ISHONCHLI ELEKTR TA‘MINOTINI AMALGA OSHIRISHDA GIDROELEKTR STANSIYALARNING ROLI VA AHAMIYATI
Dilmurod EGAMOV, Muhiddin ATAJONOV2025
Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 7Son 2Sahifa 41–46
Annotatsiya
Gidroelektr stansiyalarni tig‘iz vaqti iste‘molida ishga tushirishelektr energiya uzatish va uni iste‘molini boshqarishning asosiy omili sanaladi. GESlarniishga tushirish va zaxiraga chiqarish yuqori xarakteristikaga ega, shuning uchun ularelektr energiyaga bо‘lgan talabning tez о‘zgarishiga zudlik bilan ta‘sir qiladi. Tigizvaqti iste‘moli paytida elektr energiya iste‘moliga bolgan talab eng maksimal holatigaerishganda gidroelektr stansiyalarda yyetarli hajmda elektr energiya ishlab chiqarishimkoni bor va shu tufayli energotizim bir maromda ishlashini ta‘minlaydi.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ГИДРОСТАНЦИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ НАДЕЖНОГО ЭЛЕКТРОСНАБЖЕНИЯ
Включение гидроэлектростанцийв часы пиковой нагрузки является важнымаспектом управления энергопотреблениеми передачи электроэнергии. ГЭС обладаютвысокими характеристиками запуска иотключения, что позволяет им оперативнореагировать на резкие изменения спроса наэлектроэнергию. В период пиковых нагрузок,когда потребление электроэнергии достигаетмаксимума, гидроэлектростанции способныобеспечить необходимый объем генерации,способствуя стабилизации энергосистемы.
inglizchaROLE AND IMPORTANCE OF HYDROELECTRIC POWER PLANTS IN ENSURING RELIABLE ELECTRICITY SUPPLY
Operating hydroelectric powerplants during peak load hours is an importantaspect of energy consumption managementand power transmission. Hydroelectric powerplants have excellent start-up and shut-downcharacteristics, allowing them to respond quicklyto sudden changes in electricity demand. Duringpeak load periods, when electricity consumptionreaches its maximum, hydroelectric power plantsare able to provide the necessary generationvolume, contributing to the stabilization of theenergy system.
Kalit so‘zlar
- Gidroelektrstansiya
- issiqlik elektr stansiyasi
- gidroagregat
- tig‘iz vaqti
- tizim operativ xodimi
- suv ombori
- quvvat
- ishonchli energiya ta‘minoti
To‘liq matn
To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.16961614
ISHONCHLI ELEKTR TA’MINOTINI AMALGA OSHIRISHDA GIDROELEKTR STANSIYALARNING ROLI VA AHAMIYATI
Andijon davlat texnika instituti Dilmurod EGAMOV assistenti Andijon davlat texnika instituti Muhiddin ATAJONOV dotsenti
Annotatsiya. Gidroelektr stansiyalarni tig‘iz vaqti iste’molida ishga tushirish elektr energiya uzatish va uni iste’molini boshqarishning asosiy omili sanaladi. GESlarni ishga tushirish va zaxiraga chiqarish yuqori xarakteristikaga ega, shuning uchun ular elektr energiyaga bо‘lgan talabning tez о‘zgarishiga zudlik bilan ta’sir qiladi. Tigiz vaqti iste’moli paytida elektr energiya iste’moliga bolgan talab eng maksimal holatiga erishganda gidroelektr stansiyalarda yyetarli hajmda elektr energiya ishlab chiqarish imkoni bor va shu tufayli energotizim bir maromda ishlashini ta’minlaydi.
Kalit sо‘zlar: Gidroelektrstansiya, issiqlik elektr stansiyasi, gidroagregat, tig‘iz vaqti, tizim operativ xodimi, suv ombori, quvvat, ishonchli energiya ta’minoti.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ГИДРОСТАНЦИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ НАДЕЖНОГО ЭЛЕКТРОСНАБЖЕНИЯ
Дилмурод ЭГАМОВ, Ассистент Андижанского государственного технического института Мухиддин АТАЖОНОВ, Доцент Андижанского государственного технического института
Аннотация. Включение гидроэлектростанций в часы пиковой нагрузки является важным аспектом управления энергопотреблением и передачи электроэнергии. ГЭС обладают высокими характеристиками запуска и отключения, что позволяет им оперативно реагировать на резкие изменения спроса на электроэнергию. В период пиковых нагрузок, когда потребление электроэнергии достигает максимума, гидроэлектростанции способны обеспечить необходимый объем генерации, способствуя стабилизации энергосистемы. Ключевые слова: Гидростанция, тепловая электростанция, гидроагрегат, час пик, оперативный персонал системы, водохранилище, надёжный электроснабжения.
