Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

KOMPETENSIYALARNI SHAXMAT MASHG‘ULOTLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Shaxobovna Xamrakulova IrodaResearch Focus International Scientific Journal2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 3Sahifa 121–125

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishda shaxmat mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shaxmatning strategik fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish qaror qabul qilish, diqqatni jamlash va rejalashtirish kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda analitik fikrlash, liderlik, mantiqiy tahlil va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, shaxmat asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuv talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga yordam beradi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДИКА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ НА ОСНОВЕ ШАХМАТНЫХ ЗАНЯТИЙ

В данной статье рассматриваются педагогические возможности шахматных занятий в формировании и развитии профессионально-карьерных компетенций у студентов. Обосновывается роль шахмат в развитии стратегического мышления, навыков решения проблемных ситуаций, принятия решений, концентрации внимания и планирования. Результаты исследования показывают, что занятия шахматами способствуют развитию аналитического мышления, лидерских качеств, логического анализа и самостоятельности у студентов. Разработанная методика на основе шахматных занятий повышает уровень готовности студентов к будущей профессиональной деятельности.

inglizchaMETHODOLOGY FOR IMPROVING COMPETENCIES BASED ON CHESS TRAINING

This article analyzes the pedagogical possibilities of chess training in the formation and improvement of students‘ professional and career-oriented competencies. The importance of chess in developing such key competencies as strategic thinking, problem-solving decision-making, concentration, and planning is scientifically substantiated. The research results show that chess training helps develop students‘ analytical thinking, leadership, logical analysis and independent decision-making skills. In addition, the methodological approach developed on the basis of chess training helps increase students‘ readiness for professional activity.

Kalit so‘zlar

  • shaxmat
  • kasbiy kompetensiya
  • karyera rivoji
  • strategik fikrlash
  • analitik tafakkur
  • qaror qabul qilish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KOMPETENSIYALARNI SHAXMAT MASHG‘ULOTLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI Xamrakulova Iroda Shaxobovna SamDPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.19400157 Annotatsiya: Mazkur maqolada talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishda shaxmat mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shaxmatning strategik fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish, qaror qabul qilish, diqqatni jamlash va rejalashtirish kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda analitik fikrlash, liderlik, mantiqiy tahlil va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, shaxmat asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuv talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: shaxmat, kasbiy kompetensiya, karyera rivoji, strategik fikrlash, analitik tafakkur, qaror qabul qilish.

МЕТОДИКА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ НА ОСНОВЕ ШАХМАТНЫХ ЗАНЯТИЙ Хамракулова Ирода Шахобовна доцент SamDPI Аннотация: В данной статье рассматриваются педагогические возможности шахматных занятий в формировании и развитии профессионально-карьерных компетенций у студентов. Обосновывается роль шахмат в развитии стратегического мышления, навыков решения проблемных ситуаций, принятия решений, концентрации внимания и планирования. Результаты исследования показывают, что занятия шахматами способствуют развитию аналитического мышления, лидерских качеств, логического анализа и самостоятельности у студентов. Разработанная методика на основе шахматных занятий повышает уровень готовности студентов к будущей профессиональной деятельности. Ключевые слова: шахматы, профессиональная компетенция, карьерное развитие, стратегическое мышление, аналитическое мышление, принятие решений.

METHODOLOGY FOR IMPROVING COMPETENCIES BASED ON CHESS TRAINING Xamrakulova Iroda Shaxobovna Associate Professor, SamDPI Abstract: This article analyzes the pedagogical possibilities of chess training in the formation and improvement of students’ professional and career-oriented competencies. The importance of chess in developing such key competencies as strategic thinking, problem-solving, decision-making, concentration, and planning is scientifically substantiated. The research results show that chess training helps develop students’ analytical thinking, leadership, logical analysis, and independent decision-making skills. In addition, the methodological approach developed on the basis of chess training helps increase students’ readiness for professional activity.

Keywords: chess, professional competence, career development, strategic thinking, analytical thinking, decision-making.

