Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

QUYI CHOTQOL GES QURILISHIGA MILLIY INNOVATSION YONDASHUV

Ikrom KULDOSHOV, G‘ayrat NURIMBETOV2025

Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 7Son 2Sahifa 107–115

Annotatsiya

Maqolada “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Quyi Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi investitsiya loyihasi”ningilmiy-texnik xususiyatlari, zamonaviy gidroenergetikamizdagi o‘rni va ahamiyati,mazkur loyihaga milliy innovatsion yondashuv, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishjarayonlaridagi mahalliylashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Xususan, Quyi Chotqoldaryosining geologik va gidrologik jihatlari, qurilish obyektida barpo etilayotganYuvish galereyasi materiallarini ishlab chiqarishning yangi milliy texnologik tadqiqotjarayonlari hamda xulosa va natijalar tahlili keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaНАЦИОНАЛЬНЫЙ ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД К СТРОИТЕЛЬСТВУ НИЖНЕЧАТКАЛЬСКОЙ ГЭС

В статье подробноосвещены научно-технические особенности«Инвестиционного проекта по строительствуНижне-Чаткальской ГЭС на реке НижнийЧаткал», реализуемого АО «Узбекгидроэнерго»,его место и значение в современнойгидроэнергетике Узбекистана, национальныйинновационный подход к данному проекту,вопросы локализации в процессахпроизводства строительных материалов. Вчастности, представлены геологические игидрологические аспекты реки Нижний Чаткал,новые национальные технологические процессыисследования и производства материаловдля промывочной галереи, строящейся наобъекте, а также анализ выводов и результатов.

inglizchaNATIONAL INNOVATIVE APPROACH TO THE CONSTRUCTION OF THE LOWER CHATKAL HPP

The article details the scientifcand technical features of the “InvestmentProject for the Construction of the Lower ChatkalHydroelectric Power Plant on the Lower ChatkalRiver”, implemented by JSC Uzbekhydroenergo,its place and signifcance in modern Uzbekistan›shydropower sector, the national innovativeapproach to this project, and issues of localizationin construction material production processes. Inparticular, the article presents the geological andhydrological aspects of the Lower Chatkal River,new national technological processes for researchand production of materials for the flushing gallerybeing constructed at the site, as well as an analysisof conclusions and results

Kalit so‘zlar

  • gidrotexnika inshootlari
  • gidrologik kuzatishlar
  • suv sarf
  • cho‘yan plita
  • beton ishlari
  • beton mustahkamligi
  • kimyoviy mineral

To‘liq matn

To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.16962075

QUYI CHOTQOL GES QURILISHIGA MILLIY INNOVATSION YONDASHUV

“O‘zbekgidroenergo” AJ Ikrom KULDOSHOV Kapital qurilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi “Gidroproyekt” AJ TLTB bo‘limi G‘ayrat NURIMBETOV boshlig‘i o‘rinbosari

Annotatsiya. Maqolada “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilayot­ gan “Quyi Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi investitsiya loyihasi”ning ilmiy-texnik xususiyatlari, zamonaviy gidroenergetikamizdagi o‘rni va ahamiyati, mazkur loyihaga milliy innovatsion yondashuv, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlaridagi mahalliylashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Xususan, Quyi Chotqol daryosining geologik va gidrologik jihatlari, qurilish obyektida barpo etilayotgan Yuvish galereyasi materiallarini ishlab chiqarishning yangi milliy texnologik tadqiqot jarayonlari hamda xulosa va natijalar tahlili keltirilgan.

Kalit so‘zlar: gidrotexnika inshootlari, gidrologik kuzatishlar, suv sarfi, cho‘yan plita, beton ishlari, beton mustahkamligi, kimyoviy mineral.

