Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O‘RNI

Islomjon Erkuziyevich Ruzimatov, qizi Rafiqova Dilnuraxon Xusniddinjonp.f.b.f.d (PhD) Qo‘qon davlat universiteti; Qo‘qon davlat universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi talabasi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 3Sahifa 109–116

Annotatsiya

Ushbu maqolada “SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O‘RNI” mavzusi ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda mavzuning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ СПЕЦИАЛЬНЫХ УПРАЖНЕНИЙ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ТЕХНИКИ ГРЕБЦОВ НА ЭТАПЕ СПОРТИВНОГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

В данной статье исследуется роль специальных упражнений и учебно-тренировочного процесса в развитии физической, технической и психологической подготовленности гребцов на каноэ на этапе спортивного совершенствования. Исследование посвящено изучению эффективности тренировок, направленных на повышение точности движений, сохранение равновесия, быстроту реакции и координационные навыки молодых спортсменов. Рассмотрены вопросы годичного периода подготовки, дозирования тренировочных нагрузок, поэтапного развития технической и теоретической подготовки, а также разработка индивидуальных учебных программ с учетом особенностей спортсменов. Результаты исследования показывают, что систематическое развитие равновесия, силы, выносливости и координационных способностей спортсменов, а также эффективное выполнение технических движений способствует быстрому и успешному адаптированию к соревновательным условиям.

inglizchaTHE ROLE OF SPECIAL EXERCISES IN IMPROVING THE TECHNIQUE OF ROWERS AT THE STAGE OF SPORTS MASTERY DEVELOPMENT

This article examines the importance of special exercises and the training process in developing the physical, technical, and psychological preparedness of canoe rowers at the stage of sports mastery development. The research is devoted to studying the effectiveness of training aimed at improving young athletes‘ movement accuracy, balance maintenance, rapid reaction, and coordination skills. It highlights the annual training cycle, the dosage of training loads, the step-by-step development of technical and theoretical preparation, and the process of designing training programs adapted to the individual characteristics of athletes. The research results show that the systematic development of athletes‘ balance, strength, endurance, and coordination abilities enables them to perform technical movements effectively and adapt quickly to competition conditions.

Kalit so‘zlar

  • ilmiy tadqiqot
  • tahlil
  • metodologiya
  • amaliy ahamiyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O’RNI Ruzimatov Isloмjon Erkuziyevich p.f.b.f.d (PhD) Qo‘qon davlat universiteti Rafiqova Dilnuraxon Xusniddinjon qizi Qo‘qon davlat universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi talabasi E-mail: rafiqovadilnuraxon1@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19451288 Annotasiya. Ushbu maqolada sport takomillashuv bosqichidagi kanoe yo‘nalishidagi eshkak eshuvchilarning jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishda maxsus mashqlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonining ahamiyati tadqiq qilinadi. Tadqiqot yosh sportchilarning harakat aniqligi, muvozanatni saqlash, tezkor reaksiya va koordinatsion ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Yillik tayyorgarlik davri, mashg‘ulot yuklamalarini dozalashtirish, texnik va nazariy tayyorgarlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda sportchilarning individual xususiyatlariga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayonlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari sportchilarning muvozanat, kuch, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarini tizimli rivojlantirish, texnik harakatlarni samarali bajarish va musobaqa sharoitlariga tez moslashish imkonini berishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Kanoe sporti, eshkak eshish, sport takomillashuv bosqichi, texnik o‘quvmashg‘ulot jarayoni, jismoniy mashqlar, tiklovchi mashqlar, chidamlilik mashqlari, mashg‘ulot rejasi

