Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

GIDROELEKTR STANSIYALARNING GLOBAL VA MILLIY DARAJADAGI AHAMIYATI HAMDA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

O‘ktam SALOMOV, Omadjon URISHEV2025

Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 7Son 2Sahifa 17–28

Annotatsiya

Jahonda gidroenergetikadan foydalanish keng rivojlanib bormoqdava bu soha jahon hamda mahalliy energetika tizimlarida muhim o‘rin egallaydi. Ushbumaqola gidroelektr stansiyalarning jahon va mamlakatimizdagi energetika tizimidatutgan o‘rnini va ularning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari,maqolada gidroenergetikaning ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror manba sifatidaqanday qo‘llanilayotgani tahlil qilingan. O‘zbekiston misolida esa qayta tiklanuvchienergiya manbalariga bo‘lgan talab ortishi hamda gidroenergetika sohasidagi istiqbollirejalar ko‘rib chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaГЛОБАЛЬНОЕ И НАЦИОНАЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ГИДРОЭЛЕКТРОСТАНЦИЙ И НАПРАВЛЕНИЯ ИХ РАЗВИТИЯ

В мире широко развиваетсяиспользование гидроэнергетики, и этот секториграет важную роль в глобальных и местныхэнергетических системах. Данная статьяпосвящена анализу положения и значимостигидроэлектростанций в энергетических системахмира и нашей страны. Кроме того, в статьерассматривается, как гидроэнергетика служитустойчивым источником с экологической иэкономической точек зрения. На примереУзбекистана также обсуждается увеличениеспроса на возобновляемые источники энергии иперспективные планы в секторе гидроэнергетики

inglizchaGLOBAL AND NATIONAL SIGNIFICANCE OF HYDROELECTRIC POWER PLANTPOWER PLANTS AND THEIR DEVELOPMENT DIRECTIONS

Hydroelectric energy usage isexpanding globally, and this sector plays a crucialrole in both global and local energy systems. Thisarticle is dedicated to analyzing the position andsignifcance of hydroelectric power plants withinthe energy systems of the world and our country.Additionally, the article examines how hydroenergyserves as a sustainable source from ecologicaland economic perspectives. In the case ofUzbekistan, the increasing demand for renewableenergy sources and the prospective plans in thehydroenergy sector are also discussed.

Kalit so‘zlar

  • Gidroenergetika
  • suv energiyasi
  • GES
  • elektr energiya
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari

To‘liq matn

To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.16961479

GIDROELEKTR STANSIYALARNING GLOBAL VA MILLIY DARAJADAGI AHAMIYATI HAMDA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Fargʻona davlat texnika universiteti O‘ktam SALOMOV rektori, t.f.d., professor Farg‘ona davlat texnika universiteti Omadjon URISHEV “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD

Annotatsiya. Jahonda gidroenergetikadan foydalanish keng rivojlanib bormoqda va bu soha jahon hamda mahalliy energetika tizimlarida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu maqola gidroelektr stansiyalarning jahon va mamlakatimizdagi energetika tizimida tutgan o‘rnini va ularning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, maqolada gidroenergetikaning ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror manba sifatida qanday qo‘llanilayotgani tahlil qilingan. O‘zbekiston misolida esa qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan talab ortishi hamda gidroenergetika sohasidagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: Gidroenergetika, suv energiyasi, GES, elektr energiya, qayta

ГЛОБАЛЬНОЕ И НАЦИОНАЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ГИДРОЭЛЕКТРОСТАНЦИЙ И НАПРАВЛЕНИЯ ИХ РАЗВИТИЯ

Уктам САЛОМОВ, Ректор Ферганского государственного технического университета, д.т.н., профессор

Омаджон УРИШЕВ, Старший преподаватель кафедры «Электроника и приборостроение» Ферганского государственного технического университета, PhD.

Аннотация. В мире широко развивается использование гидроэнергетики, и этот сектор играет важную роль в глобальных и местных энергетических системах. Данная статья посвящена анализу положения и значимости гидроэлектростанций в энергетических системах мира и нашей страны. Кроме того, в статье рассматривается, как гидроэнергетика служит устойчивым источником с экологической и экономической точек зрения. На примере Узбекистана также обсуждается увеличение спроса на возобновляемые источники энергии и перспективные планы в секторе гидроэнергетики.

Ключевые слова: гидроэнергетика, энергия воды, ГЭС, электроэнергия, возобновляемые источники энергии.