ROLE AND IMPORTANCE OF HYDROELECTRIC POWER PLANTS IN ENSURING RELIABLE ELECTRICITY SUPPLY
Dilmurod EGAMOV, Assistant at the Andijan State Technical Institute Muhiddin ATAJONOV, Associate Professor at the Andijan State Technical Institute
Annotation. Operating hydroelectric power plants during peak load hours is an important aspect of energy consumption management and power transmission. Hydroelectric power plants have excellent start-up and shut-down characteristics, allowing them to respond quickly to sudden changes in electricity demand. During peak load periods, when electricity consumption reaches its maximum, hydroelectric power plants are able to provide the necessary generation volume, contributing to the stabilization of the energy system. Keywords: hydroelectric power plant, thermal power plant, hydraulic unit, rush hour, operational personnel of the system, reservoir, reliable power supply.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Bugungi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya ning 85%i organik yoqilg‘ilardan foydalanadigan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Atigi 14,5% elektr energiya gidroelektr stansiya (GES)lar yordamida ishlab chiqariladi.
2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qabul qilingan Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektr stansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektr stansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025-yilga qadar respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobarga oshirish nazarda tutilgan [1 (26)].
Shuningdek, Norin, Sо‘x, Tanxoz, Oq buloq, Ugam kabi daryolar va kanallarda 500 kilovattgacha quvvatga ega ixcham gidroelektrstansiyalar о‘rnatish imkoniyati bor. Bunday joylar rо‘yxati aholi va tadbirkorlarga e›lon qilinadi. Bunda quyosh, shamol elektr stansiyalari о‘rnatgani uchun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan bо‘lsa, kichik gidroelektrstansiyalar uchun ham shunday imtiyoz va subsidiyalar qо‘llanilishi belgilandi [2].
Elektr energetika sohasida ekologik toza energiya manbalaridan foyda lanish hisobiga izchil yangi quvvatlar tashkil etishni jadallashtirish hamda amal dagi ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish orqali 2030-yilda respublikadagi gidroelektr stansiyalar quvvatini 3416 MVt ga etkazish bо‘yicha PQ-44-son Qarorda tegishli yо‘nalish belgilandi [3].
Elektr tarmoqlaridagi elektr energiyaga bо‘lgan talab yani yuklamani о‘zgarishi tez fursatda tasodifan vujudga kelishi e’tirof qilinsa, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash har doim ham dolzarb ahamiyatli muammolardan bо‘lib kelgan. [4, 1-bet].
Gidroelektr stansiyalar va issiqlik elektr stansiyalari sutkaning tig‘iz vaqti iste’molini qoplash uchun turli ish rejimlariga hamda xarakteristikalarga ega.
Quyida gidroelektr stansiyalarning sutkaning tigiz vaqti iste’molini qoplash uchun roli katta va samaradorligi yuqori bо‘lishi tо‘g‘risidagi izohlar keltirilgan: – Gidroelektr stansiyalar suv oqimini о‘zgartirish bilan ishlab chiqarilayotgan elektr energiya miqdorini kamaytirish va kо‘paytirish mumkin, ularning bu xususiyati yuklamani tez о‘zgarishiga moslashuvchanligini anglatadi, ya’ni elektr energiyaga bо‘lgan talabni ortishi bilan zudlik bilan elektr energiya ishlab chiqarishni kо‘paytirish imkoni borligi. – Gidroelektr stansiyalar foydali ish koeffitsiyenti yuqori bо‘lganligi uchun tig‘iz vaqti iste’molini qoplash uchun samarador hisoblanadi. – Gidroelektr stansiyalar suv omborlarida suv tо‘plash imkoniyati borligi uchun tig‘iz vaqti iste’moli paytida samarali ishlashi mumkin, suv miqdoriga qarab quvvatni rejalashtirish imkoni bor. – Gidroelektr stansiyalar tig‘iz vaqti iste’molini qoplash uchun alohida generatorlar ajratiladi (qо‘shimcha quvvat ishlab chiqarish uchun).