KIRISH Talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishda shaxmat mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxmatning strategik fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish, qaror qabul qilish, diqqatni jamlash va rejalashtirish kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqot maqsadi. Talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishda shaxmat mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlarini ilmiy asoslash hamda shaxmat asosidagi samarali metodikani ishlab chiqish va uning amaliy samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot vazifalari. Talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalar mazmuni va ularning pedagogik ahamiyatini ilmiy-metodik adabiyotlar asosida tahlil qilish. Shaxmat mashg‘ulotlarining talabalarning intellektual va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlarini aniqlash. Shaxmat mashg‘ulotlari asosida kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni takomillashtirishga qaratilgan metodik model ishlab chiqish. Ishlab chiqilgan metodikani amaliy tajriba orqali sinovdan o‘tkazish va uning samaradorligini aniqlash. Tadqiqot natijalari asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ilmiyamaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot metodologiyasi zamonaviy pedagogika, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari hamda intellektual o‘yinlar orqali talabalarning kognitiv va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish konsepsiyalariga asoslanadi. Shuningdek, tadqiqotda quyidagi ilmiy yondashuvlar asos qilib olindi: kompetensiyaviy yondashuv – talabalarda kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish; faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv – o‘quv jarayonida amaliy faoliyatni kuchaytirish; tizimli yondashuv – shaxmat mashg‘ulotlari orqali intellektual va kasbiy rivojlanishni kompleks tarzda ta’minlash. Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy usullardan foydalanildi: ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish – mavzuga oid ilmiy manbalarni o‘rganish; pedagogik kuzatuv – shaxmat mashg‘ulotlari jarayonida talabalar faoliyatini kuzatish; so‘rovnoma va testlar – talabalarning kompetensiyalarini aniqlash; pedagogik tajriba-sinov ishlari – ishlab chiqilgan metodikani amaliyotda sinash; taqqoslash va statistik tahlil – olingan natijalarni baholash va tahlil qilish. Tadqiqot bosqichlari. Tadqiqot ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: 1-bosqich – tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda mavzuga oid ilmiy, pedagogik va metodik adabiyotlar tahlil qilindi, tadqiqotning maqsad va vazifalari belgilandi hamda dastlabki metodik model ishlab chiqildi.

2-bosqich – tajriba-sinov bosqichi. Ushbu bosqichda talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida shaxmat mashg‘ulotlari asosida ishlab chiqilgan metodika amaliyotga joriy etildi va pedagogik tajriba o‘tkazildi. 3-bosqich – tahlil va umumlashtirish bosqichi. Tajriba-sinov natijalari statistik va pedagogik tahlil qilindi, olingan ma’lumotlar umumlashtirildi hamda ilmiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

2-jadval. Shaxmat mashg‘ulotlari asosida kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha yillik dastur Mashg‘ulot Rivojlantiriladigan № Oylar Mashg‘ulot mazmuni Soat mavzusi kompetensiyalar Shaxmat taxtasi, 1 Sentyabr Shaxmat asoslari figuralar yurishi, o‘yin Mantiqiy fikrlash, diqqat 6 qoidalari Oddiy kombinatsiyalar 2 Oktyabr Shaxmat taktikasi Analitik tafakkur 8 va taktik usullar O‘yin rejasini tuzish va 3 Noyabr Strategiya asoslari Strategik rejalashtirish 8 strategik fikrlash O‘yinning boshlang‘ich 4 Dekabr Debyut nazariyasi Qaror qabul qilish 6 bosqichini o‘rganish Kombinatsiyalar Murakkab vaziyatlarni Muammoli vaziyatlarni 5 Yanvar 8 yechish tahlil qilish hal qilish Endshpil O‘yinning yakuniy 6 Fevral Analitik tahlil 6 nazariyasi bosqichini o‘rganish Talabalar o‘rtasida Mustaqil qaror qabul 7 Mart Amaliy partiyalar 8 o‘yinlar tashkil etish qilish O‘yin natijalarini tahlil 8 Aprel Partiyalar tahlili Tanqidiy fikrlash 6 qilish Talabalar o‘rtasida Liderlik va 9 May Shaxmat turniri 8 musobaqa raqobatbardoshlik O‘quv yilidagi Refleksiya va o‘zini 10 Iyun Yakuniy tahlil 4 natijalarni tahlil qilish baholash Mazkur yillik dastur talabalarning kasbiy-karyera kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, shaxmat mashg‘ulotlari orqali strategik fikrlash, analitik tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy shaklda tashkil etilib, talabalar o‘rtasida musobaqalar ham o‘tkazilishi tavsiya etiladi. NATIJALAR Tadqiqot jarayonida talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida shaxmat mashg‘ulotlari asosida ishlab chiqilgan metodika tajriba-sinov ishlari orqali amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Tajribada jami 60 nafar talaba ishtirok etdi, ular teng ravishda tajriba guruhi (30 nafar) va nazorat guruhi (30 nafar)ga ajratildi.

Tajriba boshida har ikki guruhda talabalarning strategik fikrlash, analitik tafakkur, qaror qabul qilish, diqqatni jamlash hamda muammoli vaziyatlarni hal qilish kabi kompetensiyalari darajasi diagnostik testlar orqali aniqlab olindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba boshlanishida har ikki guruhning ko‘rsatkichlari deyarli bir xil darajada bo‘lgan. Jadval natijalariga ko‘ra, tajriba guruhi talabalarida shaxmat mashg‘ulotlari asosida kasbiykaryerani rivojlantiruvchi kompetensiyalar sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Nazorat guruhida esa o‘zgarishlar nisbatan past darajada bo‘ldi. Statistik tahlil natijalari t-test orqali hisoblanib, p < 0.05 va p < 0.01 qiymatlar tajriba guruhi natijalarining statistik jihatdan ishonchli ekanligini ko‘rsatadi. Tajriba davomida tajriba guruhi talabalariga shaxmat mashg‘ulotlari asosida ishlab chiqilgan maxsus metodika asosida mashg‘ulotlar olib borildi. Nazorat guruhida esa an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirildi. Yakuniy diagnostika natijalari shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhi talabalarida strategik fikrlash, analitik tafakkur va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalari sezilarli darajada oshgan. Statistik tahlil natijalari bo‘yicha tajriba guruhi ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lib, p < 0.05 darajasida ishonchli farq aniqlangan. Bu esa shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan muhim kompetensiyalarni rivojlantirishda samarali pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi.

