ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA XAVFLARNI BAHOLASH
Aliakbar RASULEV, Madina QО‘LDOSHEVA2025
Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 7Son 1Sahifa 10–111
Annotatsiya
Ishlab chiqarish jarayonlarida ishlayotgan har bir mutaxassisnikasbiy rivojlantirish ishlab chiqarishda ishlash va uni boshqarishdagi asosiy kuchhisoblanadi. Demak, har bir davlatning asosiy boyligi uning fuqarolaridir, shu jumladanaholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlardir. Shu sababli, fuqarolarning mehnatxavfsizligini ta‘minlash va sog‘ligini saqlash jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lidagi muhimomil hisoblanadi.
Boshqa tillarda
ruschaОЦЕНКА РИСКОВ В ПРОИЗВОДСТВЕ
Это главная сила впрофессиональном развитии каждогоспециалиста, работающего в производственныхпроцессах, в работе и управлении производством.Поэтому главное богатство каждой страны— это ее граждане, в том числе молодежь,составляющая значительную часть населения.Поэтому обеспечение безопасности труда исохранение здоровья граждан является важнымфактором социального развития общества
inglizchaRISK ASSESSMENT IN PRODUCTION
Employment is the main force inthe professional development of each specialistworking in production processes, in the work inproduction and in its management. Thus, themain wealth of each state is its citizens, includingyoung people, who make up a large part of thepopulation. Therefore, ensuring occupationalsafety a o‘zimnd maintaining the health of citizensis an important factor in the social development ofsociety.
Kalit so‘zlar
- ishlab chiqarish
- mehnat muhofazasi xavfsizligi
- xavf
- boshqaruv
- xavfli obyekt
- protsess
To‘liq matn
To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15484194
ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA XAVFLARNI BAHOLASH
Islom Karimov nomidagi Toshkent Aliakbar RASULEV davlat texnika universiteti, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti, PhD Islom Karimov nomidagi Toshkent Madina QО‘LDOSHEVA davlat texnika universiteti magistranti
Annotatsiya. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishlayotgan har bir mutaxassisni kasbiy rivojlantirish ishlab chiqarishda ishlash va uni boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Demak, har bir davlatning asosiy boyligi uning fuqarolaridir, shu jumladan aholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlardir. Shu sababli, fuqarolarning mehnat xavfsizligini ta’minlash va sog‘ligini saqlash jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi.
Kalit soʻzlar: ishlab chiqarish, mehnat muhofazasi xavfsizligi, xavf, boshqaruv, xavfli obyekt, protsess.
Алиакбар РАСУЛЕВ, Доцент кафедры «Безопасность жизнедеятельности» Ташкентского государственного технического университета, PhD Мадина КУЛДАШЕВА, Магистрант Ташкентского государственного технического университета
Аннотоция. Это главная сила в профессиональном развитии каждого специалиста, работающего в производственных процессах, в работе и управлении производством. Поэтому главное богатство каждой страны — это ее граждане, в том числе молодежь, составляющая значительную часть населения. Поэтому обеспечение безопасности труда и сохранение здоровья граждан является важным фактором социального развития общества. Ключевые слова: производство, охрана труда, риск, управление, опасный объект, процесс.
Aliakbar RASULEV, Associate Professor of the Department of «Life Safety» of Tashkent State Technical University, PhD Madina KULDASHEVA, Master student of Tashkent State Technical University
Abstract. Employment is the main force in the professional development of each specialist working in production processes, in the work in production and in its management. Thus, the main wealth of each state is its citizens, including young people, who make up a large part of the population. Therefore, ensuring occupational safety a oʻzimnd maintaining the health of citizens is an important factor in the social development of society. Keywords: production, occupational safety, risk, management, hazardous object, process.
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning ish jarayonida mehnat xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyatda dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va barqarorligiga, kuchli ilmiy-texnika va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga bog‘liq. Davlat uchun kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlar zaxirasi esa – yoshlardir, ularning olgan ta’lim va tarbiyasi, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha egallagan bilimi va uquvi darajasidir.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 108 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025
Ishlab chiqarishda xavf boshqaruvi – xavf boshqaruvini rejalashtirish, xavflarni aniqlash va analiz qilish, ularga javob choralarini rejalashtirish va xavflarni nazorat qilish faoliyatlarini amalga oshiruvchi protsesslarni о‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda xavf boshqaruvining asosiy maqsadi – bu ishlab chiqarishdagi xavf ijobiy natijalarga yetishish ehtimolligini va ta’sirini oshirish, salbiy natijalar vujudga kelish ehtimolligini va ta’sirini kamaytirishdir.
Quyida asosiy ishlab chiqarish xavf boshqaruvi protsesslari keltiriladi:
– xavf boshqaruvini rejalashtirish – ishlab chiqarishning xavf boshqaruviga oid faoliyatlarini qanday amalga oshirish kerakligini aniqlaydigan protsessdir.