ПРОВЕДЕНИЯ СПЕЦИАЛЬНЫХ УПРАЖНЕНИЙ, НАПРАВЛЕННЫХ НА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНИКИ СПОРТСМЕНОВ НА ЭТАПЕ СПОРТИВНОГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ Рузиматов Исломжон Еркузиевич p.f.b.f.d (PhD) Кокандский государственный университет Рафикова Дильнурахон Хусниддинджон кизи Кокандский государственный университет Кафедра физической культуры E-mail: rafiqovadilnuraxon1@gmail.com Аннотация. В данной статье исследуется роль специальных упражнений и учебнотренировочного процесса в развитии физической, технической и психологической подготовленности гребцов на каноэ на этапе спортивного совершенствования. Исследование посвящено изучению эффективности тренировок, направленных на повышение точности движений, сохранение равновесия, быстроту реакции и координационные навыки молодых спортсменов. Рассмотрены вопросы годичного периода подготовки, дозирования тренировочных нагрузок, поэтапного развития технической и теоретической подготовки, а также разработка индивидуальных учебных программ с учетом особенностей спортсменов. Результаты исследования показывают, что систематическое развитие равновесия, силы, выносливости и координационных способностей спортсменов, а также эффективное выполнение технических движений способствует быстрому и успешному адаптированию к соревновательным условиям.

Ключевые слова: Каноэ, гребля, этап спортивного совершенствования, техническая подготовка, специальные упражнения, равновесие и координация, физическая подготовка, учебно-тренировочный процесс, физические упражнения, восстановительные упражнения, упражнения на выносливость, план тренировок.

THE ROLE OF SPECIAL EXERCISES IN IMPROVING THE TECHNIQUE OF ROWERS AT THE STAGE OF SPORTS MASTERY DEVELOPMENT Ruzimatov Islomjon Erkuziyevich PhD in Pedagogical Sciences, Kokand State University Rafiqova Dilnuraxon Khusniddinjon qizi Student of the Department of Physical Education, Kokand State University E-mail: rafiqovadilnuraxon1@gmail.com Abstract. This article examines the importance of special exercises and the training process in developing the physical, technical, and psychological preparedness of canoe rowers at the stage of sports mastery development. The research is devoted to studying the effectiveness of training aimed at improving young athletes’ movement accuracy, balance maintenance, rapid reaction, and coordination skills. It highlights the annual training cycle, the dosage of training loads, the step-by-step development of technical and theoretical preparation, and the process of designing training programs adapted to the individual characteristics of athletes. The research results show that the systematic development of athletes’ balance, strength, endurance, and coordination abilities enables them to perform technical movements effectively and adapt quickly to competition conditions. Keywords: Canoe sport, rowing, stage of sports mastery development, technical training process, physical exercises, recovery exercises, endurance exercises, training plan

KIRISH Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni, ayniqsa bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishga davlat miqyosida katta e’tibor qaratilmoqda. Yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularni sportga keng jalb etish hamda sport zaxirasini shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu sababli sport maktablarida sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri rejalashtirish va sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish zarurati ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim normativhuquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24- yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son farmoni, 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 5279-son qarori hamda 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-382-son qarori ushbu sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yosh sportchilarni tayyorlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. ASOSIY QISM Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuv bosqichidagi kanoeda eshkak eshuvchilarning yillik tayyorgarlik jarayonini ilmiy asosda rejalashtirish, mashg‘ulot