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 42 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025
– Issiqlik elektr stansiyalarining ish rejimi doimiy bо‘lganligi uchun ular tig‘iz vaqti iste’moli paytida samarador sanalmaydi. – Issiqlik elektr stansiyalari F.I.K past bо‘lganligi uchun tig‘iz vaqti iste’moli paytida tez isitish zarurati tufayli energetik isroflar ortib ketadi. – Issiqlik elektr stansiyalari о‘z quvvatini о‘zgartirishi uchun kо‘p vaqt talab qiladi, ularning yuklamani о‘zgarishiga tez moslashuvchanlik qobilyati yо‘q.
Yuqorida keltirilganlardan xulosa qilinsa gidroelektrstansiyalar tigiz vaqti iste’moli paytida elektr energiya bilan ta’minlashda asosiy rol о‘ynaydi, ularning moslashuvchanligi, talab qilinayotgan rejimga tez kirishishi, samaradorligi va ekologik tozalikni ushlab turishi hozirgi zamon elektr ta’minotida muhim ahamiyatga ega.
Ularning asosiy roli tо‘g‘risida quyidagilarni sanab о‘tish mumkin: 1. Gidroelektrstansiyalar tezlik bilan о‘z quvvatini о‘zgartirishi mumkin, ularning bu qobiliyati elektr iste’molinini tig‘iz vaqtida kam vaqt ichida tizimga uzib ulash imkoni mavjudligi namoyon qilishi tufayli yuklamani qisqa muddatga ortishini ideal holda qoplaydi. 2. Hajmi katta suv tо‘plash imkoniyatiga ega bо‘lgan gidroelektrstansiyalar elektr energiya iste’molining kam bо‘lgan vaqtlarida (tunda) suvni tо‘plash imkoniga ega va ular tig‘iz vaqti iste’molida qо‘shimcha elektr energiya ishlab chiqarishi mumkin. 3. Gidroelektr stansiyalar tashqi muhitga zararli moddalar chiqarishni kamaytiradi va iqlim о‘zgarishiga salbiy ta’sir kо‘rsatmaydi. 4.Gidroelektr stansiyalar elektr energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish о‘rtatsidagi muvofiqlikni ushlab turishga yordam beradi, elektr tarmoqlar ish rejimini barqaror bо‘lishini ta’minlaydi. 5. Gidroelektr stansiyalarni elektr energiya iste’molining tig‘iz vaqtida ishlatilishi iqtisodiy tomondan samarador, chunki ular kam ekspluatatsion sarflarni talab qiladi.
Shunday qilib, elektr energiya bilan ta’minlashda ayniqsa sutkaning elektr energiya iste’moliga bо‘lgan talabi yuqori bо‘lgan paytlarda gidroelektrstansiyalar asosiy rol о‘ynaydi va shu orqali energiya tizimni mustahkamligini ushlab turishga о‘z hissasini qо‘shadi.
Energiya iste’molining tig‘iz vaqtini qoplash uchun turli usul va texnologiyalar ishlatiladi. 1. Gidroagregatlar tezlik bilan о‘z ish rejimini о‘zgartirish imkoni mavjudligi tufayli sutkani tig‘iz vaqti iste’molini qoplashda ishtirok etadi, qolgan vaqtlarda zaxiraga о‘tkazilib, tig‘iz vaqti iste’molida ishtirok etish uchun suv tо‘playdi. 2. Issiqlik elektr stansiyalari ham tig‘iz vaqti iste’moli paytida ishga tushi rilishi va elektr energiya ishlab chiqarish hajmini kо‘paytirishi mumkin. 3. Quyosh va shamol elektr stansiyalari ham tig‘iz vaqti iste’molini qoplash uchun ishlatilishi mumkin, ularning samaradorligi muhitga bog‘liqligiga qaramasdan.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
4. Elektr energiyani tо‘plovchi akkumulyator tizimlari ortiqcha energiyani saqlab, uni tig‘iz vaqti iste’moli paytida ishlatiladi, shu bilan elektr energiya ishlab chiqarishni va uni iste’molini muvofiqlashtiradi. 5. Energiya iste’molini boshqarish dasturiga muvofiq tig‘iz vaqti iste’moli paytida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan elektr energiya iste’molini kamaytirish talabi orqali energiya samarador elektr qurilmalarni ishlatishni yo‘lga qо‘yadi, tig‘iz vaqti iste’moli paytida iste’molni kamaytirganligi uchun taqdir lashni joriy qiladi. 6. Qо‘shni davlatlar (hududlar) bilan elektr tarmoqlar yordamida elektr energiya eksporti va importi uchun bog‘lanish orqali elektr energiyaga bо‘lgan talab va taklifni keng mas’shtabda muvofiqlashtirish orqali tig‘iz vaqti iste’molida ishonchli energiya ta’minotini ta’minlaydi.
