Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

MUSOBAQA FAOLIYATIDA GANDBOLCHILARNING TEZKOR QARSHI HUJUMLARINI MUTAXASSISLAR TOMONIDAN BAHOLANISHI

Xoshimovich Bo‘taboyev AdixamjonResearch Focus International Scientific Journal2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 3Sahifa 83–86

Annotatsiya

Gandbolchilarning tezkor qarshi hujum tayyorgarligiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar yoritildi.

Boshqa tillarda

ruschaСОРЕВНОВАТЕЛЬНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ГАНДБОЛИСТОВ: ЭКСПЕРТНАЯ ОЦЕНКА БЫСТРЫХ КОНТРАТАК

В статье обоснована целесообразность проведения анкетного опроса для выявления факторов, влияющих на готовность гандболистов к быстрым контратакам. Представлены анализ научно-методической литературы, актуальность темы, цель исследования, выводы и практические рекомендации.

inglizchaEXPERT EVALUATION OF HANDBALL PLAYERS‘ QUICK COUNTERATTACKS IN COMPETITIVE ACTIVITY

This article substantiates the expediency of conducting a questionnaire survey to identify factors affecting handball players‘ readiness for quick counterattacks. The study presents an analysis of scientific and methodological literature, the relevance of the topic, the purpose of the research, conclusions, and practical recommendations.

Kalit so‘zlar

  • malakali gandbolchi
  • yugurish tezligi
  • to‘p uzatish
  • to‘pni ilib olish
  • to‘pni olib qo‘yish
  • yerga urib olib yugurish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MUSOBAQA FAOLIYATIDA GANDBOLCHILARNING TEZKOR QARSHI HUJUMLARINI MUTAXASSISLAR TOMONIDAN BAHOLANISHI Bo‘taboyev Adixamjon Xoshimovich Sport turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi v.b. dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.19399201 Annotatsiya: Gandbolchilarning tezkor qarshi hujum tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar yoritildi. Kalit so‘zlar: malakali gandbolchi, yugurish tezligi, to‘p uzatish, to‘pni ilib olish, to‘pni olib qo‘yish, yerga urib olib yugurish

СОРЕВНОВАТЕЛЬНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ГАНДБОЛИСТОВ: ЭКСПЕРТНАЯ ОЦЕНКА БЫСТРЫХ КОНТРАТАК Бутабоев Адиксамджон Хошимович Исполняющий обязанности доцента кафедры теории и методологии спорта Аннотация: В статье обоснована целесообразность проведения анкетного опроса для выявления факторов, влияющих на готовность гандболистов к быстрым контратакам. Представлены анализ научно-методической литературы, актуальность темы, цель исследования, выводы и практические рекомендации. Ключевые слова: гандболист, скорость бега, передача мяча, ловля мяча, отбор мяча, ведение мяча

EXPERT EVALUATION OF HANDBALL PLAYERS’ QUICK COUNTERATTACKS IN COMPETITIVE ACTIVITY Butaboyev Adixamjon Khoshimovich Acting Associate Professor of the Department of Theory and Methodology of Sports Abstract: This article substantiates the expediency of conducting a questionnaire survey to identify factors affecting handball players’ readiness for quick counterattacks. The study presents an analysis of scientific and methodological literature, the relevance of the topic, the purpose of the research, conclusions, and practical recommendations. Keywords: skilled handball player, running speed, passing, catching the ball, taking the ball away, dribbling

KIRISH Shu jumladan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish” asosiy maqsad qilib belgilanmoqda. Shuningdek yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommaliashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