GLOBAL AND NATIONAL SIGNIFICANCE OF HYDROELECTRIC POWER PLANTPOWER PLANTS AND THEIR DEVELOPMENT DIRECTIONS

Uktam SALOMOV, Rector of Fergana State Technical University, Dr. of Technical Sciences, Prof.

Omadjon URISHEV, PhD, Senior Lecturer of the “Electronics and Instrumentation” Department. Fergana State Technical University

Abstract: Hydroelectric energy usage is expanding globally, and this sector plays a crucial role in both global and local energy systems. This article is dedicated to analyzing the position and significance of hydroelectric power plants within the energy systems of the world and our country. Additionally, the article examines how hydroenergy serves as a sustainable source from ecological and economic perspectives. In the case of Uzbekistan, the increasing demand for renewable energy sources and the prospective plans in the hydroenergy sector are also discussed.

Keywords: hydroenergy, water energy, HPP (Hydro Power Plant), electric power, renewable energy sources.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Jahonda XXI asrga kelib, elektr energiya ishlab chiqarilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bilan bir qatorda, sanoatni yuqori darajada rivojlangan texnologiyalar bilan ta’minlash va jamiyat hayotini iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qayta qurishga o‘tish davrini boshdan kechirmoqda. Bundan tashqari, dunyodagi energiya iste’moli albatta aholining o‘sishi va ijtimoiy sharoitlarning yaxshilanishi hisobiga barqaror o‘sib bormoqda. Dunyoda energiya resurslarini iste’mol qilish 2000-yilga nisbatan 2030-yilga kelib, 1,5 baravarga, 2050-yilga kelib esa 2 baravar ko‘payishi va shu davrlarda elektr energiyasini iste’mol qilish - mos ravishda 2 baravar va 3 martadan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda [2, 3, 4, 5].

Uglevodorod yoqilg‘isi albatta global energiya tizimi va iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lib, so‘nggi ikki asr davomida energiyadan foydalanishni 50 baravar oshirdi va hozirgi dunyoning atrof-muhitini shakllantirdi [6]. Lekin foydali qazilmalar abadiy emasligini hisobga olsak, bu borada albatta qayta tiklanuvchi energiya manbalariga – quyosh, shamol, gidroenergetika va boshqalarga talab oshib bormoqda.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari xalqaro agentligi (IRENA) hisob-kitoblariga ko‘ra 2030-yilga borib qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasi jahon elektr taʼminotining 65%ini taʼminlashi mumkin va bu 2050-yilga kelib energetika sektorini 90% ga uglevodorod chiqindilarini kamaytirib iqlim o‘zgarishini yumshatishga yordam beradi. Bundan tashqari, IRENA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra jahon bo‘yicha elektr energiyasining tenglashtirilgan narxi (LCOE) 2022-yilgi ko‘rsatkichlarida yangi ishga tushirilgan quruqlikdagi shamol elektr stansiyalari (ShES) uchun 0,033 AQSh dollari/kVt/ soatni, quyosh fotoelektr stansiyalari (QFS) uchun 0,049 AQSh dollari/kVt/soatni, dengiz shamol elektr stansiyalari (offshore) uchun 0,081 AQSh dollari/kVt/soatni, gidroenergetika uchun esa 0.061 AQSh dollari/kVt/soatni tashkil etdi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalarining o‘rnatilgan quvvatidan foydalanish koeffitsiyentiga ham qaralganda jahonda oʻrtacha GES uchun 46%, ShES uchun 37%, QFS uchun esa 17% ni ko‘rsatishi gidroenergetikadan foydalanish qolgan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ko‘ra quvvatidan foydalanish koeffitsiyenti yuqori ekanligi nuqtai nazaridan ularning samaradorligini oshirish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Jahonda jami gidroelektrstansiyalar so‘nggi yillar hisobida eng koʻp Xitoyda 30%, undan keyingi o‘rinlarda Braziliya 10 %, Kanada 9,2%, AQSh 5,8% va Rossiya 4,6% ni tashkil qiladi [7]. Hozirgi vaqtda gidroelektr stansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatizmizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining 12-14% atrofida toʻgʻri kelmoqda [8].

