ANALYSIS OF PHYSICAL PREPARATION IN ORGANIZING QUICK COUNTERATTACKS IN 17–18-YEAR-OLD HANDBALL PLAYERS
Gulomjonovich G‘ofurov MirzohidNamangan State University2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 3Sahifa 92–96
Annotatsiya
17–18 yoshli gandbolchilarda tezkor qarshi hujumlarni tashkil etishda jismoniy tayyorgarlikka ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlari o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
Boshqa tillarda
inglizchaANALYSIS OF PHYSICAL PREPARATION IN ORGANIZING QUICK COUNTERATTACKS IN 17–18-YEAR-OLD HANDBALL PLAYERS
It was considered appropriate to conduct a questionnaire survey to identify factors affecting the physical fitness of 17–18-year-old handball players in organizing quick counterattacks.
o‘zbek17–18 YOSHLI GANDBOLCHILARDA TEZKOR QARSHI HUJUMLARNI TASHKIL ETISHDA JISMONIY TAYYORGARLIK TAHLILI
17–18 yoshli gandbolchilarda tezkor qarshi hujumlarni tashkil etishda jismoniy tayyorgarlikka ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlari o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
ruschaАНАЛИЗ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ БЫСТРЫХ КОНТРАТАК У ГАНДБОЛИСТОВ В ВОЗРАСТЕ 17–18 ЛЕТ
В данной статье целесообразным признано проведение анкетного опроса для выявления факторов, влияющих на физическую подготовленность гандболистов 17–18 лет при организации быстрых контратак.
Kalit so‘zlar
- skilled handball player
- running speed
- passing
- catching the ball
- taking the ball away dribbling and running
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
17–18 YOSHLI GANDBOLCHILARDA TEZKOR QARSHI HUJUMLARNI TASHKIL ETISHDA JISMONIY TAYYORGARLIK TAHLILI G‘ofurov Mirzohid Gulomjonovich Namangan davlat universiteti, Sport turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: g‘ofurovm@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19399052 Annotatsiya: 17–18 yoshli gandbolchilarda tezkor qarshi hujumlarni tashkil etishda jismoniy tayyorgarlikka ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlari o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Kalit so‘zlar: malakali gandbolchi, yugurish tezligi, to‘p uzatish, to‘pni ilib olish, to‘pni olib qo‘yish, yerga urib olib yugurish.
АНАЛИЗ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ БЫСТРЫХ КОНТРАТАК У ГАНДБОЛИСТОВ В ВОЗРАСТЕ 17–18 ЛЕТ Гафуров Мирзохид Гуломжонович Наманганский государственный университет, преподаватель кафедры теории и методики спорта E-mail: g‘ofurovm@gmail.com Аннотация: В данной статье целесообразным признано проведение анкетного опроса для выявления факторов, влияющих на физическую подготовленность гандболистов 17–18 лет при организации быстрых контратак. Ключевые слова: гандболист, скорость бега, передача мяча, ловля мяча, отбор мяча, ведение мяча.
ANALYSIS OF PHYSICAL PREPARATION IN ORGANIZING QUICK COUNTERATTACKS IN 17–18-YEAR-OLD HANDBALL PLAYERS Gafurov Mirzohid Gulomjonovich Namangan State University, Teacher of the Department of Theory and Methodology of Sports E-mail: g‘ofurovm@gmail.com Abstract: It was considered appropriate to conduct a questionnaire survey to identify factors affecting the physical fitness of 17–18-year-old handball players in organizing quick counterattacks. Keywords: skilled handball player, running speed, passing, catching the ball, taking the ball away, dribbling and running.
KIRISH Respublikamizda bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish asosiy maqsad qilib belgilanmoqda. Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli
sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shartsharoitlar yaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son Farmoni, 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son Qarorida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotning maqsadi malakali gandbolchilarning texnik harakatlarini maxsus mashqlar yordamida takomillashtirish hisobiga ularning tezkor qarshi hujum samaradorligini oshirishdan iborat. Pedagogik tajribada 17–18 yoshli malakali gandbolchilar ishtirok etdilar. Tajriba guruhi sifatida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi, nazorat guruhi sifatida Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi tanlab olindi. Tajriba uchun 17–18 yoshli gandbolchilar tanlab olinganligi tasodif emas. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tezkor qarshi hujumlar samaradorligining omillaridan biri darvozabonning o‘yin natijaviyligi hisoblanadi. 17–18 yoshda darvozabonlarning mahorati o‘rta darajada bo‘lganligi tufayli, ular tezkor qarshi hujum samaradorligiga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsata olmaydilar. Shuning uchun samaradorlikning ushbu omilini istisno qilish maqsadida, tajribada tezkor qarshi hujumlarni takomillashtirish vositalarini tekshirish uchun aynan shu yoshdagi gandbolchilar tanlab olindi. Pedagogik nazorat malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazildi. Tajribaning birinchi bosqichi boshida va oxirida tezkor qarshi hujumlar uchun malakali gandbolchilar tayyorgarligini ahamiyatli darajada aks ettiruvchi test topshiriqlariga ko‘ra tajriba va nazorat guruhlarida shug‘ullanuvchi gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi (1-jadval). Pedagogik tajribadan oldin malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik imkoniyatlarini tavsiflovchi 7 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilindi. Statistik qiyosiy tahlil Styudentning t mezoni yordamida amalga oshirildi. NATIJALAR Pedagogik tajriba Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zali sharoitlarida malakali gandbolchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘tkazildi. Asosiy e’tibor himoyadan hujumga o‘tishga yo‘naltirilgan texnik-taktik mashqlarga qaratildi. Ular orqali darvozabon to‘pni ushlab olgandan keyin maydon o‘yinchilari ampluasini aniq hisobga olib “guruhli tez yorib o‘tish” bilan hujumlar takomillashtirildi. Shuningdek, faol himoyaga o‘rgatish ham davom ettirildi.