5924-son Farmoni, 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414- son Qarorida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Gandbolchilarni raqobatbardosh faoliyatga tayyorlash, o‘quv-mashg‘ulotlarning ko‘p yillik bosqichlarida texnik tayyorgarlikka oid maxsus mashqlar yordamida qarshi hujum samaradorligini oshirishga yangicha ilmiy-nazariy yondashuv dolzarb muammolardan biridir. Ushbu muammoni hal etish yo‘lida bir qator mahalliy va xorijiy olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, F.A. Abduraxmanov, Sh.K. Pavlov, R.R. Kariyeva, A.A. Artikov tomonidan musobaqa faoliyatida texnik va jismoniy tayyorgarlik holatini tizimli baholash uslubiyati ishlab chiqilgan, turli o‘yin ampluasidagi o‘yinchilarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq qilingan. Tadqiqotning maqsadi gandbolchilarning tezkor qarshi hujumlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR Gandbolchilarda tezkor qarshi hujum tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu uslub malakali gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot tartibi, tezkor qarshi hujumlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot yuklamalarining xususiyatlari, ishchanlik qobiliyati dinamikasi va o‘quv-mashg‘ulot jarayonini boshqarish tuzilmasini o‘rganish uchun qo‘llanildi. Dissertatsiya tadqiqoti davomida anketalash va suhbatlar gandbol bo‘yicha mutaxassislar va murabbiylar ishtirokida o‘tkazildi. NATIJALAR Anketa so‘rovida 12 nafar yuqori malakali murabbiy ishtirok etdi. So‘rovnoma 6 ta savolni o‘z ichiga oldi. Mutaxassislarning javoblariga ko‘ra, musobaqa faoliyatida gandbolchilar uchun tezkor qarshi hujumdan foydalanishning ahamiyatini baholashga doir birinchi savolda 6 nafar murabbiy ahamiyatni yuqori, yana 6 nafar murabbiy esa o‘rta deb qayd etdi. Ikkinchi savolda esa tezkor qarshi hujum muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillar sifatida hujumchilar tomonidan uzatilgan to‘pni olib qo‘yish, to‘pni o‘yinchilarga bexato uzatish va himoyachilar faolligi ko‘rsatildi (1-rasm). - faol himoya 4 7 - darvozabonning yuqori natijaviyligi 9 5 - to‘pni o‘yinchilarga bexato uzatish 4 8 7 - darvozabon tomonidan to‘pni bexato uzatish

1-rasm. Murabbiylar tomonidan tanlangan tezkor qarshi hujum muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar nisbati So‘rovnomaning uchinchi savolida murabbiylardan tezkor qarshi hujum muvaffaqiyati uchun gandbolchilarga zarur bo‘lgan uchta eng muhim sifatni tanlash so‘raldi. Ular yugurish

tezligi, darvozabon bilan o‘zaro harakat va to‘p uzatishda vaziyatni to‘g‘ri tushunish kabi omillarni tanladilar (2-rasm). So‘rovnomaning Tezkor qarshi hujum muvoffaqiyati uchun gandbolchilarga zarur bo‘lgan uchta eng muhim sifatlarni tanlang deyilgan uchinchi savoliga murabbiylar, yugurish tezligi, darvozabon bilan o‘zaro harakat, to‘p uzatishda vaziyatni tushunish kabi omillarni tanladilar (2-rasm).

- yugurish tezligi 5 9 4 - darvozabon bilan o‘zaro harakat 3 - to‘p uzatishda vaziyatni tushunish 8 - jamoaning aniq taktikasi 8 - chidamlilik - reaksiya - boshqa

2-rasm. Murabbiylar tomonidan tanlangan tezkor qarshi hujumlarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sifatlar nisbati To‘rtinchi savolda murabbiylar malakali gandbolchilarni tezkor qarshi hujumga o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan uchta eng ahamiyatli mashqni belgiladilar. Ular qarshi hujumga yugurish va darvozabondan uzatilgan to‘pni ilib olish, qarshi hujumga yugurish va sherikdan uzatilgan to‘pni ilib olish, to‘pni olib qo‘yib uni yerga urib olib yugurish kabi mashqlarni asosiy vositalar sifatida tavsiya etdilar (3-rasm). Murabbiylar, malakali gandbolchilarni tezkor qarshi hujumga o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan uchta eng ahamiyatli mashqlarni belgilang deyilgan to‘rtinchi savolga qarshi hujumga yugurish va darvozabondan uzatilgan to‘pni ilib olish, qarshi hujumga yugurish va sherikdan uzatilgan to‘pni ilib olish, to‘pni olib qo‘yish va uni erga urib olib yugurish kabi mashqlarni asosiy mashqlar sifatida tavsiya qilganlar (3-rasm).

