PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR IJODKORLIGINI ZAMONAVIY TA‘LIM YONDASHUVLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Najmiyeva Umida KamaritdinovnaToshkent Kimyo xalqaro Universiteti Samarqand fil iali magistranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 397–401
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim yondashuvlari, xususan, konstruktivistik o‘qitish,kompetensiya yondashuvi, loyiha va muammoli ta‘lim metodlari, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasigaasoslangan o‘qitish tizimi, mustaqil fikrlovchi, ijodiy yondashuvchi va zamonaviy ta‘lim talablariga javobbera oladigan mutaxassislarni shakllantirish, ma‘naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ijtimoiy faol va mas‘uliyatlishaxsni tarbiyalash, talabalar ongida jamiyatdagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, turli millat vaelatlarga mansub insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va inoq munosabatlar o‘rnatilishiga faol hissa qo‘shishmasalalari borasida so‘z yuritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСТВА СТУДЕНТОВ В ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРАКТИКЕ НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПОДХОДОВ
В данной статье рассматриваются современные образовательные подходы, в частности, конструктивистский подход к обучению, компетентностный подход, проектно- и проблемно-ориентированные методы обучения, система обучения, основанная на личном опыте учащихся, формирование специалистов, обладающих независимым мышлением, творческим подходом и способных отвечать требованиям современного образования, воспитание духовно и нравственно зрелой, социально активной и ответственной личности, укрепление мира и безопасности в обществе в сознании учащихся, а также активный вклад в установление взаимного уважения и гармоничных отношений между людьми разных национальностей и этнических групп.
inglizchaDEVELOPMENT OF STUDENTS‘ CREATIVITY IN PEDAGOGY ON THE BASIS OF MODERN EDUCATIONAL APPROACHES
This article discusses modern educational approaches, in particular, constructivist teaching, the competency approach, project and problem-based learning methods, a teaching system based on students‘ personal experience, the formation of specialists who are independent thinkers, creative approachers and able to meet the requirements of modern education, the upbringing of a spiritually and morally mature, socially active and responsible person, the strengthening of peace and security in society in the minds of students, and the active contribution to the establishment of mutual respect and harmonious relations between people of different nationalities and ethnicities.
Kalit so‘zlar
- kommunikatsiya
- yangi g‘oyalar
- integratsiyalashuv
- shaxsiy tajriba
- kompetensiya
- ijodiy yondashuvchi
- zamonaviy ta‘lim
- millat va elatlar
- salohiyatini rivojlantirish
- faoliyat samaradorligi
- faol va mas‘uliyatli shaxs
- shaxsiy qiziqishlar
- ehtiyojlar
- maqsadlar
- malaka va ko‘nikmalar
- shakllantirish
- muammoli vaziyatlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR IJODKORLIGINI ZAMONAVIY TA’LIM YONDASHUVLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Najmiyeva Umida Kamaritdinovna Toshkent Kimyo xalqaro Universiteti Samarqand fil iali magistranti umidanajmiyeva@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim yondashuvlari, xususan, konstruktivistik o‘qitish, kompetensiya yondashuvi, loyiha va muammoli ta’lim metodlari, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasiga asoslangan o‘qitish tizimi, mustaqil fikrlovchi, ijodiy yondashuvchi va zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ijtimoiy faol va mas’uliyatli shaxsni tarbiyalash, talabalar ongida jamiyatdagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, turli millat va elatlarga mansub insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va inoq munosabatlar o‘rnatilishiga faol hissa qo‘shish masalalari borasida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: kommunikatsiya, yangi g‘oyalar, integratsiyalashuv, shaxsiy tajriba, kompetensiya, ijodiy yondashuvchi, zamonaviy ta’lim, millat va elatlar, salohiyatini rivojlantirish, faoliyat samaradorligi, faol va mas’uliyatli shaxs, shaxsiy qiziqishlar, ehtiyojlar, maqsadlar, malaka va ko‘nikmalar, shakllantirish, muammoli vaziyatlar.
DEVELOPING STUDENTS' CREATIVITY IN PEDAGOGY ON THE BASIS OF MODERN EDUCATIONAL APPROACHES
Najmiyeva Umida Kamaritdinovna Master's student, Samarkand branch of Tashkent International University of Kimyo umidanajmiyeva@gmail.com
Abstract: This article discusses modern educational approaches, in particular, constructivist teaching, competency approach, project and problem-based learning methods, a teaching system based on students' personal experience, the formation of independent thinkers, creative approachers and specialists who can meet the requirements of modern education, the upbringing of a spiritually and morally mature, socially active and responsible person, strengthening peace and security in society in the minds of students, and actively contributing to the establishment of mutual respect and harmonious relations between people of different nationalities and ethnicities. Keywords: communication, new ideas, integration, personal experience, competence, creative approacher, modern education, nations and ethnicities, development of potential, effectiveness of activity, active and responsible person, personal interests, needs, goals, qualifications and skills, formation, problem situations.
