MURAKKAB RELYEFLI OBYEKTLARNI MASOFADAN TURIB O‘LCHASH TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH
Nuriddin KARIMOV2025
Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 7Son 2Sahifa 62–69
Annotatsiya
Ushbu maqolada geodeziya va kartografya sohasida, ayniqsa,tog‘li hududlarda topografk suratga olish (syomka) ishlarida uchraydigan asosiymuammolar va ularni zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida yechish yo‘llaribayon etiladi. Raqamli relyef modellaridan (DEM) foydalanish orqali vaqt va mehnatsarfni kamaytirish, ma‘lumotlarni tezkor olish va tahlil qilish imkoniyatlari yoritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaВНЕДРЕНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ДИСТАНЦИОННОГО ИЗМЕРЕНИЯ СЛОЖНОГО РЕЛЬЕФА ОБЪЕКТОВ
В данной статье рассматриваютсяосновные проблемы в области геодезии икартографии, особенно при проведениитопографической съёмки в горных районах,а также пути их решения с использованиемсовременных компьютерных технологий.Раскрываются возможности снижения временныхи трудозатрат за счёт применения цифровыхмоделей рельефа (ЦМР), а также получения ианализа данных в оперативном режиме
inglizchaIMPLEMENTATION OF REMOTE MEASUREMENT TECHNOLOGIES FOR SITES WITH COMPLEX TERRAIN
This article addresses key challengesin the felds of geodesy and cartography,particularly in conducting topographic surveysin mountainous areas, and explores solutionsenabled by modern computer technologies. Ithighlights the potential to reduce time and laborcosts through the use of Digital Elevation Models(DEM), as well as the ability to obtain and analyzedata quickly.
Kalit so‘zlar
- ArcGIS
- MapInfo
- DEM
- raqamli relyef modeli
- topografk syomka
- sputnik ma‘lumotlari
- 3D modellashtirish
- kartogramma
- gorizontallar
To‘liq matn
To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.16961749
MURAKKAB RELYEFLI OBYEKTLARNI MASOFADAN TURIB O‘LCHASH TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH
“Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” MChJ Loyiha Nuriddin KARIMOV boshqaruv guruhi (OTB) bo‘limi boshlig‘i
Annotatsiya. Ushbu maqolada geodeziya va kartografiya sohasida, ayniqsa, tog‘li hududlarda topografik suratga olish (syomka) ishlarida uchraydigan asosiy muammolar va ularni zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida yechish yo‘llari bayon etiladi. Raqamli relyef modellaridan (DEM) foydalanish orqali vaqt va mehnat sarfini kamaytirish, ma’lumotlarni tezkor olish va tahlil qilish imkoniyatlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar: ArcGIS, MapInfo, DEM, raqamli relyef modeli, topografik syomka, sputnik ma’lumotlari, 3D modellashtirish, kartogramma, gorizontallar.
ВНЕДРЕНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ДИСТАНЦИОННОГО ИЗМЕРЕНИЯ СЛОЖНОГО РЕЛЬЕФА ОБЪЕКТОВ
Нуриддин КАРИМОВ, начальник отдела Группы управления проектами (АБР), ООО «Служба заказчика гидростроительства» Аннотация. В данной статье рассматриваются основные проблемы в области геодезии и картографии, особенно при проведении топографической съёмки в горных районах, а также пути их решения с использованием современных компьютерных технологий. Раскрываются возможности снижения временных и трудозатрат за счёт применения цифровых моделей рельефа (ЦМР), а также получения и анализа данных в оперативном режиме.
Ключевые слова: ArcGIS, MapInfo, ЦМР, цифровая модель рельефа, топографическая съёмка, спутниковые данные, 3D-моделирование, картограмма, горизонтали.
IMPLEMENTATION OF REMOTE MEASUREMENT TECHNOLOGIES FOR SITES WITH COMPLEX TERRAIN
Nuriddin KARIMOV, Head of the Project Management Unit (ADB), “Hydroconstruction Customer Service” LLC Abstract. This article addresses key challenges in the fields of geodesy and cartography, particularly in conducting topographic surveys in mountainous areas, and explores solutions enabled by modern computer technologies. It highlights the potential to reduce time and labor costs through the use of Digital Elevation Models (DEM), as well as the ability to obtain and analyze data quickly.