1-jadval. Tajriba va nazorat guruhlarining qiyosiy statistik tahlili (n=30) Nazorat Nazorat Ko‘rsatkichlar guruhi Tajriba Tajriba № guruhi t P (kompetensiyalar) tajriba boshi oxiri tajriba oxiri boshi 1 Strategik fikrlash 3.2 ± 0.4 3.4 ± 0.5 3.1 ± 0.3 4.2 ± 0.4 3.21 <0.05 2 Analitik tafakkur 3.3 ± 0.5 3.5 ± 0.4 3.2 ± 0.4 4.3 ± 0.3 3.45 <0.05 Qaror qabul qilish 3 3.1 ± 0.4 3.3 ± 0.5 3.0 ± 0.4 4.1 ± 0.4 3.18 <0.05 ko‘nikmasi 4 Diqqatni jamlash 3.4 ± 0.3 3.6 ± 0.4 3.3 ± 0.4 4.4 ± 0.3 3.67 <0.01 Muammoli 5 vaziyatlarni hal 3.2 ± 0.4 3.4 ± 0.4 3.1 ± 0.3 4.3 ± 0.4 3.52 <0.01 qilish

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, shaxmat mashg‘ulotlari talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish bilan bir qatorda ularning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘nikmalarni ham shakllantiradi. Shaxmat o‘yini o‘z mohiyatiga ko‘ra strategik fikrlash, vaziyatni chuqur tahlil qilish, oldindan rejalashtirish va optimal qaror qabul qilish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda analitik tafakkur va muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Tajriba natijalari pedagogika sohasidagi bir qator ilmiy tadqiqotlar bilan hamohang bo‘lib, intellektual o‘yinlar o‘quvchilarning kognitiv va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Shuningdek, shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda mustaqil fikrlash,

sabr-toqat, diqqatni jamlash va strategik rejalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa shaxmat mashg‘ulotlarini oliy ta’lim tizimida talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish vositasi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi. XULOSA Tadqiqot natijalari asosida shuni ta’kidlash mumkinki, shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi muhim kompetensiyalarni shakllantirishda samarali pedagogik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxmat o‘yini jarayonida talabalar strategik fikrlash, analitik tafakkur yuritish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish kabi muhim intellektual ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Mazkur jarayon talabalarning nafaqat bilish faoliyatini faollashtiradi, balki ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan muhim kompetensiyalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan shaxmat mashg‘ulotlariga asoslangan metodika talabalarning strategik rejalashtirish, vaziyatni chuqur tahlil qilish hamda muammoli holatlarda optimal yechim topish qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali ekanligi aniqlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhida ta’lim olgan talabalarning kompetensiya ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Bu esa shaxmat mashg‘ulotlarining talabalarning intellektual rivojlanishi va kasbiy tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ilmiy jihatdan tasdiqlaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Qosimov S.S. Shaxmat o‘yinining nazariy asoslari. – Toshkent: Sport nashriyoti, 2019.
  2. Ismoilov R.T. Sport pedagogikasida innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2021.
  3. Котов А.А. Как стать гроссмейстером. – Москва: Физкультура и спорт, 2010.
  4. Каспаров Г.К. Мои великие предшественники. – Москва: Рипол Классик, 2003.
  5. Платонов В.Н. Система подготовки спортсменов в олимпийском спорте. – Киев: Олимпийская литература, 2015.
  6. Ильин Е.П. Психология спорта. – Санкт-Петербург: Питер, 2016.
  7. Дворецкий М.И. Школа шахматного мастерства. – Москва: Физкультура и спорт, 2009.
  8. Крогиус Н.В. Психология шахматного творчества. – Москва: Физкультура и спорт, 1981.
  9. Groot A.D. Thought and Choice in Chess. – The Hague: Mouton Publishers, 1978.
  10. Rowson J. Chess for Zebras: Thinking Differently about Black and White. – London: Gambit Publications, 2005.
  11. Fine R. The Psychology of the Chess Player. – New York: Dover Publications, 1981.
  12. Ericsson K.A., Charness N. Expert Performance in Chess. – American Psychologist Journal, 1994.
  13. Gobet F., Campitelli G. The Role of Practice in Chess. – Cognitive Science Journal, 2007.
  14. De Groot A., Gobet F. Perception and Memory in Chess. – Psychology Press, 2012.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013482
Nashr sanasi
2026-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v5i3.2355
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
121–125
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06