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 18 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

Gidroelektr stansiya (GES) – suv oqimining kinetik va potensial mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan elektr stansiyasi hisoblanadi. Gidroelektr stansiyada hosil boʻlgan quvvatni quyidagi ifodadan aniqlash mumkin:

Bu yerda: P - ishlab chiqarilgan quvvati (kW),- suv oqimi sarfi (m3/s), P – suv zichligi (kg/m3), 9 – erkin tushish tezlanishi (m/s2), Hn – Suv bosimi (m), hG – GES foydali ish koeffitsiyenti.

Gidroelektr stansiyalarning tasnifi turli mamlakatlarda turli mezonlar orqali turlarga ajratilgan bo‘lsa ham, adabiyotlar tahliliga ko‘ra o‘rnatilgan quvvatiga qarab jahonda GESlar quyidagicha tasniflanadi [9,10]. (1-jadvalga qarang)

1-jadval Gidroelektr stansiyalarning ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha tasnifi

O‘rta gidroelektr stansiya 15 MW – 100 MW

Gidroelektr stansiyalarning tasnifi mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qaroriga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi (2-jadvalga qarang) hamda ushbu gidroelektr stansiyalarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari deb hisoblash ko‘zda tutilgan [1].

2-jadval Mamlakatimizda gidroelektr stansiyalarning ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha tasnifi

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Yirik GESlar – bu juda koʻp sonli texnologik jihozlardan tashkil topgan murakkab texnik qurilma hisoblanadi va ularga toʻgʻon, gidravlik turbinalar, elektr generatorlari, suv oʻtkazgichlar va boshqalar kiradi. Yirik GESning qurilishi, qurilishning uzoq muddatlari bilan bogʻliq va katta mablagʻ talab qiladi. Past tekislik daryolarida joylashgan GESlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonining ekologik xavfsizligi koʻpincha keng hududlarni suv bosishi xavfini olib keladi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetroqda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GESlarda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GESlar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soylarning toraygan joyiga quriladi [11].

1-rasm. Dеrivаtsiоn GES inshооtini jоylаshtirish sxemasi.

Bundan tashqari, zamonaviy gidroenergetika usullari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Damba bilan ishlovchi (gidroelektr stansiyasi) – rezervuarida suvni toʻplash va undan turbinaga oʻtkazish orqali energiya olinadi. Toʻplangan suv, gravitatsiya nisbatida turbinaga yo‘naltiriladi va bu jarayonda mexanik energiya elektr energiyaga aylantiriladi.

Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi (GAES) – energiyani saqlash uchun suvni yuqori havzaga oʻtkazish orqali va talab boʻlgan vaqtda uni qaytarib olish orqali energiya olinadi [12]. Toʻplangan energiya kam talab paydo boʻlgan vaqt oʻrtasida saqlanadi va talab oshganda energiya olinadi.

IRENA xalqaro tashkilotining 2024-yil statistikasi hisobotiga ko‘ra, global energiya ishlab chiqarishda 2023-yil jahon miqyosida qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy quvvati 3 870 GVt ga yetib, yangi rekord o‘rnatdi va

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 20 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

2014-yilga nisbatan 84.36% ga o‘sgan [13]. Ushbu o‘sish sur›atini hisobga olgan holda, IEA global qayta tiklanadigan energiyaning quvvati 2030-yilga borib 7 300 GVtga yetishini prognoz qilmoqda, bu esa 2030-yilga kelib hozirgiga nisbatan 2,5 baravar o‘sishini ta’minlaydi [7].

Bundan tashqari, Xalqaro energetika agentligi (IEA) hisobotida 2023- yili global energiya ishlab chiqarishda jahon miqyosida 510 GVt qo‘shilgan quvvat qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga qo‘shilgan. Quyidagi 2-rasmda 2015-2023 yillar oralig‘ida qo‘shilgan quvvat qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini ko‘rishimiz mumkin.

2-rasm. 2015-2023 yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining global energiya ishlab chiqarishda qo‘shimcha quvvat qo‘shishi [7].

Jahon bo‘ylab umumiy qo‘shilgan energiyaning 2023-yilda 80% qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga va shundan 95 foizi – quyosh va shamol energiyasi (quruqlikda va dengizda) birgalikda tashkil qiladi.