yuklamalarini samarali taqsimlash hamda sportchilarning texnik va jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulot dasturini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijasida sport takomillashuv bosqichidagi kanoeda eshkak eshuvchilarning yillik tayyorgarlik jarayoni tahlil qilindi hamda mashg‘ulot yuklamalarini turli davr va bosqichlar xususiyatidan kelib chiqib rejalashtirish tizimi ishlab chiqildi. Yillik tayyorgarlik davrida yuklama hajmi va intensivligini bosqichma-bosqich oshirib borish, o‘quv dasturidagi asosiy komponentlarni tizimlashtirish hamda sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligi aniqlandi. Kanoeda eshkak eshish sport turining texnik va koordinatsion jihatdan murakkabligi sababli sportchilar nazariy bilimlarga ham ega bo‘lishlari zarur. Xususan, sportchilar harakat mexanikasi, suv oqimining ta’siri, burilish strategiyasi, xavfsizlik qoidalari hamda sport etikasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishlari lozim. Bu bilimlar sportchilarga texnik harakatlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, musobaqa sharoitida tezkor qaror qabul qilish va mustaqil harakat qilish imkonini beradi. Shuningdek, nazariy tayyorgarlik sportchilarda sportga nisbatan motivatsiya va mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Texnik tayyorgarlik kanoe yo‘nalishidagi eshkak eshuvchilarning asosiy harakatlarini to‘g‘ri va samarali bajarish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Bu jarayon eshkak eshish texnikasi bosqichlari, burilish paytidagi harakatlarning sinxronligi, pozitsion muvozanatni saqlash, suv oqimida to‘g‘ri yo‘nalishni aniqlash kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Texnikani o‘rgatish jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etilib, mashg‘ulotlarning murakkablik darajasi asta-sekin oshirib borildi hamda nazorat mashqlari bilan boyitildi. Kanoe sportchilari uchun muvozanat, koordinatsion qobiliyat, kuch, chidamlilik va tezkorlik kabi jismoniy sifatlar tayyorgarlikning asosiy poydevorini tashkil etadi. Aynan shu sifatlar texnik harakatlarni barqaror, aniq va energetik jihatdan tejamli bajarishga imkon yaratadi. Jismoniy sifatlarni tizimli ravishda rivojlantirish texnikani mustahkamlash, charchoqqa chidamlilikni oshirish hamda musobaqa jarayonida barqaror natija ko‘rsatishga xizmat qiladi. Sport takomillashuv bosqichida kanoeda eshkak eshuvchilarning muvozanatni saqlash qobiliyati alohida ahamiyatga ega. Ushbu qobiliyat sportchilarning texnik harakatlarni to‘g‘ri bajarishi, koordinatsiyalangan eshkak eshish harakatlarini shakllantirishi hamda suvda barqaror harakatlanishini ta’minlaydi. Mazkur bosqichda sportchilarda markaziy va dinamik muvozanat, tana holatini boshqarish hamda vestibulyar apparat faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dastlabki ko‘nikmalar shakllantiriladi. Kanoeda eshkak eshuvchilarda muvozanat qobiliyatini rivojlantirish nafaqat suvdagi mashg‘ulotlarda, balki quruqlikdagi tayyorgarlik jarayonida ham amalga oshirilishi zarur. Shu sababli sportchilarning muvozanatni saqlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqildi va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanildi. Tadqiqot jarayonida sportchilarning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida antropometrik o‘lchovlar hamda maxsus test sinovlari o‘tkazildi. Shuningdek, kanoeda eshkak eshish sportchilari o‘rtasida 1000 metr va 2000 metr masofalarda dastlabki nazorat sinovlari o‘tkazildi. 1-jadval. Eshkak eshish sportining kanoe yo’nalishidagi sportchilarning dastlabki 1 km va 2 km masofalardan olingan tadqiqot natijalari. T\r F.i.sh 1000 m 2000 m 1 04.50.79 10.32.69

Turonboyev X 2 Murodov M. 04.55.88 10.48.36 3 Umurzoqov J. 04.56.91 10.50.89 4 Nabiyev M. 04.51.45 10.54.55 5 Abdubannoev M. 04.58.09 10.56.84 6 To‘xtanazarov A. 05.01.70 10.56.90 7 Tojiyev M. 04.52.46 10.57.80 8 Abdusalomov I. 04.54.58 10.58.60 9 Odilov Z. 04.59.80 10.59.80 10 Maqsudov X. 05.02.89 11.02.80 11 Oblanazarov X. 05.01.43 11.03.80 12 O‘ktamov D 05.03.35 11.06.38

Izoh: TB- tadqiqot boshi. X - o‘rtacha arifmetik qiymati, σ – standart o‘g‘ishi. Tadqiqot boshida 12 nafar kanoe yo‘nalishidagi eshkak eshuvchi sportchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari o‘lchab olindi. Olingan natijalarga ko‘ra sportchilarning qo‘l uzunligi o‘rtacha 71,50±1,00 sm, bo‘y uzunligi 171,67±1,80 sm, oyoq uzunligi 100,50±2,06 sm ni tashkil etdi. Shuningdek, sportchilarning tana massasi o‘rtacha 62,92±1,56 kg, yelka kengligi 42,00±1,35 sm hamda ko‘krak qafasi aylanasi 91,42±1,62 sm ekanligi aniqlandi.

