Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI

    S. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Qonning shaklli elementlarini o‘rganish XVII asrda, ya‘ni mikroskop paydo bo‘lgandan so‘ng boshlangan. Hozir biz uni chuqurroq o‘rganib chiqamiz. Qonning shaklli elementlari umumiy bir hujayradan hosil bo‘lgan deb hisoblanadi. Ular 3 ta katta guruhni o‘z ichiga oladi. Bu guruhlarga qizil qon tanachalari – eritrotsitlar, oq qon tanachalari – leykotsitlar va qon plastinkalari – trombotsitlar kiradi. Qonning barcha shaklli elementlari suyak ko‘migida umumiy polipotent va plyuropotent stvol (o‘zak) hujayralaridan hosil bo‘ladi. Hujayralarning kelib chiqishi bir xil bo‘lishiga qaramay, ular turli xil vazifalarni bajaradi. Organizmda faqat gemoglobin yetishmaganda emas, balki eritrotsitlar yetishmaganda ham kamqonlik (anemiya) kelib chiqadi. Leykotsitlar yetishmasligi tufayli leykopeniya kelib chiqadi va immunitet pasayadi. Trombotsitlar yetishmasa trombotsitopeniya yuzaga keladi va qon to‘xtamaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    VITAMINS

    M. qizi, A. Bakhtiyarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Vitaminlar inson organizmida normal fiziologik funksiyalarni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan muhim mikronutriyentlardir. Ular juda kam miqdorda talab etilishiga qaramay, moddalar almashinuvi, immunitet va umumiy salomatlikda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada vitaminlarning turlari, ularning biologik funksiyalari hamda yetishmovchiligi oqibatlari yoritilgan. Tadqiqot yetarli vitamin qabulini ta‘minlash va u bilan bog‘liq salomatlik muammolarining oldini olishda muvozanatli ovqatlanishning ahamiyatini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    KARDIOMIOTSITLAR FIZIOLOGIYASI

    I. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada inson embriologiyasi, ya‘ni organizmning urug‘lanishdan boshlab tug‘ilgunga qadar bo‘lgan rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Embrionning shakllanish bosqichlari, hujayralarning bo‘linishi, gastrulyatsiya va organogenez jarayonlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, embriologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati, xususan, tug‘ma nuqsonlarni aniqlash va profilaktikasi hamda sog‘lom avlodni shakllantirishdagi roli ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    13–15 YOSHLI FUTBOLCHILARDA TEZKOR-KUCH TAYYORGARLIGI DARAJASI TAHLILI

    X. Umarjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada 13–15 yoshli futbolchilarda tezkor-kuch tayyorgarligi darajasi tahlil qilinadi. O‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi jismoniy tarbiya va sport sohasida, ayniqsa bolalar sportini yanada rivojlantirish, har bir shahar va qishloqda zamonaviy talablarga javob beradigan psixologik tayyorgarlik masalalari yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    KOMPETENSIYALARNI SHAXMAT MASHG‘ULOTLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

    X. Shaxobovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishda shaxmat mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shaxmatning strategik fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish qaror qabul qilish, diqqatni jamlash va rejalashtirish kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda analitik fikrlash, liderlik, mantiqiy tahlil va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, shaxmat asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuv talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga yordam beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    MALAKALI PARADZYUDOCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATI TEXNIK-TAKTIK KO‘RSATKICHLARINING STATISTIK TAHLILI

    T. Soxadillayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada malakali paradzyudochilarning musobaqa faoliyati texnik-taktik ko‘rsatkichlarining statistik tahlili, yuklamalarni rejalashtirish masalalari, ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O‘RNI

    R. Islomjon Erkuziyevich, R. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada “SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O‘RNI” mavzusi ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda mavzuning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI BOSQON ULOQTIRUVCHILAR TEXNIKASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNING TUTGAN O‘RNI

    R. Islomjon Erkuziyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada sport maktablaridagi uloqtiruvchilar texnikasini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Mazkur ma‘lumotlarda bosqon uloqtiruvchilarni mashg‘ulot jarayonida texnikasini rivojlantirish va takomillashtirish, musobaqa jarayonida yuqori natijaga erishish uchun jismoniy sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashqlar majmuasidan keng foydalanilgani yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    EFFECTIVENESS OF THE TABATA METHOD IN THE DEVELOPMENT OF FLEXIBILITY IN RHYTHMIC GYMNASTICS