НАЦИОНАЛЬНЫЙ ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД К СТРОИТЕЛЬСТВУ НИЖНЕ-ЧАТКАЛЬСКОЙ ГЭС

Икром КУЛДАШОВ, Ведущий специалист управления капитального строительства АО «Узбекгидроэнерго» Гайрат НУРИМБЕТОВ, Заместитель начальника отдела АО «Гидропроект»

Аннотация. В статье подробно освещены научно-технические особенности «Инвестиционного проекта по строительству Нижне-Чаткальской ГЭС на реке Нижний Чаткал», реализуемого АО «Узбекгидроэнерго», его место и значение в современной гидроэнергетике Узбекистана, национальный инновационный подход к данному проекту, вопросы локализации в процессах производства строительных материалов. В частности, представлены геологические и гидрологические аспекты реки Нижний Чаткал, новые национальные технологические процессы исследования и производства материалов для промывочной галереи, строящейся на объекте, а также анализ выводов и результатов.

NATIONAL INNOVATIVE APPROACH TO THE CONSTRUCTION OF THE LOWER CHATKAL HPP

Ikrom KULDASHOV, Lead Specialist of the Capital Construction Department at JSC “Uzbekgidroenergo” Gayrat NURIMBETOV, Deputy Head of the Department of TLTB of JSC “Hydroproject”

Abstract. The article details the scientific and technical features of the “Investment Project for the Construction of the Lower Chatkal Hydroelectric Power Plant on the Lower Chatkal River”, implemented by JSC Uzbekhydroenergo, its place and significance in modern Uzbekistan›s hydropower sector, the national innovative approach to this project, and issues of localization in construction material production processes. In particular, the article presents the geological and hydrological aspects of the Lower Chatkal River, new national technological processes for research and production of materials for the flushing gallery being constructed at the site, as well as an analysis of conclusions and results.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ИСПОЛНЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРОГРАММЫ И ПРОЕКТОВ PLEMENTATION OF INVESTMENT PROGRAMS AND PROJECTS

Ключевые слова: гидротехнические Keywords: hydraulic structures, hydrological сооружения, гидрологические наблюдения, observations, water flow rate, cast iron plate, расход воды, чугунная плита, бетонные работы, concrete works, concrete strength, chemical прочность бетона, химические минералы. minerals.

Gidrotexnika inshootlarini qurishda dastavval tanlangan joyning tabiati, iqlimi, gidrologiyasi, grunt hamda tog‘ jinslarining joylashuvi va xususiyatlarini o‘rganish kabi ishlar juda muhim sanaladi. Chunki, ushbu o‘rganishlar va muhandislik-qidiruv ishlari asosida gidrotexnika inshootlarining parametrlari ilmiy-texnik hisob-kitoblar hamda matematik modellar bilan ishlab chiqiladi. “O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida gidrotexnik inshootlarni qurish borasida bir qator unikal loyihaviy texnik yechimlar qabul qilingan. Mazkur qurilish obyektidagi Yuvish galereyasi shular jumlasidan.

Ko‘p yillik gidrologik kuzatishlar natijasi shuni anglatadi-ki, Bo‘stonliq tumanidan oqib o‘tuvchi Chotqol daryosi respublikamiz hududidagi mavjud daryolar orasida eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Uning maksimal suv sarfi 1969-1970-yillardagi gidrologik kuzatishlar davomida aniqlangan va mos ravishda may oyida – 569, iyun oyida esa – 675 ni tashkil etgan (1-jadval). Yiliga o‘rtacha 3-4 mlrd. suv oqimi Chorbog‘ suv omboriga borib quyiladi va keyinchalik Chirchiq daryosi orqali boshqa daryo va kanallarga ajraladi. Bunday katta hajmdagi suv oqimi o‘zi bilan har xil turdagi toshqoldiq, shlam (loyqa), cho‘kindilarni olib keladi va bu toshqoldiq hamda cho‘kindilar yillar davomida daryo oqimi bo‘ylab to‘siq bo‘luvchi gidrotexnik inshootlarda yig‘ilib boradi, shu jumladan, qurilayotgan Quyi Chotqol to‘g‘onida ham.

1-jadval Chotqol daryosining maksimal va 10 yillik suv sarfi to‘g‘risida Yillar IV V VI VII VIII IX X XI XII I II III O‘rtacha 1969/70 224 569 675 512 257 114 96 87 55 47 50 53 228 10 yillik 2013/14 132 201 287 161 111 68 55 45 43 42 38 49 103 2014/15 133 361 294 148 83 61 60 53 44 44 43 54 115 2015/16 144 284 297 172 87 68 67 69 61 59 59 90 121 2016/17 146 310 385 249 140 80 73 65 70 57 66 71 143 2017/18 288 545 514 365 197 131 86 59 62 54 48 99 204 2018/19 160 232 276 141 55 62 59 56 49 35 34 45 100 2019/20 219 323 404 279 120 89,6 66,8 55,7 47,6 44,9 47,6 70,1 147 2020/21 120 207 222 136 105 71,8 45,9 40,9 38,3 36,2 34,7 42,8 92 2021/22 86,9 231 181 96,1 63 46,9 42,3 36,8 33,1 31,2 28,3 52,2 77 2022/23 163 219 221 148 67,5 59,7 52,7 52 44,4 34,9 33,7 45,9 95 O‘rtacha 159 291 308 190 103 74 61 53 49 44 43 62 120 MAKS 288 545 514 365 197 131 86 69 70 59 66 99 204 MIN 87 201 181 96 55 47 42 37 33 31 28 43 77

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 108 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

Chotqol daryosida yiliga o‘rtacha 1 mln. loy, toshqoldiq va cho‘kindi kelishini inobatga olsak, to‘la hajmi 6,3 mln. va foydali ish hajmi – 2,5 mln. bo‘lgan Quyi Chotqol suv ombori o‘zining foydali ish hajmini 1 yil ichida mos ravishda 1 mln.ga yo‘qotadi.

Toshqoldiq va cho‘kindilarni samarali quyi byefga yo‘naltirish hamda suv omborining foydali ish hajmini saqlab qolish maqsadida yaxlit inshoot sifatida qurilayotgan Quyi Chotqol to‘g‘oni va GES binosidan o‘tuvchi yuvish galereyasini qurish boyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan. Loyihaga asosan yuvish galereyasi to‘g‘on, GES binosida – yopiq va suv olib ketuvchi kanalda – ochiq shaklda joylashtirilgan. Umumiy uzunligi – 184 m, to‘g‘on va GES binosida eni va bo‘yi 5 m kvadratsimon (25 ) shaklda (1-rasm). Galereyaning suv o‘tkazish qobiliyati yuqori byefda suv sathi 930,0 m ga ko‘tarilganda ~500m3/s ni tashkil etadi.

E’tiborli jihati shundaki, toshqoldiq hamda cho‘kindilar suvdagi boshqa moddalarga nisbatan og‘irroq bo‘lganligi va ular harakatlanish davrida asosiy gidrostatik yuklama galereyaning tag qismiga hamda bosimga qarab yon devorlariga tushishini inobatga olib, mazkur yuvish galereyasining butun uzunligi bo‘ylab, tag va yon devorlarining 1,9 m balandlikkacha bo‘lgan qismida har birining

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ИСПОЛНЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРОГРАММЫ И ПРОЕКТОВ PLEMENTATION OF INVESTMENT PROGRAMS AND PROJECTS

qalinligi 40 mm bo‘lgan cho‘yan plitalar bilan qoplangan (2-rasm). Cho‘yan plitalar – yemirilishga chidamli, uzoq muddat xizmat qiluvchi material hisoblanadi. Uning odatiy po‘latdan asosiy farqlari: tarkibidagi uglerod nisbatan ko‘p (2%-4 %), eritish jarayonidan so‘ng asboblar bilan ishlov berilmasdan tayyorlangan shakllarga quyiladi, korroziyaga chidamliligi yuqori.