Ushbu bayon qilingan usullar tig‘iz vaqti iste’moli paytida ham mustahkam bir maromda elektr energiya bilan ta’minlashni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Gidroelektr stansiyalarni ishga tushirish ketma-ketligiga rioya qilish energotizimni mustahkam ishlashini va elektr quvvat samarador taqsimlanishini ta’minlaydi. Bu jarayonda asosiy urg‘u beriladigan omillarga quyidagilarni sanab о‘tish mumkin: 1. Gidroelektr stansiyalar turlicha xarakteristikaga va ishga tushirish tartibi ga ega, bunda ustunlik tez ishga tushib va quvvatni tezda tizimga beruvchi gidroelektr stansiyalarga beriladi. 2. Suv zaxira qiluvchi gidroelektrstansiyalar yetishmayotgan quvvatni tez о‘rnini tо‘ldirish uchun ulanishi mumkin, bunda suv zaxirasi asosiy ahamiyatga ega bо‘ladi. 3. Gidroelektrstansiyalarni ishga tushiirish quvvati bо‘yicha ierarxik tartibda joylashadi, avval katta quvvatli gidroelektrstansiyalar ishga tushiriladi sо‘ngra kichik quvvatli stansiyalar. 4. Energotizimni bir maromda ishlashini ta’minlash uchun zaxira quvvatlar hisobga olinadi, agar yuklama kutilayotgan miqdordan ortib ketsa, zaxiradagi gidroelektrstansiyalar faollashtiriladi (ishga tushiriladi). 5. Energotizim operativ xodimi yuklamani kuzatishni va uni о‘zgarish bashorati ehtimoli uchun boshqarish, monitoring qilishda zamonaviy tizimdan foydalanadi, bunga asoslanib gidroelektr stansiyani ishga tushirish yoki uni zaxiraga о‘tkazish bо‘yicha tezkor qaror qabul qiladi. 6. Qabul qilingan qaror iqtisodiy samaradorligi tomonidan ham asoslangan bо‘lishi lozim, bunda uzoq muddat ishlagan samaradorligi past bо‘lgan stansiyalar, energiya iste’moli tо‘liq qoplanmagan taqdirda zamonaviy va samarador stansiyalardan sо‘ng eng ohiri ishga tushirilishi mumkin. 7. Ba’zi hollarda gidroelektrstansiyalarni ishga tushirishda ekologik muhit ham hisobga olinadi ekotizimni saqlab qolish uchun.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 44 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025
Yuqorida keltirilgan omillar operativ xodim tomonidan tig‘iz vaqti iste’moli paytida elektr energiyaga bо‘lgan talab va taklifni muvofiqlashtirib, samarali mustahkam elektr ta’minotini amalga oshirishga yordam beradi.
Tig‘iz vaqti iste’moli paytida gidroagregatni ishga tushirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi [5]:
1. Tizim operativ xodimi tarmoqdagi yuklamani doim nazoratga olib turadi, tig‘iz vaqti iste’moli paytida yuklamani ortishi qо‘shimcha quvvatni ulashni talab qiladi. 2. Gidroagregatni ishga tushirishdan avval uning ishchi holati bо‘yicha tekshiruv о‘tkaziladi, bunda tizimning texnik holati, ya’ni suv omboridagi suv miqdori, gidroturbina va gidroagregatni ishchi holati kо‘rikdan о‘tkaziladi. 3. Gidroagregat ishlashi uchun suv tayyorlangan bо‘lishi kerak, zarur hollarda elektr energiya ishlab chiqarish uchun yetarli suv miqdori mexanik tizimlar yordamida sozlanadi. 4. Barcha tekshiruvlar о‘tkazilgandan sо‘ng, gidroagregat avtomatik tarzda yoki operativ xodim tomonidan ishga tushiriladi. 5. Gidroagregat ish jarayonida xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash uchun, operativ hodim tamonidan uni elektr va mexanik parametrlari nazoratga olinadi. Tig‘iz vaqti iste’molidan sо‘ng energotizimni xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash uchun gidroagregatni zaxiraga chiqarish belgilangan tartibga rioya etishni talab qiladi [6]: 1. Tizim operativ xodimi elektr tarmoqlardagi yuklamani nazoratga oladi, yuklama intensivligi susayib, elektr energiya iste’moli kamayishi bilan gidroagregatni zaxiraga chiqarish bо‘yicha qaror qabul qiladi. 2. Gidroagregatni о‘chirishdan avval uning quvvati kamaytirilib, past quvvatli rejimga о‘tkazilib, ohista (plavniy) о‘chirish ta’minlanadi. 3. Boshqaruv tizimi gidroturbinaga suv kirishini chegaralaydi. 4. Gidroagregatni zaxiraga chiqarishdan avval operativ xodim tomonidan agregat ishchi parametrlari xavfsiz holda ekanligi tekshiriladi. 5. Barcha tekshiruvlar о‘tkazilgandan sо‘ng, gidroagregat boshqaruv tizimi orqali avtomatik tarzda yoki navbatchi xodim tomonidan qо‘l orqali tarmoqdan uzib qо‘yiladi. 6. Gidroagregat о‘chirilgandan sо‘ng, agregat tizimi holati kuzatib turiladi, uni qayta ishlab ketishini oldini olish maqsadida. 7. Bajarilgan operatsiyalar agregat ish rejimini tahlil qiilish va hisobga olish bо‘yicha operativ jurnalga rasmiylashtiriladi.
