Maqolada “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Quyi Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi investitsiya loyihasi”ningilmiy-texnik xususiyatlari, zamonaviy gidroenergetikamizdagi o‘rni va ahamiyati,mazkur loyihaga milliy innovatsion yondashuv, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishjarayonlaridagi mahalliylashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Xususan, Quyi Chotqoldaryosining geologik va gidrologik jihatlari, qurilish obyektida barpo etilayotganYuvish galereyasi materiallarini ishlab chiqarishning yangi milliy texnologik tadqiqotjarayonlari hamda xulosa va natijalar tahlili keltirilgan.
Ma‘lumotlarni qayta ishlashniavtomatlashtirish katta hajmdagi ma‘lumotlarnitahlil qilish imkonini beradi va bu usulni bugungisuv tanqisligi sharoitida barcha omillarni hisobgaolish uchun eng samarali usullardan birigaaylantiradi. Maqolada ma‘lumotlarni qayta ishlashniavtomatlashtirish va ko‘p o‘lchovli tizimlarda SCADAtizimlaridan foydalanish masalalari muhokamaqilinadi. Shuningdek, ortogonal diskret Lagerpolinomlariga asoslangan ma‘lumotlarni tahlil qilishmodeli, ko‘p o‘lchovli tizimning prototipi va SCADAtizimining mnemonik diagrammasi keltirilgan
Савет ХУДАЙКУЛОВ, Бахром АБДУЛЛАЕВ · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025
Мақолада Фарғона водийсидагиер ости сувларининг ҳаракатланиш қонуниятлариҳамда уларни суғоришда қайта ишлатиш учунтузсизлантириш имкониятлари кўриб чиқилган.Катта Фарғона ва Андижон каналларининглойиҳавий ва гидротехник хусусиятлари,уларнинг қишлоқ хўжалиги ерларини сув билантаъминлашдаги аҳамиятига алоҳида эътиборқаратилган. Концентратланган туз суюқлигинингқувурлар ва каналларда ҳаракатланиш жараёнитасвирланган, оқим режимлари (ламинар
турбулент, ўтиш) ва Рейнолдс сонининг оқимнингкўндаланг кесимида туз концентрациясинингтақсимланишига таъсири кўриб чиқилади.Суғоришда чучук сувни тежаш мақсадидадренаж сувидан самарали фойдаланиш бўйичатавсиялар берилган
Nuriddin KARIMOV · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025
Ushbu maqolada geodeziya va kartografya sohasida, ayniqsa,tog‘li hududlarda topografk suratga olish (syomka) ishlarida uchraydigan asosiymuammolar va ularni zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida yechish yo‘llaribayon etiladi. Raqamli relyef modellaridan (DEM) foydalanish orqali vaqt va mehnatsarfni kamaytirish, ma‘lumotlarni tezkor olish va tahlil qilish imkoniyatlari yoritiladi.
Ушбу мақолада электр энергетика тизимларининг ҳолатлариниоператив бошқариш мақсадида комплекс оптималлаштириш усули сифатидасунъий нейрон тармоқ (СНТ) параметрларини танлаш ва оптималлаштиришжараёнлари кўриб чиқилди. Тадқиқотнинг асосий мақсади — электр энергетикатизимининг динамик ўзгариш шароитларида ишлаш самарадорлигини ошириш,барқарорлашган ҳолатни ва ишончлиликни таъминлашдан иборатдир. Бумақсадга эришиш учун СНТ моделларининг структураси, ўрганиш алгоритмларива гипер параметрларини танлаш усуллари таҳлил қилинди. Эксперименталмоделлаштириш ва симуляция натижалари асосида оптимал параметрларкомбинацияси аниқланди, бу эса тизимнинг тезкор ва аниқ ечимлар қабул қилишқобилияти сезиларли даражада яхшиланишини кўрсатди. Тадқиқот натижалариэлектр энергетика тизимларининг ҳолат параметрларини оптималлаштиришдасунъий нейрон тармоқларидан самарали фойдаланиш имкониятлариникенгайтиришга қаратилган ёндашувларни тақдим этади.
Мазкур ишда лойиҳа ҳужжатлари мавжуд бўлмагандагидротехника иншоотларидан фойдаланиш муддатини узайтириш тартиби ваусуллари масалалари кўриб чиқилган. IV синф гидротехника иншоотларинингтехник ҳолатини мониторинг қилиш талаблари келтирилган.
Gidroelektr stansiyalarni tig‘iz vaqti iste‘molida ishga tushirishelektr energiya uzatish va uni iste‘molini boshqarishning asosiy omili sanaladi. GESlarniishga tushirish va zaxiraga chiqarish yuqori xarakteristikaga ega, shuning uchun ularelektr energiyaga bо‘lgan talabning tez о‘zgarishiga zudlik bilan ta‘sir qiladi. Tigizvaqti iste‘moli paytida elektr energiya iste‘moliga bolgan talab eng maksimal holatigaerishganda gidroelektr stansiyalarda yyetarli hajmda elektr energiya ishlab chiqarishimkoni bor va shu tufayli energotizim bir maromda ishlashini ta‘minlaydi.
