MADANIYATLARARO MUSIQA TA‘LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK IMKONIYATLAR
Akhrorova Munojat Mashraf qiziizzax davlat pedagogika universiteti doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 426–429
Annotatsiya
Ushbu maqola madaniyatlararo musiqa ta‘limida raqamli texnologiyalarni qo‘llashimkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi raqamli vositalar yordamidamadaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va musiqa ta‘limining samaradorligini oshirish, shuningdekzamonaviy pedagogik imkoniyatlar va ularning global ta‘lim jarayoniga ta‘siri tahlil qilinadi. Raqamlitexnologiyalar madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, turli xalqlar musiqalarini o‘rganish, taqqoslash vaijodiy integratsiya qilishda muhim vosita sifatida qaraladi.
Boshqa tillarda
ruschaЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ В МЕЖКУЛЬТУРНОМ МУЗЫКАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Цель данной статьи — исследовать возможности использования цифровых технологий в межкультурном музыкальном образовании. Задача исследования — использовать цифровые инструменты для формирования межкультурной компетенции и повышения эффективности музыкального образования, а также проанализировать современные педагогические возможности и их влияние на общий образовательный процесс. Цифровые технологии рассматриваются как важный инструмент для развития межкультурного диалога, изучения, сравнения и творческой интеграции музыки разных народов.
inglizchaDIGITAL TECHNOLOGIES AND PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES IN INTERCULTURAL MUSIC EDUCATION
This article aims to explore the possibilities of using digital technologies in intercultural music education. The aim of the study is to use digital tools to form intercultural competence and increase the effectiveness of music education, as well as to analyze modern pedagogical opportunities and their impact on the global educational process. Digital technologies are considered an important tool for developing intercultural dialogue, studying, comparing and creatively integrating the music of different peoples.
Kalit so‘zlar
- madaniyatlararo ta‘lim
- musiqa ta‘limi
- raqamli texnologiyalar
- pedagogik imkoniyatlar
- raqamli muhit
- musiqa texnologiyalari
- pedagogika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
8. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
MADANIYATLARARO MUSIQA TA’LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK IMKONIYATLAR
Axrorova Munojat Mashraf qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti doktoranti Email: munojataxrorova@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqola madaniyatlararo musiqa ta’limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi raqamli vositalar yordamida madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va musiqa ta’limining samaradorligini oshirish, shuningdek zamonaviy pedagogik imkoniyatlar va ularning global ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, turli xalqlar musiqalarini o‘rganish, taqqoslash va ijodiy integratsiya qilishda muhim vosita sifatida qaraladi. Kalit so‘zlar: madaniyatlararo ta’lim, musiqa ta’limi, raqamli texnologiyalar, pedagogik imkoniyatlar, raqamli muhit, musiqa texnologiyalari, pedagogika.
DIGITAL TECHNOLOGIES AND PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES IN INTERCULTURAL MUSIC EDUCATION
Axrorova Munojat Mashraf kizi PhD student at Jizzakh State Pedagogical University Email: munojataxrorova@mail.ru
Abstract: This article focuses on exploring the possibilities of using digital technologies in intercultural music education. The purpose of the research is to enhance the effectiveness of music education and develop intercultural competence through digital tools, as well as to analyze modern pedagogical opportunities and their impact on the global educational process. Digital technologies are regarded as an important means of fostering intercultural communication, studying and comparing the music of different nations, and promoting creative integration. Keywords: intercultural education, music education, digital technologies, pedagogical opportunities, digital environment, music technologies, pedagogy.
ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ В МЕЖКУЛЬТУРНОМ МУЗЫКАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Ахророва Муножат Машраф кизи Докторант Джизакского государственного педагогического университета Email: munojataxrorova@mail.ru
Аннотация: Данная статья посвящена исследованию возможностей применения цифровых технологий в межкультурном музыкальном образовании. Цель исследования заключается в повышении эффективности музыкального образования и формировании межкультурной компетенции с помощью цифровых инструментов, а также в анализе современных педагогических возможностей и их влияния на глобальный образовательный процесс. Цифровые технологии рассматриваются как важное средство развития межкультурного общения, изучения, сравнения и творческой интеграции музыки разных народов. Ключевые слова: межкультурное образование, музыкальное образование, цифровые технологии, педагогические возможности, цифровая среда, музыкальные технологии, педагогика.
Globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida madaniyatlararo muloqot, ayniqsa, ta’lim sohasida yangi yo‘nalish sifatida shakllanmoqda. Musiqa san’ati insoniyat madaniyatining umumiy tilidir, u milliy
chegaralardan oshib o‘tgan holda turli xalqlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni ta’minlaydi. Madaniyatlararo musiqa ta’limi o‘quvchilarda tolerantlik, empatiya va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Zamonaviy raqamli muhit bu jarayonni yangi bosqichga olib chiqmoqda, chunki u turli madaniyat musiqalarini birlashtirish, tahlil qilish va o‘rganish uchun qulay platforma yaratadi. Maqolaning maqsadi raqamli texnologiyalar yordamida madaniyatlararo musiqa ta’limini samarali tashkil etishning nazariy va amaliy imkoniyatlarini tahlil qilishdir. Musiqa ta’limi madaniyatlarni birlashtiruvchi vosita sifatida katta ahamiyatga ega. Globalizatsiya davrida madaniyatlararo kompetensiya shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu maqola madaniyatlararo musiqa ta’limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash pedagogik samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Madaniyatlararo musiqa ta’limi nazariyasida avvalo madaniyatlararo kompetensiya tushunchasiga to`xtalamiz. Madaniyatlararo kompetensiya talabaning turli madaniyatlarni tushunish, qadrlash va ular bilan samarali muloqot qilish qobiliyatini anglatadi. Musiqa ta’limida bu kompetensiya nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, balki turli madaniyat vakillari bilan o‘zaro aloqani mustahkamlash imkonini beradi. Talabalar turli mamlakatlar musiqiy an’analari bilan tanishadi, ularni ijro etadi va baholaydi, shu orqali global madaniyatga oid tushunchalarini kengaytiradi. Musiqa ta’limida madaniyatlararo yondashuvlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: - repertuar tanlash orqali turli mamlakatlar va millatlar musiqiy asarlarini ijro etish va tahlil qilish, - integratsiya metodlari orqali, bu musiqa va boshqa san’at shakllarini bog‘lab, madaniyatlararo ko‘nikmalarni mustahkamlash, - hamkorlik va ijodiy faoliyat ham talabalar guruhlarda ishlash orqali turli madaniyat vakillari bilan musiqiy loyihalarni amalga oshiradi. Zamonaviy ta’lim standartlari madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishga katta e’tibor beradi. Xalqaro tashkilotlar, xususan UNESCO, musiqiy ta’limda interaktiv, ijodiy va raqamli usullarni qo‘llashni tavsiya qilmoqda. Standartlar shuni ta’kidlaydiki, talaba nafaqat texnik jihatdan mohir bo‘lishi, balki turli madaniyatlar musiqiy ifodalarini tushunishi va baholay olishi kerak. Raqamli texnologiyalarning bir qator pedagogik imkoniyatlari mavjud: - raqamli platformalar va dasturlar, - onlayn darslar va interaktiv metodlar, - raqamli vositalar orqali madaniyatlararo kommunikatsiya shular jumlasidandir. Raqamli platformalar va dasturlar madaniyatlararo musiqa ta’limida muhim vosita hisoblanadi. Misol tariqasida, MuseScore – talabalar turli mamlakatlar musiqiy asarlarini yozish va o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi, Soundtrap – onlayn hamkorlik va musiqiy ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qulay platforma, GarageBand – talabalar musiqiy eksperimentlar olib borish va ijodiy ishlanmalarni yaratish imkonini beradigan dasturlarni keltirib o`tamiz. Bu dasturlar talabalarga turli musiqa janrlarini, ritm va garmoniya uslublarini o‘rganish, o‘z ijodini namoyish etish va boshqalar bilan baham ko‘rish imkonini beradi.