Jahonda gidroenergetikani rivojlantirish uchun katta salohiyat global miqyosda mavjud, lekin bunday imkoniyatlar qayerda joylashganligi haqida IHA tomonidan 2023-yilda nashr etilgan 2023-yilgi jahon gidroenergetika istiqbollari hisobotida global va mintaqaviy darajada qolgan gidroenergetika salohiyati aniqlandi. Natijalar quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

3-jadval 2023-yilgi jahon gidroenergetikasining mintaqalar kesimida salohiyati [14]

Potensial Oʻrnatilgan quvvat Mintaqa gidroenergetika quvvati 2022 (GVt) (GVt)

Janubiy va Markaziy Osiyo (3-jadvalga qarang) mintaqasining potensial gidroenergetika quvvati 600 GVt bo‘lishiga qaramay, hozirda 157 GVt dan foydalaniladi. Bu esa, past bosimdagi gidroenergetik salohiyat yuqori bo‘lsa-da, undan foydalanish ko‘rsatkichi kam miqdorni tashkil etadi.

Gidroenergetika doimiy manba sifatida ko‘riladi va oddiy gidroenergetika inshooti o‘rganishlar asosida 100 yildan ortiq ishlay olishi mumkinligi aniqlangan va bu albatta gidroenergetika inshootlarini modernizatsiya va yangilab turish talabini qo‘yadi. Quyida o‘rnatilgan gidroenergetika inshootlarining mintaqalar kesimida o‘rnatilgan yillari keltirilgan.

3-rasm. 2022-yilgacha o‘rnatilgan mintaqalar kesimida gidroenergetika inshootlari eskirish yillari [14].

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 22 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

Markaziy Osiyoda o‘rnatish yillari va eskirish ko‘rsatkichlaridan shuni bilish mumkinki, oxirgi 10 yillikda gidroenergetika inshootlari sezirarli darajada ko‘paygan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari ishlab chiqarish quvvatlarining qariyb 50%i Oʻzbekistonda jamlangan boʻlib, yiliga 70 milliard kW.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

O‘zbekiston energetika tizimi mintaqadagi elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish uzilmas zanjirining asosiy bo‘g‘inidir. Geografik joylashuvi, rivojlangan elektr tarmoqlarining mavjudligi elektr energiyasi va energiya bozorini muvaffaqiyatli tashkil etish va faol ishtirokchi bo‘lish imkonini beradi.

4-rasm. Elektr energiyasi ishlab chiqarishning tuzilishi [15].

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2030-yilga borib, Respublika boʻyicha isteʼmol 120,8 mlrd kW.soatni, bu esa 2019-yildagi 66,7 milliard kW.soat elektr energiyasidan ikki baravar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda va bu 5-rasmda koʻrsatilgan. Shu bilan birga, aholining elektr energiyasiga boʻlgan talabi 2030-yilga borib 21,9 milliard kW.soatni (hozirgiga nisbatan oʻsish 24,4 %) tashkil etadi.

5-rasm. O‘zbekistonda 2030-yilgacha elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning prognoz dinamikasi [15].

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston energetika balansida elektr energiyasi ishlab chiqarilayotganda tabiiy gaz ustunlik qiladi, ya’ni birlamchi energiya resurslaridan foydalanishda nomutanosiblik mavjud. Shuni inobatga olgan holda, 2030-yilgacha gidroenergetika va gidroelektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangi kichik yoki mikro GESlarni o‘rnatish orqali ishlab chiqarish quvvatini oshirish ishlarini amalga oshirishga talab muhim bo‘lib qolmoqda [16]. Oxirgi 30 yilda Respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish 3 baravardan ortiq o‘sib, 55- 70 milliard kW.soat gacha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekistonda elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvati 13,0 million kW dan oshadi, shu jumladan issiqlik elektr stansiyalari (IES) - 10,6 million kW, gidroelektr stansiyalari (GES) - 1,4 million kW (4-rasmga qarang). Oʻzbekistonda har yili elektr energetikasi ehtiyojlari uchun 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 85 ming tonna mazut va 2,3 million tonna koʻmir sarflanadi [17].

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sifatida kichik gidroelektr stansiyalarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarning amalga oshirilishi uzoq muddatli istiqbolda energetika xavfsizligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari – quyosh, shamol va boshqa turdagi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar allaqachon boshlangan bo‘lib, 6-rasmda ko‘rish mumkinki, GES lar orqali ishlab chiqarish 2019-yilga nisbatan 2030-yilga borib 2 barobar oshishi kutilmoqda.

6-rasm. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlab chiqarish strukturasi (GW) [15].