Cho‘yan plitalar konstruksiyasi zarurat tug‘ilganda ularni yangisiga almashtirish imkoniyatiga ega qilib ishlab chiqariladi. Mazkur cho‘yan plitalar “Quyuv-mexanika zavodi” AJga qarashli metallurgiya zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Yuvish galereyasining cho‘yan plitalar montaj qilingan qismida beton ishlarini amalga oshirish uchun oqimchan SCC (Self-Compacting Concrete) M300 markali beton tanlangan. Oqimchan betonning oquvchanligi yuqori hamda o‘zining vazni ta’siri ostida tarqaladi va zichlashadi. Beton ishlarini sifatli bajarish hamda cho‘yan plitalar ortida ortiqcha havo qolib ketmasligini oldini olish maqsadida loyiha hujjatiga asosan cho‘yan plitalar markazi kesik konus shaklida (yuqori qismi diametri – Ø30mm, quyi qismida diametri – Ø50mm) tekishklar bilan ishlab chiqarilgan.

Galereyaning cho‘yan plitalardan xoli bo‘lgan yuqori qismida yemirilishga chidamli hamda mustahkamlik darajasi yuqori bo‘lgan M800 markali (B60) betondan foydalanilgan. Mazkur turdagi beton ishlarini amaliyotda qo‘llash

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 110 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

maxsus tayyorgarlik va laboratoriya sinovlarini o‘tkazish kabi tadbirlarni bajarishni talab etadi. Betonning yemirilishga chidamliligini baholash maxsus laboratoriya usullari yordamida amalga oshiriladi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kiruvchi “Gidroproyekt” AJ huzuridagi Laboratoriyada B60 sinfiga mansub bir qator beton namunalari laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi. Sinovlar 4 xil yo‘nalishda olib borildi. Bular beton – mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi, ishqalanishga chidamliligi va muzlashga bardoshliligi. Quyida beton namunalarining mustahkamligini aniqlashdagi natijalar keltirilgan.

Sement 1 m3 beton mahsuloti uchun ishlatilgan Natija, MPa turi va materiallar, kg № markasi Sement Qum Sheben AMD- Suv Polikon-R 3 7 28 6 kunlik kunlik kunlik

1 SEM I 450 940 770 64 165 7,2 36,5 59,6 61,1 52,5N 2 450 950 800 80 150 9,0 40,2 61,6 63,4

4 SEM I 480 906 717 60 162 7,2 43,4 49,2 55 42,5N 5 480 880 889 60 163 6,3 42,1 48,5 54

Sement 1 m3 beton mahsuloti uchun ishlatilgan materiallar, Natija, MPa turi va kg № markasi Sement Qum Sheben Mikrosilika Suv Polikon 3 7 28 -R kunlik kunlik kunlik

3 430 980 880 34,4 103 8,6 53,5 64,5 68,8

4 SEM I 400 1020 900 40 93 8,0 56,8 69,48 76,8 52,5N 5 400 1020 900 48 88 8,0 51,4 61,95 64,7

Quyida faollashtirilgan mineral qo‘shimcha (AMD-6), mikrosilika va hech qanday qo‘shimchalarsiz tayyorlangan beton namunalarining mustahkamligi o‘sib borish grafigi solishtirish uchun keltirilgan.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ИСПОЛНЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРОГРАММЫ И ПРОЕКТОВ PLEMENTATION OF INVESTMENT PROGRAMS AND PROJECTS

Beton mustahkamligini oshirishda asosiy to‘ldiruvchilardan biri – kimyoviy qo‘shimchalar hisoblanadi. Beton mustahkamligini aniqlashda tayyorlangan namunalar asosan sement turi va kimyoviy qo‘shimchalari bilan farqlanadi. Natijalardan ko‘rishimiz mumkinki, mikrosilika (mikrokremnezyom) qo‘shimchasi yordamida yuqori darajadagi mustahkamlik ko‘rsatkichlariga erishilgan (2-jadval).