Ushbu maqolada gidroelektr stansiyalar, ularning ish faoliyati vaayrim qismlari haqida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan. Asosiy qismlardan hisoblangano‘rnatilgan qism, suv taqsimlovchi mexanizm, aylanuvchi mexanizm, asosiy val yig‘masi,podshipniklar va ularning muhrlovchi (sızdırmazlık) qismlari, moy qabul qiluvchi qurilma,aylanish tezligini boshqaruvchi regulyatorning moy quvuri, suv quvuri, gaz quvuri, KIPquvuri va servodvigatellarning vazifalari haqida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan
Ushbu maqola mikrogidroelektr stansiyalari mavzusida yozilgan.Mikrogidroelektr stansiyalari (mikro GES) kichik quvvatli gidroenergetika tizimlaribo‘lib, ular ekologik toza va barqaror energiya manbai sifatida ishlatiladi. Maqoladamikrogidroelektr tizimlarining asosiy xususiyatlari, ularning qurilishi, texnik vaijtimoiy jihatlari, shuningdek, barqaror rivojlanishdagi roli yoritilgan. Mikrogidroelektrtizimlarining kichik hajmdagi energiya ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularningtog‘li hududlardagi foydalari, shu bilan birga, lokal energiya ta‘minotini yaxshilashdako‘rsatayotgan roli muhokama qilinadi
Jahonda gidroenergetikadan foydalanish keng rivojlanib bormoqdava bu soha jahon hamda mahalliy energetika tizimlarida muhim o‘rin egallaydi. Ushbumaqola gidroelektr stansiyalarning jahon va mamlakatimizdagi energetika tizimidatutgan o‘rnini va ularning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari,maqolada gidroenergetikaning ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror manba sifatidaqanday qo‘llanilayotgani tahlil qilingan. O‘zbekiston misolida esa qayta tiklanuvchienergiya manbalariga bo‘lgan talab ortishi hamda gidroenergetika sohasidagi istiqbollirejalar ko‘rib chiqilgan.
Мақолада “Ўзбекгидроэнерго” АЖ томонидан 2025 йил1-ярим йиллиги давомида электр энергияси ишлаб чиқариш, қурилиш-монтаж,инвестиция дастурлари ва лойиҳалари доирасида амалга оширилган ишларатрофлича ёритилган. Белгиланган режа кўрсаткичлари ижроси юзасидан йўлқўйилган хато ва камчиликлар таҳлил қилинган, келгусидаги долзарб вазифаларкўрсатилган.
Мақолада бугунги кунда гидроэнергетика соҳасида ресурстежамкор технологиялардан кенг фойдаланиш, юқори даромад олиш, иқтисодийбарқарорликни таъминлаш юзасидан таҳлилий фикрлар юритилади. Ҳарбир ГЭСга келаётган сув ҳисобини аниқ юритиш, станциялардаги агрегатқувватларига мос равишда керакли сув захиралари билан таъминлаш, керагиданортиқча қисмини эса талофатларсиз ўтказиб юбориш жараёнларида сувнингбошқаруви ва ҳисоб-китобини юритиш, сув манбаларидан фойдаланишда барчаистеъмолчилар билан тенг ҳуқуқли муносабатларни ўрнатишда гидрометрияхизматининг устувор аҳамияти асослаб берилади. Мазкур соҳани бугунги кундазамонавий асбоб-ускуналар, малакали кадрлар билан таъминлаш, мавжудсув ўтказиш ва ўлчаш иншоотларини рақамлаштиришнинг муҳимлиги илгарисурилади.
Gidrotexnik inshootlarni qurish boshqa sanoat inshootlarini qurish bilantaqqoslaganda bir qator muhim xususiyatlargaega bo‘lib, ular ko‘p jihatdan ishlab chiqarishga,inshootlarni qurish tartibi va vaqtiga ta‘sir qiladi.Turli xil gidrotexnik inshootlarni (to‘g‘onlar,kanallar, suv havzalari va boshq.) loyihalash, qurishva ulardan foydalanish ushbu masalalarga kompleksyondashuvni talab qiladi. Shu munosabat bilankeng qamrovli sinov laboratoriyasining KIL roli asosiypozitsiyalardan birini egallaydi
Ish real dinamik (seysmik) ta‘sirlarda gruntli gidrotexnik inshootlarining (to‘g‘onlarning) dinamik harakati va kuchlanish-deformatsiyaholatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shu bilanbirga, grunt deformatsiyasining elastik va elastikplastik qonunlarini hisobga olgan holda, masalalarni sonli yechimlar amalga oshirish natijasida olingannatijalar taqqoslanadi
Aliakbar RASULEV, Madina QО‘LDOSHEVA · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2025
Ishlab chiqarish jarayonlarida ishlayotgan har bir mutaxassisnikasbiy rivojlantirish ishlab chiqarishda ishlash va uni boshqarishdagi asosiy kuchhisoblanadi. Demak, har bir davlatning asosiy boyligi uning fuqarolaridir, shu jumladanaholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlardir. Shu sababli, fuqarolarning mehnatxavfsizligini ta‘minlash va sog‘ligini saqlash jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lidagi muhimomil hisoblanadi.