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari O‘zbekistondagi suv resurslaridan energiya olish imkoniyatlarini baholadilar. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, [18] O‘zbekistondagi daryo oqimlarining nazariy gidroenergetika salohiyati yiliga 88,5 mlrd.kW.soatni ya’ni:

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 24 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

1. katta daryolar - 81,1 mlrd. kW.soatni; 2. o‘rtacha daryolar – 3,0 mlrd. kW.soatni; 3. kichik daryolar – 4,4 mlrd. kW.soatni tashkil qiladi [19].

Texnik gidroenergetika salohiyati esa 27,4 mlrd.kW.soatni tashkil etadi va shundan:

1. katta daryolar - 24,6 mlrd. kW.soatni; 2. o‘rtacha daryolar – 1,5 mlrd. kW.soatni; 3. kichik daryolar – 2,3 mlrd. kW.soatni tashkil qiladi.

Hozir ushbu salohiyatning qariyb 24% idan foydalanilmoqda [19.]. Shu bois, qolgan suv oqimlarining gidroenergetika salohiyatidan foydalanish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda 2023-yildan boshlab quyidagi qo‘shimcha istiqbolli loyihalar boshlangan. Bularga: Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida umumiy quvvati 876 MW bo‘lgan YuqoriPskem, Qorong‘ito‘g‘ay, Toldiqsoy gidroelektr stansiyalarini, Oygain gidroelektr stansiyalari kaskadini hamda gidroto‘plash elektr stansiyasini, Namangan viloyati Norin daryosida umumiy quvvati 228 MW bo‘lgan Norin gidroelektr stansiyalari kaskadini, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida umumiy quvvati 264 MW bo‘lgan YuqoriTo‘polang gidroelektr stansiyalari kaskadini qurish ko‘zda tutilgan.

7-rasm. 2024–yilda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan ishga tushirilgan mikro va kichik GES loyihalari infografikasi.

Keyingi besh yilda mamlakatimizda aholi xonadonlari 1 million 200 mingtaga ko‘paydi, korxonalar soni 260 mingtaga yetdi. Bu elektr energiyasi iste’molini 35 foizga oshirdi. Yirik GESlarni rejalashtirish va ishga tushirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish kun tartibida turgan bo‘lsa-da, bir qator sabablarga ko‘ra kichik GESlarning afzalliklari yaqqol ko‘rinib turibdi.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Andijon viloyati, Andijon tumanidagi Zavroq mahallasida quvvati 200 kW, yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln.Kw.soat boʻlgan Zavroq mikro GESi keltirsak bo‘ladi. Loyiha ishga tushirilgach, 300 xonadon yoki Andijon viloyatining 1200 nafar aholisini elektr energiyasi manbai bilan taʼminlash imkonini beradi. Loyihaning umumiy qiymati 3,4 milliard so‘mni tashkil etadi, shundan asbob-uskunalar 1,9 milliard so‘m, qurilish-montaj ishlari 1,5 milliard so‘mni tashkil etadi hamda obyektni iqtisodiy qoplash muddati to‘rt yildan bir oz ko‘proq hisoblanadi.

Zavroq mikro GESi Isfara-1 mikroGESi Hisorak kichik GESi

Oltinko‘l mikro GESi Shohimardon kichik GESi Vodil mikroGESi

8-rasm. “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan ishga tushirilgan mikro va kichik GESlar.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi mikro GESning quvvati 50 kW.soat, yillik ishlab chiqarish quvvati esa 360 ming kW.soatni tashkil etadi, bu esa hududdagi 150 ta xonadonni “yashil” elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi.

Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘idan o‘tgan “Ko‘ksuv” daryosi bo‘yida bunyod etilgan Shohimardon kichik GESi yiliga o‘rtacha 13 mln kW.soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida yiliga 3,5 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish hamda 5 ming 400 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga erishiladi.