2-jadval. Eshkak eshish sportining kanoe yo’nalishidagi sportchilarning dastlabki olingan tadqiqot natijalaridagi antropometrik ma’lumotlari

Qo’l Bo’y Oyoq Tana Yelka Ko’krak № F.I.SH uzunligi uzunligi uzunligi massasi kengligi qafasi (sm) (sm) (sm) (kg) (sm) aylanasi (sm) TB TB TB TB TB TB 1 Turonboyev 72 172sm 100 63 42 92 2 Murodov M. 71 170sm 99 62 41 90 3 Umurzoqov J. 70 169sm 98 60 40 89 4 Nabiyev M. 72 173sm 101 64 42 93 5 Abdubannoev 72 172sm 101 63 43 91 6 To‘xtanazarov 70 169sm 97 61 40 89 7 Tojiyev M. 71 173sm 103 65 43 93 8 Abdusalomov 72 171sm 103 64 42 90 9 Odilov Z. 70 170sm 98 62 40 91 10 Maqsudov X. 73 174sm 103 65 44 93 11 Oblanazarov 73 175sm 103 64 44 94 12 O‘ktamov D 72 172sm 100 62 43 92 X 71,50 171,67 100,50 62,92 42,00 91,42 σ 1,00 1,80 2,06 1,56 1,35 1,62

T\r Hafta kunlari Bajariladigan mashqlar ro’yhati Kunning birinchi qismi Kunning ikkinchi qismi 8:30 - 11:30 15:30 - 17:00 1.10 daqiqa razminka suvda 1. 1.8km yugurish 2. 4×500metr o’rtacha tezlik 2. turnik 8×15ta 3. 2×200metr tezlik(90%) 3. Shtanga bilan o’tirib turish 6×15ta 4. 10×30sekund 10daqiqa 4. Gantel bilan tortish 6×12ta 40kgda 1 Dushanba zaminka 5. Planka 3×40soniya 5. 280ta anjumaniy 6. Cho’ziluvchi mashqlar 6. 90ta sakrash 7. Maksimall turnik. 8. Cho’ziluvchi mashqlar 2 Seshanba 1.10-15minut razminka 1. 10-15minut razminka 2.4km uzluksiz o’rtacha tempda 2.10km o’rtacha tempda 3.350ta turnik 3.6×2min yotib turib gantelda ishlash 4.100ta sakrash mashqlari 4. Qo’lga 4xil mashq 2×15ta 5.Cho’ziluvchi mashqlar 5. Cho’ziluvchi mashqlar 3 Chorshanba 1.10 daqiqa razminka 1.12km yengil yugurish 2.4×5min musobaqa tempida 2. Cho’ziluvchi mashqlar 3. 4×10min o’rtacha tezlik 4. 2×15minut 5. Zaminka 2-3 km 6. 2×100m, 2×50m yugurish 7. Cho’ziluvchi mashqlar 4 Payshanba 1.5-10 daqiqa razminka 1.trenajyor ishlash 2.20×25sekund o’rtacha tempda 2. Shtanga 8×10 60kgda 3. 5×10sekund maksimall 3. 3xil qo’lga mashqlar 4×20ta tezlikda 4. Cho’ziluvchi mashqlar 4. Zaminka 3-4km 5. 10-15daqiqa yengil yugurish 6. Cho’ziluvchi mashqlar 5 Juma 1.10-15minut razminka 1.yotgan holda shtanga ko’tarish 2. 2×500m tezlik bilan 4×2min 25kgda 3. 8km zaminka 2. Qo’lga 2xil mashqlar 6×20ta 4. 250ta turnik 3. belga mashq 4×25ta 5. 5min trenajor 4. Cho’ziluvchi mashqlar 6. Cho’ziluvchi mashqlar 6 Shanba 1.10-15 minut razminka 2. 4×5min 4×10min 1×30min Dam olish hammasi o’rtacha tempda 3. Zaminka 2-3km 4. 7×20ta turnik 5. 5-10minut yengil yugurish

3-jadval. Yuqoridagi jadvalda kanoeda eshkak eshuvchilarning mashg‘ulot jarayoni rejalashtirilgan ko‘rinishda keltirilgan.