РАЗВИТИЕ КРЕАТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПОДХОДОВ
Нажмиева Умида Камаритдиновна Магистрант Самаркандского филиала Ташкентского международного университета Кимё umidanajmiyeva@gmail.com
Аннотация: В статье рассматриваются современные образовательные подходы, в частности, конструктивистское обучение, компетентностный подход, проектный и проблемный методы обучения, система обучения, основанная на личном опыте обучающихся, формирование самостоятельно мыслящих, творческих личностей и специалистов, отвечающих требованиям современного образования, воспитание духовно и нравственно зрелой, социально активной и ответственной личности, укрепление мира и безопасности в обществе в сознании обучающихся, активное содействие установлению взаимоуважения и гармоничных отношений между людьми разных национальностей и народностей. Ключевые слова: коммуникация, новые идеи, интеграция, личный опыт, компетентность, творческий подход, современное образование, нации и народности, развитие потенциала, эффективность деятельности, активная и ответственная личность, личные интересы, потребности, цели, квалификации и умения, формирование, проблемные ситуации.
Pedagogika sohasida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, xususan, konstruktivistik o‘qitish, kompetensiya yondashuvi, loyiha va muammoli ta’lim metodlari, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasiga asoslangan o‘qitish tizimi keng ommalashmoqda. Bu yondashuvlar orqali talabalar o‘z bilimlarini amaliy faoliyatda sinab ko‘rish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, innovatsion fikrlash va ijodiy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Pedagogik ta’limda ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quv jarayonida ijodiy faoliyat elementlarini samarali tatbiq etish, talabalarni darsda faollikka undash, ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondashuvni amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi ham talabalar ijodiy salohiyatini oshirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim siyosati, xususan, “Yangi O‘zbekiston - yangi ta’lim” konsepsiyasi asosida pedagogik kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda innovatsion
metodikalar, interfaol ta’lim texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, klasterli o‘qitish, STEAM ta’limi kabi zamonaviy yondashuvlarning amaliyotga tatbiq qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, pedagogika yo‘nalishi talabalarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida amalga oshirilishi nafaqat ularning kasbiy kompetensiyalarini oshiradi, balki mustaqil fikrlovchi, ijodiy yondashuvchi va zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim jarayonining yangicha mazmun bilan boyitilishiga va umumiy pedagogik faoliyat samaradorligining ortishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda zamonaviy psixologik-pedagogik yondashuvlarga tayangan holda ta’lim berish jarayonini tashkil etish zarurati ortib bormoqda. Zamonaviy ta’lim metodikalarida talabalar individual o‘zini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lib, ular o‘z shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari va maqsadlariga mos ravishda o‘quv faoliyatini shakllantiradilar. Bunday sharoitda o‘qituvchining roli faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchini o‘zini anglash, o‘z salohiyatini rivojlantirish va o‘z-o‘zini boshqarishga undovchi faol ishtirokchiga aylanadi. Bundan tashqari, ijodkorlikni rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan dasturlar va ta’lim texnologiyalarining ahamiyati ham katta. Xususan, kommunikativ kompetensiya, muammoli vaziyatlarda samarali yechim topish, jamoa bilan ishlash va o‘z g‘oyalarini erkin ifodalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar ijodiy salohiyatni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Millatning xalqaro maydondagi mavqeini belgilashda jamiyat hayotida ustuvor o‘rin tutuvchi taraqqiyparvar g‘oyalar va ularning amaliyotga tatbiq etilishi katta ahamiyatga ega. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy istiqlol g‘oyasining asoslarini jamiyat ongiga singdirish va yoshlarni ana shu ruhda tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi [1]. Zamonaviy davrda, globallashuv sharoitida, mustaqil davlatlar o‘z g‘oyaviy qarashlari bilan xalqaro munosabatlarning barqaror rivojlanishida faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, mafkuraviy g‘oyalar kurashi va mafkuraviy ta’sirlarning kuchayishi natijasida ayrim rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfi kuchaymoqda. Shu sababli, mustaqil fikrga ega, iymon-e’tiqodi mustahkam, o‘z milliy qadriyatlarini chuqur anglaydigan yoshlarni tarbiyalash dolzarb vazifaga aylanmoqda. Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish dolzarb va chuqur ijtimoiy xarakterga ega masala hisoblanadi. Talabalarda milliy g‘urur va faxr hissini uyg‘otish ularni Vatan ravnaqi, yurt obodligi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga ruhlantiradi. Shu bilan birga, bu jarayon talabalar ongida jamiyatdagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, turli millat va elatlarga mansub insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va inoq munosabatlar o‘rnatilishiga faol hissa qo‘shish istagini ham shakllantiradi. Milliy iftixorni yuksaltirish orqali talabalar o‘zlarini millat vakili sifatida qadrlashni, o‘z milliy qadriyatlari va madaniy merosini chuqur anglab yetishni hamda ularga sadoqat bilan xizmat qilish zarurligini his eta boshlaydilar [2]. Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan faoliyat mohiyatini yoritishda “rivojlanish”, “tarbiyalash”, “shakllantirish”, “omil”, “pedagogik ta’sir”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor” va “milliy o‘zlikni anglash” kabi tushunchalar tayanch kategoriyalar sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot muammosini ijobiy hal etishda bu tushunchalarning mazmunini to‘laqonli anglab olish muhim ahamiyat kasb etadi [3]. Ko‘plab adabiyotlarda “shakllanish”, “rivojlanish”, “tarbiyalash” tushunchalari, ayrim manbalarda esa “ijtimoiylashuv” tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi va yagona mantiqqa egaligi ta’kidlanadi. “Shakllantirish” va “rivojlantirish” tushunchalarining bir-birini to‘ldiruvchi kategoriyalar ekani haqidagi qarashlar ham mavjud. Bu fikrlarga ko‘ra, shakllantirish jarayoni rivojlantirishni ta’minlaydi va rivojlantirish esa shakllantirish negizida sodir bo‘ladi [4]. Shaxsni tarbiyalash tarbiya jarayonini tashkil etish chog‘ida amalga oshib, shaxsda ma’lum ma’naviy-axloqiy, iroda va individual fazilatlarni shakllantiradi. Tarbiya - ijtimoiy hayotning umumiy va muhim kategoriyasi bo‘lib, u ijtimoiy hodisa sifatida ajdodlar tomonidan to‘plangan tajribalarni avlodlarga yetkazish, insoniyat tomonidan yaratilgan bilimlarni egallash, inson salomatligi va rivojini ta’minlash, dunyoqarashni shakllantirish kabi bir qator xususiyatlarga egadir. Tarbiya jarayonining samaradorligi belgilangan maqsadning aniqligi, faoliyat asosida tashkil etilgan jarayonning natijadorligi va uning mazmunida ifodalangan ko‘rsatkichlar orqali baholanadi [5].
I.S. Mar’yenko shaxsning tarbiyalanganlik darajasi turli faoliyat va fe’l-atvor mazmunida namoyon bo‘ladigan o‘qishga, mehnatga, kishilarga, atrof-muhitga munosabati orqali belgilanishiga urg‘u beradi [6]. N.I. Boldirevning fikricha, shaxsning tarbiyalanganlik darajasi barqaror xulq-atvor ko‘nikmasida, o‘quvchining xatti-harakatlari, muomalasi va ularning nuqtai nazarida vujudga keladi. Mazkur daraja shaxsning fe’l-atvorida sodir bo‘lgan ma’lum sifat o‘zgarishi bilan belgilanadi [7]. Shaxsda ma’lum sifatlarning tarbiyalanganlik darajasini quyidagi shartlar asosida aniqlash maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlovchi yondashuvlar ham mavjud: - Shaxsning alohida sifatlarini ajratib ko‘rsatish, ularni namoyish etish [8]; - Shaxs tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat yo‘nalishlari [9]; - Ular faoliyati jarayonining mohiyatini o‘rganish; - Muayyan tasnif (yaxlit jarayon, kundalik yoki yakuniy natijalarning ko‘rsatkichlari [10]. Chet el olimlarining fikriga ko‘ra, shaxs tarbiyasidagi maqsadlarning har bir bosqichi nafaqat o‘quv jarayonida, balki jamiyatda ham o‘zgarishlar yaratish uchun zarurdir. Masalan, J. Dewey (1927) ta’kidlaganidek, tarbiya nafaqat bilim berish jarayoni, balki shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatini shakllantiradigan faoliyatdir. Deweyga ko‘ra, shaxsning intellektual va axloqiy rivojlanishi doimiy o‘zgarishlarni talab qiladi, bu esa uning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, P. Freire (1970) o‘zining Pedagogika to‘liq ozodlik asarida, tarbiya jarayonini ijtimoiy adolat va tenglikka erishish uchun kuchli vosita sifatida ko‘rsatgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya jarayoni nafaqat bilim olish, balki ijtimoiy tizimni o‘zgartirishga, o‘quvchining o‘ziga va jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, L.S. Vygotskiy (1978) o‘zining “Ijtimoiy taraqqiyot” nazariyasida, tarbiyaning shaxsning intellektual rivojlanishidagi o‘rni va uning ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanishini ta’kidlagan. U shaxsning rivojlanishi faqatgina individual emas, balki jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Tarbiya jarayoni shaxsning shaxsiy xususiyatlari bilan jamiyatning umumiy qadriyatlarining uyg‘unlashuviga olib kelishi kerak. Max Weber (1922) o‘zining ijtimoiy nazariyasida, tarbiya jarayonining jamiyatdagi ijtimoiy tuzilmalar bilan qanday bog‘liqligini tushuntirgan. Uning fikricha, tarbiya faqat shaxsiy rivojlanish emas, balki jamiyatning umumiy qadriyatlari va tartiblariga ham moslashishni ta’minlaydi. Weberning fikricha, tarbiya orqali shaxsning ijtimoiy va ma’naviy mas’uliyati shakllanadi, bu esa uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi. Wilhelm Dilthey (1883) ham tarbiya jarayonining shaxsning ichki dunyosiga va ijtimoiy muhitga bo‘lgan ta’sirini o‘rganib chiqdi. Dilthey, tarbiya va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’kidlab, tarbiya jarayonini shaxsni jamiyatga moslashtirish vositasi sifatida ko‘rgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya shaxsning jamiyatda muvaffaqiyatli yashashi uchun zarur bo‘lgan madaniy qadriyatlar va normalarni o‘rgatadi. John Dewey (1916) pedagogika sohasida o‘zining “Democracy and Education” asarida tarbiya jarayonini shaxsning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga bo‘lgan ta’sirini keng o‘rgangan. Dewey tarbiya jarayonini interaktiv va jamiyatga xizmat qiluvchi faoliyat sifatida ko‘rgan. Uning fikricha, tarbiya jarayoni faqat ilm o‘rganish emas, balki shaxsni jamiyatga moslashtirish va unga ijtimoiy mas’uliyatni o‘rgatishdan iboratdir. Deweyning ta’kidlashicha, tarbiya shaxsni jamiyatda muvaffaqiyatli yashashi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni beradi va unga jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash imkonini yaratadi. Erik Erikson (1950) o‘zining shaxsiy rivojlanish bosqichlari nazariyasida, shaxsning tarbiyalanganlik darajasi jamiyatdagi mas’uliyatni his qilish va o‘zligini anglash bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. Uning fikricha, har bir shaxs jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun, o‘ziga xos psixologik va ijtimoiy bosqichlarni o‘tishi kerak. Eriksonning fikriga ko‘ra, tarbiya jarayoni shaxsning psixologik rivojlanishini, ayniqsa, uning shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat, 2008. - 494-bet.
- Yo‘ldoshev Q.Q., Milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi, “O‘zbekiston”, 2021, 56-57-betlar.
- Rasulov A.R., Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat, “Fan va texnologiya”, 2019, 44-45- betlar.
- Mahmudov N.M. Pedagogik mahorat asoslari, “Noshir”, 2020. 67-68-betlar.
- Inoyatova S.T. Pedagogika nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: Innovatsiya ziyo, 2021. – 102-104- 320 b.
- Maryenko I.S., Psixologiya va tarbiya nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2020. – 192 b.
- Boldirev N.I., Shaxsning rivojlanishi va tarbiyasi. – Toshkent: Ma’rifat, 2021. – 220 b.
- Shilova M.I., Psixologik taraqqiyot. – Toshkent: Ilmiy nashr, 2022. – 200 b.
- Bozhovich L.I., Pedagogik faoliyat va tarbiya. – Toshkent: Ta’lim, 2019. – 250 b.
- Musurmonova O., Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi , “Innovatsiya”, 2021, 101-bet.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
- Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011369
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/369
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 397–401
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25