1-jadval. Tajribadan oldin nazorat va tajriba guruhlariga saralab olingan malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini qiyosiy tahlili (n=28) Nazorat guruhi Tajriba guruhi t/r Testlari t P ±σ V, % ±σ V, % 1. 30 metrga yugurish (s) 4,94±0,35 7,46 5,23±0,39 7,46 1,75 ˃0,05 2. O‘ng qo‘lda 31,48±2,53 8,04 29,01±3,6 12,41 1,78 ˃0,05
Nazorat guruhi Tajriba guruhi t/r Testlari t P ±σ V, % ±σ V, % Og‘irligi 1 kg Chap qo‘lda 16,02±1,24 7,74 15,04±1,21 8,05 1,79 ˃0,05 to‘ldirma to‘pni Ikki qo‘lda 18,93±1,89 9,98 17,28±2,14 12,38 1,83 ˃0,05 uloqtirish (m) bosh rqasidan 30 metrga to‘pni O‘ng qo‘lda 7,43±0,54 7,27 7,88±0,6 7,61 1,76 ˃0,05 3. erga urib ustunlar aro yugurish (s) Chap qo‘lda 7,42±0,55 7,41 7,71±0,61 7,74 1,77 ˃0,05 4. Gandbol to‘pini otish 43,57±3,06 7,02 41,23±2,92 7,08 1,75 ˃0,05
Demak, 30 metrga yugurish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatkichlar tadqiq etilayotgan nazorat va tajriba guruhlarida shug‘ullanuvchi malakali gandbolchilarda taxminan bir xil ekanligini ko‘rsatdi. Nazorat guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 4,94±0,35 soniya, tajriba guruhida esa 5,23±0,39 soniyani tashkil qildi (t=1,75; P>0,05). Og‘irligi 1 kg to‘ldirma to‘pni o‘ng qo‘lda uloqtirish bo‘yicha dastlabki natijalar nazorat guruhida 31,48±2,53 m, tajriba guruhida 29,01±3,6 m ni tashkil etdi (t=1,78; P>0,05). Chap qo‘lda nazorat guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 16,02±1,24 m, tajriba guruhida esa 15,04±1,21 m ga teng bo‘ldi (t=1,79; P>0,05). To‘ldirma to‘pni ikki qo‘lda bosh orqasidan uloqtirish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar nazorat guruhida 18,93±1,89 m, tajriba guruhida 17,28±2,14 m ni tashkil qildi (t=1,83; P>0,05). 30 metrga o‘ng qo‘lda to‘pni yerga urib, ustunlar oralab yugurish testi bo‘yicha nazorat guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 7,43±0,54 s, tajriba guruhida esa 7,88±0,6 s ga teng bo‘ldi (t=1,76; P>0,05). 30 metrga chap qo‘lda to‘pni yerga urib, ustunlar oralab yugurish testi bo‘yicha nazorat guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 7,42±0,55 s, tajriba guruhida esa 7,71±0,61 s ga teng bo‘ldi (t=1,77; P>0,05). Gandbol to‘pini otish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar nazorat guruhida 43,57±3,06 m, tajriba guruhida 41,23±2,92 m ni tashkil qildi (t=1,75; P>0,05). Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlarga tayangan holda, pedagogik tajriba boshida nazorat va tajriba guruhlariga saralab olingan malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligida 7 ta ko‘rsatkich bo‘yicha ishonchli statistik farqlanish kuzatilmadi, deb qayd etishimiz mumkin.