Mikrokremnezyom (MK-85) ultradispers holatdagi, sferik shakldagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan kimyoviy mineral hisoblanib, metallurgiya zavodlaridagi pechlarni tozalash jarayonida olinadi. Yuqorida keltirilgan natijalarni olishda foydalanilgan mikrokremnezyom mahalliy zavod – “O‘zmetkombinat” AJ metallurgiya zavodidan yetkazib berilgan. Beton namunalaridagi sement “Ohangaronsement” AJ korxonasining “AKKERMAN cement” I 52,5N klassdagi portlandsementi hisoblanadi.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 112 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

Suv o‘tkazmaslik ko‘rsatkichlarini aniqlashda 6 dona beton namunalari silindr shaklda tayyorlanadi hamda GOST 12730.5-2018 standart asosida laboratoriya sinovlari amalga oshiriladi. Har birining zichligi 2,43 kg/sm3 bo‘lgan silindrlarda o‘tkazilgan sinov natijalari quyidagicha ko‘rsatilgan.

Laboratoriya sinovini o‘tkazishda standartga muvofiq har beton namunasiga maxsus uskuna orqali 0,2 MPa dan boshlab avtomatik tarzda bosim ostida suv yuboriladi va bosim har 16 soatda ko‘tarib boriladi. Namunalar 1,8 MPa suv bosimiga bardosh berdi va GOST 12730.5-2018 standartining 3-ilovasiga asosan beton suv o‘tkazmaslik ko‘rsatkichi W18 markasi bilan tavsiflandi.

Bosim, MPa 0,2 0,4 0,6 0,8 1,0 1,2 1,4 1,6 1,8

Suv o‘tkazmaslik bo‘yicha beton W2 W4 W6 W8 W10 W12 W14 W16 W18 markasi

Suv o‘tkazmaslik bo‘yicha erishilgan natijalar asosida filtratsiya koeffitsiyentini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lib, u sm/s ni tashkil etadi. Mustahkamligi yuqori bo‘lgan beton yemirilishga chidamliligini tekshirishga oid laboratoriya sinovlari GOST 13087-2018 standarti asosida 2 yo‘nalishda o‘tkazildi: massa o‘zgarishi bo‘yicha yemirilishga chidamlilikni aniqlash; namuna balandligi o‘zgarishi bo‘yichi yemirilishga chidamlilikni aniqlash. Namunalar GOST 13087-2018 standartiga muvofiq 70*70*70 mm o‘lcham­dagi kub shaklida tayyorlandi va laboratoriya sinovlari o‘tkazildi. Quyidagi jadvallarda 2 yo‘nalishda o‘tkazilgan sinov natijalari keltirilgan:

Beton namunalarining massa o‘zgarishi bo‘yicha yemirilishga chidamlilik markasini aniqlash

Sinovdan oldingi Sinovdan keyingi Yemirilishga chidamlilik Namuna massa, g massa, g markasi, g/sm2

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ИСПОЛНЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРОГРАММЫ И ПРОЕКТОВ PLEMENTATION OF INVESTMENT PROGRAMS AND PROJECTS

Beton namunalarining balandligi o‘zgarishi bo‘yicha yemirilishga chidamlilik markasini aniqlash

Yemirilishga chidamlilik Sinovdan oldingi Sinovdan keyingi markasi, Namuna balandlik, mm balandlik, mm Δl/mm

Yemirilishga chidamlilik markalari laboratoriya sinovlari natijalari GOST 13087-2018 standartining 1-2-jadvallariga asosan quyidagicha: massa o‘zgarishi bo‘yicha marka – G1; balandligini o‘zgarishi bo‘yicha marka – A1,5.