Keywords: ArcGIS, MapInfo, DEM, digital elevation model, topographic survey, satellite data, 3D modeling, cartogram, contour lines.
Hozirgi kunda yerning relyefini aniqlash va xaritalash ishlari, ayniqsa, tog‘li hududlarda katta vaqt va resurs talab qiladi. Klassik usullar asosida 100 gektarlik hududning topografik izlanishlari uchun kamida 8–10 kun kerak bo‘ladi. Bu esa, loyihalash jarayonlarini kechiktiradi va inson resurslarini ko‘p talab qiladi.
Zamonaviy texnologiyalar, xususan ArcGIS va MapInfo dasturlarida ishlovchi Digital Elevation Model (DEM) – raqamli relyef modellaridan foydalanish orqali ushbu jarayonni atigi 1 soat ichida yakunlash mumkin.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 62 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025
1-rasm. DEM modelining ArcGIS dasturida ko‘rinishi.
Loyihaning asosiy maqsadi – masofaviy zondlash (remote sensing) tex nologiyalari yordamida tog‘li va murakkab relyefga ega hududlarda topografik ma’lumotlarni tez, samarali va qulay usulda olishdir.
• Rastrli kartalarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish (ArcGIS, MapInfo yordamida);
• Sputnik ma’lumotlari yordamida joyning balandlik (otmetka) ko‘rsatkichlarini aniqlash;
• 2D kartogrammalarni 3D modellar asosida avtomatik tarzda yaratish taklif qilinadi.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
2-rasm. 2D va 3D relyef xaritalari taqqoslamasi.
Uslub – Ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash
Relyefni masofadan o‘lchash quyidagi tamoyil asosida ishlaydi:
1. Sun’iy yo‘ldoshdan yuborilgan radar signali yer sathiga tushadi va aks ettiriladi. 2. Signalning qaytish vaqti (t) aniqlanadi. 3. Yorug‘lik tezligi (c) va yo‘ldosh balandligi (R) hisobga olinadi. 4. h = R - (c × t/2) formulasi orqali yerning nisbiy balandligi hisoblanadi.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 64 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025
3-rasm. Sun’iy yo‘ldosh orqali relyefni aniqlash tamoyili
Garchi bu usulda 20 sm dan 1.2 m gacha xatolik kuzatilishi mumkin bo‘lsa-da, bu rejalashtirish bosqichida joyni oldindan o‘rganish uchun yetarli aniqlik beradi. Masalan, 500 gektarlik hududda optimal 30 gektar maydonni tanlab olishda katta yordam beradi.
2D kartalarda relyef asosan quyidagi usullar bilan ifodalanadi:
• Gorizontallar usuli – balandlik chiziqlari orqali • Kartogramma usuli – ranglar intensivligiga asoslangan
Kartogramma usulida har bir rang diapazoni ma’lum balandlik oralig‘ini bildiradi:
• Och sariq: 0–200 m • To‘q sariq: 200–500 m • Qizil: 500–1000 m
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
4-rasm. Kartogramma misoli – ranglar va balandliklar.
Ranglar xilma-xilligi ko‘paygan sayin aniqlik oshadi. Kompyuter dasturlari bu ranglar asosida avtomatik tarzda 3D relyef modelini qurib beradi.
Amaliy natijalar – ArcGIS ma’lumotlari asosida
1. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan B02 (ko‘k), B03 (yashil), B04 (qizil) spektral tasmalari ArcMap dasturiga yuklanadi. 2. Qatlamlar quyidagi tartibda joylashtiriladi: qizil – yuqorida, keyin yashil, so‘ng ko‘k. 3. Image Analysis oynasida Composite Bands vositasi orqali vaqtinchalik RGB kompozit qatlam yaratiladi. 4. Bu qatlam doimiy ko‘rinishga o‘tkaziladi: ma’lumotlar > eksport ma’lumotlar.