    M. Z.B · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada yosh badiiy gimnastikachilar mashg‘ulotlarida egiluvchanlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tabata usulidan foydalanildi, shu bilan birga planka, egilish, cho‘zilish vosita va usullar saralangan hamda maxsus mashqlarni qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    YOSH BELBOG‘LI KURASHCHILARDA JISMONIY KUCHLANISH HOLATLARIDA MUVOZANAT SAQLASH TEXNIKASI

    G. Ruxiddinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada yosh belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatish metodikasi ko‘rsatkichlarini aniqlash va jismoniy sifatlarni diagnostika qilish uchun pedagogik testlash metodlaridan foydalanildi. Ularni quyidagi testlar guruhiga kiritdik: yuklamalardan so‘ng tiklanish jarayoni va yuklamalarga bardoshlilik aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    MUSOBAQA FAOLIYATIDA GANDBOLCHILARNING TEZKOR QARSHI HUJUMLARINI MUTAXASSISLAR TOMONIDAN BAHOLANISHI

    B. Xoshimovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Gandbolchilarning tezkor qarshi hujum tayyorgarligiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar yoritildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    SPORTNING INSON SALOMATLIGI, YOSHLAR TARBIYASI VA JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI

    A. Nozligul · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada sportning inson salomatligi, yoshlar tarbiyasi va jamiyat rivojidagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Shuningdek, sportning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari zamonaviy sport tizimidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    THE “WE–THEY” MODEL AND THE CRITERIA OF SUBJECTIVITY AND OBJECTIVITY IN POLITICAL AND DIPLOMATIC DISCOURSE

    K. Gulamjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Til siyosiy va diplomatik diskursda ideologik pozitsiyalarni, ijtimoiy identifikatsiyalarni hamda kommunikativ strategiyalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu sohalarda keng qo‘llaniladigan ritorik mexanizmlardan biri — “biz–ular” modeli bo‘lib, u ichki guruhlar (ingroup) va tashqi guruhlar (outgroup) o‘rtasida ramziy chegaralarni shakllantiradi. Mazkur maqolada siyosiy va diplomatik diskursda ideologik pozitsiyalash hamda kommunikativ niyatlarni ifodalashda lingvistik vositalarning qanday qo‘llanishi tahlil qilinadi. Sifat tahliliga asoslangan diskurs tahlili yordamida tadqiqot turli matn turlarida guruh vakilligini ifodalovchi lingvistik indikatorlar, ideologik pozitsiyalash strategiyalari hamda subyektivlik va obyektivlik mezonlarini o‘rganadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, siyosiy diskurs ko‘pincha auditoriyani safarbar qilish va ideologik legitimlikni mustahkamlash maqsadida “biz” va “ular” o‘rtasidagi ochiq qarama-qarshilikka tayanadi, diplomatik diskurs esa bunday oppozitsiyalarni bilvosita ifodalar va neytral formulalar orqali yumshatishga intiladi. Tahlil shuningdek subyektivlik va obyektivlik diskursda ideologik pozitsiyani aniqlashda muhim metodologik mezonlar sifatida xizmat qilishini ko‘rsatadi. Tadqiqot zamonaviy tanqidiy diskurs tahliliga hissa qo‘shib, til faqat aloqa vositasi emas, balki ijtimoiy reallik va hokimiyat munosabatlarini shakllantiruvchi mexanizm sifatida ham faol ishlashini namoyon etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    O‘ZBEK TILIDA O‘XSHATISHLAR ORQALI QAT‘IYATNING IFODALANISHI

    J. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi qat‘iyat konseptining o‘xshatishlar orqali ifodalanishi o‘rganilgan. O‘xshatishlarning kognitiv vazifasi ochib berilgan. O‘xshatish unsurlari tahlil qilingan, etalonlarining milliylik bilan shartlanganligi aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    EKOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNING JURNALISTIKADAGI AHAMIYATI