Massa o‘zgarishi bo‘yicha <0,7 0,7<0,8 0,8<0,9 yemirilishga chidamlilik, g/sm2

Massa o‘zgarishi bo‘yicha G1 G2 G3 yemirilish markasi, G

Balandlik 4,4 0,6 3,0 dan 2,4 1,8 1,2 dan 0,3 o‘zgarishi bo‘yicha dan dan 2,4 dan 1,8 dan 1,2 0,6 dan yemirilishga 3,0 0,3 gacha gacha gacha gacha past chidamlilik, Δl/mm gacha gacha

Balandlik o‘zgarishi bo‘yicha yemirilish A22 A15 A12 A9 A6 A3 A1,5 markasi, A

Betonning muzlashga chidamliligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinovlari GOST 7473-2010 standarti talablari asosida tashkil etilgan. Natijada beton namunalari 325 siklga bardosh berganligi, bu esa uning muzlashga chidamlilik markasiga tengligini ko‘rsatadi.

Yuvish galereyasida foydalanilgan B60 sinfidagi beton retsepturasi o‘tka­ zilgan laboratoriya sinovlari natijalariga asoslangan holda ishlab chiqildi.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 114 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025

Beton 1 m3 Sement 1 m3 beton mahsuloti uchun ishlatilgan sinfi beton turi va materiallar, kg W F zichligi, markasi kg/m3 Sement Qum Sheben Mikrosilika Suv Polikon-R

SEM I B60 18 300 2476 440 900 1020 36 80 8,8 52,5N

Texnik iqtisodiy asosnomaga muvofiq Quyi Chotqol gidrotexnik inshooti Chotqol daryosidagi toshqoldiq, shlam hamda cho‘kindilarni har yili Yuvish galereyasi orqali quyi byefga yo‘naltirishi belgilangan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda oqizib yuboriladigan toshqoldiq hamda cho‘kindilar quyi byefda to‘planib qolmasligi va bu bilan gidroagregatlar ishlash davrida ortiqcha tirgak (podpor) bo‘lmasligi uchun Loyiha hujjatlariga asosan suv olib ketuvchi kanaldagi qismi nisbatan uzun, ya’ni 49 m qilib ishlab chiqilgan.

Ekspluatatsiya davrida Yuvish galereyasining kontakt yuzasiga yillar davomida tushadigan gidrostatik bosim cho‘yan plitalar, yemirilshiga chidamli beton va galereyaning zatvor hamda ularning metall qoplamalariga ma’lum miqdorda ta’sir o‘tkazishi mumkin. Galereyani doimiy nazorat qilib borish va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun to‘g‘on qismida 3 ta zatvor –1-Shandor, 2-Avariya-ta’mir zatvori, 3-ishchi (asosiy) zatvori, GES binosi qismida 1 ta yassi zatvor va suv olib ketuvchi kanalda 1 ta shandor o‘rnatiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, Quyi Chotqol Yuvish galereyasi O‘rta Osiyo davlatlari orasida analogi uchramaydigan suv o‘tkazish gidrotexnik inshooti hisoblanadi va Yangi O‘zbekiston qurilish sohasidagi yangi bosqich desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Galereyaning unikal inshoot hisoblanishi quyidagilarga asoslangan: – cho‘yan plitalar o‘rnatilishi va zarurat tug‘ilganda ularni yangisiga almashtirish imkoniyatining mavjudligi; – yemirilishga chidamli, mustahkamligi yuqori bo‘lgan M800 markali betonning qo‘llanilishi; – ekspluatatsiya davrida 3 ta zatvor va 2 ta shandorning avariya-ta’mir vaqtlarida xavfsiz ish tashkil etish imkoniyatini berishi; – to‘g‘on qismidagi avariya-ta’mir zatvori va ishchi zatvorining ost qismini yuvish imkoniyati mavjudligi.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 8 | ISSUE 2 | 2025 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar0 ta adabiyot

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-014118
Nashr sanasi
2025-09-10
Til
o‘zbek
Jurnal
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Jild
7
Son
2
DOI
10.5281/zenodo.16962075
ISSN
3060-4672
Nashriyot
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Sahifa
107–115
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Oxirgi yangilanish
2025-09-12