5-rasm. Sentinel tasmalari va RGB qatlam yaratish jarayoni.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 66 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025
1. Sun’iy yo‘ldosh orqali relyefni aniqlash
• Radar altimetriya orqali sun’iy yo‘ldoshdan yuborilgan signalning yerga qaytish vaqti o‘lchanadi. Formulasi: h = R – (c × t/2) • R – sun’iy yo‘ldosh balandligi, • c – yorug‘lik tezligi, • t – signalning ikki tomonlama harakati vaqti.
• Ushbu usul yordamida 20 cm–1.2 m gacha xatolik bilan balandlik ma’lumotlari olinadi, bu dastlabki aniqlovchi loyihalashtirish uchun yetarli.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
• DEM – relyef balandligining umumiy raqamli ko‘rinishi (grid/ tarmoq) bo‘lsa, • DTM – faqat yer yuzasi (ularda daraxt va inshootlarsiz), • DSM – daraxt, inshootlar bilan birgalikda ko‘rsatadi.
3. DEMdan foydalanish quyidagi sohalarda qo‘l keladi:
• Geomorfologiya va tuproq namligi, • Vodiylar va to‘lqin modellari, • 3D vizualizatsiya, • Suv oqimini va elovxonalarni monitoring qilish.
1. Geometrik buzilishlar – soyalar, foy-for-shortening, layover radar tasvirlarda aniqlikni pasaytiradi .
2. Atmosfera ta’siri – optik rasmlarda bulutlar, tuman ta’sir qiladi; buni atmosferik tuzatish bilan bartaraf qilish kerak.
3. Vegetatsiya turli-tumanligi – klassifikatsiya va balandlikni aniqlashda kattaroq xatolarga olib keladi.
4. DEMsni birlashtirish – masofadan olingan turli manbalardan olingan modellarni moslashtirish uchun kontur-match va least squares surface matching algoritmlari qo‘llanadi.
Vaqtni 8–10 kun o‘rniga 1–2 Optik + radar tasvirlar birgalikda ishlatiladi soatga qisqartiradi
Harajatlarni tejaydi Atmosfera va relyef tuzatishlari bajariladi
3D model yaratish imkoniyati Dron va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari mavjud integratsiyalashtiriladi
Ochiq manbali DEMlar yetarli LIDAR kerak bo‘lsa, lokal tadqiqotlar uchun 2 m bo‘lishi mumkin aniqlik tavsiya etiladi
Bu tizim geodeziya, atrof-muhit monitoringi, infratuzilmani rejalashtirish va tabiatni muhofaza qilishda samarali va zamonaviy yondashuvni taklif etadi.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 68 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025
Masofadan turib relyefni o‘lchash texnologiyalari yordamida ish tezligi bir necha barobar oshadi.
DEM va kartogramma asosidagi 3D modellar orqali optimal joylar oldindan aniqlanadi.
Zamonaviy dasturlar klassik usullarni to‘liq almashtirmaydi, ammo ularni samarali to‘ldiradi.
Geodeziya va loyiha tashkilotlarida bu tizimni joriy etish xodimlarning malakasini oshirish, vaqt va resurslarni tejashga xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Li, Zhilin, Zhu, Qing, & Gold, Christopher. (2005). Digital Terrain Modeling: Principles and Methodology.
- Maune, D. F. (ed.). (2007). Digital Elevation Model Technologies and Applications: The DEM Users Manual.
- Wilson, J. P., & Gallant, J. C. (Eds.). (2000). Terrain Analysis: Principles and Applications.
- Reuter, H. I., Nelson, A., & Jarvis, A. (2007). An evaluation of void-filling interpolation methods for SRTM data. PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-014113
- Nashr sanasi
- 2025-09-10
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Jild
- 7
- Son
- 2
- DOI
- 10.5281/zenodo.16961749
- ISSN
- 3060-4672
- Nashriyot
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Sahifa
- 62–69
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Oxirgi yangilanish
- 2025-09-12