KO‘P TILLILIK VA MIGRATSIYA JARAYONINING TILGA TA‘SIRI HUSUSIDA
Merganova Nigora Mamadodilovna1, Abduganieva Dildora Umidjon kizi22025
- 1Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, p.f.f.d., (PhD)
- 2Farg‘ona davlat universiteti talabasi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 384–385
Annotatsiya
Ushbu maqolada Germaniyada ko‘p tillilik va migratsiya jarayonlari o‘rtasidagio‘zaro bog‘liqlik, til o‘zgarishining asosiy mexanizmlari hamda yangi til shakllarining rivojlanishi -xususan Codeswitching (kod-almashinish) va etnolektlarning shakllanish jarayonlari ilmiy tahlilqilingan.
Boshqa tillarda
ruschaО МНОГОЯЗЫЧИИ И ВЛИЯНИИ МИГРАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ НА ЯЗЫК
В данной статье представлен научный анализ взаимосвязи многоязычия и миграционных процессов в Германии, основных механизмов языковых изменений и развития новых языковых форм, в частности, процессов переключения кодов и формирования этнолектов.
inglizchaON MULTILINGUALISM AND THE IMPACT OF THE MIGRATION PROCESS ON LANGUAGE
This article provides a scientific analysis of the relationship between multilingualism and migration processes in Germany, the main mechanisms of language change, and the development of new language forms - in particular, the processes of codeswitching and the formation of ethnolects.
Kalit so‘zlar
- ko‘p tillilik
- bilingvizm
- diglossiya
- kod-almashinish
- etnolekt
- til o‘zgarishi
- migratsiya hodisasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
KO‘P TILLILIK VA MIGRATSIYA JARAYONINING TILGA TA’SIRI HUSUSIDA
Merganova Nigora Mamadodilovna Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, p.f.f.d., (PhD) E-Mail: nm.merganova@pf.fdu.uz Abdug‘aniyeva Dildora Umidjon qizi Farg‘ona davlat universiteti talabasi E-Mail: abduganiyevadildora2411@mail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Germaniyada ko‘p tillilik va migratsiya jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, til o‘zgarishining asosiy mexanizmlari hamda yangi til shakllarining rivojlanishi - xususan Codeswitching (kod-almashinish) va etnolektlarning shakllanish jarayonlari ilmiy tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ko‘p tillilik, bilingvizm, diglossiya, kod-almashinish, etnolekt, til o‘zgarishi, migratsiya hodisasi.
ON MULTILINGUALISM AND THE IMPACT OF THE MIGRATION PROCESS ON LANGUAGE
Merganova Nigora Mamadodilovna Associate Professor (PhD), Fergana state university E-Mail: nm.merganova@pf.fdu.uz Abdug‘aniyeva Dildora Umidjon qizi Student of Fergana state university E-Mail: abduganiyevadildora2411@mail.com
Abstract: This article provides a scientific analysis of the relationship between multilingualism and migration processes in Germany, the main mechanisms of language change and the development of new language forms, in particular, the processes of code switching and the formation of ethnolects. Keywords: multilingualism, bilingualism, diglossia, code-switching, ethnolect, language change, migration.
О МНОГОЯЗЫЧИИ И ВЛИЯНИИ МИГРАЦИОННОГО ПРОЦЕССА НА ЯЗЫК
Мерганова Нигора Мамадодиловна Доцент (PhD), Ферганский Государственный университет E-Mail: nm.merganova@pf.fdu.uz Абдуганиева Дилдора Умиджон кизи Студенткаб Ферганский Государственный университет E-Mail: abduganiyevadildora2411@mail.com
Аннотация: В данной статье научно анализируется взаимосвязь многоязычия и миграционных процессов в Германии, основные механизмы языковых изменений и развития новых языковых форм, в частности, процессы переключения кодов и формирования этнолектов. Ключевые слова: многоязычие, билингвизм, диглоссия, переключение кодов, этнология, изменение языка, феномен миграции.
Globalizatsiya va migratsiya jarayonlari natijasida dunyoning deyarli barcha jamiyatlari ko‘p tillilik (multilingualizm) hodisasi bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanmoqda. Ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniyada 2005 yilda Migratsiya to’g’risidagi qonunning kuchga kirishi migratsion qatlamning ortishiga sabab bo’ldi. 2024-yilning o‘rtalarida Germaniyada taxminan 22 million kishi muhojir sifatida ro’yhatga olingan, ularning bir qismi nemis fuqaroligiga ega. Bu muhojirlarning aksariyati kundalik hayotda kamida ikki yoki undan ortiq tildan foydalanadi. Ko‘p tillilik masalasi nafaqat lingvistik, balki sotsiolingvistik, madaniy va psixolingvistik omillarni ham o‘z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy hodisadir. Ko‘p tillilik keng ma’noda ikki asosiy turga bo‘linadi:
ijtimoiy ko‘p tillilik va individual ko‘p tillilik. Ijtimoiy ko‘p tillilik jamiyat miqyosida bir necha tillarning birgalikda mavjudligi va ularning ijtimoiy funksiyalariga asoslanadi, individual ko‘p tillilik esa bir shaxs tomonidan bir necha tildan faol foydalanishni bildiradi. Masalan, Shvetsariya davlatida 4 ta til davlat tili sifatida tan olingan bo’lib, biz buni ijtimoiy ko’p tillilikning ko’rinishi bo’lsa, bir shaxsning bir necha tillarni egallaganligini individual ko’p tillilik deya olamiz. Germaniyada bu hodisaning asosiy shakli diglossiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Diglossiya muayyan til jamoasiga mansub shaxsning o’z tilining adabiy va biron-bir hududiy (sheva) shakllarida muloqotga kirisha olish qobiliyatidir [2, 28]. Masalan, migrant oilalarda uyda turkcha, ruscha yoki arab tilida so‘zlashiladi, ammo ta’lim va ish muhitida adabiy nemis tili qo‘llaniladi. Bu holatda tillar o‘zaro raqobatlashmaydi, balki extiyoj yuzasidan har ikki tildan foydalaniladi [3, 325-340]. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu tillar o‘zaro fonetik, leksik va grammatik ta’sirga ega bo’ladi, natijada “doppelte Anderssprachigkeit” - ikki til orasida yangi til shakllanadi [4, 248]. Masalan, Germaniyada shakllangan “Deutschlandtürkisch” (nemis turkchasi) Istanbul yoki Anqara variantlaridan farq qiladi, shu bilan birga nemis tilining sintaktik va semantik xususiyatlarini ham o‘zlashtiradi. Ko‘p tillilikning eng faol ko‘rinishlaridan biri Codeswitching (kod-almashinish) hodisasidir. Bu jarayon ikki yoki undan ortiq tilning bir muloqot kontekstida ketma-ket yoki aralash qo‘llanilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, turkcha- nemischa yoki ruscha-nemischa so‘zlashuvlarda gap ichida til o‘zgaradi: • Bahnda göryom Ayşe böyle yapıyor / die hat gedacht mir is was passiert. (“Men Aysheni poezdda ko‘rdim, u menga nimadir bo‘lgan deb o’yladi.”) Quyidagi misolda so’zlovchi “poyezd” so’zini nemis tilidan olib “Bahn” gap boshlaydi va turk tilida davom ettiradi, gap so’nggida esa yana nemis tilidan foydalanadi. • Mendon ti, dass ich einfach so mund të shkoj e të vij wenn’s mir passt? (“Sen nima, men xohlasam kelib-ketaverman deb, o‘ylayapsanmi?”) Bunday til aralashuvi natijasida etnolektlar (masalan, Türkisch-Deutsch, Russisch-Deutsch) vujudga keladi. Etnolekt - bu bir etnik guruhga mansub, biroq yangi til muhitida yashayotgan shaxsning o‘ziga xos til shakli bo‘lib, u grammatik soddalashuv, yangi leksik birliklar va o‘ziga xos sintaktik tuzilmalar bilan ajralib turadi [1, 37]. Ko‘p tillilikning til tizimiga eng tez kirib boruvchi sohasi - leksikadir. Bugungi kunda nemis tilida 160 dan ortiq turkcha va 200 dan ortiq arabcha so‘zlar faol ishlatiladi [4, 262]. Masalan: dürüm döner, baklava, halva, raky, Ramadan, bayram, hijab, abaya, dzhihad, inshallah, allahu akhbar. Qiziqarli jihati shundaki, “Alkohol”, “Algebra”, “Tarif”, “Kaffee”, “Zucker” kabi kundalik so‘zlarning ham arabcha ildizga egaligi zamonaviy nemis jamiyatida ko‘p tillilik merosining chuqurligini ko‘rsatadi. Bu jarayon “lingvistik o‘zgarishning tabiiy mexanizmi” sifatida qaraladi: yangi til muhitida yashovchi shaxs muloqot samaradorligini oshirish maqsadida til tizimini soddalashtiradi va aralash birliklardan foydalanadi. Shu tarzda operativ grammatika shakllanadi - bu tizim grammatik to‘g‘rilikka emas, balki muloqotning tezroq amalga oshishi va tushunarli ifodaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Lingvistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarixan migratsiya harakati va madaniy almashinuvlar doim til tizimlarining o‘zaro boyishiga sabab bo‘lgan. Yevropada bu hodisani alohida ta’kidlash odatiy hol bo‘lsa-da, aslida u insoniyat tarixining tabiiy ko’rinishidir [5, 140]. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ko‘p tillilik zamonaviy jamiyatning ajralmas belgisidir. Migratsiya oqibatida yuzaga keladigan til o’zgarishi yangi grammatik, fonetik va leksik shakllarni vujudga keltiradi. Germaniya misolida bu jarayonlar kod-almashinish, etnolektlarning shakllanishi, o’zlashgan so‘zlarning kengayishi va kommunikativ soddalashuv orqali namoyon bo‘ladi. Til tizimi bu jarayonlarga moslashib, qayta tashkil etiladi. Shu bois, ko‘p tillilikni til buzilishi sifatida emas, balki lingvistik innovatsiya va madaniy uyg‘unlashuv jarayoni sifatida talqin etish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Auer, Peter (2005). A postscript: Code-switching and social identity. Journal of Pragmatics, 37(3). 2. Berdaliyev A., M.Turdubekov. Sotsiolingvistika. Darslik. 2022 Toshkent. 28-bet. 3. Ferguson, Charles (1959). Diglossia. Word, 15(2), 325-340. 4. Hinrichs, Uwe (2013). Sprachwandel und Migration. Berlin: De Gruyter. S. 248-262. 5. Khanna, Sunil (2021). Migration, Multilingualism, and Cultural Contact. Oxford University Press p. 140.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Auer, Peter (2005). A postscript: Code-switching and social identity. Journal of Pragmatics, 37(3).10.1016/j.pragma.2004.10.010
- Berdaliyev A., M.Turdubekov. Sotsiolingvistika. Darslik. 2022 Toshkent. 28-bet.
- Ferguson, Charles (1959). Diglossia. Word, 15(2), 325-340.10.1080/00437956.1959.11659702
- Hinrichs, Uwe (2013). Sprachwandel und Migration. Berlin: De Gruyter. S. 248-262.
- Khanna, Sunil (2021). Migration, Multilingualism, and Cultural Contact. Oxford University Press p.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011365
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/365
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 384–385
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25