Gidroagregatni ishga tushirish va uni zaxiraga chiqarish navbatchi xodim tomonidan bajariladigan uzib-ulash bо‘yicha operatsiyalar ketma-ketligiga qattiq rioya qilishni talab qiladi.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Tig‘iz vaqti iste’molida ishlayotgan gidroelektrstansiyalar bir maromda elektr energiya bilan ta’minlashda, ayniqsa, energiya iste’moliga talab oshgan paytda asosiy rol о‘ynaydi, ularni tez ulab, uzish imkoni borligi uchun energiyaga bо‘lgan talabga tez ta’sir kо‘rsatadi.
Tig‘iz vaqti iste’molida tez fursatda elektr energiya ishlab chiqarish talab qilinadi, gidroelektr stansiyalar bu talabni qondirish qobiliyatiga ega. Ular elektr energiya iste’molchilari energiya ta’minotida uzilish bо‘lishi oldini oladi va elektr energiyaga bо‘lgan talabga, taklifni muvofiqlashtiradi.
Gidroelektr stansiyalar ekologik toza energiya manbasi qatoriga kiradi. Issiqlik elektr stansiyalariga nisbatan, tashqi muhitga zaharli gazlar chiqarmaydi, faqat ekotizimga ta’sirini hisobga olish kerak.
Tig‘iz vaqti iste’molida gidroelektr stansiyalarning ish samaradorligini elektr energiya uchun talab ortganda, uni importidan xalos bо‘lish orqali baholash mumkin.
Xullas, gidroelektr stansiyalar elektr energiya bilan ta’minlashning ishonchliligi ortishida asosiy ahamiyatga ega, ayniqsa, tig‘iz vaqti iste’molini qoplashda kompleks yondashuvni talab qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Egamov Dilmurodjon Abduraimovich, Azizova Dilnoza Azizjon qizi. “Kichik geslarning quvurlarini nishabligidagi urilish tezligini topish”. // Iqro jurnali, 2023-y.
- О‘zbekistonda kichik gidroelektr stansiyalar qurishga xususiy sektor jalb etiladi. www.kun.uz.
- O‘zR Prezidentining 10.12.2021-yildagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qarori. https://www.norma.uz/ru/
- Эгамов Д.А., Узоқов Р., Бойхонов З. Эффективность применения «переносного авр-0,4 кв» для обеспечения бесперебойного электроснабжения потребителей. Секция III. Энергетика. Г.Г.Т.У. им. Сухого. 2019 г.
- Правила технической эксплуатации электрических станций и сетей республики Узбекистан. Второе изд. Ташкент. 2011.
- Egamov D.A., Atajonov M.O. Energiya isroflari va foydali ish koeffitsiyenti orqali transformatorlarning ish samaradorligini baholash. Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali. Tom: 1 |Son:1 |2025-yil. 174-178. O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 46 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-014110
- Nashr sanasi
- 2025-09-10
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Jild
- 7
- Son
- 2
- DOI
- 10.5281/zenodo.16961614
- ISSN
- 3060-4672
- Nashriyot
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Sahifa
- 41–46
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Oxirgi yangilanish
- 2025-09-12