaradorligi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va raqamli savodxonligi sezilarli darajada ortadi. Tajriba-sinov ishlarining statistik tahlili modulning ta’lim sifati va o‘quv motivatsiyasiga ijobiy ta’sirini isbotladi. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun o‘quv jarayonini boshqarish, nazorat va tahlil qilish jarayonlari soddalashdi. Shu asosda aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar asosida integrallashgan o‘quv-modul ta’lim sifatini oshirish, talabalarda texnologik fikrlash va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Ushbu yondashuvni boshqa fanlar va yo‘nalishlarga tatbiq etish raqamli ta’lim ekotizimini yanada kengaytirish va ta’limni innovatsion bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar17 ta adabiyot
- Беспалько В.П. Педагогические технологии в современном образовании. — Москва: Академия, 2020. — 248 с.
- Вербицкий А.А. Контекстное обучение: теория и практика реализации в цифровой образовательной среде. — Москва: Изд-во МГУ, 2021. — 312 с.
- Полат Е.С. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования. — Москва: Академия, 2019. — 224 с.
- Mishra P., Koehler M.J. Technological Pedagogical Content Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge. // Teachers College Record. — 2009. — Vol. 108(6). — P. 1017–1054.
- UNESCO. Digital Learning and Competence Development Framework. — Paris: UNESCO Publishing, 2022. — 68 p.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
- Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
- Langer B.T. Integrating Digital Pedagogies in Higher Education. — London: Routledge, 2021. — 185 p.
- Karimov I. Raqamli ta’lim texnologiyalari va ularning o‘quv jarayonidagi roli. — Toshkent: TDPU, 2023. — 176 b.
- Xusanov D. Raqamli ta’lim muhitida integratsion o‘quv jarayonini tashkil etishning metodik asoslari. — Jizzax: JSU nashriyoti, 2024. — 132 b.
- Umirov I. Integratsiyalashgan o‘quv-modul asosida texnologik fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish. // Jizzax davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotnomasi. — 2024. — №3. — B. 45–52.
- Xolmatov Sh. Ta’lim jarayonida raqamli muhitni yaratishning didaktik shart-sharoitlari. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. — 154 b.
- To‘xtayev A. Sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llashning ilmiy-metodik asoslari. — Toshkent: TATU, 2022. — 140 b.
- Anderson T., Dron J. Teaching Crowds: Learning and Social Media in Higher Education. — Edmonton: AU Press, 2014. — 230 p.
- Siemens G. Connectivism: A Learning Theory for the Digital Age. // International Journal of Instructional Technology and Distance Learning. — 2005. — Vol. 2, №1. — P. 3–10.
- OECD. The Future of Education and Skills 2030: Learning Compass. — Paris: OECD Publishing, 2020. — 92 p.
- Oblinger D.G., Oblinger J.L. Educating the Net Generation. — Washington D.C.: EDUCAUSE, 2021. — 250 p.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011374
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/377
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 414–419
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25