- qarshi hujumga yugurish va darvozabondan uzatilgan to‘pni ilib olish 4 3 9 - qarshi hujumga yugurish va sherikdan uzatilgan to‘pni ilib olish 6 - faol harakatlanish - to‘pni olib qo‘yish va uni yerga urib olib 5 yugurish - to‘pni yerga urib olib yurish

3-rasm. Tezkor qarshi hujumlarni o‘zlashtirish uchun tavsiya qilingan mashqlar nisbati Murabbiylar “Siz mashg‘ulot vaqtining necha daqiqasini (%) tezkor qarshi hujumga ajratasiz?” degan savolga 10–12 daqiqa deb javob berdilar. Tayyorgarlik davrida ushbu mashqlarga umumiy mashg‘ulot vaqtining 5–8 %i, musobaqa davrida esa 10–15 %i ajratilishi ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi savolda murabbiylardan o‘z sportchilari bilan tezkor qarshi hujumning qaysi turlarini tez-tez takomillashtirishlari so‘raldi. Barcha murabbiylar asosan individual tez yorib o‘tish hujumlarini takomillashtirish mashqlariga ko‘proq e’tibor qaratishlarini bildirdilar. MUHOKAMA Murabbiylar bilan o‘tkazilgan anketa so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, ular bitta mashg‘ulot jarayonida tezkor qarshi hujumlarni takomillashtirishga atigi 10–12 daqiqa ajratadilar. Tayyorgarlik davrida ushbu mashqlarga umumiy mashg‘ulot vaqtining 5–8 %i, musobaqa davrida esa 10–15 %i ajratiladi. Barcha mutaxassislarning ta’kidlashicha, ular asosan individual tez yorib o‘tish hujumlarini takomillashtirish mashqlariga ko‘proq e’tibor qaratadilar. XULOSA O‘tkazilgan tahlil natijasida shunday xulosa qilish mumkinki, jamoa o‘yinchilarining nafaqat tezkorligi, balki tezkor chidamliligini ham o‘z ichiga olgan umumiy jismoniy tayyorgarligi tezkor qarshi hujumlarni muvaffaqiyatli tashkil etishda muhim omil hisoblanadi. Tezkor qarshi hujum o‘z tuzilmasiga ko‘ra murakkab hujum turi bo‘lib, o‘yin jarayonida undan kam foydalanilishi ko‘pincha uni tashkil etish qiyinligi bilan bog‘liq. Demak, tezkorlik tayyorgarligidan tashqari jamoalarga tezkor qarshi hujum kabi samarali hujum turidan foydalanishga imkon beruvchi boshqa omillarni ham inobatga olish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2015 yildagi “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-2438-son qarori. Lex.uz.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi “O‘zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5924-son Farmoni. Lex.uz.
  3. Абдурахманов Ф.А., Кариева Р.Р., Оптимизация нагрузок различной направленности в межигровых циклах соревновательного периода гандболистов высокой квалификации. Фан-спортга илмий назарий журнал. 2019. № 2. – Б. 47-53.
  4. Абдурахманов Ф.А., Павлов Ш.К., Кариева Р.Р. Исследование эффективности защитных гандболистов различного возраста и квалификации в условиях соревнавательной деятельности: Фан-спортга илмий-назарий журнал. 2007. № 4. – С. 17-20.
  5. Набиев Т.Э., Абдурахманов А.А. Структура построения процесса подготовки гандболистов: Фан-спортга илмий-назарий журнал. 2011. №1. - С. 40-45.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013475
Nashr sanasi
2026-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v5i3.2348
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
83–86
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06