[3] Onlayn darslar talabalarga geografik cheklovlarsiz bilim olish imkonini beradi. Interaktiv metodlar: musiqiy viktorinalar, onlayn baholash tizimlari, virtual master-klasslar orqali talabalarning faol ishtirokini ta’minlaydi. Shuningdek, onlayn darslar turli madaniyat vakillarini bir platformada jamlab, madaniyatlararo muloqot va hamkorlikni rivojlantiradi. Raqamli vositalar talabalarga turli madaniyat vakillari bilan o‘zaro musiqiy tajriba almashish imkonini beradi. Talabalar turli mamlakatlar musiqiy an’analarini video yoki audio formatda taqdim etadi, bir-birini tahlil qiladi va ijodiy loyihalarda hamkorlik qiladi. Bu jarayon ularning madaniyatlararo kompetensiyasini sezilarli darajada oshiradi. Amaliy tatbiq va tajribada esa raqamli muhitda musiqa ta’limining afzalliklari yuqori darajada seziladi. Jumladan o‘quv jarayonini interaktiv va qiziqarli qilish, talabalar ijodini baholash va kuzatishni osonlashtirish, turli mamlakatlar musiqiy an’analari bilan tanishish imkonini berish, onlayn hamkorlik orqali madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish kabi faktorlarni keltirish mumkin. Albatta, raqamli muhitni tatbiq etishda ba’zi muammolarga ham duch kelish mumkin. Masalan: texnik vositalar yetishmasligi, o‘qituvchilarning raqamli vositalar bo‘yicha malakasi pastligi, talabalar orasida texnologiyalarga qiziqishning turlicha bo‘lishi kabi asosiy muammolar ham yo`q emas. Ushbu muammolarni ta’lim muassasalarida raqamli resurslar bilan jihozlash, o‘qituvchilar uchun maxsus
treninglar va master-klasslar, talabalar motivatsiyasini oshirish uchun interaktiv va qiziqarli dars metodlarini joriy etish orqali bartaraf etish mumkin. Yuqoridagi muammolarni hal etishda bir necha pedagogik tavsiya berib o`tamiz: - raqamli vositalarni dars rejasiga integratsiyalash, - talabalar uchun onlayn musiqiy loyihalarni tashkil etish, - turli madaniyatlar musiqiy asarlarini o‘rganish va ijro etish orqali madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish. - o‘qituvchilarga raqamli platformalarda metodik qo‘llanmalar tayyorlash va ularni doimiy yangilash. - zamonaviy pedagogik imkoniyatlar va global ta’lim jarayoniga ta’siri Raqamli texnologiyalar zamonaviy pedagogik jarayonda yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Ular o‘quv jarayonini individualizatsiya qilish va moslashuvchanlikni ta’minlaydi, shuningdek talabalarning musiqiy qobiliyatlari va o‘quv darajasiga moslashtirilgan darslarni tashkil qilish imkonini beradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar interaktiv va vizual o‘qitish imkonini beradi. Musiqa nazariyasi, notalar, ritmlar va garmoniya tushunchalari animatsiya va vizual materiallar yordamida tushunarli tarzda o‘rgatiladi. Bu esa murakkab musiqiy konsepsiyalarni talabalarga qiziqarli va samarali yetkazishga yordam beradi. Raqamli vositalar hamkorlik va virtual jamoaviy ishlashni rivojlantiradi. Talabalar turli mamlakatlardan bir platformada jamlanib, birgalikda musiqiy loyihalar yaratishi mumkin. Masalan, virtual orkestrlar yoki onlayn ijodiy mashg‘ulotlar orqali talaba o‘zini global musiqiy hamjamiyatning bir qismi sifatida his qiladi. Shu bilan birga, raqamli platformalar baholash va monitoring imkoniyatini taqdim etadi. o‘qituvchi talabaning rivojlanishini real vaqt rejimida kuzatadi, natijalarni raqamli tarzda tahlil qiladi va individual tavsiyalar beradi. Shuningdek, raqamli muhit talabalarni global bilim resurslari bilan bog‘laydi. Masalan, YouTube va Coursera kabi platformalarda turli mamlakatlar musiqiy an’analari bilan tanishish mumkin. Bu esa ta’limni geografik cheklovlardan ozod qiladi, talabalar va o‘qituvchilar butun dunyo bilan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘ladi. Onlayn master-klasslar, xalqaro musiqiy tanlovlar va virtual seminarlar esa talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini sezilarli darajada oshiradi. Natijada, raqamli texnologiyalar zamonaviy pedagogik jarayonni boyitadi, talabalarning ijodiy va madaniyatlararo ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda musiqa ta’limining global standartlar bilan uyg‘unligini ta’minlaydi[4]. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar madaniyatlararo musiqa ta’limini samarali tashkil etishga imkon beradi. Ular dars jarayonini boyitadi, talabalar madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantiradi va turli madaniyatlar musiqiy an’analari bilan tanishtiradi. Tadqiqot natijalari raqamli vositalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi va kelajakda musiqa ta’limini innovatsion rivojlantirishga asos bo‘ladi. Madaniyatlararo musiqa ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarda turli xalqlar musiqasi orqali insoniyatning umumiy madaniy qadriyatlarini anglashni shakllantirishdir. Bu jarayonda raqamli texnologiyalar o‘quvchilarni keng axborot maydoniga olib kiradi. YouTube, Spotify, Coursera, BandLab kabi platformalar orqali talabalar dunyo musiqasi namunalarini tinglab, tahlil qilish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Raqamli muhit musiqiy materiallar bilan tanishish, ularni o‘zaro solishtirish va madaniy kontekstda tushunishga xizmat qiladi. Pedagogik jihatdan, bu o‘qituvchilarga dars jarayonini interaktiv tarzda tashkil etish, individual o‘rganish yo‘llarini yaratish va o‘quvchilarning musiqiy tajribasini boyitish imkonini beradi[5]. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham raqamli muhitdan foydalanish kengayib bormoqda. Musiqa darslarida onlayn resurslardan foydalanish, xalqaro musiqiy tanlovlarda ishtirok etish va turli xalqlar musiqasini solishtirish orqali o‘quvchilarning madaniy savodxonligi ortmoqda. Shuningdek, milliy musiqiy merosni raqamlashtirish orqali xalq musiqasini saqlash va kelajak avlodga yetkazish imkoniyatlari kengaymoqda. Madaniyatlararo musiqa ta’limi zamonaviy raqamli muhitda yangi pedagogik paradigmaga aylanmoqda. Raqamli texnologiyalar o‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham o‘zaro hamkorlik, ijodiy ifoda va global muloqot imkoniyatlarini yaratadi. Ta’lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish musiqiy fikrlash, madaniyatlararo muloqot va ijodiy integratsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi. Kelajakda bu yo‘nalish bo‘yicha raqamli platformalar asosida qo‘shma o‘quv dasturlar, xalqaro musiqiy laboratoriyalar va o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini joriy etish tavsiya etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar16 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sana’t sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida” gi PQ-112-sonli prezident qarori. 02.02.2022.
- Аврамкова С.И. (2010) «Понятие «компетенция» в современной теории и практике преподования музыке»//Известия Российского государственного педагогического университета им.
- Герцена. №136. М.
- Axrorova M.M. (2024) “Musiqa o`qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi rivojida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining o`rni va ahamiyati”. Ilmiy axborotnomasi. Scientific Journal. №6/1
- (148) ISNN:2181-1296. UDK:78:681.14.153-158. www.axborotnoma.uz
- Axrorova M.M. (2024) “Musiqa ta’limi kontekstida kasbiy kompetensiyani shakllantirish tasniflari”. "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / Volume 5 Issue 6. ISSN 2181-063X.
- 99-105. https://oac.dsmi-qf.uz
- Axrorova M.M.(2023) Musiqa san`atini rivojlantirishda innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish. (The use of innovative information technologies in the development of musical art)
- International scientific journal “Modern science and research” ISSN 2181-3906 VOLUME 2, ISSUE
- 10,UIF:8.2.2023.1090-1092-betlar.http://modernscience.uz/ru/author/archive/ https://doi.org/10.5281/zenodo.1006414310.5281/zenodo.10064143
- Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Ro‘ziyeva D.N., Usmonboyeva M.H.(2016) “Pedagogika”.
- Nizomiy nomidagi T.D.P.U. Toshkent.
- Ortiqov T.(2010) “Musiqa o‘qitish metodikasi”. “Muharrir” nashriyoti. Toshkent.
- Muslimov N.A. va boshqalar(2013) Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya. Fan va texnologiya nashriyoti. Toshkent.
- Urinova S.Sh(2022) Bo’lajak musiqa o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi va kreativligini oshirishda musiqiy-nazariy fanlar o’rni va ahamiyati. “Tafakkur Ziyosi” O’zbekiston Respublika Vazirlar
- Mahkamasi huzuridagi O.A.K. ilmiy nashrlari ro’yxatiga kiritilgan ilmiy uslubiy jurnal. 4-son. Amaliy fanlar bo’limi. Jizzax davlat pedagogika universiteti. Jizzax
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011377
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/383
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 426–429
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25