Bundan tashqari, Yuqori Vodil MFYda 430 kW quvvatga ega Vodil mikroGESi yillik ishlab chiqarish quvvati 2,17 mln kW.soatni tashkil qilib, 904 xonadonni elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlaydi. Ushbu mikroGES ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 615 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 26 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani Isfara kollektori Yangikent mahallasidagi mikro GESning quvvati 230 kW, o‘rtacha yillik 1 076 000,0 kW.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Isfara-1 mikro GESning ishga tushirilishi natijasida tizim orqali 460 ta xonadon elektr energiya bilan taʼminlanadi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida, Hisorak suv ombori qoshida yangidan barpo etilgan Hisorak kichik GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya quvvati 3,5 MWga teng, yiliga o‘rtacha 17,5 mln kW.soatga teng hamda 7 300 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Adabiyotlar va internet axborot resurslaridan olingan ma’lumotlar tahlilidan koʻrinadiki, jahonda gidroenergetika asosida elektr energiya ishlab chiqarish 2023- yil holatiga ko‘ra 4250 TW/soatni tashkil qilib, jahonda jami ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 14.9-16% ni tashkil qilgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi barcha ishlayotgan GESlarning quvvati 2400 MW ga yaqin bo‘lib, mamlakatdagi barcha elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 12-14%ga yaqinini tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, kichik daryolar, sugʻorish kanallari, suv omborlari va suv oqimlarida “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda xususiy sektor tomonidan qurilayotgan kichik va mikro GESlar orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishda gidroenergetikaning ulushini oshirish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar19 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021-yildagi PQ-44-son Qarori // ww.lex.uz.
  2. Van de Graaf T. A New World: The geopolitics of the energy transformation. (2019).
  3. O. Toirov, K. Alimkhodjaev, A. Pardaboev. Analysis and ways of reducing electricity losses in the electric power systems of industrial enterprises. In E3S Web of Conferences, SUSE-2021, 288, 01085 (2021).
  4. World Oil Outlook 2040. OPEC,Vienna, Austria, 412 р (2018).
  5. World Energy. Issues Monitor, London, 211 р (2019).
  6. EY energy and resources transition acceleration, EY | Building a better working world, EYG no 011238-23Gbl, BMC Agency GA 154152662, 2023.
  7. “Gidroenergetikadan elektr energiyasi ishlab chiqarish ulushi”. Bizning dunyo ma’lumotlarda (Our World in Data), 2023-y.
  8. https://agronews.uz/2023/06/20.
  9. Tkáč, Š. (2018). Hydro power plants, an overview of the current types and technology. Selected Scientific Papers - Journal of Civil Engineering, 13(s1), 115–126. https://doi.org/10.1515/sspjce-2018-0011. PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА THEORY AND PRACTICE10.1515/sspjce-2018-0011
  10. R. S. Anand & Jawahar, C. & Bellos, Evangelos & Malmquist, Anders. (2021). A comprehensive review on Crossflow turbine for hydropower applications. Ocean Engineering. 240. 110015. DOI:10.1016/j.oceaneng.2021.110015.10.1016/j.oceaneng.2021.110015
  11. Аллаева Г.Ж., Потенциал использования возобновляемых источ­ ников энергии в Республике Узбекистан // “Иқтисодиёт ва инновaцион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, 2016 йил.
  12. Harby, Atle & Sauterleute, Julian & Korpås, Magnus & Killingtveit, Ånund & Solvang, Eivind & Nielsen, Torbjørn. (2013). Pumped Storage Hydropower DOI:10.1002/9783527673872.ch29.10.1002/9783527673872.ch29
  13. IRENA (2024), Decarbonising hard-to-abate sectors with renewables: Perspectives for the G7, International Renewable Energy Agency, Abu Dhabi. https://www.irena.org/
  14. Amina Kadyrzhanova. 2023 World Hydropower Outlook. International Hydropower Association. London, United Kingdom.
  15. Allaev, K., Toshov, J., & Toirov, O. (2023). Modern state of the energy sector of Uzbekistan and issues of their development. E3S Web of Conferences, 401, 05090. https://doi.org/10.1051/e3sconf/20234010509010.1051/e3sconf/202340105090
  16. Allaev K.R. Modern energy and prospects for its development, Tashkent, 952 p (2021).
  17. Allaev K.R. Energy of the world and Uzbekistan, Tashkent: Molia, 388 p (2007).
  18. Koriyev, Mirzohid & Abdujabborov, Abdujamil. (2022). Alternative Energy Resources of Uzbekistan and Possibilities of Their Effective Use. 7. 20-31. 10.56405/ dngcrj.2022.07.01.03.
  19. G.J. Allaeva. Potential use of renewable energy in the Republic of Uzbekistan. Scientific electronic magazine «Economy and innovative technologies».№ 4. 2016. O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 28 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-014107
Nashr sanasi
2025-09-10
Til
o‘zbek
Jurnal
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Jild
7
Son
2
DOI
10.5281/zenodo.16961479
ISSN
3060-4672
Nashriyot
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Sahifa
17–28
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Oxirgi yangilanish
2025-09-12