Mashg‘ulotlar dasturi ma’lum vaqt davomida qo‘llanilgandan so‘ng sportchilarning jismoniy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida qayta nazorat tadqiqotlari o‘tkazildi. Tadqiqot davomida sportchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari hamda 1000 metr va 2000 metr masofalardagi natijalari qayta o‘lchab olindi. Natijalar quyidagicha bo‘ldi:

4-jadval. Eshkak eshish sportining kanoe yo’nalishidagi sportchilarning dastlabki 1 km va 2 km masofalardan olingan tadqiqotdan keyingi natijalari. T\r F.i.sh 1000 m 2000 m 1 Turonboyev X 04.32.44 09.58.21 2 Murodov M. 04.34.67 10.15.35 3 Umurzoqov J. 04.34.88 10.08.63 4 Nabiyev M. 04.33.45 10.27.89 5 Abdubannoev M. 04.34.09 10.15.67 6 To‘xtanazarov A. 04.32.70 10.25.80 7 Tojiyev M. 04.33.46 10.30.80 8 Abdusalomov I. 04.35.58 10.33.59 9 Odilov Z. 04.36.80 10.34.67 10 Maqsudov X. 04.45.89 10.36.50 11 Oblanazarov X. 04.40.43 10.38.28 12 O‘ktamov D 04.41.35 10.40.49

5-jadval. Eshkak eshish sportining kanoe yo’nalishidagi sportchilarning dastlabki tadqiqotdan keyingi antropometrik ma’lumotlar Qo‘l Bo’y Oyoq Tana Yelka Ko’krak № F.I.SH uzunligi uzunligi uzunligi massasi kengligi qafasi (sm) (sm) (sm) (kg) (sm) aylanasi (sm) TB TB TB TB TB TB 1 Turonboyev 74 175sm 103 65 45 94 2 Murodov M. 73 173sm 101 64 43 92 3 Umurzoqov J. 72 172sm 102 65 42 91 4 Nabiyev M. 75 176sm 103 66 46 95 5 Abdubannoev 74 174sm 104 66 44 93 6 To‘xtanazarov 72 174sm 100 65 43 91

7 Tojiyev M. 75 175sm 104 68 45 95 8 Abdusalomov 74 174sm 105 67 44 92 9 Odilov Z. 72 172sm 101 65 43 92 10 Maqsudov X. 75 176sm 105 68 45 95 11 Oblanazarov 76 177sm 105 69 46 96 12 O‘ktamov D 74 174sm 104 68 44 94