– xavflarni aniqlash – qaysi xavflar ishlab chiqarishga ta’sir о‘tkazish mumkinligini aniqlash va ularning xususiyatlarini hujjatlashtirish protsessidir.
– xavflarni sifatli analiz qilish – xavflarni kelgusida analiz qilish yoki amalga oshirish maqsadida ularni ustuvorlashtirish (prioritetlash) protsessidir. Bu ishlar ularning vujudga kelishi va ta’sir etish ehtimolliklarini baholash hamda solishtirish orqali amalga oshiriladi.
– xavflarni miqdoriy analiz qilish – aniqlangan xavflarning umumiy loyiha maqsadlariga ta’sirlarini raqamlar asosida analiz qilish protsessidir.
– xavflarga javob choralarini rejalashtirish – ishlab chiqarish maqsadlariga yetishish yо‘lida yaxshi imkoniyatlarni oshirishga va tahdidlarni kamaytirishga oid variantlar va faoliyatlarni ishlab chiqish protsessidir.
– xavflarni nazorat qilish – xavflarga oid javob choralari rejasini amalga oshirish, aniqlangan xavflarni nazorat qilish, (asosiy xavflar aniqlangandan sо‘ng qolgan) qoldiq xavflarni monitoring qilish, yangi xavflarni aniqlash va loyiha davomida xavfga oid protsesslarning samaradorligini baholash protsessidir.
Ushbu protsesslar bir-birlari bilan va boshqa bilim sohalariga oid protsesslar bilan о‘zaro munosabatlarga egadirlar. Ishlab chiqarish xavfi – bu aniq bо‘lmagan hodisa va vaziyat bо‘lib, agar u yuzaga kelsa, ishlab chiqarishning tarkib, jadval, narx va sifat kabi bir yoki bir nechta maqsadlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Xavf bir yoki bir nechta sabablarga ega bо‘lishi mumkin. Sabab deb, salbiy yoki ijobiy natijalarning yuzaga kelish imkoniyatini yaratuvchi berilgan yoki potensial talab, taxmin, cheklov yoki shartga aytiladi. Misol uchun, xavf sabablariga atrof-muhit muhofazasiga oid hujjat uchun ruxsat olish yoki loyihaning ishlab chiqaruvchi xodimlarining yetishmasligi kiradi.
Xavf sifatida birinchidan, nazorat etuvchi organ tomonidan ruxsat berilishining chо‘zilishini misol qilish mumkin. Ikkinchidan, esa qulay imkoniyat sifatida ishlab chiqarishda qatnashishi mumkin bо‘lgan xodimlarni qо‘shimcha rivojlantirish, ularni loyihaga tayinlash uchun tayyor holga keltirish mumkin. Ushbu noma’lum hodisalardan birontasining yuz berishi, loyihaga, tarkibiga, narxga, jadvalga, sifatga yoki bajarilish unumdorligiga ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Xavf shartlari paydo bо‘lishiga ishlab chiqarish xavfini kamaytirishga hissa qо‘shadigan loyiha yoki tashkilotga oid muhitning jihatlari kiradi. Bularga loyiha boshqaruvi amaliyotlarining tо‘liqmasligi, integratsiya boshqaruv tizimlarining yetishmasligi,
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
bir vaqtdagi bir necha ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarish boshqaruvi nazoratidan chetda bо‘lgan tashqi ishtirokchilarga qaramlik kabilar kiradi. Ishlab chiqarish xavfining kelib chiqishidagi noaniqlik barcha loyihalarda namoyondir. Ma’lum xavflar deb, aniqlangan va analiz qilingan xavflar, shuningdek, ularga nisbatan javob choralarining rejalashtirilishiga imkoniyat bor xavflarga aytiladi. Proaktiv (faol) boshqarilib bо‘lmaydigan ma’lum xavflarga kо‘zda tutilmagan holatlar uchun zaxiralar tayinlanadi. Noma’lum xavflarni proaktiv (faol) boshqarib bо‘lmaydi va shunga kо‘ra ularga boshqaruv zaxiralari tayinlanishi mumkin. Yuzaga kelib ulgurgan loyiha xavfi muammo sifatida kо‘riladi. Tashkilotlar xavflarni ishlab chiqarish va tashkiliy maqsadlarga ta’sir kо‘rsatuvchi noaniqlik deb anglaydilar. Tashkilotlar va manfaatdor tomonlarning xavflarga bо‘lgan munosabatlariga qarab turli xil darajadagi xavf ma’qul kelishi mumkin. Bir qator omillar har ikkala tashkilot va manfaatdor tomonlarga ta’sir etishi mumkin va ular uchta kategoriyaga bо‘linadi. Xavflarga nisbatan moyillik – keladigan manfaatni oldindan sezgan holda subyekt qaror qabul qilishni qanchalik xohlayotganligi bо‘yicha noaniqlik darajasi. Xavflarga nisbatan bardoshlilik – tashkilot yoki shaxs dosh bera oladigan xavfning darajasi, miqdori yoki hajmi. Ishlab chiqarishdagi zararli omillar. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarishning sifatli va unumdor bo‘lishi ishchilarning sog‘lom, kasb kasalliklarisiz bo‘lishlari bilan tavsiflanadi. Buning uchun korxonada ishchilar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan zararli va zaharli omillar hisobga olinadi. Insonga uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida uning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, salomatligini pasaytiradigan yoki biror kasbiy kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar zararli omillar deyiladi. Zararli omil – bu insonga bo‘ladigan ta’sir bo‘lib, buning natijasida aniq mehnat sharoitida insonning biror kasallikka yo‘liqishi yoki uning mehnat qobiliyati pasayishi kuzatiladi. Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish xavf tahlilining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Tavsiyalarda xavfni baholash natijalari bо‘yicha asoslangan xavfni kamaytirish choralari kо‘rsatiladi. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlar texnik va (yoki) tashkiliy xususiyatga ega bо‘lishi mumkin. Chora-tadbir turini tanlashda xavfga ta’sir kо‘rsatish choralarining amaliyligi va ishonchliligiga berilgan umumiy baho, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar kо‘lami hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘ladi. Tashkiliy choralar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bosqichida xavfni kamaytirish bо‘yicha yirik texnik choralar qabul qilishda cheklagan imkoniyatlarning о‘rnini bosishi mumkin. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, resurslarning cheklanishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda, sodda va eng kam sarf-xarajat talab etiladigan tavsiyalar, shuningdek, istiqboldagi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi nazarda tutilishi lozim. Kо‘p hollarda xavfsizlikni ta’minlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar, odatda, avariyalarning oldini olish chora-tadbirlari hisoblanadi. Tatbiq etish rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlarini tanlashda quyidagilar ustuvorlikka ega:
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 110 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025
a) avariya vaziyatlarining yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar. Ularga quyidagilar kiradi: – noxush hodisalarning yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar; – noxush hodisalarning avariya vaziyatini yuzaga keltirish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar; b) avariya oqibatlarini yumshatishga doir chora-tadbirlar. Ular, о‘z navbatida, quyidagi ustuvor chora-tadbirlarni о‘z ichiga oladi: – xavfli obyektni loyihalashda kо‘zda tutiladigan chora-tadbirlar (masalan, tutib turuvchi konstruksiyalarni, qulf armaturani tanlash); – avariyadan himoyalash va nazorat tizimlariga taalluqli chora-tadbirlar (masalan, gaz analizatorlaridan foydalanish); – foydalanuvchi tashkilotning avariya oqibatlarini lokallashtirish va bartaraf etishga tayyorligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar. Xavfni kamaytirish bо‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni asoslash va ularning samaradorligini baholash zarur bо‘lganda, ularni optimallashtirishning ikkita muqobil maqsadi kо‘zda tutilishi tavsiya etiladi: 1) berilgan vositalar yordamida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish xavfining maksimal kamayishini ta’minlash; 2) minimal sarf-xarajatlar bilan xavfni qabul qilsa bо‘ladigan darajagacha kamaytirishni ta’minlash. Ajratilgan vositalar yoki resurslarning cheklanganligi sharoitida xavfni kamaytirish bо‘yicha chora-tadbirlarni bajarishdagi ustuvorligini aniqlash uchun quyidagilar bajarilishi lozim: – belgilangan moliyalashtirish hajmlari doirasida amalga oshirilishi mumkin bо‘lgan chora-tadbirlar majmuini aniqlash;
– bu chora-tadbirlarni “samaradorlik-xarajatlar” kо‘rsatkichi bо‘yicha ajratish.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Charles D. Reese. Occupational Safety and Health Fundamental Principles and Philosophies. CRC Press, 2017.
- О‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 22-sentabr 2016-yil, №О‘RQ-410 // www.lex.uz
- Yuldashev O., Mutalov SH.A. Mehnatni muhofaza qilish. О‘quv-amaliy qо‘llanma. – T.: 2017.
- Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «О дальнейшем совершенствовании мер по охране труда работников» Т. 15.09.2014. №263 // www.lex.uz
- Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi / Darslik. – T.: “Tafakkur qanoti”, 2015. – 336 b. PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA VOLUME 7 | ISSUE 1 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-014101
- Nashr sanasi
- 2025-09-10
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Jild
- 7
- Son
- 1
- DOI
- 10.5281/zenodo.15484194
- ISSN
- 3060-4672
- Nashriyot
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Sahifa
- 10–111
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Oxirgi yangilanish
- 2025-09-12