    A. Madinaxon · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada ekologik jurnalistikaning mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Atrof-muhit muammolarining global tus olishi sharoitida ommaviy axborot vositalarining ekologik ong va madaniyatni shakllantirishdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, ekologik jurnalistikaning funksiyalari, tamoyillari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    ТОМЧИЛАТИБ СУҒОРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ ҚЎЛЛАНИЛГАН МАЙДОНЛАРДА СУВ ВА ЕР РЕСУРСЛАРИДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНГАН ҲОЛДА ИККИ ХИЛ МАҲСУЛОТ ЕТИШТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ

    M. Umrbekovna, M. O‘rolovna, Y. Gulamovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ушбу мақолада томчилатиб суғориш технологияси қўлланилган майдонларда сув ва ер ресурсларидан самарали фойдаланган ҳолда икки хил маҳсулот етиштириш технологияси ўрганилди. Тадқиқотда суғориш олди тупроқ намлиги ЧДНСга нисбатан 70–70–65 % ва 75–75–65 % да ҳамкор экинларнинг сув истеъмоли ва ҳосилдорлиги таҳлил қилинди. Натижаларга кўра, суғориш олди тупроқ намлигини ЧДНСга нисбатан 75–75–65 % да сақлаш сувдан фойдаланиш самарадорлигини ошириб энг юқори ҳосилдорликка эришиш имконини бериши аниқланди. Энг юқори ҳосилдорлик 57,3 ц/га ни ташкил этди. 1 ц ҳосил етиштириш учун сарфланган умумий сув миқдори 110,2 м³/ц ни ташкил қилиб, сув ресурсларидан самарали фойдаланиш таъминланганлиги кузатилди. Тадқиқот натижалари ҳамкор экинлар учун суғориш тартибини оптималлаштиришда муҳим илмий ва амалий аҳамиятга эга.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    G. BARBADENSE L. TURIGA MANSUB OILALARNING SHIRA VA TRIPS BILAN ZARARLANISH KO‘RSATKICHLARI

    M. Umrbekovna, X. Babamuradovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ma‘lumki, g‘o‘za o‘simligining o‘sish va rivojlanishining jadalligi tufayli paxtazorlarda fitofaglar uchun juda qulay mikroiqlim vujudga keladi. G‘o‘zaning madaniy shakllaridagi gulshira (nektardon)larning mavjudligi ularning zararkunandalar uchun ozuqaviyligini qo‘shimcha ravishda oshiradi. Shiralar 50 dan ortiq turli viruslarni g‘o‘za o‘simligiga yuqtirishi mumkin. Shuningdek, parazitlik qilayotgan o‘simlikning o‘sishini ta‘minlovchi gormonlar muvozanatini buzadi va o‘simlikning hosildorligini pasaytirib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada ingichka tolali g‘o‘za oilalarining shira va trips bilan zararlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Olingan ma‘lumotlar asosida zararkunandalarga chidamlilik xususiyati mavjud oilalar ajratib olingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    INFLUENCE OF MAIN, REPEATED, AND INTERMEDIATE CROPS ON INCREASING COTTON YIELD IN SHORT-ROTATION CROP SYSTEMS

    M. Haydarovich, K. Meylikovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Мақолада Тошкент вилоятининг типик бўз тупроқлари шароитида қисқа навбатли алмашлаб экиш тизимларида ғўза ҳосилдорлигини оширишга асосий ва такрорий экин кроталария (crotalaria juncea), оралиқ экинлар шабдор (trifolium alexandrinum) ва берсим (trifolium resupinatum), кузги буғдой экинларининг таъсири бўйича кўп йиллик (2022-2025 йй) тажриба натижалари келтирилган. Натижаларга кўра, бир йил кроталария экиб, ундан сўнг оралиқ экин шабдор+берсим экилиб, 2 йил ғўза экилганда ва 1 йил кузги буғдой экиб, ундан сўнг такрорий экин кроталария экиб, ундан сўнг оралиқ экин шабдор+берсим экилиб, 2 йил ғўза экилганда ҳамда 1 йил кузги буғдой экиб, ундан сўнг такрорий кроталария экилиб, 2 йили эса кузги буғдой экиб, ундан сўнг такрорий кроталария экилиб, оралиқ экин шабдор+берсим экилганда кўп йилликга ва назорат вариантига нисбатан 49,0-48,3-49,4 ц/га ҳосил олишга эришилди.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish