Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola06.00.00Ochiq kirish

G. BARBADENSE L. TURIGA MANSUB OILALARNING SHIRA VA TRIPS BILAN ZARARLANISH KO‘RSATKICHLARI

Umrbekovna Matyaqubova Elmira, Babamuradovna Xalikova Maloxatq.x.f.f.d., Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot; instituti katta ilmiy xodimi; q.x.f.d., prof., Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 3Sahifa 47–51

Annotatsiya

Ma‘lumki, g‘o‘za o‘simligining o‘sish va rivojlanishining jadalligi tufayli paxtazorlarda fitofaglar uchun juda qulay mikroiqlim vujudga keladi. G‘o‘zaning madaniy shakllaridagi gulshira (nektardon)larning mavjudligi ularning zararkunandalar uchun ozuqaviyligini qo‘shimcha ravishda oshiradi. Shiralar 50 dan ortiq turli viruslarni g‘o‘za o‘simligiga yuqtirishi mumkin. Shuningdek, parazitlik qilayotgan o‘simlikning o‘sishini ta‘minlovchi gormonlar muvozanatini buzadi va o‘simlikning hosildorligini pasaytirib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada ingichka tolali g‘o‘za oilalarining shira va trips bilan zararlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Olingan ma‘lumotlar asosida zararkunandalarga chidamlilik xususiyati mavjud oilalar ajratib olingan.

Boshqa tillarda

ruschaПОКАЗАТЕЛИ ПОВРЕЖДЕНИЯ ТЛЯМИ И ТРИПСАМИ СЕМЕЙСТВ ОТНОСЯЩИХСЯ К ВИДУ G. BARBADENSE L.

Известно, что благодаря интенсивному росту и развитию хлопчатника на хлопковых полях создаётся благоприятный микроклимат для фитофагов. Наличие нектарников у культурных форм хлопчатника дополнительно повышает его пищевую ценность для вредителей. Тли могут переносить более 50 различных вирусов на растения хлопчатника. Кроме того, паразитирование нарушает баланс гормонов, обеспечивающих рост растения, и наносит экономический ущерб, снижая урожайность. В данной статье проанализированы показатели повреждения семей тонковолокнистого хлопчатника тлями и трипсами. На основе полученных данных выделены семьи, обладающие устойчивостью к вредителям.

inglizchaINDICATORS OF APHID AND THRIPS INFESTATION IN FAMILIES BELONGING TO THE SPECIES G. BARBADENSE L.

It is well known that the rapid growth and development of cotton plants create a favorable microclimate for phytophagous pests in cotton fields. The presence of nectaries in cultivated cotton forms additionally increases their nutritional attractiveness for pests. Aphids can transmit more than 50 different viruses to cotton plants. Moreover, their parasitism disrupts the balance of growth-regulating hormones in the host plant, causing economically significant yield loss. This article analyzes the infestation levels of thin-fiber cotton families by aphids and thrips. Based on the obtained data, families with resistance to pests were identified.

Kalit so‘zlar

  • oila
  • polimorfizm
  • genetik potensial
  • shira
  • trips
  • ingichka tolali g‘o‘za shoxlanish tipi
  • shoxlanmagan nol tip
  • tuklanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UOʻT: 633.51:575:631.52 G. BARBADENSE L. TURIGA MANSUB OILALARNING SHIRA VA TRIPS BILAN ZARARLANISH KO‘RSATKICHLARI Matyaqubova Elmira Umrbekovna q.x.f.f.d., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Xalikova Maloxat Babamuradovna q.x.f.d., prof., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.19382142 Annotatsiya: Maʼlumki, gʻoʻza oʻsimligining oʻsish va rivojlanishining jadalligi tufayli paxtazorlarda fitofaglar uchun juda qulay mikroiqlim vujudga keladi. Gʻoʻzaning madaniy shakllaridagi gulshira (nektardon)larning mavjudligi ularning zararkunandalar uchun ozuqaviyligini qoʻshimcha ravishda oshiradi. Shiralar 50 dan ortiq turli viruslarni gʻoʻza oʻsimligiga yuqtirishi mumkin. Shuningdek, parazitlik qilayotgan oʻsimlikning oʻsishini taʼminlovchi gormonlar muvozanatini buzadi va oʻsimlikning hosildorligini pasaytirib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada ingichka tolali gʻoʻza oilalarining shira va trips bilan zararlanish koʻrsatkichlari tahlil qilingan. Olingan maʼlumotlar asosida zararkunandalarga chidamlilik xususiyati mavjud oilalar ajratib olingan. Kalit soʻzlar: oila, polimorfizm, genetik potensial, shira, trips, ingichka tolali gʻoʻza, shoxlanish tipi, shoxlanmagan nol tip, tuklanish.

ПОКАЗАТЕЛИ ПОВРЕЖДЕНИЯ ТЛЯМИ И ТРИПСАМИ СЕМЕЙСТВ, ОТНОСЯЩИХСЯ К ВИДУ G. BARBADENSE L. Матякубова Эльмира Умрбековна к.с.-х.н., старший научный сотрудник Научно-исследовательского института селекции, семеноводства и агротехнологий возделывания хлопчатника Халикова Малохат Бабамуратовна д.с.-х.н., проф., заведующая лабораторией Научно-исследовательского института селекции, семеноводства и агротехнологий возделывания хлопчатника Аннотация: Известно, что благодаря интенсивному росту и развитию хлопчатника на хлопковых полях создаётся благоприятный микроклимат для фитофагов. Наличие нектарников у культурных форм хлопчатника дополнительно повышает его пищевую ценность для вредителей. Тли могут переносить более 50 различных вирусов на растения хлопчатника. Кроме того, паразитирование нарушает баланс гормонов, обеспечивающих рост растения, и наносит экономический ущерб, снижая урожайность. В данной статье проанализированы показатели повреждения семей тонковолокнистого хлопчатника тлями и трипсами. На основе полученных данных выделены семьи, обладающие устойчивостью к вредителям. Ключевые слова: семья, полиморфизм, генетический потенциал, тля, трипс, тонковолокнистый хлопчатник, тип ветвления, нулевой тип ветвления, опушение.

INDICATORS OF APHID AND THRIPS INFESTATION IN FAMILIES BELONGING TO THE SPECIES G. BARBADENSE L. Matyaqubova Elmira Umrbekovna

PhD in Agricultural Sciences, Senior Researcher, Research Institute of Cotton Breeding, Seed Production and Agrotechnologies of Cultivation Khalikova Malokhat Babamuradovna Doctor of Agricultural Sciences, Professor, Head of Laboratory, Research Institute of Cotton Breeding, Seed Production and Agrotechnologies of Cultivation Abstract: It is well known that the rapid growth and development of cotton plants create a favorable microclimate for phytophagous pests in cotton fields. The presence of nectaries in cultivated cotton forms additionally increases their nutritional attractiveness for pests. Aphids can transmit more than 50 different viruses to cotton plants. Moreover, their parasitism disrupts the balance of growth-regulating hormones in the host plant, causing economically significant yield loss. This article analyzes the infestation levels of thin-fiber cotton families by aphids and thrips. Based on the obtained data, families with resistance to pests were identified. Keywords: family, polymorphism, genetic potential, aphid, thrips, thin-fiber cotton, branching type, zero-type branching, pubescence.

KIRISH Maʼlumki, har qanday turga mansub oʻsimliklarning turli xil zararkunandalari mavjud. Chunki oʻsimliklar bu zararkunandalar uchun hayot faoliyatini davom ettirish va yashab qolish uchun ozuqa boʻlib xizmat qiladi. Oʻsimliklarning zararkunandalar bilan zararlanish darajasi tashqi muhit omillarining qulayligiga ham bogʻliq. Jumladan, qulay ob-havo, yaʼni yetarli namlik hamda ozuqa bu zararkunandalarning rivojlanish siklida yashovchanligini oshirib, son jihatdan koʻpayib ketishiga sabab boʻladi. Natijada zararkunandalarning koʻp sonli populyatsiyalari oʻsimlikka jiddiy zarar yetkazadi. Gʻoʻza oʻsimligining oʻsish va rivojlanishining jadalligi tufayli paxtazorlarda fitofaglar uchun juda qulay mikroiqlim vujudga keladi. Gʻoʻzaning madaniy shakllaridagi gulshira (nektardon)larning mavjudligi ularning zararkunandalar uchun ozuqaviyligini qoʻshimcha ravishda oshiradi. Gʻoʻza oʻsimligida shiralar parazitlik qilib (toʻqima suyuqligi bilan oziqlanib) hayot kechiradi. Shu faoliyati davomida shiralar (Aphid turi) 50 dan ortiq turli viruslarni gʻoʻza oʻsimligiga yuqtirishi mumkin [4]. Shuningdek, parazitlik qilayotgan oʻsimlikning oʻsishini taʼminlovchi gormonlar muvozanatini buzadi va oʻsimlikning hosildorligiga iqtisodiy zarar yetkazadi [5]. Trips esa oʻsimlikning oʻsuv zonasidagi yumshoq toʻqimalar bilan oziqlanishi natijasida oʻsimlikning oʻsuv nuqtasiga zarar yetkazib, oʻsish faoliyatiga jiddiy zarar keltiradi.

Dunyo miqyosida oʻrganilgan tadqiqotlarda gʻoʻza zararkunandalari mintaqalar miqyosida iqlim va sharoitdan kelib chiqib turlicha darajada tarqalishi hamda zarar yetkazishi aniqlangan [2]. Iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlaridan tashqari, soʻruvchi zararkunandalar komplekslari yaqin kungacha paxta hosilini keskin cheklab qoʻygan. BT gʻoʻzasidan foydalanish natijasida koʻsak qurtlari keltirgan zarar ancha kamaygan boʻlsa-da, soʻruvchi zararkunandalarning (masalan, shira, trips va oq pashsha) paydo boʻlishi paxta yetishtirish uchun jiddiy xavf tugʻdiradi, chunki ular paxta hosildorligini 40%–60% ga kamaytiradi. Bundan tashqari, bu zararkunandalar virusli kasalliklarni tarqatib, hosilning yoʻqotilishiga ham sabab boʻladi. Ushbu soʻruvchi zararkunandalarga qarshi kurashish uchun innovatsion va puxta kurash usullarini targʻib qilish zarur. Bunday tashabbuslar yangi avlod naslchilik texnologiyasi va zararkunandalarga qarshi kurash usullarini oʻzida mujassamlashtirgan koʻp qirrali strategiyani talab qiladi, bu esa zararkunandalarga chidamli yangi gʻoʻza navlarini yetishtirish demakdir. Gʻoʻzaning soʻruvchi zararkunandalarga chidamliligi bilan bogʻliq yangi genlar va tartibga soluvchi omillarni kashf etish yangi avlod naslchilik texnologiyalari yondashuvlarini uygʻunlashtirish hamda bu vositalarni maxsus chidamli donorlarda qoʻllash orqali erishish mumkin. Hasharotlarga chidamlilikning genetik asoslarini tushunish va zararkunandalarga qarshi kurash usullarini takomillashtirishga qaratilgan uzluksiz tadqiqotlar paxta ekish tizimlarining barqarorligi va chidamliligi uchun juda muhimdir [3]. Shu maʼnoda, soʻruvchi hasharotlar hujumiga chidamli gʻoʻza genotiplarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda [4, 6].

Shularni inobatga olgan holda zararkunandalarga chidamli yangi navlarni yaratish bugungi kunda seleksioner olimlarning oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Tadqiqotning maqsadi: gʻoʻzaning ingichka tolali oilalarida polimorfizm asosida ajralib chiqqan biotiplarning shira va trips bilan zararlanishini oʻrganish va tahlil qilish.

Tadqiqot vazifalari: - ingichka tolali oilalar populyatsiyasida shakllangan biotiplarning shira va trips bilan zararlanishini aniqlash; - matematik-statistik tahlil qilish; - maqbul chidamli oilalarni aniqlash va tanlash.

MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqot materiallari: PSUYAITI qoshidagi jahon kolleksiyasida mavjud G. barbadense L. turiga mansub namunalar asosida chatishtirib yaratilgan oilalar.

Tadqiqot uslubiyoti: Tadqiqotlarda oʻrganiladigan gʻoʻzaning ingichka tolali oilalari Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining markaziy dala koʻchatzorida oʻrganildi. Ajratib olingan G. barbadense L. turiga mansub oilalar aprel oyining uchinchi oʻn kunligida dala sharoitida 15 uyali qilib ekildi. Har bir oila boʻyicha oʻsimliklar individual tarzda shira va trips bilan zararlanishi oʻrganildi.

NATIJALAR Tadqiqotlarda shira va tripsni hisobga olish oʻsimliklarda chin barglar chiqqanda amalga oshirildi (1-jadval).

Olingan maʼlumotlarga asosan shoxlanish tipiga ega boʻlgan oilalardan OIM 53, OIM 56, OIM 59, OIM 67 oilalaridagi oʻsimliklarda shira uchramadi. Shuningdek, OPT 91 oilasida 13,0% (andozaga nisbatan -0,6%), OPT 96 oilasida 15,0% (andozaga nisbatan 1,4%), OPT 102 oilasida 5,0% (andozaga nisbatan -8,6%), OCT 42 oilasida 9,1% (andozaga nisbatan -4,5%), OCT 47 oilasida 26,1% (andozaga nisbatan 12,5%), OCT 49 oilasida 14,3% (andozaga nisbatan 0,6%) shira mavjudligi qayd qilindi.

Shoxlanmagan (nol) tipdagi oilalarda shira bilan zararlanish andoza navga nisbatan quyidagicha boʻldi: kelib chiqishi Termiz-31 x CNW 487-65 boʻlgan OTC 34 oilasidagi hamda OTC 40 oilasidagi oʻsimliklarda shira aniqlanmadi. 1-jadval. Oilalarning shira va trips bilan zararlanishi, % Zararlanish darajasi Andozadan % farqi № Oilalar Kelib chiqishi Shira Trips Shira Trips Shoxlangan 1. OIM 53 Iolatan-14 x ML-120 0,0 0,0 0,0 0,0 2. OIM 56 0,0 0,0 0,0 0,0 3. OIM 59 0,0 9,1 0,0 0,0

4. OIM 67 0,0 0,0 0,0 0,0 5. OPT 91 Pima S4 x Termiz -202 13,0 8,7 -0,6 -0,4 6. OPT 96 15,0 10,0 1,4 0,9 7. OPT 102 5,0 0,0 -8,6 0,0 8. OCT 42 CNW 487-65 x Termiz -31 9,1 13,6 -4,5 4,5 9. OCT 47 26,1 13,0 12,5 3,9 10. OCT 49 14,3 0,0 0,6 0,0 Shoxlanmagan (nol) 11. OKS 11 Karnak 1038 x Surxon -102 10,0 0,0 -3,6 0,0 12. OKS 18 13,6 4,5 0,0 -4,6 13. OTC 34 Termiz -31 x CNW 487-65 0,0 0,0 0,0 0,0 14. OTC 40 0,0 5,0 0,0 -4,1 15. OTP 23 Termiz -202 x Pima S4 10,5 10,5 -3,1 1,4 16. OTP 27 4,3 0,0 -9,3 0,0 17. OTP 29 10,0 5,0 -3,6 -4,1 18. OST 3 Surxon -9 x Termiz -202 30,4 8,7 16,8 -0,4 19. OST 7 13,6 13,6 0,0 4,5 20. Surxon -16 (St.) 13,6 9,1 - -

MUHOKAMA Shuningdek, OKS 11 oilasida andoza navga nisbatan shira -3,6% kam boʻlganligi, OKS 18 oilasida esa shira andoza navga nisbatan teng foizlarda uchraganligi qayd etildi. Andoza navga nisbatan OTP 23 oilasida -3,1% ga, OTP 27 oilasida -9,3% ga, OTP 29 oilasida -3,6% ga kamroq oʻsimlikni shira zararlaganligi aniqlandi. OST 7 oilasida zararlanish koʻrsatkichi andoza navga tengligi qayd etildi. Izlanishlarimiz natijasida ajratib olingan oilalarda tripsning zarar yetkazishini ham tahlil qildik. Unga asosan shoxlanish tipiga ega OIM 53, OIM 56, OIM 67, OPT 102 oilalarida trips zararkunandasi bilan zararlanish kuzatilmadi. Shuningdek, andoza navda trips bilan zararlanish 9,1% ni tashkil etgan boʻlsa, OIM 59 oilasida andoza navga nisbatan teng koʻrsatkich aniqlandi. OPT 91 oilasida 8,7%, OPT 96 oilasida 10,0%, OCT 42 oilasida 13,6%, OCT 47 oilasida 13,0% trips bilan zararlanish qayd etildi. Shoxlanmagan (nol) tipdagi oilalardan OKS 11, OTC 34 va OTP 27 oilalarida trips bilan zararlangan oʻsimliklar aniqlanmadi. OKS 18 oilasida -4,6% ga, OTC 40 oilasida -4,1% ga, OTP 29 oilasida -4,1% ga, OST 3 oilasida -0,4% ga andoza navga nisbatan kamroq zararlanish kuzatildi. OTP 23 oilasida (1,4%) hamda OST 7 oilasida (4,5%) andoza navga nisbatan zararlanish yuqori ekanligi qayd etildi. 1-rasmda shira bilan zararlangan oʻsimlik va oʻrganilgan barg tukchalari tasvirlangan.

1-rasm. Shira bilan zararlangan oʻsimlik va oʻrganilgan barg tukchalari

XULOSA Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni tahlil qilar ekanmiz, kelib chiqishi Iolatan-14 x ML- 120 boʻlgan oilalarda shira va tripsning uchramaganligini kuzatdik. Iolatan-14 navining poya va barglari kuchli tuklanganlik xususiyatiga ega. Bu belgi keyingi avlodlarda irsiylanib, ajratib olingan shoxlanish tipiga ega oilalarda oʻz xususiyatini namoyon etgan. Natijada oilalarning poya va barglari kuchli tuklanishga ega boʻlgan. Bu esa oilalarning shira va tripsga nisbatan chidamliligini oshiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Dinesh Kumar G., Manikanda Boopathi N., Geethanjali S., Subramanian A., Somasundaram S., Kannan M., Premalatha N., Shobhana V. G., Ramya Selvi N., Nivetha D. K., Akash A. & Ravikesavan R. Guarding the cotton fields by refining the resilience against sucking pests: use of cutting-edge breeding and other techniques. // Journal of Cotton Research. - Volume 8, article number 24, (2025).
  2. Carlos Eduardo da Silva Oliveira, Travis Wilson Witt, Arshad Jalal, Lúcia Vieira Hoffmann, Gabriel da Silva Leite, Sebastião Soares de Oliveira Neto & Tiago Zoz. Resistance and genetic divergence of wild cotton genotypes under attack by sucking pests./ Volume 220, article number 157, (2024).
  3. Tsai, C.-W., Rowhani, A., Golino, D.A., Daane, K.M. Mealybug transmission of Grapevine leafroll viruses: An analysis of virus-vector specificity. // Phytopathology. - California, 2010. - P. 125.
  4. Lirong He, Lei Shi, Guobin Liu & Chutao Liang. Occurrence and control of pests and diseases in the Northwest Inland Cotton Area of China. // Phytoparasitica. -China, 2025. -P. 81.
  5. https://ipm.ucanr.edu/agriculture/cotton/cotton-aphid/#gsc.tab=0.
  6. Xalikova, M. B., Asqarova, Z. O., Matyakubova, E. U., Soriyeva, S. E., & Karshiyev, Sh. B. (2023). Rezultaty izucheniya priznakov ustoychivosti xlopchatnika k sosushchim vreditelyam. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 654-658.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013468
Nashr sanasi
2026-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v5i3.2341
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
47–51
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06