2-jadval. Nazorat va tajriba guruhlari malakali gandbolchilarining jismoniy tayyorgarligini tajriba davomida o‘zgarish dinamikasi Nazorat va
NG 4,94±0,35 7,46 4,40±0,59 13,41 1,97 >0,05 1. 30 metrga yugurish (s) TG 5,23±0,39 7,46 4,32±0,44 10,19 3,49 <0,01 NG 31,48±2,53 8,04 37,15±3,94 10,61 2,36 <0,05 O‘ng qo‘lda TG 29,01±3,6 12,41 36,82±2,64 7,31 4,57 <0,001 Og‘irligi 1 kg NG 16,02±1,24 7,74 17,79±2,24 12,59 1,66 >0,05 2. to‘ldirma to‘pni Chap qo‘lda TG 15,04±1,21 8,05 18,06±1,34 7,42 3,53 <0,01 uloqtirish (m) Ikki qo‘lda NG 18,93±1,89 9,98 21,15±2,73 12,91 1,09 >0,05 bosh rqasidan TG 17,28±2,14 12,38 20,08±1,89 9,09 2,21 <0,05 3. O‘ng qo‘lda NG 7,43±0,54 7,27 6,58±0,87 13,22 1,76 >0,01
30 metrga to‘pni TG 7,88±0,6 7,61 6,46±0,62 9,60 3,73 <0,01 erga urib ustunlar NG 7,42±0,55 7,41 6,92±0,81 11,71 1,13 >0,05 Chap qo‘lda aro yugurish (s) TG 7,71±0,61 7,74 6,85±0,58 8,47 2,26 <0,05 NG 43,57±3,06 7,02 48,86±5,36 10,97 2,19 <0,05 4. Gandbol to‘pini otish TG 41,23±2,92 7,08 49,73±3,68 7,40 4,07 <0,001
Pedagogik tajriba davomida malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik imkoniyatlari qayta baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, tajriba guruhi ko‘rsatkichlari barcha testlar bo‘yicha ijobiy dinamikani namoyon etdi. Nazorat guruhi natijalarida ham ma’lum o‘sish qayd etilgan bo‘lsa-da, tajriba guruhi ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanganda ularning samaradorligi pastroq bo‘ldi. MUHOKAMA Ma’lumki, zamonaviy gandbolchilar musobaqa faoliyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar turli darajadagi musobaqalarda jamoalar tomonidan tezkor qarshi hujumlarni qo‘llashda maxsus jismoniy tayyorgarlikning o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatadi. Mashg‘ulot jarayonida olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, tayyorgarlik davrida asosiy e’tibor yugurishda yengil atletikaga xos mashqlar bilan sportchilarning tezkorlik sifatlarini o‘stirishga qaratiladi. Musobaqa davrida esa har bir mashg‘ulotda tezkor qarshi hujumlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashqlardan keng foydalaniladi. Bu asosan to‘p otishlar bilan yakunlanadigan maydon o‘yinchilarining darvozabon yoki sherigidan to‘pni ilib olib, darvozadan darvozagacha tezkor yugurish mashqlaridir. Ma’lumki, chempionat musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallash uchun malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha o‘zaro farqlanishlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu o‘z navbatida musobaqalarda gandbol jamoalari tomonidan tezkor qarshi hujumlarni qo‘llash muvaffaqiyatliligi bo‘yicha ayrim omillarni aniqlash imkonini beradi. Jamoaning mahorati o‘yinchilardagi texnik tayyorgarlikning darajasiga bog‘liq. O‘yin uchun zarur bo‘lgan barcha uslublar va ularni bajarish usullari texnik tayyorgarlik jarayonida oshib boraveradi, shu bilan birga sportchining shaxsiy qobiliyati va jamoa uchun zarur bo‘lgan umumiy harakatlari takomillashadi. XULOSA Pedagogik tajriba davomida malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik imkoniyatlarini tavsiflovchi 7 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil natijalariga ko‘ra, nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhiga mansub malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligi sezilarli darajada yaxshilanganligini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni tajriba guruhida shug‘ullanuvchi malakali gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan 7 ta testning barchasida ahamiyatlilik darajasi ishonchli bo‘lib chiqdi, nazorat guruhida esa aksincha, 7 ta testning 2 tasida ahamiyatlilik darajasi ishonchli va qolgan 5 tasida ahamiyatlilik darajasi ishonchsiz bo‘lib qiymatlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2015 yildagi “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2438-son qarori. Lex.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son Farmoni. Lex.uz.
- Абдурахманов Ф.А., Кариева Р.Р. Оптимизация нагрузок различной направленности в межигровых циклах соревновательного периода гандболистов высокой квалификации. Фан-спортга илмий-назарий журнал. 2019. № 2. – Б. 47–53.
- Абдурахманов Ф.А., Павлов Ш.К., Кариева Р.Р. Исследование эффективности защитных гандболистов различного возраста и квалификации в условиях соревновательной деятельности. Фан-спортга илмий-назарий журнал. 2007. № 4. – С. 17–20.
- Набиев Т.Э., Абдурахманов А.А. Структура построения процесса подготовки гандболистов. Фан-спортга илмий-назарий журнал. 2011. № 1. – С. 40–45.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013477
- Nashr sanasi
- 2026-04-05
- Til
- inglizcha
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i3.2350
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 92–96
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11