AFSUNGA OID BIRLIKLARNING PRAGMATIK VAZIFALARI
Norbekova Gulrukh Husan kiziJizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 380–383
Annotatsiya
Ushbu maqolada J. K. Rowlingning “Harry Potter” asarlarida qo‘llanilgan afsunlar(spells) nutq akti nazariyasi (J. L. Austin, J. Searle) asosida lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinadi.Maqolada afsunlarning lokutsion, illokutsion va perlokutsion bosqichlari aniqlanib, ularning kommunikativva ijtimoiy funksiyalari yoritilgan. Xususan, “Expelliarmus” va “Avada Kedavra” afsunlari misolidaso‘zlovchining illokutsion niyati, tinglovchiga ko‘rsatilgan perlokutsion ta‘sir, hamda afsunlarningpragmatik yuklamasi tahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaПрагматические функции юнитов, связанных с заклинаниями.
В данной статье анализируются заклинания, используемые в произведениях Дж. К. Роулинг о Гарри Поттере, с лингвопрагматической точки зрения, основанной на теории речевых актов (Дж. Л. Остин, Дж. Сирл). В статье определяются локутивная, иллокутивная и перлокутивная стадии заклинаний и выделяются их коммуникативные и социальные функции. В частности, на примерах заклинаний «Экспеллиармус» и «Авада Кедавра» анализируются иллокутивное намерение говорящего, перлокутивное воздействие на слушателя и прагматическая нагрузка заклинаний.
inglizchaPRAGMATIC FUNCTIONS OF SPELL-RELATED UNITS
This article analyzes the spells used in J. K. Rowling‘s "Harry Potter" works from a linguopragmatic perspective based on speech act theory (J. L. Austin, J. Searle). The article identifies the locutionary, illocutionary, and perlocutionary stages of spells, and highlights their communicative and social functions. In particular, the illocutionary intention of the speaker, the perlocutionary effect on the listener, and the pragmatic load of the spells are analyzed using the examples of the spells "Expelliarmus" and "Avada Kedavra".
Kalit so‘zlar
- pragmatika
- nutq akti nazariyasi
- illokutsiya
- perlokutsiya
- J. K. Rowling
- Harry Potter
- afsun
- lingvopragmatika
- direktiv akt
- deklarativ akt
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AFSUNGA OID BIRLIKLARNING PRAGMATIK VAZIFALARI
Norbekova Gulrux Xusan qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada J. K. Rowlingning “Harry Potter” asarlarida qo‘llanilgan afsunlar (spells) nutq akti nazariyasi (J. L. Austin, J. Searle) asosida lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada afsunlarning lokutsion, illokutsion va perlokutsion bosqichlari aniqlanib, ularning kommunikativ va ijtimoiy funksiyalari yoritilgan. Xususan, “Expelliarmus” va “Avada Kedavra” afsunlari misolida so‘zlovchining illokutsion niyati, tinglovchiga ko‘rsatilgan perlokutsion ta’sir, hamda afsunlarning pragmatik yuklamasi tahlil qilinadi. Kalit so’zlar. pragmatika, nutq akti nazariyasi, illokutsiya, perlokutsiya, J. K. Rowling, Harry Potter, afsun, lingvopragmatika, direktiv akt, deklarativ akt.
ENGLISH MAGICAL SPELLS AND THEIR PRAGMATIC FUNCTIONS
Norbekova Gulrux Khusan qizi PhD student, Jizzakh State Pedagogical University
Abstract. This article analyzes the spells used in J. K. Rowling’s Harry Potter series from a linguopragmatic perspective based on the Speech Act Theory (J. L. Austin, J. Searle). The study identifies the locutionary, illocutionary, and perlocutionary stages of spells and explores their communicative and social functions. In particular, the spells Expelliarmus and Avada Kedavra are examined in terms of the speaker’s illocutionary intent, the perlocutionary effect on the listener, and their overall pragmatic significance. Keywords: pragmatics, speech act theory, illocution, perlocution, J. K. Rowling, Harry Potter, spell, linguo-pragmatics, directive act, declarative act.
ПРАГМАТИЧЕСКИЕ ФУНКЦИИ ВОЛШЕБНЫХ ЗАКЛИНАНИЙ
Норбекова Гулрух Хусан кизи Докторант, Джизакского государственного педагогического университета
Аннотация. В данной статье рассматриваются заклинания, использованные в произведениях Дж. К. Роулинг о Гарри Поттере, с лингвопрагматической точки зрения на основе теории речевых актов (Дж. Л. Остин, Дж. Серль). В работе определены локуторный, иллокуционный и перлокуционный уровни заклинаний, а также раскрыты их коммуникативные и социальные функции. На примере заклинаний Expelliarmus и Avada Kedavra анализируются иллокуционное намерение говорящего, перлокуционное воздействие на слушающего и прагматическая нагрузка данных единиц. Ключевые слова: прагматика, теория речевых актов, иллокуция, перлокуция, Дж. К. Роулинг, Гарри Поттер, заклинание, лингвопрагматика, директивный акт, декларативный акт.
Ma’lumki, pragmatika - bu til birliklarining foydalanish sharoitini, kontekstual ma’nosini va muloqot jarayonidagi ta’sirini o‘rganadigan tilshunoslik sohasi hisoblanadi. N. M. Vaxtelning izohiga ko‘ra, pragmatika tilshunoslik, sotsiologiya, psixologiya va madaniyatshunoslik bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, uning asosiy vazifasi nutqiy akt (nutq akti) orqali insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqani izohlashdir [5]. J. L. Austin va J. Searle tomonidan ishlab chiqilgan nutq aktlari nazariyasi (Speech Act Theory) pragmatikaning markaziy yo‘nalishlaridan biridir. Bu nazariyaga ko‘ra, har qanday gap faqatgina axborot yetkazmaydi, balki harakat ham bajaradi [6]. Yuqoridagi tadqiqotchilarning izlanishlariga ko‘ra nutq aktining asosiy turlari quyidagilar: 1. Lokutsiya – gapning shakli, ya’ni talaffuzi va tuzilmasi; 2. Illokutsiya – gapning maqsadi (ilova, buyrug‘u, so‘rov, tabrik va h.k.); 3. Perlokutsiya – gapning tinglovchiga qilgan ta’siri (ishontirish, qo‘rqitish, xursand qilish va h.k.). Bu nazariy asos afsun so‘zlarining tilshunoslik jihatdan o‘rganilishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, “Harry Potter” asarlaridagi afsunlar bu klassik nutq aktlarining mantiqiy (lokutsion), ijtimoiy (illokutsion) va psixologik (perlokutsion) jihatlarini o‘zida mujassam etgan qiziqarli til birliklaridir.
J. K. Rowling tomonidan yaratilgan “Harry Potter” asarlarida afsunlar (spells) nafaqat fantastik effektlar, balki nutqiy vosita sifatida ham faol ishlatilgan. Har bir afsun bu leksik birlik, u o‘zining pragmatik yuklamasi orqali belgili bir kommunikativ vazifani bajaradi. Quyida mashhur afsunlar asosida ularning illokutsion maqsadi, konkret kontekstdagi ta’siri, va nutq aktlari turlari bo‘yicha tahlil qilinadi. 1. “Expelliarmus” – qurolsizlantiruvchi afsun bo‘lib, u “Harry Potter” asarida bir necha bor qo‘llanilgan. Masalan, “Harry Potter and Chamber of Secrets” asarida quyidagi vaziyatda ishlatilgan. “Expelliarmus!” Harry yelled. Lockhart was blasted backwards off his feet: he flew ten feet into the air and crashed to the floor. Snape was looking slightly smug [1]. Bu sahna duel klubidagi mashq davomida bo‘lib o‘tadi, va aynan shu yerda Professor Snape bu afsunni o‘rgatadi. Garri bu afsunni Lockhartga qarshi ishlatadi va undan keyin bu afsun Garrining himoya afsuni sifatida har doim asosiy vositalaridan biriga aylanadi. Bu voqea Garrining nutq orqali himoyalanish strategiyasining shakllanish nuqtasidir. U keyingi kitoblar davomida aynan “Expelliarmus”ni o‘zining asosiy himoya vositasi sifatida qo‘llab keladi, bu esa uning sehrgarlik yondashuvida zo‘ravonlikdan ko‘ra neytrallashtirish ustuvor ekanini ko‘rsatadi. Nutq akti tahliliga ko‘ra, lokutsion bosqichda “Expelliarmus” afsuni artikulyatsiya qilinadi, ya’ni og‘zaki ifoda vositasi sifatida ro‘y beradi. Illokutsion niyatda so‘zlovchi (sehrgar) o‘z raqibining tayoqchasini (qurolini) tushirib yuborishni ko‘zlaydi. Bu harakat orqali u raqibni sehrsiz holatga keltirish, uni zararsizlantirish, ya’ni voqelikda ustunlikni qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. Perlokutsion natijada esa raqib qurolsizlanadi, ba’zan esa jismonan orqaga uloqtiriladi yoki muvozanatni yo‘qotadi. Raqibning sehrli harakatlari vaqtincha to‘xtatiladi, uning tahdidi neytrallanadi. Nutq akti turi bo‘yicha bu afsun direktiv akt hisoblanadi. Direktiv aktlarda so‘zlovchi tinglovchiga yoki tashqi kuchlarga nisbatan biror harakatni bajarishga turtki beradi. “Expelliarmus” holatida esa bu sehr kuchining bekor qilinishi yoki qurolning (sehrli tayoqcha) olib qo‘yilishi tarzida namoyon bo‘ladi. Bunda buyruq yoki majburlov xususiyati yaqqol seziladi. Pragmatik jihatdan, ushbu afsun kuchli illokutsion niyat bilan ajralib turadi. U orqali so‘zlovchi faqat o‘zini himoya qilmaydi, balki zo‘ravonlikni minimallashtiradi. Bu afsun zo‘ravon kuch o‘rniga harakatsizlik (qurolsizlantirish) orqali ijtimoiy va etnik jihatdan maqbul muomala usulini tanlaganligining ko‘rsatkichi sifatida ko‘riladi. Shuningdek, bu afsun ko‘pincha duel kontekstida qo‘llaniladi, ya’ni u sanksiyalangan va ijtimoiy jihatdan qabul qilingan vosita hisoblanadi. “Expelliarmus” o‘zining instrumental xususiyatga ega nutq aktidir: u vositaviy niyatga asoslangan bo‘lib, so‘zlovchi muayyan natijani og‘zaki ifoda orqali jismoniy reallikda amalga oshirishga erishadi. Bu jihatdan, ushbu afsun nafaqat individual himoya vositasi, balki tinchlikparvar yondashuvning til orqali ifodalangan ifodasi sifatida ham qadrlanadi. “Expelliarmus” afsuni nutq akti nazariyasining klassik direktiv modelini mukammal ifodalaydi. U til orqali kuchli illokutsion niyatni bildiradi, natijasida esa voqelikda real o‘zgarish (qurolsizlantirish) yuz beradi. Pragmatik kontekstdagi qo‘llanishi uni boshqa afsunlardan ajratib turadi: u tajovuz emas, balki ehtiyotkorlik va mudofaa vositasi sifatida e’tirof etiladi. Shu sababli, u Garrining sehrgarlik etikasi va kommunikativ strategiyasining ajralmas qismiga aylangan. 2. “Avada Kedavra” – o‘ldiruvchi la’nat hisoblanadi. “Harry Potter and the Goblet of Fire” asarida Moody (aslida Barty Crouch Jr.) dars davomida o‘quvchilarga taqiqlangan afsunlar (Unforgivable Curses) haqida tushuntirmoqda. U afsunlarni misolda ko‘rsatish uchun o‘zining “o‘rgatilgan” o‘rgimchaklari ustida ishlatadi. Shunda u “Avada Kedavra” afsunini aytadi. Moody raised his wand, pointed it at the spider, and muttered, “Avada Kedavra!” A flash of green light, a rushing sound, as though a vast, invisible something was soaring through the air — instantly, the spider rolled over onto its back, unmarked, but unmistakably dead [3]. Mazkur afsun nutq akti nazariyasi asosida ko‘rib chiqilganda, u bir nechta aniq qatlamlardan iborat. Lokutsion jihatdan, “Avada Kedavra” iborasi artikulyatsiya qilinadi, ya’ni u akustik va til birlik sifatida ro‘y beradi. Illokutsion bosqichda esa sehrgar juda kuchli niyatni bildiradi, u nishonga olingan mavjudotni hayotdan mahrum qilishni maqsad qiladi. Bu niyat oddiy istak yoki buyruqdan farqli o‘laroq, yuksak energiyaga ega illokutsion kuch orqali amalga oshadi. Perlokutsion natijada esa afsun ta’sirida jonli mavjudot darhol o‘ladi; bu jismoniy shikastsiz, ammo muqarrar o‘limdir.
Ushbu afsun nutq akti turi bo‘yicha deklarativdir. Deklarativ nutq aktlarining xususiyati shundaki, ular til orqali voqelik holatini bevosita o‘zgartiradi. “Avada Kedavra” holatida bu o‘zgarish jonlidan o‘lik shakliga, keskin va ortga qaytmas tarzda sodir bo‘ladi. Pragmatik jihatdan, “Avada Kedavra” afsuni juda murakkab va axloqiy jihatdan og‘ir baholanuvchi til aktidir. U yuqori darajadagi illokutsion kuchni talab qiladi, ya’ni bu afsunni har qanday sehrgar bajara olmaydi, faqat ichki irodasi kuchli, qat’iy niyatli shaxslar tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Ushbu afsunni ishlatish jinoyat hisoblanadi va siyosiy-huquqiy tizimda ruxsat etilmagan. Shu sababli, u afsonaviy kuchga ega bo‘lishi bilan birga, ijtimoiy va axloqiy jihatdan keskin rad etilgan vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Pragmatik nuqtayi nazardan bu afsun bir vaqtning o‘zida ijtimoiy, axloqiy va huquqiy chegaralarni buzuvchi aktdir. U nafaqat shaxsga, balki jamiyatdagi qadriyatlarga qarshi qaratilgan bo‘lib, har qanday muloqot tamoyillarini inkor etadi. Bu afsun vositasida til inson hayotini to‘xtatish quroliga aylanadi, bu esa nutqning transformativ kuchi qanchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. “Avada Kedavra” afsuni nutq akti nazariyasining eng keskin va radikal ko‘rinishidir. U orqali til nafaqat voqelikni ifodalaydi, balki uni yakunlovchi, qaytmas tarzda o‘zgartiruvchi vositaga aylanadi. Shu orqali Rowling o‘z asarida tilning sehrli, lekin xavfli kuchini chuqur falsafiy va lingvopragmatik jihatdan yoritib bergan. “Harry Potter” asaridagi mashhur afsunlarning nutq aktlari tahlili va ularning pragmatik xususiyatlari Afsun Nutq akti turi Illokutsiya Perlokutsiya Pragmatik baho Dushmanni Tayoq uchib Mudofaa, ehtiyot Expelliarmus Direktiv qurolsizlantirish ketadi chorasi Hayotni yo‘q Jinoyat, maksimal Avada Kedavra Deklarativ Shaxs o‘ladi qilish kuch Yorug‘lik Amaliy, Lumos Direktiv chiqarishni Atrof yoritiladi vositachilik so‘rash xususiyatiga ega Ruhiy holatga Expecto Ekspressiv + Ruhiy himoya Patronus chiqadi, asoslangan Patronum Direktif hosil qilish dementor qochadi muhofaza Manipulyativ, Esdan chiqarish, Obliviate Deklarativ Xotirani o‘chirish axloqiy jihatdan ongga ta’sir tortishli Masofaviy Accio Direktiv Narsani chaqirish Narsa uchib keladi boshqaruv
“Harry Potter” asaridagi afsunlar bu oddiy sehrli so‘zlar emas, balki mazmunli pragmatik birliklardir. Har bir afsun nutq akti sifatida tilshunoslikda aniqlangan lokutsion, illokutsion va perlokutsion komponentlarni mujassam etadi. Mazkur leksik birliklar orqali asar o‘quvchisi sehrgarlar orasidagi ijtimoiy rollar, harakatlarning psixologik turtkilari va kontextual shartlarni anglab yetadi. Bu esa badiiy asarni pragmatik jihatdan tahlil qilish orqali nafaqat tilning, balki inson muloqoti, maqsadi va ta’sirining ham chuqur qatlamlarini ochib beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- Rowling, J.K. Harry Potter and the Chamber of Secrets. Bloomsbury, 1998.
- Rowling, J.K. Harry Potter and the Deathly Hallows. Bloomsbury, 2007.
- Rowling, J.K. Harry Potter and the Goblet of Fire. Bloomsbury, 2000.
- Rowling, J.K. Harry Potter and the Half-Blood Prince. Bloomsbury, 2005
- Вахтель Н. М. Прагмалингвистика в таблицах и схемах. – 2008. C. 45.
- Остин, Ж.Л. Слово как действие. // Новое в зарубежной лингвистике, вып. 17. Москва:
- Прогресс, 1986. С. 22–129.10.2307/3970444
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI,
- MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak
- Bunyodkori, 1(2), 701-710.
- Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA
- MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011364
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/364
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 380–383
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25