Dastlabki 1000 m va 2000 m natijalar tahlili Tadqiqot boshida sportchilarning vaqt natijalari quyidagicha: Eng yaxshi 1000 m natija: 4:50.79 Eng past 1000 m natija: 5:03.35 Eng yaxshi 2000 m natija: 10:32.69 Eng past 2000 m natija: 11:06.38 Bu shuni ko‘rsatadiki, dastlabki testda sportchilar orasida taxminan 12–30 soniya farq mavjud bo‘lgan. Tadqiqotning dastlabki natijalaridan so’ng natijalar yaxshilangan: 1000 m eng yaxshi natija: 4:32.44 Eng past natija: 4:45.89 2000 m Eng yaxshi natija: 9:58.21 Eng past natija: 10:40.49 Antropometrik ko‘rsatkichlar tahlili Eshkak eshish sportining kanoe yo‘nalishidagi sportchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari tadqiqot boshida va tadqiqotdan so‘ng o‘rganildi. Tadqiqotda jami 12 nafar sportchi ishtirok etdi. Dastlabki o‘lchov natijalariga ko‘ra sportchilarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari quyidagicha edi: qo‘l uzunligi 71,5 sm, bo‘y uzunligi 171,67 sm, oyoq uzunligi 100,5 sm, tana massasi 62,92 kg, yelka kengligi 42 sm, ko‘krak qafasi aylanasi 91,42 sm ni tashkil etdi. Tadqiqotdan keyin olingan antropometrik ko‘rsatkichlar esa quyidagicha o‘zgargan: qo‘l uzunligi o‘rtacha 74 sm, bo‘y uzunligi 174–175 sm atrofida, oyoq uzunligi 103 sm, tana massasi 66–67 kg, yelka kengligi 44–45 sm, ko‘krak qafasi aylanasi 93–94 sm ga yetgani kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarning jismoniy rivojlanishi ijobiy tomonga o‘zgargan. Ayniqsa yelka kengligi, ko‘krak qafasi aylanasi va tana massasi ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan. Bu esa eshkak eshish sportida muhim hisoblangan yelkalar, qo‘l mushaklari va ko‘krak mushaklari rivojlanganligini bildiradi. XULOSA Tadqiqot davomida kanoe yo‘nalishidagi eshkak eshuvchi sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar rejasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Mashg‘ulotlar bosqichma-bosqich olib borilib, sportchilarning jismoniy chidamliligi, kuchi, koordinatsiyasi, muvozanati va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari tizimli ravishda rivojlantirildi. Mashg‘ulotlar davomida sportchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari va 1000 m hamda 2000 m masofalarni bosib o‘tish vaqtlaridagi natijalari qayta o‘lchab olindi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulotlar natijasida sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligi sezilarli darajada yaxshilangan. Antropometrik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sportchilarning jismoniy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin ekanligini ko‘rsatdi, masofa

natijalarining yaxshilanishi esa mashg‘ulotlarning texnik va chidamlilik jihatidan samarali bo‘lganini tasdiqladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Baker, V. “Kanoe va eshkak eshish texnikasi: asosiy ko‘nikmalar va metodlar”. Human Kinetics, 2017. (Kanoe va eshkak eshish texnikasi bo‘yicha asosiy metodlar va maxsus mashqlar.)
  2. Mandzik, J. “Sprint kanoeda texnik tayyorgarlik va maxsus mashqlar”. Citius Publishing, 2018. (Texnik mashqlar dasturi, burilishlar va koordinatsion takomillashtirish usullari.)
  3. Fitzpatrick, C. “Kanoe va kayak: amaliy texnika va trening qo‘llanmasi”. Rowman & Littlefield, 2015. (Eshkak eshish texnikasini o‘rgatish bo‘yicha amaliy metodika.)
  4. Halbert, J., Sanderson, B. “Eshkak eshish fanlari: biomekanika, balans va texnika”. Sport Science Press, 2019. (Biomexanika va balans mashqlarining texnikaga ta’siri.)
  5. Behm, D. “Koordinatsiya va muvozanatni rivojlantirish”. Human Kinetics, 2016. (Maxsus muvozanat mashqlari va texnika yaxshilanishi.)
  6. Rhea, M. “Sportchilarda kuch va chidamlilikni rivojlantirish”. Human Kinetics, 2015. (Sportchilarning jismoniy sifatlarini texnikani yaxshilashga yo‘naltirish.)
  7. Smith, J., & Brown, L. “Eshkak eshish mashqlarining sportchilarning texnik ko‘rsatkichlariga ta’siri”. Journal of Sports Science and Training, 2024. (Maxsus eshkak eshish mashqlarining texnika samaradorligiga ta’siri.)
  8. Rodriguez, A., & Perez, E. “Koordinatsiya mashqlari va kanoe sprintidagi natijalar”. International Journal of Sports Physiology and Performance, 2025.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013480
Nashr sanasi
2026-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v5i3.2353
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
109–116
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06